Huquqiy axborot | Lotin
6.12K subscribers
3.62K photos
200 videos
2 files
7.79K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: “Direktor bo'lib ishlayman. Pedagoglar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi bilan bog'liq o'zgartirishlar haqida eshitdim. Savolim shuki, navbatdagi mehnat ta'tiliga chiqsam, necha kun dam olaman?” Xorazm viloyati SHovot tumanidan R. Matnazarov

Javob: Mehnat kodeksining 501-moddasida pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari sifatida pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanishi nazarda tutilgan.

Hukumat qarori bilan Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi me'yorlari tasdiqlangan.

Mazkur me'yorga asosan, boshlang'ich, umumiy o'rta ta'lim maktablar va maktab-internatlar, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari, Respublika o'quv-tarbiya muassasalarining direktor, ijrochi direktor, uning o'rinbosarlari (ma'muriy-xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, xo'jalik ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, xo'jalik mudiridan tashqari), direktor maslahatchisi, maktab maslahatchisi 56 kalendar kunlik yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili olishi belgilangan.

❗️Yuqoridagilarga asosan, Siz navbatdagi mehnat ta'tilida 56 kalendar kunlik davomiylikda ta'til olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Bir haftaga oilaviy dam olishga ketmoqchiman. O'sha kunlari farzandim bog'chaga bormaydi. Bog'chaga borilmagan kun uchun pul to'lashim shartmi? Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidan Y. Nazarova

Javob: Ota-onalardan birining ishdan (o'qishdan) bo'sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko'ra bola bog'chaga kelmagan hollarda joriy oy uchun to'lanishi lozim bo'lgan to'lov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan to'lov summasiga kamaytiriladi.

❗️To'lovni kamaytirish uchun ota-onalardan biri sababi ko'rsatilgan holda maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan ariza (bildirishnoma) yozishi shart.

Bunda bolaninng bir yilda ko'pi bilan 60 kundan ortiq bo'lmagan muddatgacha maktabgacha ta'lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi.

🔘 Demak, maktabgacha ta'lim muassasasi oldindan yozma ogohlantirilgan bo'lsa, bola bog'chaga bormagan kunlar uchun pul to'lanmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: “Xususiy firmada qorovul bo'lib ishlayman. Oyligimiz juda kam, 500 ming so'm atrofida. Ish joyim xususiy bo'lgani uchun oylikni oshirish bo'yicha biror tartib bormi? Men qaerga murojaat qilishim kerak bo'ladi?”

Javob: Prezident farmoniga asosan, O'zbekistonda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 980 ming so'mni tashkil etadi. SHuningdek, mazkur farmonda ish beruvchilarga ish haqi miqdorlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lmagan holda to'lashni ta'minlab, ish haqi miqdorlarini mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilgan.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 245-moddasida, ish vaqtining oylik normasini ishlab bergan va mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini bajargan xodimning mehnatiga haq to'lashning oylik miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lishi mumkin emasligi belgilangan.

Yuqoridagilarga ko'ra, Siz ishlayotgan xususiy firmada shtatlar jadvali tasdiqlangan bo'lishi kerak, mazkur jadvalga asosan Sizning egallab turgan lavozimingizga to'lanishi lozim bo'lgan miqdor ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Agarda ish joyingizda bir stavkada ishlayotgan bo'lsangiz, bir oyda sizning eng kam oylik maoshingiz 980 ming so'mdan kam bo'lmasligi, yarim stavkada ishlayotgan bo'lsangiz 490 ming so'mdan kam bo'lmasligi kerak.

Siz bir stavkada ishlayotgan bo'lsangiz, sizga to'lanayotgan 500 ming so'm oylik maoshi qonunchilikka zid hisoblanadi, bordiyu yarim stavkada ishlayotgan bo'lsangiz, sizga to'lanayotgan oylik miqdori to'g'ri.

Bunday holda Siz ish beruvchiga, ya'ni firma rahbariyatiga yozma ravishda murojaat qilib oyligingizning nima sababdan kamligini tushuntishlarini va huquqiy asoslantirishlarini so'rashingiz mumkin.

Agarda firma tomonidan berilgan javobdan qoniqmasangiz va uni huquqiy asoslantirilmagan deb hisoblasangiz, bu holatda Mehnat kodeksining 545-moddasiga asosan mehnat nizolari bo'yicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlisiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Mening to'rt nafar farzandim bor. To'ng'ichim 21 yoshda, talaba. Farzandimiz 18 yoshdan oshganligi tufayli biz ko'p bolali oilalarga berilishi mumkin bo'lgan imtiyozlardan foydalana olmaymizmi? Umuman, ko'p bolali oilalarga qanday imtiyozlar bor? (Jizzax viloyati G'allaorol tumanidan S. SHuhratova)

Javob: Qonunchilikka ko'ra, 4 nafar va undan ortiq 18 yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan oila ko'p bolali oiladir.

Bunda, agar 4 nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan ko'prog'i ta'limning kunduzgi shaklida (o'rta maxsus va professional, oliy) ta'lim tashkilotlarida o'qiyotgan hamda 22 yoshga to'lmagan bo'lsa, bu oila ham ko'p bolali oila hisoblanadi.

Shunga ko'ra, Sizning oila ko'p bolali oila hisoblanadi.

🔰Davlat ko'p bolali oilalarga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta'minlaydi, jumladan:

💰Tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi hisobidan moliyaviy yordamlar ko'rsatiladi.

💼 Ko'p bolali ota-onalar uchun ish o'rinlarining eng kam soni tuman (shahar) hokimlari tomonidan belgilanadi, shuningdek, tashkilotlar tomonidan zaxiraga qo'yiladi.

Bunda, bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo'shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo'lgan ish o'rni yaratiladi.

🏫 Ko'p bolali oilalarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishda imtiyozli ro'yxatga kiritiladi.

Boquvchisini yo'qotgan ko'p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'idan ozod qilingan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Turmush o'rtog'im tug'uruqxonada ishlaydi, oliy ma'lumotli. 3 yoshga to'lmagan farzandimiz bor. SHunday bo'lishiga qaramasdan, tungi navbatchilikda ishlab kelmoqda. Qonunan bu to'g'rimi? Turmush o'rtog'imga qanday imtiyozlar bor? (Qashqadaryo viloyati YAkkabog' tumanidan R.Arslonov)

Javob: Mehnat kodeksiga ko'ra, homilador ayollar, 14 yoshga to'lmagan bolaning (16 yoshga to'lmagan nogironligi bo'lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o'rnini bosuvchi shaxs) faqat o'z yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin.

Bunda ish beruvchi mazkur xodimlarni tungi ishlardan, ish vaqtidan tashqari ishlardan, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlardan yoki xizmat safaridan voz kechish borasidagi huquqi to'g'risida xabardor qilishi shart.

Homilador ayollarni va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish homilador ayolning hamda bolaning hayotiga va sog'lig'iga xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa mavjud bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: O'g'lim 17 yosh, xorijga safarga ketmoqchiman, vaqtincha avtomashinamni o'g'limga ishonchnoma bilan berishim mumkinmi? (Farg'ona viloyati Oltiariq tumanidan A.Tursunov)

Javob: Transport egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) mazkur transport vositasidan foydalanishi va boshqarishida ishonchnoma talab etilmaydi.

Buning uchun transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisida mazkur yaqin qarindoshlar ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Biroq Siz ayni vaziyatda o'g'lingizga ishonchnoma bera olmaysiz. Chunki u hali 18 yoshga to'lmagan.

Qonunchilikka ko'ra, 18 yoshga to'lgan shaxslarga avtotransport vositalarini boshqarish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Aliment va moddiy yordam olaman. Erimning oyligi yaxshi. Biroq aliment juda kam tushadi. Buni tekshirtirish uchun kimga murojaat qilish kerak? (Samarqand shahridan N. Ahmedova)

Javob: Oila kodeksiga muvofiq, aliment sud tomonidan belgilanganda aliment to'lovchining har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:

🔸 bir bolaga – to'rtdan bir qismi;
🔸 ikki bolaga – uchdan bir qismi;
🔸 uch va undan ortiq bolaga – yarmisi miqdorida undiriladi.

💰 Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 26,5 foizi (hozirgi kunda 259 700 so'm)dan kam bo'lmasligi kerak.

🔺 Davlat ijrochisi aliment bo'yicha pul mablag'larining qarzdorning ish haqidan to'g'ri ushlab qolinishi va o'z vaqtida o'tkazilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga ko'ra yoki o'z tashabbusi bilan tekshirish o'tkazishi mumkin.

Shu sababli, Siz aliment pullari to'g'ri ushlab qolinayotganligini tekshirish uchun davlat ijrochisiga murojaat qilishga haqlisiz.

⚠️ Qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto'g'ri ma'lumotlar berganlik yoki qarzdor o'zining ish joyi va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma'lum qilmaganligi javobgarlikka tortishga asos bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

Savol: Men olti oylik homiladorman va shu vaqtgacha xususiy do'konda sotuvchi bo'lib ishlab kelyapman. Do'kon egasidan menga “dekret” berishini so'ramoqchiman. Xususiy do'konda ham qonuniy tarzda “dekret” olsam bo'ladimi? (Navoiy viloyati Nurota tumanidan Z. Asadova)

Javob: Agar siz qonuniy tarzda oxirgi 6 oydan beri ushbu do'konda ishlab kelayotgan bo'lsangiz, bu holda sizga mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochiladi va 5 ish kuni ichida undagi ma'lumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tug'uruqxona muassasasining mas'ul xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi.

Bu esa sizga 4 oylik nafaqa tayinlanishini ta'minlaydi. Nafaqa xodimning farzandi tug'ulguniga qadar minimal iste'mol xarajatlarining 4 baravari miqdorida to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Soʻragan_edingiz_javob_beramiz

📲 Savol: Maktabda oʻqiydigan farzandimning telefonini oʻqituvchisi olib qoʻyibdi. Shaxsiy mulk boʻlsa, uni olishga haqqi bormi? (Toshkent shahridan M. Hojiyeva)

Javob: Qonunchilikka asosan, oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini oʻchirib qoʻyishi hamda sumkasiga solib qoʻyishi shart.

🚫 TAQIQLANADI

🔰Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

🔹 telefonini boʻyniga osib olish, koʻkrak choʻntaklarida, shim, yubkalari choʻntaklarida va shu kabilarda saqlash;
🔹 telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

🔰 telefoni yordamida:

🔹 atrofdagilarga zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targʻib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
🔹 ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zoʻravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yoʻli bilan zarar yetkazish;

🔰 oʻquv mashgʻulotlari vaqtida:

🔹 telefon orqali soʻzlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni joʻnatish;
🔹 telefonni stol ustiga qoʻyish;
🔹 musiqa tinglash;
🔹 surat va video tasvirlarni koʻrsatishda telefondan foydalanish, tasvir koʻrish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
🔹 suratga olish va video tasvirga tushirish;
🔹telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

⚠️ RUXSAT ETILADI

➡️ Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarga mashgʻulotlar va tadbirlar oraligʻida faqat asosli va kechiktirib boʻlmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bogʻlanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

‼️TARTIBNI BUZSA

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qoʻyish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor oʻrinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

Demak, ta’lim muassasasida mobil telefondan foydalanish tartibi buzilgan taqdirda, oʻqituvchi uning telefonini muassasa rahbariyatiga yoki ota-onasiga berish sharti bilan olib qoʻyishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin