Huquqiy axborot | Lotin
6.27K subscribers
3.47K photos
159 videos
2 files
7.48K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

Hukumat qarori (305-son, 21.07.2023 y.) bilan Pillani qayta ishlash va pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urug'i uchun subsidiya ajratish tartibi to'g'risida nizom tasdiqlandi

Nizomga ko'ra, 2026-yil 1-yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urug'ini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urug'i uchun 120 ming so'm miqdorida subsidiya ajratiladi.

🔰 Shunga ko'ra:

🔹 birinchi va ikkinchi mavsum uchun subsidiya oluvchilarning manzilli ro'yxati shakllantiriladi (20-maygacha);

🔹 uchinchi va to'rtinchi mavsum uchun Manzilli ro'yxat imzolanib, tasdiqlangan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasiga taqdim etiladi (20-avgustgacha);

🔹 Qo'mita subsidiyalar berish uchun ajratiladigan mablag'larni subsidiya oluvchining bank hisobvarag'iga o'tkazib beradi (10 ish kunida).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

Tashkilot mulkdori o'zgarganda, tashkilot qayta tashkil etilganda (qo'shib yuborilganda, qo'shib olinganda, bo'linganda, ajratib chiqarilganda, o'zgartirilganda) xodim roziligi bilan ish davom etaveradi.

📝 Tashkilot rahbari, o'rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilot alohida bo'linmasi rahbarini esa yangi mulkdor ishdan bo'shatishi mumkin.

➡️ Tashkilotning idoraviy bo'ysunuvi o'zgarganligi yoki qayta tashkil etilganligi xodimlarni ishdan bo'shatishga asos bo'lmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 44-moddasi: “Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

Bolalar mehnatining bolaning sog'lig'iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta'lim olishiga to'sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi”.

Majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo'llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda o'z xizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki xizmatni anglatadi. Jazo deganda jismoniy shaxsning ixtiyoriy roziligi mavjud bo'lmagani holda, ushbu shaxsga nisbatan uni mehnat faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladigan har qanday moddiy, jismoniy yoki ruhiy ta'sir choralarini qo'llash yoki qo'llash tahdidi tushuniladi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi va Jinoyat kodeksida voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo'l qo'yilmasligi to'g'risidagi talablarni buzish, ya'ni voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog'lig'iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lgan ishlarda foydalanish uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Video: https://youtu.be/OApr_ssGHdY

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda qondirish bilan bog'liq holda qasddan odam o'ldirish 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga munosib hissa qo'shgan profilaktika inspektorlarining oliy ma'lumotga ega yordamchilari Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig'i tavsiyasiga asosan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kvota asosida o'qishga kirishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 45-moddasi: “Har kim dam olish huquqiga ega.

Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to'lanadigan har yilgi mehnat ta'tilini belgilash orqali ta'minlanadi”.

Dam olish vaqti xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo'lgan va o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanishi mumkin bo'lgan vaqtdir.

Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:

▫️ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
▫️har kungi (smenalar oralig'idagi) dam olish;
▫️dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
▫️ishlanmaydigan bayram kunlari;
▫️har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillari;
▫️xodimning istagiga ko'ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensasiya sifatida taqdim etiladigan ishdan bo'sh bo'lgan qo'shimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.

Video: https://youtu.be/6JZSlItjrlk

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:

🔹mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 soʻm;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 soʻm;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 soʻm;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 soʻm;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 soʻm;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 soʻm;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 soʻmdan) 747 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 soʻm;

🔹zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 535 000 soʻm;

🔹ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 535 000 soʻm.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

📝 Davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Quyidagi turdagi tovarlarning ko'chma savdosi taqiqlanadi:

▫️ texnik jihatdan murakkab maishiy mahsulotlar;

▫️tez buziladigan tovarlar (sovitkich yoki muzlatkich bilan jihozlangan hollar bundan mustasno);

▫️yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar;

▫️bolalar oziq-ovqat mahsulotlari;

▫️hayvonlar, termik ishlov berilmagan, kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolar, veterinariya dori vositalari, mikroorganizmlar shtamplari, oziqalar va ozuqabop qo'shimchalar;

▫️aksiz solinadigan tovarlar, shu jumladan, spirtli ichimliklar;

▫️hasharotlar va zararkunandalarni zaharlashda qo'llaniladigan kimyoviy moddalar va zaharlar;

▫️diniy mazmundagi materiallar;

▫️qonunchilik hujjatlari bilan ko'chma savdo obyektlari orqali sotilishi taqiqlangan tovarlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng ko'p berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari bo'yicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmog'iga joylashtirib borilmoqda.

❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha bo'lgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

📌
O'z vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉 Batafsil: youtube.com/adliya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan (307-son, 22.07.2023 y.) Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'laridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik o'rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.

📝 Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi ma'lumotlari, subsidiya to'lab berilishi lozim bo'lgan hisobvaraq va manzili ko'rsatiladi.

🗓 Murojaat 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

🔹 hujjatlar to'liq taqdim qilinmaganida;

🔹 kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi YAgona elektron shartnomalar portalida ro'yxatdan o'tkazilmaganda;

🔹 kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi ma'lumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa.

🚫 Murojaat rad etilganida 1 kunda bu haqida murojaatchiga xabar beriladi.

📁 Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga o'tkazib beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga 2023/2024 o'quv yili uchun abiturientlarning hujjatlari 2023 yil 1 avgustdan 20 avgustgacha (20 avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.

⚠️ Yuridik texnikumlarga o'quvchilarni to'lov-kontrakt asosida qabul qilish bo'yicha qabul parametrlari bilan yuqoridagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_йил_1_августдан

Қонунчиликка кўра:

🔸Ёшларга компьютер харидлари учун ажратиладиган маблағлар ҳисобидан микроқарз шаклида;

🔸 “Ёшлар дафтари” ва Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги жамғармалари ҳисобидан бериладиган субсидия маблағларини ижтимоий контракт асосида ёшлар хоҳишига кўра алоҳида очилган банк картасига (нақдлаштириш имкониятисиз) ўтказишга рухсат берилади.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

“Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv ta'lim asosida kasb-hunarga o'qitilayotgan nogironligi bo'lgan shaxslarga nogironlik nafaqasi bilan bir vaqtda, BHMning 2 baravari (660 ming so'm) miqdorida har oylik stipendiya to'lab beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Shaxsning 16 yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan holda, unga nisbatan zo'rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

📌 O'sha harakatlar zo'rlik ishlatib yoki qo'rqitib sodir etilgan bo'lsa, 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Sport pasportini davlat xizmatlari orqali berish yo'lga qo'yiladi

Hukumat qarori bilan (309-son, 24.07.2023 y.) “Sportchilarga sport pasportini berish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

🔰 Unga ko'ra, Sport pasporti ikkinchi o'smirlar sport razryadidan past bo'lmagan razryadga ega bo'lgan, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shug'ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.

▶️ Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali vakolatli organ (Yoshlar siyosati va sport vazirligi) tomonidan ko'rsatiladi.

16 yoshga to'lmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.

🗓 Sport pasportining amal qilish muddati – 5 yil bo'lib, undan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

▫️bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga o'tishda;
▫️sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishda;
▫️tibbiy tekshiruvdan o'tishda;
▫️sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur bo'lgan normalar hamda talablarning bajarilishida;
▫️qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.

💰 Ariza DXM orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan BHMning 1/6 qismi (55 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

⚠️ Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslardan yig'im miqdorining 50 foizi undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitutsiyamizning 46-moddasi: “Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo'qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo'qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot huquqiga ega.

Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste'mol xarajatlaridan oz bo'lishi mumkin emas”.

Davlat tomonidan pensiyalarning bir qator turlari belgilangan, unga ko'ra:

▫️yoshga doir pensiya;
▫️nogironlik pensiyasi;
▫️boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi.

Yoshga doir pensiya olish huquqiga:

▫️erkaklar – 60 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo'lgan taqdirda;
▫️ayollar – 55 yoshga to'lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo'lgan taqdirda ega bo'ladilar.

Eng kam iste'mol xarajati deganda, insonning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun 1 oy davomida zarur bo'ladigan tovar va xizmatlarni sotib olishga yetadigan mablag' miqdori tushuniladi. Eng kam iste'mol xarajatlari miqdorini hisoblab chiqishda bugungi sharoitda aholining real o'rtacha ijtimoiy xarajatlarini inobatga olish lozim.

Video: https://youtu.be/j9WZY5IXyC4

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin