Huquqiy axborot | Lotin
6.12K subscribers
3.62K photos
200 videos
2 files
7.79K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

❗️O'quvchini sinfdan sinfga, bir maktabdan boshqasiga o'tkazish tartibi

Batafsil infografikalarda

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Bog'chaga qabul qilishda kimlar imtiyozga ega?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra:

🔹 jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo'lgan yengil avtomototransportlar texnik ko'rikdan ixtiyoriy ravishda o'tkaziladi;

🔹 yengil avtomototransportlar quyidagi muddatlarda majburiy texnik ko'rikdan o'tkaziladi:

▫️ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo'lgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;

▫️ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo'lgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.

⚠️ Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yo'lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar uchun tatbiq etilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Mening to'rt nafar farzandim bor. To'ng'ichim 21 yoshda, talaba. Farzandimiz 18 yoshdan oshganligi tufayli biz ko'p bolali oilalarga berilishi mumkin bo'lgan imtiyozlardan foydalana olmaymizmi? Umuman, ko'p bolali oilalarga qanday imtiyozlar bor? (Jizzax viloyati G'allaorol tumanidan S. SHuhratova)

Javob: Qonunchilikka ko'ra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan oila ko'p bolali oiladir.

Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan ko'prog'i ta'limning kunduzgi shaklida (o'rta maxsus va professional, oliy) ta'lim tashkilotlarida o'qiyotgan hamda 22 yoshga to'lmagan bo'lsa, bu oila ham ko'p bolali oila hisoblanadi.

Shunga ko'ra, Sizning oila ko'p bolali oila hisoblanadi.

🔰Davlat ko'p bolali oilalarga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta'minlaydi, jumladan:

💰Tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi hisobidan moliyaviy yordamlar ko'rsatiladi.

💼 Ko'p bolali ota-onalar uchun ish o'rinlarining eng kam soni tuman (shahar) hokimlari tomonidan belgilanadi, shuningdek, tashkilotlar tomonidan zaxiraga qo'yiladi.

Bunda, bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo'shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo'lgan ish o'rni yaratiladi.

🏫 Ko'p bolali oilalarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishda imtiyozli ro'yxatga kiritiladi.

Boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'idan ozod qilingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan (ta'lim shaklidan qat'iy nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy ta'limda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marotaba BHMning 15 baravarigacha (4 mln 950 ming so'mgacha) to'lov-kontraktini to'lab berish belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra:

🔹 umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o'zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo'li bilan talon-toroj qilish o'g'rilik hisoblanadi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llanilishi mumkin.

☑️ Shuningdek, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga quyidagi ma'muriy jazo choralari qo'llanilishi mumkin:

▫️BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming so'mdan 6 mln 600 ming so'mgacha) miqdorda jarima;
▫️yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olish.

⚠️ Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati BHMning 30 baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Turmush o'rtog'im tug'uruqxonada ishlaydi, oliy ma'lumotli. 3 yoshga to'lmagan farzandimiz bor. SHunday bo'lishiga qaramasdan, tungi navbatchilikda ishlab kelmoqda. Qonunan bu to'g'rimi? Turmush o'rtog'imga qanday imtiyozlar bor? (Qashqadaryo viloyati YAkkabog' tumanidan R.Arslonov)

Javob: Mehnat kodeksiga ko'ra, homilador ayollar, 14 yoshga to'lmagan bolaning (16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxs) faqat o'z yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin.

Bunda ish beruvchi mazkur xodimlarni tungi ishlardan, ish vaqtidan tashqari ishlardan, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlardan yoki xizmat safaridan voz kechish borasidagi huquqi to'g'risida xabardor qilishi shart.

Homilador ayollarni va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sog'lig'iga xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Hozirda bolalar nafaqasining har oylik miqdori qancha?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Hududlarni tozalashga kim mas'ul?

Batafsil infografikada

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Jinoyat kodeksiga ko'ra, 16 yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan zo'rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish:

🔹2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️Agarda mazkur harakat 14 yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa:

🔸3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔸3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

☑️ SHuningdek, o'sha harakatlar zo'rlik ishlatib yoki qo'rqitib sodir etilgan bo'lsa:

5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: O'g'lim 17 yosh, xorijga safarga ketmoqchiman, vaqtincha avtomashinamni o'g'limga ishonchnoma bilan berishim mumkinmi? (Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidan A.Tursunov)

Javob: Transport egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) mazkur transport vositasidan foydalanishi va boshqarishida ishonchnoma talab etilmaydi.

Buning uchun transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisida mazkur yaqin qarindoshlar ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Biroq Siz ayni vaziyatda o'g'lingizga ishonchnoma bera olmaysiz. Chunki u hali 18 yoshga to'lmagan.

Qonunchilikka ko'ra, 18 yoshga to'lgan shaxslarga avtotransport vositalarini boshqarish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, qishloq joylarda tibbiy xizmatlar ko'rsatish sohasida yangidan tashkil etiladigan (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro'yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga tibbiy xizmatlar qismida yagona soliq to'lovidan ozod etilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Advokat bo'lish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi

“Advokatura to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 3-1-moddasiga o'zgartirish kiritish haqida”gi qonun (O'RQ–862, 09.08.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰Qonunga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra:

▶️ Advokat maqomiga ega bo'lishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay'atida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka o'tashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.

Ilgari: talabgor shaxs yuridik mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo'lish lozim edi.

📌 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Toshkent metropolitenining yer usti yo'li bekatlariga nom berildi

“Toshkent metropolitenining yer usti yo'li bekatlariga nom berish to'g'risida”gi Hukumat qarori (349-son, 09.08.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, Toshkent metropoliteni “O'zbekiston mustaqilligining o'ttiz yilligi” yer usti metro halqa yo'lining “Do'stlik – Qo'yliq” yo'nalishi 1–14 bekatlariga, “Chilonzor” yo'lining “Olmazor – Sergeli” yo'nalishi 1–5 bekatlariga (jami 19 ta bekat) nom berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Ov qilish va baliq ovlash yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo'qolib borayotgan hayvon turlarini tutishning belgilangan tartibini yoki shartlarini, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi hayvonot dunyosidan foydalanish tartibini buzish:

juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda;
Qizil kitobga kiritilgan hayvonot dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo'lsa:

🔹BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (132 mln so'mdan 198 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
🔹
3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
🔹
3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Yengil avtomobillarda yuk tashilganda yukning uzunligi me'yordan oshib ketmasligi kerak

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin