Huquqiy axborot | Lotin
6.12K subscribers
3.62K photos
200 videos
2 files
7.79K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Avtomototransport sotib olish bo'yicha shartnomalarni boshqa shaxslarga sotish oldi olinadi

“Avtomototransport vositalarini sotib olish jarayoniga axborot tizimlarini joriy etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori (78-son, 21.02.2022-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-apreldan “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo'yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma'lumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.

❗️Mazkur tartib orqali avtomobil sotib olishda haqqoniy xaridorlarga ustuvorlik beriladi. Ya'ni, fuqarolarning avtomototransport sotib olish uchun olgan shartnomalarini boshqa shaxslarga sotishining oldi olinadi. Shartnoma kimning nomiga rasmiylashtirilib Yo'l harakati xizmati bazasiga kiritilgan bo'lsa, avtotransport o'sha shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha umummilliy imtihonga ro'yxatdan o'tish davom etmoqda

🔰
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” deb e'lon qilingan.

▶️ Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o'tkaziladi.

Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida ro'yxatdan o'ting.

📌 Tanlov shartlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

🎁 G'oliblar quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanadi:

● 1-o'rin – televizor;
● 2-o'rin – oshxona kombayni;
● 3-o'rin – multivarka.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va sovrinlarni qo'lga kiriting!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–137-son, 21.02.2022-y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga muvofiq, avtomobillar olib kirishda bojxona to'lovlari stavkalari pasaytirilishi belgilandi.

➡️ Shunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvargacha bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga qisqartiriladi.

Bunda avtomobil dvigateli quvvati bo'yicha qo'shimcha koeffitsiyent miqdori ham qisqartiriladi.

☑️ Shuningdek, avtomobil dvigatelining har bir kub sm uchun belgilangan qo'shimcha koeffitsiyentlar 2023-yil 1- yanvardan ikki baravarga pasaytiriladi.

🔘 Bojlar O'zbekiston bojxona chegarasini kesib o'tish davrida ishlab chiqarilganiga faqat 1 yildan oshmaydigan yangi transport vositalariga nisbatan qo'llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_martdan

🔰 Qonunchilikka ko‘ra:

👉 uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi;

👉 ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi.

Bunda, har oylik kompensatsiya to‘lovi – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi (130 050 so‘m) miqdorida to‘lanadi;

👉 Yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (289 ming so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ 1-4 sinf o'qituvchilari, maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlarning o'qituvchi-logopedlari o'qituvchi-defektologlari, gimnaziyalar, liseylarning o'qituvchilari, logopedlik xonalari mudirlarining haftalik ish soati 18 soatdan oshmasligi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

☑️ Uy mehnati jins bo'yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emas, u ayollar va erkaklar tomonidan teng darajada amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_martdan

Yoshlarga ayrim yordam turlari (13 ta) mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Sud-ekspertlik faoliyatida ekspertiza va tadqiqotlarning yangi turlari o'tkazilishi yo'lga qo'yiladi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Poyezdda har bir yo‘lovchi o‘zi bilan birga olib yurishi mumkin bo‘lgan qo‘l yuki me’yori qancha?
Anonymous Quiz
37%
25 kg dan oshmasligi kerak
24%
36 kg dan oshmasligi kerak
23%
Me’yor belgilanmagan
16%
30 kg dan oshmasligi kerak
#Bilasizmi

💰"Mikrokreditbank" ATB va AT Xalq banki tomonidan nodavlat ta'lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan kichik tadbirkorlarga 225 million so'mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2022_yil_1_martdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra:

meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo'jaliklariga – eksport shartnomasi mavjud bo'lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug'urtalash xizmatidan foydalanganda to'langan sug'urta mukofotining 50 foizi, biroq sug'urta pulining 1 foizdan ortiq bo'lmagan qismi qoplab beriladi;

meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) – xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi Qishloq xo'jaligi vazirligining tuman bo'limlari orqali kompensatsiya qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

🔰 "Ayollar daftari" va "Temir daftar" ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 33 mln so'mgacha kredit beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra:

🔹 chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko'rsatish obyektlarida xaridni amalga oshirib, xarid chekini mobil ilovada ro'yxatdan o'tkazgan jismoniy shaxslarga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi qaytariladi.

Bundan avtomobil sotib olganlik uchun, temir yo'l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to'lov, shuningdek, to'lov tizimi operatorlari orqali to'lovni amalga oshirganda olingan xarid cheklari mustasno;

🔹 sotib oluvchiga cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bermasdan tovarlarni sotganlik va xizmatlar ko'rsatganlik, qalbaki markirovka qo'llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi to'g'risida soliq organlariga maxsus dastur orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Pedagoglarning faoliyatiga ta'lim oluvchilar bilimini to'g'ri va xolis baholashiga ta'sir ko'rsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 350 ming so'mdan 1 mln 890 ming so'mgacha);

mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 890 ming so'mdan 2 mln 700 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔘 Qonunchilikka ko'ra:

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko'rsatishda davlat bojlari, yig'imlar va boshqa har qanday to'lovlar bo'yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📱Operator va provayderlar har bir abonentga, shu jumladan, abonentning shaxsiy hisob raqamida mablag'lar bo'lmagan holda, tegishli xizmatlar uchun O'zbekiston hududida belgilangan yagona raqamlarni abonent tomonidan terish yordamida favqulodda tezkor xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini ta'minlashi kerak.

➡️ Favqulodda tezkor xizmatlar quyidagilar:

🔸 yong'in xavfsizligi xizmati;
🔸 ichki ishlar organlari;
🔸 tez tibbiy yordam;
🔸 gaz tarmog'ining avariya xizmati;
🔸 Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin