Edu.uz
152K subscribers
16.2K photos
3.28K videos
211 files
10.6K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Professional_ta’lim

Professional ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida Avgust seminarlariga start berildi

🔰Yangi o‘quv yili oldidan professional ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog xodimlari uchun o‘quv dasturlari va darsliklardagi yangiliklar, o‘zgarishlarni tizim xodimlariga yetkazish, yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish yuzasidan muhim va ustuvor yo’nalishlarni belgilab olish maqsadida Avgust seminarlari o‘z ishini boshladi.

👉🏻 Batafsil
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkent shahridagi Amiti universiteti dunyo bo‘ylab eng yetuk mutaxassis olimlarni jalb etgan holda tadqiqotchi va professor-o‘qituvchilar uchun “Xalqaro professor-o‘qituvchilar muhokamalari forumi” turkum dasturlarini e’lon qiladi.

Birinchi mehmon-dokladchi dunyoga mashhur NASA kompaniyasining yuqori malakali dasturchilari rahbari – Maykl Gerard Xinchey.

Maykl Gerard Xinchey – irlandiyalik kompyuter muhandisi. Irlandiyaning ko‘p universitetli tadqiqot markazi bo‘lgan “Irlandiya dasturiy muhandislik tadqiqot markazi”ning direktori.

Uning hozirgi kungacha qo‘lga kiritgan quyidagi yutuqlari va mukofotlari tahsinga loyiq:

• NASA dasturiy ta’minotni ta’minlash tadqiqotiga qo‘shgan hissasi uchun 2012-yilgi "NASA" mukofoti;
• “NASA Kerley” mukofoti–2009 – Yil tadqiqotchisi;
• “NASA” faxriy mukofoti–2008;
• Buyuk Britaniyaning “Yetuk matematik” mukofoti;
• Buyuk Britaniyaning “Yetuk muhandis” mukofoti;
• Buyuk Britaniyaning “Yetuk professional muhandis” mukofoti;
• Buyuk Britaniyaning “Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis” mukofoti;
• Avstraliya muhandislar instituti, ilmiy xodim faxriy unvoni;
• Buyuk Britaniya kompyuter jamiyati, ilmiy xodim faxriy unvoni;
• Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti, katta a’zosi;

Mazkur tadbir joriy yilning 26-avgust kuni 14:30 da universitet binosida tashkil etiladi.

Ishtirok etish bepul.

Manzil:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani , Labzak ko‘chasi 70-uy.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 amity-edu.zoom.us

Shuni ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Amiti universitetining bu kabi dasturlarni yo‘lga qo‘yishidan asosiy maqsadi respublikada olimlar faoliyatini rag‘batlantirish va ularning dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassis olimlari bilan uchrashuvlarini tashkil etish, ilmiy-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malaka darajasini yanada oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Amiti universiteti 80% ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, 100% chet ellik mutaxassislar faoliyat olib borishadi.
#So‘ragan_edingiz

110-SAVOL:
Man Angrenliman. O‘qishimni Farg‘onadan Toshkentga O‘zbekiston milliy universitetiga o‘zimning yo‘nalishimga ko‘chirmoqchi edim. Ariza yo‘llaganman. Sherigim ham bor, sherigimga super kontrakt to‘lash lozimligini aytishibdi. Toshkent viloyatidagilar o‘qishini boshqa viloyatdan super kontraksiz Toshkent shahriga ko‘chira olishmaydimi?

JAVOB:
Bu holatda o‘qishni ko‘chirish uzrli sabab hisoblanmasligini hamda Toshkent shahri Toshkent viloyatining tarkibiy hududi bo‘lmagani bois talabgor o‘qishini ko‘chirishni tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiradi.


111-SAVOL:
Men 2020-yil Andijon viloyati Asaka tumanidagi tibbiyot texnikumiga o‘qishga qabul qilingan edim. Shu yili sharoitimiz og‘irligi sababli o‘qiy olmadim. Men bu yil o‘qishimni qayta tiklatgan holda davom ettirishim mumkinmi?

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasida professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qayta tiklash Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

Mazkur nizomga muvofiq o‘qishni qayta tiklash o‘quvchi ta’lim olgan tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va hal etiladi.

Shu sababli Siz o‘qishingizni tiklash masalasida o‘zingiz o‘qigan ta’lim muassasasi ma’muriyatiga yoki Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.

Ma'lumot uchun: tartibga ko‘ra, o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash yozgi ta’til davrida tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.


👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📢 E’LON!

Bugun, 26-avgust soat 11:15
da AOKA zalida “Oliy ta’lim sohasida raqamlashtirish: natijalar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar:

🔹Raximjon Rasuljonovich Xakimov - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari;

🔹Alisher Ilxamovich Abdullayev - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i.

🔹Abdusamat Abdusaitovich Mamanazarov - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bo'lim boshlig‘i.

Barcha OAV vakillari hamda jurnalistlar taklif etiladi.

❗️Ushbu masalalar bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni telegram tarmog‘i orqali @Rasmiy_aloqabot manziliga yo‘llashingiz mumkin.

📲 Matbuot anjumani “UzReport TV” telekanali, AOKA va vazirlikning Facebook sahifasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn yoritiladi.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani

AOKA zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Raximjon Rasuljonovich Xakimov boshchiligidagi mutasaddilar ishtirokida “Oliy ta’lim sohasida raqamlashtirish: natijalar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani boshlandi.

📲 Matbuot anjumani “UzReport TV” telekanali, AOKA va vazirlikning Facebook sahifasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn efirga uzatilmoqda.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani

Vazir o'rinbosari R.Xakimov "Oliy ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish: Raqamli universitet" loyihasi haqida ma'lumot berdi.

🔰Ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimini raqamlashtirish maqsadida Raqamli universitet loyihasi doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” (HEMIS - Higher Education Management Information Systems) ishlab chiqildi.

➡️ Ushbu axborot tizimi “Ma’muriy”, “O‘quv”, “Ilmiy” va “Moliyaviy” jarayonlarini boshqarish modullarini o‘z ichiga oladi.

🔸2021-yil 1-sentabrdan boshlab mazkur tizimni bosqichma-bosqich oliy ta’lim muassasalarida joriy etish orqali axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani I #Online

HEMIS - “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi” bo'yicha INFOGRAFIKA

📌 Axborot tizimining “O‘quv jarayoni” moduli 2020/2021 o‘quv yilida kredit-modul tizimiga o‘tkazilgan 50 ta davlat OTMda joriy etildi. Shuningdek, “Ma’muriy jarayon” moduli respublika bo‘yicha barcha OTMda joriy etildi hamda 30 402 nafar o‘qituvchilar va 656 502 nafar talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.

🔴 Onlayn kuzatish https://www.facebook.com/mvsso
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Online

INFOGRAFIKA

2021/2022-o‘quv yilidan boshlab:

barcha davlat OTMda talabalar o‘quv varaqasi, guruh jurnali, reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma, dars jadvali, davomat va o‘zlashtirishga oid ma’lumotlar, to‘lov-kontrakt shartnomalari hamda aylanma varaqalari raqamlashtiriladi.

O‘n mingta talabasi mavjud OTMda qog‘oz ko‘rinishida yuritiladigan hujjatlar bekor qilinishi hisobiga bir o‘quv yilida o‘rtacha 90 mln. so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ iqtisod qilinadi.

Axborot tizimi OTMning milliy reytingi onlayn hisobotlarini shakllantirish orqali ularning faoliyatini onlayn rejimda tahlil qilib borish imkoniyatini beradi.

Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari talaba va o‘quvchilarining yagona ma’lumotlar bazasi “Yagona ijtimoiy himoya reestri”, “Yoshlar daftari”, attestat.edu.uz tizimi, Elektron hukumatning yagona idoralararo tarmog‘i bilan integratsiya qilindi.

🔴 Onlayn kuzatish https://www.facebook.com/mvsso
____________________
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Glocals Bookshop
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik

Oliy taʼlim muassasalarida 2021/2022-oʻquv yili 6-sentabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi.

👉Sardor Usmanov _ Global Edu Trends
⚡️ Rasman magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari sanasi aniq bo'ldi

📆 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
3️⃣-smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

📌 Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Edu.uz pinned «⚡️ Rasman magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari sanasi aniq bo'ldi 📆 2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari…»
#Faxrimizga_ehtirom

Kuni kecha Prezidentimiz farmoniga ko‘ra mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, ilm-fan yo‘lida qo‘shgan katta hissasi uchun Fanlar akademiyasi akademigi, Matematika instituti direktori Shavkat Abdullayevich Ayupovga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali bilan taqdirlandi.

«O‘zbekiston Qahramoni» Shavkat Ayupovni e’tirof etib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligidagi vazirlik rahbarlari ushbu yuksak unvon va oliy nishon bilan qutlashdi va quvonchiga sherik bo‘lishdi.

Vazir A. Toshqulov so‘nggi yillarda matematika sohasiga qaratilayotgan e’tibor, bugun shu sohaning ulug‘ ustozi Shavkat Ayupov haqida gapirib, doimo xalqimizning shunday yuksak e’tibori, e’tirofi va albatta, ehtiromida bo‘lib yurishini tilab qoldi.
__________
👉🏻@eduuz
#Faxrimiz

Prezident farmoniga koʻra, mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori, professor Xudaynazar Beknazarovich Yunusov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Mamlakatimizda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, qolaversa bugunning dolzarb muammosi boʻlgan oziq-ovqat havfsizligini taʼminlash borasidagi olib borilayotgan izchil izlanishlarda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va institut rektorining fidokorona mehnati hukumatimiz tomonidan munosib baholandi va eʼtirof etildi.

💐 Xudaynazar Yunusovni ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganliklari bilan chin dildan muborakbod etamiz!
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿 ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA O‘QISHNI KO‘CHIRISH UCHUN IJODIY (KASBIY) IMTIHONLARGA START BERILDI

26-avgust kuni xorijiy OTMdan Andijon davlat universitetiga alohida iqtidor talab etuvchi 6 ta ta’lim yo‘nalishlar bo’yicha 1031 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tgan.

Imtihonlar ikki smenada tashkil etilgan.

👉Batafsil: https://adu.uz/uz/news/article/1591

🇷🇺БЫЛ ДАН СТАРТ НАЧАЛУ ТВОРЧЕСКИХ ЭКЗАМЕНОВ И ПЕРЕВОДА ИЗ ИНОСТРАННЫХ ВУЗОВ В АНДИЖАНСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ

26 августа 1031 абитуриент подали заявление из зарубежных вузов в Андижанский государственный университет по 6 специальностям.

Экзамены будут проводиться в две смены.

👉Подробно: https://adu.uz/ru/news/article/1591

🇬🇧LAUNCHING CREATIVE EXAMS, TRANSFER FROM FOREIGN HIGHER EDUCATION TO ANDIJAN STATE UNIVERSITY

On August 26, 1031 applicants from foreign universities claimed enrolment to the Andijan State University for 6 available disciplines.

Exams are organized in two sessions.

👉Read more: https://adu.uz/en/news/article/1591
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿 DIQQАT, QABUL DAVOM ETMOQDA!

Hurmatli abituriyentlar!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va “MIFI” Milliy yadroviy tadqiqot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasidagi hamkorlik asosida “Iqtisodiy xavfsizlik” mutaxassisligi bo‘yicha “1+1qo‘shma magistratura dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda.

🗓 Hujjatlar joriy yilning 30-avgust kuniga qadar quyidagi rasmiy veb-sayt orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🎓 Dastur haqida

Bitiruvchilarga ikkita bir xil kuchga ega bo‘lgan xalqaro (MIFI MYATU) va O‘zbekiston (TDIU) diplomlari beriladi;

Kirish imtihonlari MIFI MYATU va TDIU ning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan suhbat asosida tashkil etiladi;

Ta’lim berish jarayonlari 2021/2022 o‘quv yilida TDIU da (to‘lov-kontrakt asosida), 2022/2023 o‘quv yilida MIFI MYATU da (grant asosida) tashkil etiladi;

Kirish imtihonlari va ta’lim jarayonlari rus tilida olib boriladi;

MIFI MYATUda tahsil olish davomida talabalar yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Qabul uchun topshiriladigan hujjatlar:

rasmiy tarjima qilingan va notarial idoralar orqali tasdiqlangan fuqarolik pasporti va bakalavr diplomi (ilovalari bilan).

MIFI MYATU OTMning xalqaro TOP-1000 reytingiga kirgan bo‘lib, bitiruvchilarga beriladigan diplom O‘zbekistonda to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi (nostrifikatsiya talab etilmaydi).

📳 Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @mephi_tsue_21.

☎️ (+998) 97 775 58 09, (+998) 91 553 00 77

🌐 Sayt: https://org.mephi.ru/register/pupil
————————————————————

🇷🇺 ВНИМАНИЕ, ПРИЁМ ПРОДОЛЖАЕТСЯ!

Уважаемые абитуриенты!

▶️ На основе сотрудничества ТГЭУ и Национального исследовательского ядерного университета «МИФИ» (Российская Федерация) идет прием заявок на совместную магистерскую программу «1 + 1» по специальности «Экономическая безопасность».

🗓 До 30 августа текущего года заявки будут приниматься онлайн через официальный сайт.

👉 Регистрация

🎓 О программе

Выпускникам вручаются два равнозначимых диплома международного (НИЯУ МИФИ) и узбекского (ТГЭУ) образцов;
Вступительные экзамены организуются на основе собеседований ведущих профессоров НИЯУ МИФИ и ТГЭУ;
Учебный процесс будет организован в 2021/2022 учебном году в ТГЭУ (на платной основе), в 2022/2023 учебном году в НИЯУ МИФИ (на грантовой основе);
Вступительные экзамены и учебный процесс ведутся на русском языке;
Студентам предоставляются общежития на время обучения в НИЯУ МИФИ;
Документы для регистрации: официально переведенный и нотариально заверенный паспорт, и диплом бакалавра (с приложениями);
НИЯУ МИФИ входит в международный рейтинг вузов ТОП-1000, дипломы выпускников принимаются непосредственно в Узбекистане (нострификация не требуется);

📳 Наш официальный канал в Telegram: @mephi_tsue_21.

☎️ (+998) 97 775 58 09, (+998) 91 553 00 77

🌐 Сайт: https://org.mephi.ru/register/pupil
#Tayinlov

Toshkent arxitektura-qurilish institutiga yangi rektor tayinlandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, shu kunga qadar Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelgan Ercan Kahya Qurilish vazirligi tasarrufidagi Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi.

Ercan Kahya bakalavriatura bosqichi bo‘yicha Turkiyadagi Istanbul texnika universitetini 1984-yilda, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha Nyu Yorkdagi Politexnika universitetini 1988-yilda tamomlagan.

1993-yilda Los Anjeles Kaliforniya universitetida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube