Edu.uz
151K subscribers
15.9K photos
3.16K videos
209 files
10.5K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
Aziz vatandoshlar,
Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!

Tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik hamda xonadoningizdan to‘kin-sochinlik va fayzu-baraka arimasin!

Mustaqil Vatanimizning tinchligi va ravnaqi yoʻlida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor boʻlsin!

🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!
#Xalqaro_hamkorlik

Qoʻshma taʼlim dasturi orqali yoshlarimiz ham Oʻzbekistonda, ham Vengriyada tahsil olishlari mumkin

Mamlakatimizdagi uchta oliy taʼlim muassasasi rahbarlaridan iborat delegatsiya Vengriyaning Debretsen universiteti vakillari bilan uchrashib, oʻzbek-venger qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.
____________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqilligimiz_30_yoshda

Mustaqillik xalqimiz uchun eng qutlug‘ va buyuk ne’matdir. Shu bois, mazkur ulug‘ sana yurtimizda katta tantana sifatida munosib nishonlanadi.

O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab Farg‘ona davlat univеrsitеtida ham “Yangi O'zbеkistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida bayram tantanasi o‘tkazildi.

Istiqlolning o‘ttiz bahori muborak, “Yangi Oʻzbekistonim!”
_________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Mustaqillik_solnomasi

So‘nggi besh yilda o‘ttiz islohot:
2017—2021-yillarda amalga oshirilgan muhim ishlar

Batafsil infografikalarda 👆🏻
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqilligimiz_30_yoshda

«Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!» gʻoyasi ostida jonajon vatanimiz mustaqilligining 30-yilligini ulkan shodiyona sifatida keng nishonlayapmiz. Sizlarni xalqimizning eng ulugʻ, eng aziz bayrami — mamlakatimiz mustaqilligining 30-yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!

INOM MADJIDOV,
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor
_________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi | O‘zbekiston qahramoni Shavkat Ayupov bilan suhbat

Youtube'da (HD formatda) ko‘rish
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Rasman bir necha daqiqalardan soʻng mandat eʼlon qilina boshlaydi!

🔰 2021-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 15:00 dan boshlab bilish mumkin.

Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:

👉 15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

👉 16:00 dan – Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari;

👉 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.
________
➡️ @eduuz
Mandatni qanday bilsam boʻladi?

☝️Tanlov natijalarini quyidagi usullar orqali bilish mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

✔️ Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
_____
Kanalga ulanish: 👇
https://t.me/joinchat/Rfn4C07nmVy_NS2j
Edu.uz pinned «⚡️ Rasman bir necha daqiqalardan soʻng mandat eʼlon qilina boshlaydi! 🔰 2021-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 15:00 dan boshlab bilish mumkin. Natijalar…»
#Qonunchilik_yangiliklari

OTMlar huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi

“Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-5241, 31.08.2021) qabul qilindi.

🔰 Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan:

oliy taʼlim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etiladi;

turdosh OTM hamda asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tarmoq tashkilotlariga 213 ta texnikum biriktiriladi;

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Jizzax xizmat koʻrsatish va servis texnikumi tugatilib, uning barcha mol-mulki TATU huzuridagi Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga oʻtkaziladi;

texnikumlar va akademik litseylarda malaka talablari, oʻquv reja va dasturlar, oʻquv-me’yoriy hujjatlar tayanch OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

OTMlar oʻzlariga biriktirilgan texnikumlarni oʻquv-metodik hujjatlar bilan taʼminlaydi.

☑️ Shuningdek, qarorga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilidan quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

🔸 texnikumlarga qabul parametrlarini shakllantirishda qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, xizmat koʻrsatish va axborot texnologiyalari kabi sohalarda oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashning davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich koʻpaytirish;

🔸 OTMga oʻqishga kirmagan maktablarning 11-sinf bitiruvchilarini texnikumlar va kollejlarda birinchi kasb yoki mutaxassisliklar boʻyicha bepul oʻqitish.
____________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Xalqaro munosabatlar sohasida oʻquvchi talabalar ishlab chiqarish amaliyoti (praktikasi)ni xorijdagi muassasalarda oʻtashi mumkin

Hukumat qarori (551-son, 31.08.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

☑️ Nizomga koʻra, amaliyot OTM tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishiladigan dastur asosida tashkil etiladi.

🗓 Amaliyot bir oʻquv yilida bir marta 10 kundan kam boʻlmagan va 30 kundan koʻp boʻlmagan muddatlarda oʻtkaziladi.

➡️ Amaliyot 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda OTM tomonidan xorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirgan iqtidorli 3-kurs talabalarining roʻyxati tuziladi hamda ularga berilgan tavsiyanomalar bilan birga har yili 1-iyuldan kechikmagan holda, Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etiladi.

Saralab olishda talabalardan:

— CEFR tizimining kamida C1 darajasiga mos keladigan chet tilini bilish toʻgʻrisidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi;

— umumiy reyting (oʻzlashtirish) koʻrsatkichlari 80 ball va undan yuqori boʻlishi, fanlardan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi talab etiladi.

2️⃣-bosqichda nomzodlar Tashqi ishlar vazirligida qabul qiluvchi tashkilot talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlanib, 20-iyulgacha suhbatdan oʻtkaziladi.

❗️Amaliyotni oʻtash davrida talabaning belgilangan tartibda stipendiya olish huquqi saqlab qolinadi.

‼️Glossariy:

🔘 Oʻzbekistonning xorijdagi muassasalari degandaOʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari yoki xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari;

🔘 Xalqaro munosabatlar sohasi deganda“Siyosatshunoslik”, “Xalqaro munosabatlar”, “Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)”, “Yurisprudensiya (xalqaro huquqiy faoliyat)”, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha)” hamda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari tushuniladi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Soʻragan_edingiz

118-SAVOL:
Assalomu alaykum, natijalar ham chiqdi. Jiyanimga „Shartnoma bilan tavsiya qilindi“ deb xabar keldi. Xotin-qizlar uchun beriladigan tavsiyanomasi bor edi. Grantga kirmaydimi? L'gota (imtiyoz)ni ham hisobga olinganligini qayerdan bilamiz endi?

JAVOB:
Avvalo jiyaningiz talaba boʻlgani bilan tabriklaymiz.

Tartibga koʻra, ushbu tavsiyanomaga ega abituriyent toʻplagan balliga qoʻshimcha ball berilmaydi. Balkim, hududlar kesimida ajratilgan imtiyozli kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. Masalan, joriy yil Qashqadaryo viloyati uchun 193 (Respublika boʻyicha 2000) nafar tavsiyanomaga ega talabalar uchun qoʻshimcha grant oʻrinlari berildi.

Agar abituriyent shu kvota doirasida yuqori ball toʻplay olmagan boʻlsa, u umumiy tartibda hamma qatori davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatga ham ega.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jiyaningiz toʻplagan ball tavsiyanomaga ega talabgorlar orasida hududlar kesimida oʻtish baliga yetarli boʻlmagan (“l'gota”si kuygan), ammo umumiy tartibdagi kvotada tanlagan beshta yoʻnalishning ketma ketligiga koʻra bittasiga toʻlov-kontrakt uchun yetarli ball hisoblangan va talabalikka tavsiya etilgan.

👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
____
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish mexanizmi joriy etiladi

“Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (556-son, 31.08.2021 y.) qabul qilindi.

📝 Qarorga ko‘ra, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni maqsadli o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash va ularni keyinchalik ishga joylashtirish mexanizmi joriy etiladi.

Qaror bilan:

● AT “Aloqabank” huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida Venchur jamg‘armasi;

● mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “IT-bilimlarni rivojlantirish markazi” tashkil etildi.

📌 Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida keyingi 5 yil ichida 100 minggacha yosh mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ularni keyinchalik ishga joylashtirishda ko‘maklashish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

💰 Shunga ko‘ra, har yili 5 yil ichida mutaxassislarning sohada maqsadli tayyorlanishini va ularning startap loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish uchun Markazga 50 mlrd so‘m miqdorida amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining yarmidan oshmagan holda qarz ajratiladi va u keyingi 5 yil ichida bosqichma-bosqich qaytariladi.

☑️ Vazirlik va tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib, Markaz tomonidan tanlangan ta’lim tashkilotlari o‘rtasida har yili belgilangan maqsadli parametrlar doirasida buyurtma shakllantiriladi.

🙎♂ Ta’lim tashkilotlarida maqsadli o‘qish uchun 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi nomzod bo‘ladi.

🔘 Nomzodlar Markaz tomonidan ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda tanlov asosida tanlanadi.

➡️ Tanlab olingan nomzodlar (stipendiatlar) Markaz bilan ularning istiqboldagi daromadlarini ulush tarzida taqsimlash to‘g‘risidagi shartnomani (Income Share Agreement) tuzadi, unga ko‘ra axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida ularning o‘qishini to‘lashga maqsadli qarz taqdim etiladi.

❗️Stipendiatlar o‘qishni tugatgandan so‘ng maqsadli qarz va ushbu qarz bo‘yicha foizlarni qaytarishga majbur.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqi yana bir bor Vatan ozodligini, qadr-qimmatini har birimizga anglatdi. Mamlakatimiz rahbarining nutqi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xalqaro ekspertlar, xorijlik taniqli olimlar tomonidan ham qizg‘in kutib olindi.

Bugungi kunda Samarqand davlat universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan chet ellik professor-o‘qituvchilar ham mazkur tarixiy nutq haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Oʻqishni_koʻchirish

⚠️ RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakolatidagi talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar (oliy taʼlim muassasalaridan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha) vazirlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.

Koʻrib chiqish natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda eʼlon qilinadi:

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilmaganligi boʻyicha maʼlumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Shunga koʻra ushbu toifadagi talabalar 2021-yil 5-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarining koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetlari orqali maʼlumot olishlari mumkin.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalar roʻyxati 2021-yil 6-sentabr kuni 16:00 dan boshlab talabalar oʻqishi koʻchirilishi soʻralgan oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida koʻchirilishi muayyan oliy taʼlim muassasasi tomonidan uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli koʻrib chiqilgandan soʻng belgilanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned «​#Oʻqishni_koʻchirish ⚠️ RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!! Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakolatidagi talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan…»
⚡️DIQQAT! MUHIM EʼLON!!!

🔰 2021/2022-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6-sentabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13-sentabrdan e’tiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi.

✔️ Maʼlumki, yangi oʻquv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.

🔸Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.

🔹Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida boʻlgan talabalarning oliy taʼlim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.

🔺Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashgʻulotlari umumiy tartibda 6-sentabrdan boshlanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube