Huquqiy axborot | Lotin
6.23K subscribers
3.65K photos
222 videos
2 files
7.89K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko‘maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (570-son, 09.07.2019 y.)

Qaror bilan Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin bo‘lgan davlat mulki ob’ektlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i mablag‘larini jamlash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lardan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga imtiyozli kredit berish uchun madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida foydalaniladi.

Bundan tashqari, qaror bilan Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va san’at nodavlat muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom nodavlat teatr va sirklar, hayvonot bog‘lari, madaniyat saroylari, konsert zallari, madaniyat markazlariga tatbiq etiladi.

Byudjetdan subsidiyalar madaniyat va san’at nodavlat muassasalari harajatlarining bir qismini qoplash uchun yillik daromadlari va xarajatlari hajmidan, madaniy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnomalardan kelib chiqib ajratiladi.

Unga ko‘ra, tadbirkor subsidiyalar ajratish uchun moliya organiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.

Madaniyat va san’at nodavlat muassasasi byudjetdan subsidiya olishga buyurtmanomani hisobot oyidan keyin ikki oy davomida taqdim etishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Diqqat_tanlov
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli megatanlov bo‘lib o‘tadi

Adliya vazirligi “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli megatanlovni e’lon qiladi.

Tanlov aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yo‘llarini topish maqsadida tashkil etildi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
👉 “Eng yaxshi jurnalistik material uchun”;
👉 “Eng yaxshi blogpost uchun”;
👉 “Eng yaxshi yumoristik asar (karikatura, hajviya va hokazo) uchun”;
👉 “Eng yaxshi videorolik ssenariysi uchun”;
👉 “Eng yaxshi flayer, buklet, banner, plakat uchun”.

Tanlovning har bir nominatsiyasi bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
👉 1-o‘ringa – Samsung Galaxy S10;
👉 2-o‘ringa – noutbuk;
👉 3-o‘ringa – televizor.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan har bir nomzod o‘z ijodiy materiallarini nominatsiya nomini ko‘rsatgan holda tanlov Ishchi organiga pasport nusxasi va rezyumesi bilan birgalikda topshiradi.

Adliya vazirligining Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi tanlov Tashkiliy qo‘mitasining Ishchi organi hisoblanadi.

Tanlov BMT Rivojlanish dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi doirasida moliyalashtiriladi.

Tanlovga materiallar 10 avgustga qadar qabul qilinadi.

Tanlov natijalari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Tanlov uchun materiallarni Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy manziliga yoki x.klichev@adliya.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Batafsil ma’lumot: www.adliya.uz saytida.

Murojaat uchun telefon: 71 233-75-97.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (568-son, 09.07.2019-y.)

Kiritilgan oʻzgartirishlar qoʻriqlash xizmati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya organlariga oʻtganligi bois baʼzi obyektlarni qoʻriqlashga Milliy gvardiya organlari masʼul ekanligini nazarda tutadi.

Xususan, alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarni majburiy davolashga ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalarini, diplomatik vakolatxonalarni qoʻriqlash shular jumlasidandir.

Shuningdek, ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni hamda uning oʻq-dorilarini, shuningdek tigʻli qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyati endilikda Milliy gvardiya organlari tomonidan litsenziyalanadi.

Ilgari Ichki ishlar vazirligi tomonidan litsenziyalangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Quyidagi hollarda goʻsht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:

👉 soʻyilishi ixtisoslashtirilgan va mini soʻyish korxonalarida amalga oshirilmagan boʻlsa;
👉 goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transportda yetkazib berilgan boʻlsa;
👉 veterinariya hujjatlari boʻlmasa;
👉 ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonasining F-200 shakldagi maʼlumotnomasi boʻlmasa;
👉 veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (maʼlumotnomasi) boʻlmasa;
👉 oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga boʻlsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan boʻlsa;
👉 xona yoki koʻcha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qoʻyilgan holatda boʻlsa;
👉 veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan goʻshtlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan boʻlsa.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Oʻzbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4390-son, 11.07.2019-y.)

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-sentyabrdan “Oʻzbekiston tarixi” telekanali tashkil etiladi.

Qaror bilan telekanalning asosiy vazifalari va yoʻnalishlari belgilab berildi.

Unga muvofiq, telekanalning asosiy vazifasi Oʻzbekistonning koʻhna va boy tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan ilmiy, madaniy va maʼnaviy hissasi haqida mamlakatimiz aholisini, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi

Hukumat qarori (573-son, 09.07.2019 y.) bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, kimyoviy texnologiyalar sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish Filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

2019/2020 o‘quv yilida Filialga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qaroriga asosan tasdiqlanadi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Qaror bilan Filial o‘z faoliyatini Yangiyer qurilish va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kollejining bino va inshootlarida olib boradi.

Mazkur kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradi.

Shuningdek, Filialni yuqori malakali, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Filial uchun ilmiy-tadqiqot institutlari va respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tayanch doktoranturaga 2020 yildan maqsadli kvotalar ajratilishi ta’minlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi (PF–5763, 11.07.2019-y.)

Farmon bilan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi va uning barcha huquq va majburiyatlari Vazirlikka o‘tdi.

Vazirlik oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha yagona davlat siyosatini, shuningdek oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.

2019 yil 1 avgustdan boshlab yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorida qo‘llanadi;

Vazirlik markaziy apparatining:
👉 fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 30 foiz;
👉 fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 35 foiz ustamalar belgilanadi.

Vazirlikning markaziy apparati xodimlari oylik lavozim maoshiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha – 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha – 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha – 30 foiz, 20 yildan ortiq – 40 foiz oylik ustamalar to‘lanadi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari rektorlari, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlari bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda:
👉 xorijiy fuqarolarni o‘qitish uchun oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida alohida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, kasblar va mutaxassisliklar ochish, ularni o‘qitish tili hamda akademik guruh shakllantirish uchun zarur talabalar (o‘quvchilar) sonini belgilaydi;
👉 kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish istagida bo‘lgan xorijiy fuqarolarni o‘qitish muddati, davomiyligi va ularni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi (PQ–4391, 11.07.2019 y.)

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Qaror bilan Vazirlik huzurida quyidagilar tashkil etildi:
👉 Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
👉 O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati;
👉 Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi.

Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tuzildi.

Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritildi.

Qaror bilan:
👉 Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi;
👉 Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasi;
👉 Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi;
👉 Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qarorga muvofiq:
👉 oliy ta’lim muassasalarining tuzilmalari tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
👉 davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining rektori bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
👉 davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining prorektorlari oliy ta’lim muassasasi rektorining tavsiyasiga asosan bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Bunda:
👉 o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
👉 yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi;
👉 ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.

2020-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalari moliyaviy barqarorligi va mutaxassislariga talab yuqoriligini inobatga olgan holda bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

Endilikda kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan uzaytiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Ijtimoiy tarmoqlarda kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuch ishlatish holatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalmoqda. Bunday holatda qonunchilikda qanday javobgarlik koʻzda tutilgan?

Oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etish javobgarlikka sabab boʻladi.

Xususan, bunday noqonuniy harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan: ⬇️
👉 qasddan odam oʻldirish jinoyatini sodir etish – 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish – 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
👉 haqorat qilish – eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.

Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:

👉 soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;

👉 sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;

👉 ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi uchun berilgan, sarf qilinmagan va vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;

👉 hisobidan xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, – ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun;

👉 ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa;

👉 intizomiy jazo sifatida qo‘llanilgan jarimani undirish uchun.

Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim.

Mazkur cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bunday hollarda jazo va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlik uchun ushlab qolinadigan haqning miqdori yetmish foizdan ortib ketmasligi lozim.

Kanalga ulanish
👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Goʻsht-sut, baliq, qandolatchilik mahsulotlari (biskvit tortlar, pirojnoyelar va boshqalar), yarim tayyor mahsulotlar, tayyor masalliqlar va boshqa tez buziladigan mahsulotlarni sotishga faqat sovutiladigan peshtaxtalar, vitrinalar boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3172, 12.07.2019-y.)

Nizomga muvofiq, yirik soliq toʻlovchilar toifasiga quyidagilar kiritiladi:
👉 aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;
👉 banklar va ularning filiallari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;
👉 “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;
👉 mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
👉 yil yakuni boʻyicha mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushumi 100 mlrd soʻmdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslar.

Yirik soliq toʻlovchilar jumlasiga kiritilgan yuridik shaxslar viloyat soliq boshqarmalari tomonidan tegishli qaror qabul qilinganidan 5 kun ichida bu haqda yozma ravishda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2019-yilning 1-avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oʻrta hisobda 1,1 (10%) baravar oshirildi.

2019-yilning 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston hududida eng kam:
👉 ish haqi – oyiga 223 000 soʻm;
👉 yoshga doir pensiyalar – 436 150 soʻm;
👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 soʻm;
👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 soʻm miqdorida belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Farmonga koʻra, 2019-yil 1-avgustdan boshlab:
👉 II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;

👉 II guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;

👉 boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

2019-yilning 1-avgustidan I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tarkibida xorijiy oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma fakultetlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (574-son, 12.07.2019 y.)

Qaror bilan Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:
👉 2019/2020 o‘quv yilidan Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan hamkorlikdagi jismoniy tarbiya, sport va turizm fakulteti;
👉 2020/2021 o‘quv yilidan P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma jismoniy tarbiya, sport va salomatlik fakulteti.

Shunga ko‘ra, qo‘shma fakultetlarning asosiy vazifalari belgilandi.

Qo‘shma fakultetlar uchun kontrakt miqdori milliy valyutada, Universitet va tegishli xorijiy universitetlar bilan kelishib belgilanadi.

Qo‘shma fakultet bitiruvchilariga O‘zbekistonda hamda tegishlicha Belarus Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan diplomlar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (576-son, 12.07.2019 y.) bilan Qorako‘l tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, mazkur maktab-internatga o‘quvchilar 5-sinfdan 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab qabul qilinadi.

Maktab-internatning asosiy vazifasi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash hisoblanadi.

Maktab-internat Qorako‘l tumanidagi Buxoro viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining bo‘sh bino va inshootlariga joylashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (580-son, 12.07.2019 y.) bilan Vazirlar Mahkamasining Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, bo‘lim respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni istiqbolli vazifalarni samarali hal yetish bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy hokimliklarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlaydi.

Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar – Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq shaharlari, Sirdaryo viloyatining Shirin shahri, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharchasi.

Nizom bilan bo‘limning huquqlari va javobgarligi, tuzilmasi belgilab berildi.

Bo‘lim respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi, tadbirkorlikni rivojlantiradi va to‘siqlarni bartaraf etadi.

Bo‘lim ishiga uning mudiri rahbarlik qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin