Huquqiy axborot | Lotin
6.12K subscribers
3.62K photos
200 videos
2 files
7.79K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#2023_yil_1_avgustdan

🔰 Ayrim tibbiyot muassasalarida quyidagilar lavozimlar joriy etiladi:

🔹tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;

🔹stasionar o'ringa ega bo'lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo'lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suisidolog;

🔹stasionar o'ringa ega bo'lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo'limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

Qonunchilikka ko'ra, soliq to'lovchilar tomonidan yoshidan qat'i nazar farzandlarining O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishlari uchun yo'naltiriladigan to'lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

Qonunchilikka ko'ra:

🔸“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi;

🔸suv omborlarida ishlovchi mas'ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo'yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

📝 Davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizasiya qilish ishlarini boshlanadi.

⚠️ Ijtimoiy soha obyektlarida O'zbekistonda 1 yil sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan va xizmat qilish kafolati kamida 15 yilni tashkil qiladigan qozonlar o'rnatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

☑️ Qonunchilikka ko'ra:

🔸axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro sertifikatga ega davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish uchun mas'ul xodimlariga o'rnatilgan ustamalarga qo'shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama to'lanadi.

Bunda, xalqaro sertifikat ro'yxati Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan shakllantiriladi va uning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi;

🔸Raqamli texnologiyalar vazirligining axborot texnologiyalari hamda raqamli xizmatlar joriy etilishi holatini baholash reytingi bilan qamrab olinmagan davlat organlari rahbarlarining raqamlashtirish bo'yicha o'rinbosarlariga har oyda mehnatga haq to'lash jamg'armasining 30 foizi miqdorida ustama haq to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2023_yil_1_avgustdan

🗓 1-avgustdan nimalar o'zgaradi?

🔹Ish stajiga ega bo'lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi BATAFSIL

🔹Ayrim tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog, suisidolog lavozimlari joriy etiladi BATAFSIL

🔹Ota-onalarning farzandi ta'limi uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi BATAFSIL

🔹Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish bo'yicha elektron platforma ishga tushiriladi BATAFSIL

🔹Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag'lar bank kartasiga o'tkazilishi mumkin BATAFSIL

🔹Davlat organlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ayrim mas'ul xodimlariga 20 foiz miqdorda ustama to'lanadi BATAFSIL

🔹Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi BATAFSIL

🔹Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizasiya qilish ishlari boshlanadi BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin