Huquqiy axborot | Lotin
6.18K subscribers
3.58K photos
178 videos
2 files
7.68K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi
Davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda mulk egalariga ularning tanlashiga koʻra hamda tomonlarning kelishuvi boʻyicha ijtimoiy normadan (16 kvadrat metrdan) kam boʻlmagan teng qiymatli boshqa qulay uy-joy beriladi.

Dov-daraxtlarning qiymati toʻlanadi yoxud buzilayotgan uylar (kvartiralar), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymati toʻlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik ishlari boʻyicha bir qator Hukumat qarorlari qabul qilindi (412-, 413-, 415-son, 17.05.2019-y.).

Shunga koʻra, Kattaqoʻrgʻon tumanida sement ishlab chiqarish boʻyicha umumiy qiymati 340 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish natijasida 600 yangi ish oʻrni yaratiladi.

Mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida “Hengyuan cement” qoʻshma korxonasi 2021-yil 1-yanvarga qadar:

👉 yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi toʻlashdan;

👉 yer qaʼri uchastkasidan foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop topilmasi uchun toʻlanadigan “tijoratbop topilma bonusi” toʻlashdan ozod qilinadi.

Shuningdek, 2021-yil 1-iyulga qadar viloyatda Bulungʻur suv omborini quriladi. Bu boʻyicha loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

Loyihaning umumiy qiymati 46 mln AQSH dollaridan ziyodni tashkil etadi. Suv omborini ishga tushirish natijasida 51 nafar kishi yangi ish oʻrniga ega boʻladi.

2019–2022 yillarda Samarqand shahrida quriladigan, taʼmirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yoʻllari, barpo etiladigan tonnel va koʻpriklarning manzilli roʻyxati tasdiqlandi.

Shunga binoan, jami 2,7 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ uzunligi 103 km.ni tashkil etuvchi avtomobil yoʻllarining qurilish va taʼmirlanishi, tonnel va koʻpriklar barpo etilishi uchun sarflanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Fuqaroga uning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan (202 ming 730 soʻmdan) ikki baravarigacha (405 ming 460 soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qishloq joylarda tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohasida yangidan tashkil etiladigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga tibbiy xizmatlar qismida yagona soliq toʻlovidan ozod etiladi.

📍
Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Avtomototransport vositalarini saqlash boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov miqdori shu xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan belgilanadi.

Bunda, belgilangan toʻlov miqdori tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan xizmatlarning ushbu turi uchun belgilangan toʻlovning cheklangan miqdoridan yuqori boʻlmasligi lozim.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Yoʻl-patrul xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatilishi mumkin:

👉 yoʻl harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;

👉 transport vositasi, haydovchi yoki yoʻlovchi qidiruvda ekanligi, yoʻl transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda;

👉 yoʻl transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini koʻrgan haydovchi yoki yoʻlovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda;

👉 vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash boʻyicha koʻrsatmalarini bajarish jarayonida;

👉 transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda;

👉 maxsus tadbirlarni oʻtkazish jarayonida;

👉 transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun.

YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga koʻra transport vositalarining toʻxtatilishi taqiqlanadi.

📍 Кирилл алифбосида ўқинг

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Maʼlumot_uchun
🇺🇿 2019-yil 21-may holatiga:

✳️ Eng kam:

👉 ish haqi — oyiga 202 730 soʻm;

👉 yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm;

👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm;

👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 soʻm.

✳️ Valyutalar kurslari:

🇺🇸 1 USD = 8460,92 sum (+2,76) ↑

🇪🇺 1 EUR = 9439,00 (-62.05) ↓

🇷🇺 1 RUB = 131,06 (+1.32) ↑

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi (PF–5721, 18.05.2019-y.)

Farmon bilan 2019-yil 1-iyuldan:
👉 zargarlik boʻyicha litsenziyasi boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga oʻzi ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga asillik darajasi izlarini qoʻyish huquqi berildi;
👉 zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi litsenziyaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz mahsulotlarini mustaqil sotishi, aholidan qimmatbaho metallar parchalari, qimmatbaho toshlar va buyumlarni sotib olish huquqiga ega;
👉 davlat ulushi boʻlmagan yoki davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan tadbirkorlar ishlab chiqarishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobini yuritish va saqlash tartibini mustaqil belgilaydi;
👉 jismoniy shaxslar qiymati 5 ming dollardan koʻp boʻlgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya toʻldirgan holda Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqishi mumkin;
zargarlik sohasidagi tadbirkorlar “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga ixtiyoriy aʼzo boʻlsa, uyushma aʼzolarining imtiyoz va preferensiyalari ularga ham tatbiq etiladi.

2019-yil 1-iyundan qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qoʻllab-quvvatlanadi.

Farmon bilan, tijorat banklari va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga quyidagi huquqlar berildi:
👉 “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJdan qimmatbaho metallarni oʻlchov plastinalari koʻrinishida, 5 gramm va undan ortiq boʻlgan granulalarni London qimmatbaho metallar birjasining tongi fiksingi asosida sotib olish;
👉 sotib olingan metallarni boshqa zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga sotish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yaylovlar toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–538, 20.05.2019-y.)

Qonunga muvofiq, yaylovlar chorva mollari uchun ozuqa boʻlgan oʻsimliklarning tabiiy qoplamiga ega yerlardir.

Togʻdagi yaylovlar mavsumiy boʻlib, ulardan yilning faqat muayyan vaqtida foydalaniladi.

Yaylovlardan foydalanuvchilar yaylovlardan birgalikda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish uchun yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmalarini tashkil etishga haqli.

Yaylovlar doimiy egalik qilishga, ijaraga va vaqtincha foydalanishga hokimlarning qaroriga koʻra berilishi mumkin.

Oʻrmon fondi yerlarida yaylovlardan davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining ruxsatnomasi boʻyicha foydalaniladi.

Yaylovlardan foydalanganlik uchun haq yer soligʻi yoki ijara haqi tarzida undiriladi.

Yaylovlardan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
👉 yuridik shaxs tugatilganda;
👉 jismoniy shaxs vafot etganda;
👉 yaylovlar berilgan muddat tugaganda;
👉 boshqa maqsadda foydalanilganda;
👉 oqilona foydalanilmaganda;
👉 yaylov yerlari davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
👉 yaylovlardan foydalanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi (2019-yil 18-may, PQ–4321).

Qarorga muvofiq:

👉 “UZINFOCOM”ning ustav kapitalidagi davlat ulushi kamida 51 foizga oshiriladi;

👉 keyinchalik “UZINFOCOM”dagi davlat ulushi “Universal Mobile System” (UMS) ustav kapitalini koʻpaytirish hisobiga oʻtkaziladi.

“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot doirasidagi idoraviy axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha qarorlar ularni amalga oshirishning moliyaviy manbalarini aniq koʻrsatgan holda qabul qilinadi.

UMS axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini faqat Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.

Davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimi doirasida oʻz maʼlumotlarini qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish taqiqlanadi.

UMS oʻziga yuklangan vazifalar doirasida 2022-yil 1-yanvargacha chetdan olib kiriladigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlaridan ozod etiladi.

Telekommunikatsiya obyektlarini qurish uchun UMSga yer uchastkalari auksionsiz beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi (2019 -yil 20-may, PF–5722).

Joriy yilning 24 martida ustav kapitali 10 mln dollar boʻlgan, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Oʻzbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi tashkil etilgan boʻlib, uning ustav fondi bosqichma-bosqich 1 mlrd dollarga yetkazilishi nazarda tutilgan.

Mazkur kompaniya kapitalini shakllantirishda Abu Dabi rivojlanish jamgʻarmasi (BAA) ulushi 75 foizni hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Oʻzbekiston) ulushi 25 foizni tashkil qiladi.

Farmonga muvofiq, Kompaniya va uning taʼsischilari 10 yil muddatga daromad soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, mol-mulk va aktivlarni realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilindi.

Kompaniyada ishlashga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish tartibi qanday?

Ayrim qonun hujjatlari buzilganligi uchun transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi mumkin. Toʻliq maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qonunchilikka koʻra, vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini saqlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlab olingan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu yuridik shaxslar ushlangan transport vositasini jarima maydonchasiga maxsus vosita (evakuator) yordamida joylashtirilishini taʼminlashi shart.

Bunda transport vositasining eshiklari, bagajnigi, kapoti, benzin baki qopqogʻi surgʻuchlagan (muhrlangan) holda jarima maydonchasiga joylashtirilishi lozim.

Transport vositasini ushlagan YHH xodimi quyidagilarni amalga oshiradi:
👉 haydovchini transport vositasini boshqarishdan chetlatadi;
👉 maʼmuriy bayonnoma yoki transport vositasi ushlanganligi toʻgʻrisidagi qarorni rasmiylashtiradi;
👉 transportdagi mol-mulk boʻyicha tegishli dalolatnoma tuzadi.
👉 dalolatnoma nusxasini transport egasiga (vakiliga), shuningdek transport vositasini jarima maydonchasida saqlashga masʼul boʻlgan shaxsga topshiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi (2019-yil 21-may, PF-5723)

Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori oʻrniga quyidagi miqdorlar belgilandi:
👉 Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 577 170 soʻm;
👉 Bazaviy hisoblash – 202 730 soʻm;
👉 Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 202 730 soʻm.

Bunda:

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori maosh, ustamalar, qoʻshimcha haq, gonorar, qoʻshimcha ish uchun kompensatsiya toʻlovlari va ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qoʻyilgan boshqa toʻlovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik boʻyicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qoʻllaniladi.

Bazaviy hisoblash miqdori esa quyidagilarni aniqlashda qoʻllaniladi:
👉 soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari va koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa toʻlovlarning miqdorlarini;
👉 tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun patent, litsenziya va boshqa toʻlovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda toʻlanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qogʻozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning cheklangan miqdorini.

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiyalar, ustamalar, qoʻshimcha haq va kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek, xodimlar sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashda qoʻllaniladi.

Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qoʻshimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning barcha turlari mazkur toʻlovlarning soʻmda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ–539, 21.05.2019-y.)

Qonunga muvofiq, qayta tiklanuvchi energiya manbalari atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasidir.

Energetika vazirligi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Sohada qurilmalarni ishlab chiqarish, shuningdek ilmiy-texnikaviy hamda innovatsion jihatdan taʼminlash davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Qonunga muvofiq:

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar qurilmalarni (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun oʻn yil muddatga mol-mulk soligʻini toʻlashdan hamda ushbu qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi.

Energiya ishlab chiqarish uskunalarini ishlab chiqaruvchilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlaridan ozod qilinadi.

Amaldagi energetika resurslari tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan yashash uchun moʻljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uch yil muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻidan, yer soligʻidan ozod etiladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 16 yoshdan kattalar va 16 yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar uchun xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun yangi anketa shakllari ishlab chiqildi va davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3161, 2019-yil 22-may).

Amaldagi ariza-anketaning shakli
16 ta bandni oʻz ichiga olgan 4 varaqdan iborat boʻlib, unda koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning aksariyati tegishli idoralarning maʼlumotlar bazalari orqali idoralararo maʼlumot almashish yoʻli bilan aniqlanishi mumkin.

Yangi anketa shakli 1 varaqda va unda koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar 11 ta banddan (16 yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar uchun 9 ta banddan) iborat boʻlib, tegishli kataklarni toʻldirish orqali shakllantiriladigan tarzda tayyorlandi.

Oldingi ariza-anketa shaklidan quyidagilar chiqarib tashlandi:
👉 arizachining yaqin qarindoshlari, jumladan, ota-onasi, bolalari, agar oʻzaro nikohda bolalari boʻlgan boʻlsa, sobiq turmush oʻrtogʻi haqidagi maʼlumotlar;
👉 arizachiga sud tomonidan qoʻyilgan, ijro etilmagan majburiyatlari mavjudligi, sudda fuqarolik daʼvosi koʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
👉 arizachining xorijga chiqishdan maqsadi (qaysi davlatga va maqsadi), unga nisbatan jinoyat ish qoʻzgatilganligi haqidagi maʼlumotlar;
👉 ariza-anketa shaklining korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi haqidagi talab;
👉 arizachi soʻngi 2 yil mobaynida qachon va qaysi xorijiy davlatlarda boʻlganligi haqidagi maʼlumotlar;
👉 arizachi xorijiy davlatlarning qonunlariga rioya qilmagani uchun shu davlatning xuquqni muhofaza qilish xizmatlari tomonidan maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
👉 arizachining soʻnggi 5 yildagi mehnat faoliyati haqida mehnat daftarchasidan koʻchirma talab qilish.

Mazkur anketa, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari (maʼlumotlarni yigʻish punkti)ning masʼul xodimi tomonidan shakllantirilib, anketa bergan shaxsga tanishtiriladi hamda u tomonidan imzolanadi.

Maʼlumotlarni yigʻish punktining masʼul xodimi tomonidan anketada koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
👉 yoʻllarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;
👉 podani temir yoʻldan va yoʻlda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruxsat etilgan joylarda esa qorongʻi vaqtda va yetarli koʻrinmaslik sharoitida haydab oʻtish;
👉 boshqa yoʻllar boʻlganda hayvonlarni mukammal qoplamali yoʻllarda haydab borish;
👉 koʻkalamzorlashtirilgan joylarda (yoʻl, yoʻl yoqasi, ajratuvchi boʻlak va h.k.) hayvonlarni boqish va bogʻlab qoʻyish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Moliya vazirligi tuzilmasida yangi boshqarmalar tashkil etildi

Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4325, 21.05.2019-y.)

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi zimmasiga davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklandi.

Vazirlik tuzilmasida Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilgʻi-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi negizida Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish bosh boshqarmasi hamda vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy shtat birliklari doirasida Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.

Shunga koʻra, Moliya vazirligi:

👉 davlat ishtirokidagi korxonalarni islohi qilish, shu jumladan davlat korxonalari, xoʻjalik birlashmalarining xoʻjalik va boshqarish funksiyalarini ajratish orqali ularni restrukturizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

👉 xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda tijorat banklarida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutib, ularni boshqarish, isloh qilish va samarali egalik qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori bilan Gʻolibsher Meliboyevich Ziyayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlik murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Tadbirkorlik murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan boʻlib (PF-5718-son, 14.05.2019 y), tadbirkorlarni hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni oʻtkazish qabulxonalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4328, 21.05.2019-y.)

Qaror bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazining qoʻshimcha vazifalari belgilandi.

Markaz faoliyati davlat va xoʻjalik boshqaruv organlariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek, Oʻzbekistonning rivojlanish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan barcha loyihalarga tatbiq etiladi.

Davlat xizmatlari uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasining 10 foizi miqdoridagi mablagʻlar, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan tashqari, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganligi va boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasining 1 foizi miqdoridagi mablagʻlar Markazning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.

2019-yil 1-iyundan boshlab qiymatidan qatʼi nazar, loyihalarning texnik topshiriqlari va tender hujjatlari Markazga ekspertizaga kiritiladi.

Ekspertizadan oʻtkazish uchun loyiha cheklangan qiymatining 0,5 foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov undiriladi.

Markaz 2022-yil 1-yanvargacha barcha turdagi soliqlar va majburiy toʻlovlardan ozod etiladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Prezident Farmoniga asosan Markaziy bankka tijorat banklari bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik, isteʼmol, ipoteka va boshqa kreditlar yuzasidan bankka murojaat qilish joyi boʻyicha roʻyxatda turish majburiyligi haqidagi talabni bekor qiladigan kreditlashning yangi tartibini ishlab chiqish va joriy etish vazifasi yuklangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin