Huquqiy axborot | Lotin
6.19K subscribers
3.55K photos
161 videos
2 files
7.6K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Aliment va moddiy yordam olaman. Erimning oyligi yaxshi. Biroq aliment juda kam tushadi. Buni tekshirtirish uchun kimga murojaat qilish kerak? (Samarqand shahridan N. Ahmedova)

Javob: Oila kodeksiga muvofiq, aliment sud tomonidan belgilanganda aliment to'lovchining har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:

🔸 bir bolaga – to'rtdan bir qismi;
🔸 ikki bolaga – uchdan bir qismi;
🔸 uch va undan ortiq bolaga – yarmisi miqdorida undiriladi.

💰 Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 26,5 foizi (hozirgi kunda 259 700 so'm)dan kam bo'lmasligi kerak.

🔺 Davlat ijrochisi aliment bo'yicha pul mablag'larining qarzdorning ish haqidan to'g'ri ushlab qolinishi va o'z vaqtida o'tkazilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga ko'ra yoki o'z tashabbusi bilan tekshirish o'tkazishi mumkin.

Shu sababli, Siz aliment pullari to'g'ri ushlab qolinayotganligini tekshirish uchun davlat ijrochisiga murojaat qilishga haqlisiz.

⚠️ Qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto'g'ri ma'lumotlar berganlik yoki qarzdor o'zining ish joyi va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma'lum qilmaganligi javobgarlikka tortishga asos bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo'limlari;
▫️yuridik xizmat ko'rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️“O'zarxiv” agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo'linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik liseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Jinoyat kodesiga ko'ra, qonunga xilof ravishda har qanday ko'rinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa ro'zg'or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno) olishi yoki o'tkazishi shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa:

🔹BHMning 75 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima;
🔹2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
🔹1 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi to'plash shoxobchalaridan — 1 kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan "signal" usulida — 3 kunda bir marotabani tashkil qiladi.

Chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali mahalla bilan kelishilgan holda belgilanadi, bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq maishiy chiqindilarni saqlashning cheklangan muddati o'tib ketmasligi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 O'tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qog'ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qog'ozlar yasash yoki ularni o'tkazish:

juda ko'p miqdorda (BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha bo'lgan miqdor);
uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa:

🔹10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko'rsatish talab etilmaydi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Bog'chalarda bolalar yosh toifasiga qarab 5ta guruhga bo'linadi

Batafsil infografikalarda👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og'ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, to'kiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo'lsa yuk tashishga yo'l qo'yiladi.

❗️Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi belgilangan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko'rishi, buning iloji bo'lmasa, keyingi harakatlanishni to'xtatishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📚 Birinchi sinf, “Mehribonlik” uyi, maxsus maktab, maktab-internatlari va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar o'quvchilari maktabning kutubxona jamg'armasi tomonidan darsliklar to'plami bilan bepul ta'minlanadi.

📝 Bunda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar o'quvchilari ro'yxati 1 sentabrgacha fuqarolar yig'ini iltimosnomasi va ota-onalar qo'mitasi xulosasi asosida maktabning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma

🔰 Huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

🔹 @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida)
🔹 @pravoinf (rus tilida)
🔹 @leginf (ingliz tilida)

📲 Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💰 Qonunchilikka ko'ra, qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so'mgacha bir martalik subsidiya ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

🔹 Pokiston Islom Respublikasi bilan harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik qilinadi Manba: (O'RQ–859, 05.08.2023 y.)

🔹“Umra” xizmatlari faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshiriladi Manba: (VMQ-345-son, 08.08.2023 y.)

🔹Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o'tkazishda ishtirok etishi mumkin Manba: (O'RQ–860-son, 08.08.2023 y.)

🔹Advokat bo'lish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi Manba: (O'RQ–862, 09.08.2023 y.)

🔹Toshkent metropolitenining yer usti yo'li bekatlariga nom berildi Manba: (VMQ-349-son, 09.08.2023 y.)

🔹Ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to'lovlar stavkalariga o'zgartirish kiritildi Manba: (396-son buyruq, 10.08.2023 y.)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organi xodimi tomonidan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llash og'ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa:

➡️ aybdor shaxs muayyan huquqdan mahrum etilib, 7 yildan
10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Jinoyat kodeksiga ko'ra, qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazilishiga sabab bo'lsa:

▫️BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima;
▫️5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus o'quv ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi

✍️ Bu bo'yicha Hukumat qarori (374-son, 14.08.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2023 yil 1 sentabrdan respublikaning barcha 16 ta “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus o'quv ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo'lga qo'yiladi.

🎯 Maqsad ko'zi ojiz va ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlash, ularni kasb-hunarga o'rgatish hamda kasb egallashiga ko'maklashish, ijtimoiy hayotga tayyorlab borishdan iborat.

⚠️ Eslatib o'tamiz, o'quv ishlab chiqarish korxonasi bunga qadar Andijon viloyatining 16-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qabul_2023

📣 Abituriyentlar diqqatiga!

📄 Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida 2023/2024 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitish miqdorlari 6 370 000 so‘m etib belgilandi.

📎 Ma’lumot uchun: Yuridik texnikumlarga 2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 20 avgustgacha (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov

❗️Bir qator OTMga rektorlar lavozimga tayinlandi

🔰Hukumat qarori (383-son, 14.08.2023 y.) bilan:

🔹Dilshodbek Abduvaxidovich Rustamov Andijon davlat chet tillari institutining rektori etib;

🔹Rustambek Rasulovich Tojiev Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining rektori etib;

🔹Abdug'affor Sofarovich Juraev Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining rektori etib tayinlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi

Hukumat qarori (376–son, 14.08.2023-y.) bilan Davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga ko'ra:

🔹 davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to'lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

🔹 talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikasiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qo'yiladi.

🗓 2023/2024-o'quv yilida:

▫️ 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Arizalar 20-avgustdan qabul qilinadi.

▫️2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an'anaviy tarzda amalga oshiriladi.

Bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustgacha topshiriladi.

➡️ 2024/2025-o'quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.

Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish har yili 1-avgustdan boshlanib, o'quv yili yakunigacha davom etadi.

⚠️ Reglamentga muvofiq, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.

✍️ Shunga ko'ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun yo'llanma dastlab imtiyozli ro'yxat, so'ng umumiy ro'yxatdagi navbat bo'yicha avtomatik shakllantiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo'lib-bo'lib to'lash huquqi beriladi

“Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar uchun qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish to'g'risida”gi Hukumat qarori (379-son, 14.08.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra:

🔹2023 yil hosilidan paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi to'liq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;

🔹QQSni paxta xomashyosi bo'yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha to'lash va hisobga olishga ruxsat etiladi;

🔹2026 yil 1 aprelgacha paxta-to'qimachilik klasterlari va qishloq xo'jaligi korxonalari (fermer xo'jaliklari) o'rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar o'z muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS to'lovchisi hisoblangan qishloq xo'jaligi korxonalari (fermer xo'jaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lash huquqi beriladi;

paxta-to'qimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada ko'rsatilgan QQS summasini qishlok xo'jaligi korxonalari (fermer xujaliklari) tomonidan QQS byudjetga to'lab berilganidan so'ng hisobga olishga ruxsat etiladi.

QQSni bo'lib-bo'lib to'lash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi.

🗓 2023 yil 5 sentabrgacha hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yig'ib olish bilan bog'liq ma'lumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilib, 2023 yil 15 sentabrdan “Agroplatforma” axborot tizimiga integrasiya qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Import avtomobillarni faqat ularning rasmiy dilerlari tomonidan sotilish talabi bekor qilindi

"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi soddalashtirilganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Hukumat qarori (382-son, 14.08.2023 y) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra:

🔹yangi import avtomobillar faqat yuridik shaxslar - ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan sotilishi bekor qilinadi;

🔹elektr energiyasini elektr ta'minoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha iste'mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni to'xtatib qo'yish amaliyoti tugatiladi;

🔹tadbirkorning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilinganda, kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqda e'lon berish talabi bekor qilinadi;

🔹soliq to'lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo'yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to'g'ridan-to'g'ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin