Huquqiy axborot | Lotin
6.85K subscribers
3.39K photos
155 videos
2 files
7.34K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Yuridik texnikumlarga qabul boshlanishiga 3 kun qoldi

🗓 Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga hujjat topshirish 1-avgustdan boshlanadi.

⚠️ Ma’lumot uchun: Yuridik texnikumlariga 2023/2024-oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 20-avgustgacha (20-avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: “Direktor bo'lib ishlayman. Pedagoglar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi bilan bog'liq o'zgartirishlar haqida eshitdim. Savolim shuki, navbatdagi mehnat ta'tiliga chiqsam, necha kun dam olaman?” Xorazm viloyati SHovot tumanidan R. Matnazarov

Javob: Mehnat kodeksining 501-moddasida pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari sifatida pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanishi nazarda tutilgan.

Hukumat qarori bilan Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi me'yorlari tasdiqlangan.

Mazkur me'yorga asosan, boshlang'ich, umumiy o'rta ta'lim maktablar va maktab-internatlar, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari, Respublika o'quv-tarbiya muassasalarining direktor, ijrochi direktor, uning o'rinbosarlari (ma'muriy-xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, xo'jalik mudiridan tashqari), direktor maslahatchisi, maktab maslahatchisi 56 kalendar kunlik yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili olishi belgilangan.

❗️Yuqoridagilarga asosan, Siz navbatdagi mehnat ta'tilida 56 kalendar kunlik davomiylikda ta'til olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ish stajiga ega bo'lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–120-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, 2023 yil 1 avgustdan:

🔹zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so'm;

🔹ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – oyiga
568 000 so'm;

🔹o'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga
568 000 so'm;

🔹boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so'm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun – 198 000 so'm etib belgilanadi;

🔹boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 568 000 so'm etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💰 Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar bo'yicha BHMning 50 foizi (165 ming so'm) miqdorida har oyda kompensasiya pul to'lovlari to'lanadi.

📊 Bunda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etayotgan ko'chaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy ko'rsatkichlar orqali baholanadi.

☑️ Mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan ko'cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko'rsatganligi inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball to'plagan taqdirda to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

3 yoshgacha bo'lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo'lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo'lgan ona kasal bo'lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo'lgan ishlayotgan boshqa oila a'zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

‼️ Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima 5 baravar ko'p undiriladi

Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

🗓 Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo'shimcha ravishda huquqbuzarlarga:

🔹 moratoriy talablarini buzganlik uchun ma'muriy jarimalar miqdori 5 baravarga;
🔹 daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qo'llaniladi.

🚫 Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo'q qilishni nazarda tutuvchi ko'rsatmalarni o'z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning ko'rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat'iyan taqiqlanadi.

📁 Shuningdek, moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog'ona pasaytiriladi.

⚠️ Aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo'mitasining maxsus axborot tizimiga huquqbuzarlik holatlari to'g'risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo'yicha huquqbuzardan undirilgan mablag'lar hisobidan BHMning 1 baravari (330 ming so'm)ga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma

🔰 Huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

🔹 @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida)
🔹 @pravoinf (rus tilida)
🔹 @leginf (ingliz tilida)

📲 Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Abituriyentlar test kunida test boʻladigan bino hududiga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga esa soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan kirishi kerak.

📝 Bunda abituriyent shaxsni aniqlash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tekshiriladi.

❗️Abituriyent test materiallarida nuqson aniqlasa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berishi kerak.

➡️ Nazoratchi test kitobining birinchi betiga “nuqsonli” deb yozib abituriyentga boshqa test beradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️ Qonunchilikka ko‘ra, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining rejali taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘g‘risida kamida 3 kun oldin ogohlantirishga majbur.

Shuningdek, isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishning to‘xtatib turilishi va buning sabablari to‘g‘risida maʼlumot berilishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Diqqat_loyiha

❗️“O'zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi

📁 Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo'nalishlarini belgilab beruvchi “O'zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

“O'zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko'rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo'lib, unda 5 ta yo'nalish bo'yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.

“O'zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko'rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro'yxati tasdiqlanmoqda.

Ushbu havolalar orqali loyihalar muhokamasida faol ishtirok eting:

▫️https://regulation.gov.uz/oz/d/83808
▫️http://2030.strategy.uz/

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️“Konstitutsiya – sha'nim va qadrim himoyachisi” tahliliy maqolalar tanlovi g'oliblari aniqlandi

🔰 Hududiy adliya organlari xodimlari o'rtasida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng targ'ib qilish maqsadida “Konstitutsiya – sha'nim va qadrim himoyachisi” tahliliy maqolalar tanlovi o'tkazildi.

Tanlov natijasiga ko'ra, eng yuqori ball to'plagan quyidagi
3 nafar ishtirokchi g'olib deb topildi:

1️⃣-o'rinMatjanova Baxitli Sultamuratovna, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Qonliko'l tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi;

2️⃣-o'rin Ismoilov Shahbozjon Akmaljon o'g'li, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Sirdaryo tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi;

3️⃣-o'rinBahranov Sherzod Xolmurodovich, Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

🗓 1-avgustdan nimalar o'zgaradi?

🔹Ish stajiga ega bo'lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi BATAFSIL

🔹Ayrim tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog, suisidolog lavozimlari joriy etiladi BATAFSIL

🔹Ota-onalarning farzandi ta'limi uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi BATAFSIL

🔹Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish bo'yicha elektron platforma ishga tushiriladi BATAFSIL

🔹Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag'lar bank kartasiga o'tkazilishi mumkin BATAFSIL

🔹Davlat organlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ayrim mas'ul xodimlariga 20 foiz miqdorda ustama to'lanadi BATAFSIL

🔹Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi BATAFSIL

🔹Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizasiya qilish ishlari boshlanadi BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 IT-park rezidenti bo'lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o'quv kurslarini so'nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (8 mln 250 ming so'mgacha) iste'mol kreditlari ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam bo'lmagan yirik o'lchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) ko'chatni ekish hamda ularni kamida 2 yil davomida parvarish qilish bo'yicha qo'shimcha majburiyat yuklatiladi.

❗️ Bunda daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yig'imni to'laganlik yuridik va jismoniy shaxslarni kompensatsiyaviy ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.

⚠️ Eslatma: Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima mavjud.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a'zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a'zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta'qib etish:

BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilgan “Mehnat huquqlarimizni o'rganamiz” aksiyasi davomida fuqarolardan kelgan murojaatlarning 4 319 tasi hal qilinib, shundan 3 055 tasi qanoatlantirilgan (batafsil infografikada).

🎙Shuningdek, mehnat huquqi bo'yicha bir qator mavzularda ekspert bilan suhbat tashkil etildi.

⚠️ Suhbatlarni quyidagi havolalar orqali kuzatishingiz mumkin:

▫️2 iyundagi soni | ▫️9 iyundagi soni |▫️16 iyundagi soni |▫️21 iyundagi soni |▫️7 iyuldagi soni |▫️12 iyuldagi soni

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Otorinolaringologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi

“Otorinolaringologiya xizmatini takomillashtirish va uning ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–255-son, 01.08.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2023 yil 1 sentabrdan yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo'yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil qilinadi.

🏢 Markaz otorinolaringologiya yo'nalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi hamda “Markaz – hududiy tibbiyot muassasalari – tuman (shahar) tibbiyot muassasalari” tizimi asosida ishlaydi.

📝 2024/2025 o'quv yilidan Markazda otorinolaringologiya ixtisosligi bo'yicha tibbiyot kadrlarini klinik ordinatura orqali tayyorlash tashkil qilinadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar ko'p tarmoqli tibbiyot markazlarining otorinolaringologiya bo'limlari Markazning hududiy filiallari hisoblanadi.

🗓 2024 yil 1 yanvardan otorinolaringologiya va yuz-jag' jarrohligi yo'nalishlaridagi tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko'rsatilishiga ruxsat beriladi.

🔘 2024 yildan zaif eshitadigan bolalarni koxlear implantasiya amaliyotiga tayyorgarlik davrida qo'shimcha yiliga kamida 2 000 ta raqamli eshitish moslamalari bilan ta'minlash yo'lga qo'yiladi.

📁 Qaror bilan shuningdek, 2023–2026 yillarda otorinolaringologiya xizmatini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Yong'in oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishi lozim

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yuridik va jismoniy shaxslarning asosiy fondlari hisoblangan bino va boshqa mol-mulki nobud bo'lishi va zararlanishi (olovdan, tutundan, katta haroratdan, yong'in o'chirish vositalaridan, portlashdan — agar portlash natijasida yong'in ro'y bergan bo'lsa) yong'in bilan hamda atrof tabiiy muhitga zarar yetkazish bilan bog'liq bo'lib, talafot ko'rgan deb topilsa, yetkazilgan mulkiy zarar bevosita ko'rilgan talafotlar miqdori bilan aniqlanadi.

▶️ Davlat yong'in nazorati organlari yong'inlardan yetkazilgan zararni qonunchilikka muvofiq yuridik shaxslar va sug'urtalovchilar tomonidan berilgan ma'lumotlar, sudlarning hukmlaridan ko'chirmalar yoki yetkazilgan moddiy zarar miqdorini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar ilova qilingan mulk egalarining yozma arizalariga asosan hisobga oladilar.

Fuqarolar yong'in tufayli o'ziga yetkazilgan zararning o'rni belgilangan tartibda qoplanishi huquqiga ega.

📌 G'ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to'liq hajmda qoplanishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Davlat xizmatlaridan bir finjon qahva ustida foydalaning

Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida, poytaxtimizning Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida Navbatsiz xizmat maskani tashkil etildi.

▶️ Ushbu maskanning o'ziga xosligi shundaki, fuqarolar bir finjon qahva ustida:

🔹 xorijga chiqish biometrik pasportini olish;
🔹 biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish;
🔹 tadbirkorlik faoliyatini ro'yxatdan o'tkazish kabi 300dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari hamda bir vaqtning o'zida qo'shimcha qulayliklardan bahra olishlari mumkin.

Vaqtingiz tig'iz, har daqiqangiz g'animat bo'lsa, qulaylik siz uchun odat va turmush tarziga aylangan bo'lsa, Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazidagi Navbatsiz xizmat maskaniga tashrif buyuring.

Sizni ko'rishdan doim xursandmiz!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin