#Soʻragan_edingiz
📢 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri hamda vazir oʻrinbosarlarining murojaatlar platformasi orqali kelib tushgan savolga javob
❓ 83-SAVOL:
Men Oʻzbekistondagi oliygohda oʻqib, oʻqishim oxiriga yetmasdan maʼlum bir sabablarga koʻra oʻqishdan chetlashtirildim. Soʻng Rossiyaga ketib, u yerning fuqaroligini qabul qildim. Hozirda men Oʻzbekistonda avval oʻqigan oliygohimga oʻqishimni tiklab, uni davom ettira olamanmi?
✅ JAVOB:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq siz oʻqishingizni avval oʻqigan oliygohingizda tiklashingiz mumkin. Faqat xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talaba sifatida toʻlov-kontraktni toʻlashingizga toʻgʻri keladi.
❓ 84-SAVOL:
Nodavlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirmoqchiman. Ularga qabul qanday amalga oshiriladi?
✅ JAVOB:
Nodavlat oliy taʼlim muassasalariga qabul tartibi mazkur oliygoh tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Shu bois siz ushbu masalada bevosita nodavlat oliy taʼlim muassasasining oʻziga murojaat qilishingiz mumkin.
〰️〰️〰️〰️
🔄 Quyida bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing👇
1-4 | 5-7 | 8-11 | 12-15 | 15-20 | 21-23 | 24-27 | 28-31 | 32-35 | 36-39 | 40-43 | 44-47 | 48-52 | 53-57 | 58 | 59-60 | 61-63 | 64-66 | 67-69 | 70-72 | 73-74| 75-76 | 77-78 | 79-81 | 82
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

❓ 85-SAVOL:
Magistratura ta’lim bosqichidagi kirish imtihonlarida, ya’ni mutaxassislik yo‘nalishi imtihoniga homiladorlik sababli (tug‘ruq bo‘lganligi) belgilangan kuni qatnasha olmagan taqdirda imtihon uchun qo‘shimcha kun ajratilishi mumkinmi?
✅ JAVOB:
Normativ-huquqiy hujjatlarda mazkur holat bo‘yicha ma’lum bir tartib belgilanmagan. Ammo bu holatda talabgor tegishli OTMga uzrli sababini ma’lum qilgan holda imtihonni (faqat) oldinroq kunga o‘tkazishni so‘rab, rasmiy tarzda murojaat qilish tavsiya etiladi (tug‘ruq jarayonidan avval).
❓ 86-SAVOL:
Test imtihonlari javoblari e’lon qilinganidan so‘ng, yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan kontraktni to‘lash uchun qayerga murojaat qilishlari kerak?
✅ JAVOB:
Test sinovlaridan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni amalga oshrish uchun qaysi oliy ta’lim muassasiga hujjat topshirgan bo‘lsalar, o‘z tanlovlariga ko‘ra tanlagan oliy o‘quv yurtlariga bevosita murojaat qilishlari mumkin.
❓87-SAVOL:
Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kira olmasam test sinovlarida toʻplagan ball bilan texnikumga kirish imkoniyati mavjudmi?
✅ JAVOB:
Texnikumlarga joriy yilda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etib, tegishli ball toʻplagan abituriyentlarga texnikumlardagi kasblar va mutaxassisliklarning test fanlari majmuasi hamda ketma-ketligi mos kelganda toʻplagan bali bilan tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Mazkur toifadagi abituriyentlar texnikumlarga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.
Bunda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar texnikumlardagi test sinovida ishtirok etishi yoki etmasligini texnikumga hujjat topshirishda maʼlum qiladi.

1-4 | 5-7 | 8-11 | 12-15 | 15-20 | 21-23 | 24-27 | 28-31 | 32-35 | 36-39 | 40-43 | 44-47 | 48-52 | 53-57 | 58 | 59-60 | 61-63 | 64-66 | 67-69 | 70-72 | 73-74| 75-76 | 77-78 | 79-81 | 82| 83-84 |

❓115-SAVOL:
Prezidentimizning farmoni bilan kvartirada turadigan talabalar uchun oylik ijara haqqining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilyapti. Men xorijiy universitetning Toshkentdagi filialida oʻqiyman va ijarada turaman. Oylik arendam uchun menga ham shu imtiyoz beriladimi?
✅ JAVOB:
Joriy yil 20-aprel kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan farmon bilan ota-onasiga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan talabalar toʻlaydigan oylik ijara toʻlovining 50 foizini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilish tizimi joriy qilingan.
Ammo hozirda bu imtiyoz faqat davlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil oladigan talabalarga taalluqli.
❓116-SAVOL:
Ijara huquqi asosida yashaydigan talabalar tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizini qoplab berish qaysi toifadagi talabalarga qoʻllaniladi?
✅ JAVOB:
Bu imtiyoz asosan ehtiyojmand kam taʼminlangan oila farzandlari, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, imkoniyati cheklangan shaxslar, universitetning akademik va jamoat hayotida oʻrnak koʻrsatgan talabalar uchun qoʻllaniladi. Imtiyozdan foydalanish uchun bir qator mezonlarga eʼtibor bering:
➖ariza beruvchi talabada ijara shartnomasi boʻlib, davlat soliq xizmati organlarida rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak;
➖murojaat qilayotgan paytida talaba aynan ijara shartnomasida koʻrsatilgan manzilda (!) yashayotgan boʻlishi kerak.
👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
___

❓117-SAVOL:
Men ijara huquqi asosida yashayman. Ijara toʻlovi uchun yordam qaysi tartibda amalga oshiriladi. Toʻlov naqd pul yoki plastik kartaga tushiriladimi?
✅ JAVOB:
Siz tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi rektorining buyrugʻiga asosan buxgalteriya boʻlimi tomonidan ijara haqining bir qismini qoplash uchun beriladigan mablagʻlar sizning plastik kartangizga pul oʻtkazish yoʻli bilan har oyda 1 marta oʻtkazib beriladi.

❓118-SAVOL:
Assalomu alaykum, natijalar ham chiqdi. Jiyanimga „Shartnoma bilan tavsiya qilindi“ deb xabar keldi. Xotin-qizlar uchun beriladigan tavsiyanomasi bor edi. Grantga kirmaydimi? L'gota (imtiyoz)ni ham hisobga olinganligini qayerdan bilamiz endi?
✅ JAVOB:
Avvalo jiyaningiz talaba boʻlgani bilan tabriklaymiz.
Tartibga koʻra, ushbu tavsiyanomaga ega abituriyent toʻplagan balliga qoʻshimcha ball berilmaydi. Balkim, hududlar kesimida ajratilgan imtiyozli kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. Masalan, joriy yil Qashqadaryo viloyati uchun 193 (Respublika boʻyicha 2000) nafar tavsiyanomaga ega talabalar uchun qoʻshimcha grant oʻrinlari berildi.
Agar abituriyent shu kvota doirasida yuqori ball toʻplay olmagan boʻlsa, u umumiy tartibda hamma qatori davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatga ham ega.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jiyaningiz toʻplagan ball tavsiyanomaga ega talabgorlar orasida hududlar kesimida oʻtish baliga yetarli boʻlmagan (“l'gota”si kuygan), ammo umumiy tartibdagi kvotada tanlagan beshta yoʻnalishning ketma ketligiga koʻra bittasiga toʻlov-kontrakt uchun yetarli ball hisoblangan va talabalikka tavsiya etilgan.
👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
____

#Saylov_24_10_2021 |#Soʻragan_edingiz
❓Savol:
Doimiy yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berishi uchun o‘z saylov uchastkasiga borishi kerakmi?
✅ JAVOB:
Yoʻq. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qoʻshimcha imkoniyat yaratildi. Endilikda saylovlarda ovoz berish uchun talabalar oʻz saylov uchastkasini oʻzgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.
———————————
➡️ Oʻz saylov uchastkangizni aniqlash uchun havolaga oʻting
➡️ Saylov uchastkangizni almashtirish uchun murojaat joʻnatmoqchi boʻlsangiz mana bu havolaga oʻting
👉🏻 Telegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter - Portal

❓122-SAVOL:
Assalomu alaykum, men kollej.edu.uz orqali hujjat topshirdim. Aytishlaricha imtihonsiz oʻqishga qabul qilinishim mumkin ekan. Shunday boʻlishi mumkinmi? Yoki imtihon boʻladimi?
✅ JAVOB:
Amaldagi tartibga asosan, kollejlar, texnikumlarga kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng bo‘lganda, abituriyentlar tanlovsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi. Ammo, agarda kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha tushgan arizalar soni tasdiqlangan kvotadan ortiq boʻlganda kirish imtihonlari kasb va mutaxassislik xususiyatiga koʻra test sinovlari, kasbiy (ijodiy) yoki yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
________

#Soʻragan_edingiz|#Call_center
Vazirlik “Call-center”iga eng ko‘p kelib tushayotgan savollardan
❓123-SAVOL:
Assalomu alaykum! Men Toshkentdagi unversitetga o‘qishga kirdim. Toshkentda ijarada yashash uchun imkonim yo‘q. Kirgan universitetim yotoqxonasidan joy olmoqchiman. O‘zi qanday mezonlar asosida yotoqxonadan joy ajratiladi?
✅ JAVOB:
Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish boʻyicha asosiy mezonlar quyidagilar:
➖ Kam ta’minlangan oila farzandlari;
➖ Boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oila a’zosi;
➖ I va II guruh nogironligi boʻlgan talaba;
➖ Toʻliq davlat ta’minotida boʻlganlar (chin yetim);
➖ Oilasida 2 va undan ortiq toʻlov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talaba;
➖ “Temir daftar”ga tushgan oila farzandi;
➖ Ota-onasining doimiy ish joyi mavjud boʻlmagan talaba;
➖ Oilasida I va II guruh nogironligi yoki surunkali kasallik bilan davolanadiganlar boʻlgan talaba.
👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
___
Kanallarimizga ulaning 👇

❓124-SAVOL:
2 oylik chaqologʻim bor. Oʻqishimni onlayn qilsam boʻladimi?
✅ JAVOB:
Maʼlumki, Hukumat qarori bilan talabalarga akademik ta’til berishning yangicha tartibi o‘rnatilgan.
Unga koʻra OTM talabalariga bolalarni yoki oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun akademik ta’til berilishi mumkin.
Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra OTM rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga (agar OTMda bunday ta’limning shakllari mavjud bo‘lsa) o‘tkazilishi mumkin.
Bunda talaba OTMdan chetlashtirilgan hisoblanmaydi.
Yuqoridan kelib chiqib, Siz universitet rahbari nomiga akademik taʼtil olish uchun ariza bilan murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

❓125-SAVOL:
Men bu yil o‘qishga kirolmadim, ammo super kontrakt asosida o‘qimoqchiman. Super kontraktga arizamni elektron tarzda yo‘llab, shartnomamni ham elektron shaklda rasmiylashtirmoqchi edim, ammo ariza to‘ldirishda ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnoma turini tanlash so‘ralyapti. Shular haqida batafsil ma’lumot bersangiz.
✅ JAVOB:
Avval xabar qilganimizdek, joriy o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali elektron shaklda amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Mazkur platforma orqali oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomasiga ariza berish jarayonida ikki yoki uch tomonlama shartnoma turini tanlash lozim.
Bunda:
Ikki tomonlama shartnoma — OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Unda tabaqalashtirilgan shartnoma to‘lovi abituriyent yoki talaba yoxud ularning ota-onasi tomonidan to‘lanadigan bo‘lsa, ikki tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak bo‘ladi.
Uch tomonlama shartnoma — OTM, abituriyent va uchinchi tomondan esa biror-bir yuridik yoki jismoniy shaxs o‘rtasida tuziladi. Unda tabaqalashtirilgan shartnoma to‘lovi abituriyent yoki talaba yoxud ularning ota-onasi tomonidan emas, balki biror-bir tashkilot (masalan, bank yoki abituriyent ota-onasining ishxonasi) orqali to‘lovni amalga oshirish imkoni bo‘lgan taqdirda, uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak bo‘ladi.
👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
—

Telegram
Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464
📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuz

❓Talabalarga turar-joy ijarasi uchun 50 foizlik chegirma kimlarga qay tartibda beriladi?
❓10 foizli imtiyoz faqat joriy o‘quv yilida o‘qishga kirganlarga taalluqlimi?
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor USMANOV tomonidan “Darakchi” gazetasi tahririyatiga fuqarolardan turar-joy ijarasi uchun 50 foizlik chegirma va 10 foizli imtiyoz boʻyicha kelib tushgan murojaatlar asosida batafsil ma’lumotlar berildi.
———
👀👉 Eduuzni kuzatishda davom eting!

❓126-SAVOL:
Farzandim Jizzax shahridagi akademik litseyga o‘qishga topshirgan edi. Ammo o‘qishga kirolmabdi. O‘g‘limning aytishicha, savollarning ko‘pchiliga to‘g‘ri javob bergan. Shuning uchun apellyatsiyaga bermoqchimiz, shunga qayerga murojaat qilishimiz kerak?
✅ JAVOB:
Akademik litseylarga kirish imtihonlari natijasidan norozi bo‘lgan abiturientlar test topshirgan ta’lim muassasasining o‘ziga yozma ravishda murojaat qilgan holda apellyatsiya arizasini qoldirishlari mumkin.
Apellyatsiya arizasini test topshirgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga berish huquqiga ega.
Shikoyat arizasi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat nomzod ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.
Nomzod pasporti yoki ID kartasi (tug‘ilganlik haqida guvohnoma bilan nomzodning shaxsini tasdiqlovchi fotosurati yopishtirilib, muhrlangan maktab ma’lumotnomasi) va nomzod ruxsatnomasi bilan xabarnomada belgilangan kunda kelishi shart.
Nomzod taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘z tahlilini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilingan test materiallari bilan birga Apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.
Eslatib o‘tamiz, apellyatsiya arizalari 25-sentabrga qadar (shu kuni ham) test topshirilgan ta’lim muassasida tuzilgan Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
_

❓Xorijiy oliy ta'lim muassasasi filialidan mahalliy oliygohlarga “super” kontrakt to‘lab, o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov “Darakchi” gazetasi tahririyatiga fuqarolardan o‘qishni ko‘chirish boʻyicha kelib tushgan murojaatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Soʻragan_edingiz
#Press_klub
❓Qishki ta’tilning uzaytirilishi 1–2-kurs talabalarining o‘quv rejasiga ta’sir etmaydimi?
❓Shuningdek, OTM rahbar va o‘qituvchilarini kimlar o‘qitadi?
—
🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube