Huquqiy axborot | Lotin
6.35K subscribers
3.45K photos
159 videos
2 files
7.45K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Amal_qiling

🔥Korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat joylarida, omborxona binolarida, yotoqxonalar va turar joylarda, shuningdek tegishli obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish yoki yong‘inga qarshi inventarlar, uskunalar, yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalaridan foydalanish va ularni saqlash qoidalarini buzish:

🔹fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (340 ming so‘mdan 1 mln 20 ming so‘mgacha);

🔹mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 20 ming so‘mdan 2 mln 380 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish amaliyoti joriy etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

“Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv ta'lim asosida kasb-hunarga o'qitilayotgan nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik nafaqasi bilan bir vaqtda, BHMning 2 baravari (680 ming so'm) miqdorida har oylik stipendiya to'lab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari #Qabul_2024

❗️Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoniga asosan Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari tashkil qilindi.

✔️Joriy yilning 20-iyun kunidan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan https://litsey.uzbmb.uz portali orqali hujjatlarni onlayn hujjat topshirish jarayoni boshlanadi.

📄 Taqdim etiladigan hujjatlar:
Ariza;
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli rasm (oq fonda).

▶️ Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar (shu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi.

➡️ Ayni paytda akademik litseyda o‘qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan bo'lib, quyidagi telefon raqamlar orqali o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin:

☎️ Murojaatlar uchun:

▪️Namangan viloyat akademik litseyi +998 69 233-07-20;
▪️Samarqand viloyat akademik litseyi +998 66 240-94-15.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslar BHMning 25 baravarigacha (8 mln 500 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do'pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o'zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish quyidagi hollarda sodir etilsa 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazib;

bir guruh shaxslar tomonidan;

sovuq qurol yoki kishining sog'lig'i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo'lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo'llash bilan qo'rqitib yoxud qo'llab;

ko'p miqdorda zarar yetkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📋 Maxsus o'quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan jihozlar va asbob uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun 50 mln so'mgacha garovsiz imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✳️ Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

▶️ Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:

🔹 0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming soʻm);

🔹1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming soʻm);

🔹1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming soʻm);

🔹2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming soʻm);

🔹5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (17 mln soʻm, faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, nogironligi bo'lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo'lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog'liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

📌 Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo'lgan shaxslar sonidan qat'i nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so'mgacha) miqdorda bir martalik to'lov ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko'ra, umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari o'qituvchilarining yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi 56 kalendar kun etib belgilangan.

📁Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi me'yorlari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Ishsiz va band bo'lmagan aholini, shuningdek tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo'li bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va “labor-migration” dasturiy majmuasida ro'yxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik ko'nikmalari, xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketishdan oldin davlat yoki nodavlat kasb-hunarga o'qitish muassasalariga, ishlab chiqarishning o'zida o'qitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga har bir ta'lim oluvchi uchun bir oyda BHMning 4 baravarigacha (1 mln 360 ming so'mgacha) grantlar ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Qabul2024

✔️Bugun 20 iyundan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.C.Vosiqova nomidagi hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-o'quv yili uchun umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan https://litsey.uzbmb.uz portali orqali hujjatlarni onlayn topshirish jarayoni boshlandi.

📄 Taqdim etiladigan hujjatlar:

Ariza;
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
3.5x4.5 o'lchamdagi rangli rasm (oq fonda).

▶️ Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10 iyulga qadar (shu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi.

➡️ Ayni paytda akademik litseyda o'qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida "Call-center" tashkil etilgan bo'lib, quyidagi telefon raqamlar orqali o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin:

☎️ Murojaatlar uchun:

▪️M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey +998 71 241-72-44;

▪️Namangan viloyat akademik litseyi +998 69 233-07-20;

▪️Samarqand viloyat akademik litseyi +998 66 240-94-15.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM