Huquqiy axborot | Lotin
6.51K subscribers
3.34K photos
154 videos
2 files
7.26K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezidentning “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–4399, 19.07.2019-y.) qabul qilindi

Qaror bilan:
👉 Loyiha Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshirilishi;
👉 Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi loyihani toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun masʼul organ ekanligi;
👉 Loyiha doirasida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish 2019-yil sentyabr oyidan boshlanishi;
👉 Loyiha maqsadlarida xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan olingan qarz Moliya vazirligi tomonidan qaytarilishi belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan loyihani amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi“ tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (608-son, 19.07.2019-y.) bilan Astraxan davlat texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi)ning Toshkent viloyatidagi filiali tashkil etildi

Qarorga muvofiq, baliqchilik tarmogʻi ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish va eng muhim ilmiy-tadqiqot vazifalarini hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash Filialning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Filial Bosh muassasa tomonidan taʼsis etiladi va kadrlarga boʻlgan talabdan kelib chiqib asosiy bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha mutaxassislar, jumladan, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi.

2019/2020 oʻquv yilida Toshkent davlat agrar universiteti Bosh muassasa bilan hamkorlikda “Suv bioresurslari va akvakultura” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi shaklda toʻlov-kontrakt asosida rus guruhida kadrlar tayyorlashni davom ettiradi.

Filialning taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

Filialda quyidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:
👉 Suv bioresurslari va akvakultura;
👉 Ekologiya va tabiatdan foydalanish;
👉 Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi;
👉 Baliqchilik xoʻjaligi iqtisodiyoti.

Filial bitiruvchilariga Astraxan davlat texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi)ning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va ushbu diplom Oʻzbekistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladi.

2020-yil 1-avgustgacha Filial malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan tanlov asosida toʻldirilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (603-son, 19.07.2019) bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intelektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi

Texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, boshqaruv faoliyatini intellektuallashtirish va avtomatlashtirishning ilmiy-texnikaviy masalalari yechimiga yoʻnaltirilgan dasturiy mahsulotlarni yaratish Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorining ilmiy konsultanti lavozimi joriy etiladi.

Ilmiy konsultant Markazga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Markaz direktori Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda universitet rektori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalarini tasdiqlash haqida Hukumat qarori qabul qilindi (607-son, 19.07.2019y.)

Qaror bilan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi bakalavr va magistr diplomlari va ularning tavsiflari, ushbu diplom ilovalarining davlat namunalari, oliy taʼlim muassasalarida beriladigan akademik maʼlumotnomaning davlat namunasi va tavsifi tasdiqlandi.

Diplom va ilovalarning davlat namunalari 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladi.

Diplomlar va ularning ilovalari hamda akademik maʼlumotnoma blankalarini tayyorlash bilan bogʻliq harajatlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Diplomlar va ularning ilovalari hamda akademik maʼlumotnoma blankalari kompyuterda toʻldiriladi va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilariga topshirish uchun (dublikat berish holatlari bundan mustasno) tekin tarqatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori bilan (606-son, 19.07.2019-y.) Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga koʻra, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, yaʼni maqsadli doktorantura bir oliy taʼlim yoki ilmiy muassasa uchun yetishmayotgan ilmiy darajali kadrni boshqa muassasada shartnoma asosida tayyorlashni nazarda tutadi.

Maqsadli doktorantura idora ichida, idoralararo hamda davlatlararo shaklda amalga oshiriladi.

Idora ichi va idoralararo maqsadli doktorantura izlanuvchilariga qonunchilikda belgilalangan miqdorda stipendiya toʻlanadi hamda taʼtil beriladi.

Maqsadli doktoranturaga hujjatlar har yili 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Doktoranturani muvaffaqiyatli tugatgan shaxs uni oʻqishga yuborgan buyurtmachi tashkilotga kamida uch yil ishlab berishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Sud ekspertizalarini oʻtkazish muddatlari ekspertizalarning murakkabligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda 30 kun doirasida belgilanadi.

Ekspertizani 30 kunda oʻtkazish mumkin boʻlmaganda muddat oʻtishidan 3 kun oldin ekspertizani tayinlagan organ bilan kelishgan holda qoʻshimcha muddat belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Pensionerlar oʻzlarining pensiya guvohnomasiga asosan kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha Toshkent metropolitenida bepul harakatlanish huquqiga ega.

Bunda pensionerlar maxsus jeton olish uchun metropoliten kassasi operatoriga pensiya guvohnomasini koʻrsatadi.

Ushbu jeton faqat shaxsan pensionerning oʻziga beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma
Cho‘milish mavsumida fuqarolarga eslatma

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumatning Maktabgacha taʼlim sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori (605-son, 19.07.2019-y.) qabul qilindi

Qaror bilan:
👉 Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 324-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti;
👉 Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 34-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti negizida doimiy ishlaydigan eksperimental maydonchalar tashkil etilishi belgilandi.

Eksperimental maydonchalarning asosiy vazifasi maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berishni tashkil etish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani jalb etish orqali respublikada maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga koʻmaklashishdan iborat.

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar belgilandi:
👉 Eksperimental maktabgacha taʼlim tashkiloti Maktabgacha taʼlim vazirligiga idoraviy mansub muassasa hisoblanadi;
👉 Mazkur tashkilotlarning mudirlari maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
👉 Ushbu tashkilotlarda ishlash uchun malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar jalb etiladi;
👉 Mazkur tashkilotlarga bolalarni qabul qilish tashkilot ustaviga muvofiq amalga oshiriladi;
👉 Tashkilotda ishlash uchun jalb etilgan xorijiy mutaxassislarning ish haqi miqdori maktabgacha taʼlim vaziri tomonidan Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga belgilanadi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (609-son, 20.07.2019-y.) bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish, unga umumiy rahbarlik qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va Agentlik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Agentlikning asosiy vazifasi intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish hisoblanadi.

Agentlikka Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan adliya vaziri oʻrinbosari – direktor rahbarlik qiladi.

Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishning eng muhim masalalari boʻyicha muammolarni ilmiy tahlil qilish, tavsiyalarni koʻrib chiqish va ishlab chiqish uchun Agentlikda yuqori malakali xodimlar, yetakchi olim va mutaxassislardan iborat ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi.

Agentlik xodimlari maqomi, tibbiy xizmat koʻrsatish, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlariga koʻra tegishli ravishda Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Maʼlumot_uchun
🇺🇿 2019-yil 23-iyul holatiga:

✳️ Eng kam:

👉 ish haqi — oyiga 202 730 soʻm;

👉 yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm;

👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm;

👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 soʻm.

✳️ Valyutalar kurslari:

🇺🇸 1 USD = 8624.51 (+ 40.01) ↑

🇪🇺 1 EUR = 9676.70 (+ 2.83) ↑

🇷🇺 1 RUB = 136.92 (+ 0.58) ↑

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Bolalar va oʻsmirlarning madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va ular bilan tanishish imkoniyatini kengaytirish maqsadida haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

Milliy muzey fondi tarkibiga davlat mulki boʻlgan barcha muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari kiradi.

#huquqingni_bil_va_talab_qil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (610-son, 22.07.2019-y.) bilan Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamenti tasdiqlandi

Reglament elektr energiyasi, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimining elektr tarmoqlariga ulash tartibini belgilaydi va tadbirkorlik subyektlarining elektr tarmoqlariga kamsitilmasdan kirishini taʼminlaydi.

Reglament:
👉 tashkiliy huquqiy shaklidan qatʼi nazar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlariga;
👉 “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ;
👉 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ;
👉 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ;
👉 “Oʻzbekgidroenergo” AJ;
👉 “Oʻzenergoinspeksiya”;
👉 Majburiy ijro byurosi;
👉 elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarni elektr tarmoqlariga ulash moʻljallanayotgan isteʼmolchilarga tatbiq etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (613-son, 22.07.2019-y.) bilan 2019–2021-yillarda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi

Qarorga muvofiq, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam taʼminlangan fuqarolarning bandligini taʼminlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlaridan etib belgilandi.

Qaror bilan Dasturni moliyalashtirish manbalari tasdiqlandi.

Shuningdek, sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarida jami 67 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi, bu orqali 710 ta yangi ish oʻrni yaratilishi belgilandi.

Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish boʻyicha belgilangan loyihalar orqali 7 630 nafar aholining bandligi taʼminlanishi nazarda tutildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (616-son, 22.07.2019-y.) bilan “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamenti tasdiqlandi

Qarorga koʻra:
👉 Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Invesititsiya dasturiga va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan tashkilotlarga va loyihaning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qiluvchi davlat organlariga tatbiq etiladi;
👉 “UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ, yaʼni tizim operatori tizimning joriy etilishi va uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlaydi;
👉 Investitsiyalar va tashqi savdo hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirliklari investitsiya loyihalarining maʼlumotlar bazasini boshqaradi va nazorat qiladi;
👉 2019-yil 1-avgustdan boshlab barcha ishtirokchilar tajriba tariqasida bosqichma-bosqich axborot tizimiga ulanadi;
👉 2019-yil 1-oktyabrdan axborot tizimi davlat organlari tizimlariga integratsiya qilinadi;
👉 2019-yil 1-dekabriga qadar axborot tizimi boʻyicha litsenziya huquqlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga beriladi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Haydovchining ish vaqti davomiyligi 9 soatdan ortiq yoki yoʻnalish masofasi 400 km va undan koʻp boʻlganda yoʻlovchilar tashilayotgan avtobusda haydovchining dam olishi uchun joy jihozlangan boʻlishi va qatnovga ikki nafar haydovchi chiqarilishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (618-son, 22.07.2019-y.) bilan Savdo-sanoat palatasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, Roʻyxatda shu paytgacha 85 ta tashkilot mavjud edi.

Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
#Bilasizmi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PF–5466-son Farmoniga asosan 2018-yil 1-iyuldan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)larida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi amalga oshirib kelinmoqda.

Dastur doirasida quyidagilar amalga oshirilishi belgilangan:
👉 yillik 7 % stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish;
👉 kredit hajmining 50 foizigacha kafilliklar berish;
👉 tadbirkorlik loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik “Yoshlar — kelajagimiz” Jamg‘armasi ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish;
👉 band boʻlmagan yoshlar yashaydigan uy xoʻjaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish;
👉 yoshlarning qayta tayyorlanishi va malaka oshirishini tashkil etish, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, ularga biznes yuritish koʻnikmalarini singdirish;
👉 yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda binolar, ofis texnikasi va sarflash materiallarini ijaraga berish, ularni Internet bilan taʼminlash, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirishga koʻmak berish uchun “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari qurish;
👉 savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun mehnat kuchi haddan ziyod boʻlgan tumanlarda “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarini qurish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin