Edu.uz
159K subscribers
17.7K photos
3.73K videos
230 files
11.3K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Onlayn_kurs

Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan onlayn trenerlar tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yildi

Bosh ilmiy-metodik markazi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga jalb etilgan professor-o‘qituvchilar uchun 2 kunga mo‘ljallangan qisqa muddatli onlayn trenerlar tayyorlash kurslarining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Onlayn kurslarda “Kredit-modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish”, “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” hamda “Pedagogning kasbiy professionalligini oshirish” kabi modullar bo‘yicha ma’ruzalar tashkil etildi.

👉 Batafsil
___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rektor_minbari

Latviyaning ISMA universiteti O‘zbekistondagi oliy ta’lim istiqboliga munosib hissa qo‘shadi

Mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, oliy ta’limni xalqaro mezonlar asosida yuksaltirish yo‘lidagi amaliy ishlarni doimo ijobiy baholayman. Ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikning yuqori salohiyatiga ishonaman.

Roman Dyakon,
Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi – ISMA universitetining Farg‘ona shahridagi filiali direktori, akademik

👉🏻Batafsil
______
Латвийский университет ISMA внесет достойный вклад в развитие высшего образования Узбекистана

Широкомасштабные реформы, проводимые в независимом Узбекистане, в частности практическая работа, направленная на дальнейшее развитие высшего образования на основе международных критериев, заслуживают положительной оценки. Мы верим в высокий потенциал нашего с узбекскими коллегами сотрудничества в сфере образования.

Роман ДЬЯКОН,
директор Ферганского филиала университета ISMA, академик

👉🏻Подробно
#Rektor_minbari

Moda va dizayn sohasidagi o‘zbek xalqining madaniyati va an’analari haqida

Italiyaning “GAZZETTA DELLʻEMILIA ROMAGNA” onlayn gazetasida Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayevning “Moda va dizayn sohasidagi o‘zbek xalqining madaniyati va an’analari” nomli maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada milliy liboslar xalqning ko‘p yillik tarixi, qadimiy an’analari, estetik yondashuvlarini o‘zida aks ettirishi, shuningdek, milliy libosning yosh avlod tarbiyasidagi tutgan o‘rni haqida so‘z boradi.

O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasiga o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz!

📰 Quyidagi havola orqali maqola bilan (ingliz tilida) batafsil tanishishingiz mumkin 👇

https://www.gazzettadellemiliaromagna.com/about-the-culture-and-traditions-of-the-uzbek-people-in-the-field-of-fashion-and-design/

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2021

E’LON‼️

TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY OF EDUCATION (TIUE) 2021-2022-o‘quv yili uchun hujjatlar qabul qilishni davom ettirmoqda

Universitetda Britaniya ta’lim tizimi asosida INGLIZ va RUS tillarida tahsil olishingiz mumkin.

Yo‘nalishlar:

Biznes boshqaruvi;
Axborot texnologiyalari;
Ta’lim va o‘quv jarayonlarini boshqarish.

Ingliz tilida o‘qish 4 yil, rus tilida esa 3 yil davom etadi. 1-sentabrgacha ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!
___

TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY OF EDUCATION (TIUE) продолжает прием документов на 2021-2022 академический год.

В университете вы сможете обучаться как на английском языке по британской системе образования, так и на русском.

Направления обучения:

Бизнес менеджмент;
Информационные технологии;
Управление образованием и учебными процессами.

Обучение на английском языке длится 4 года, а на русском - 3 года. Успейте пройти регистрацию до 1 сентября т.г.!
_____

Telefon: (+998) 55 500 2021
Web-site: www.tiue.uz
Telegram: https://t.me/tiue_uz
Instagram: @tiue_uz
Facebook: @tiue.uz
___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#E'LON

Milliy rassomlik va dizayn institutiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihonlar sanasi aniq bo‘ldi

⚡️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan o‘qishini MRDIga ko‘chirish istagida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR 27-avgust kuni o‘tkaziladi.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uy. Institut bosh binosi.

🔰Talabgorlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarga soat 8:00 dan kechikmasdan quyidagilarni o‘zlari bilan birga olib kelishlari so‘raladi:

✔️mo‘yqalam, bo‘yoq kabi zaruriy vositalar (qog‘oz, loy va xolst institut tomonidan beriladi);

✔️shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

✔️abituriyent qayd varaqasi.

➡️ Shuningdek, institutga hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar uchun KIRISH SUHBATI ham 27-AVGUST kuni oʻtkaziladi.

❗️Xorijiy fuqarolar esa faqat SHAXSINI TASDIQLOVCHI HUJJAT bilan soat 10:00 dan kechikmasdan kelishlari lozim.
___
👀 Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

О награждении в связи с тридцатилетием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#So‘ragan_edingiz

108-SAVOL:
Men Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Biologiya yoʻnalishi (sirtqi) 3-kurs talabasiman. Men maktabda dars bersam boʻladimi?

JAVOB:
Ta’limning sirtqi shakli aslida ishdan ajralmagan holda ta’limni tashkil etish uchun yo‘lga qo‘yilgan. Shu sababli sirtqi ta’limda o‘qiydiganlar mehnat faoliyatlarini ish beruvchi bilan kelishgan holda yo‘lga qo‘yishlari mumkin.

109-SAVOL:
Men 1-kursni Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtida tamomladim. Men o‘qishimni ko‘chirish uchun arizamni transfer.dtm.uz saytiga topshirishim kerak edi, ammo adashib transfer.edu.uz sayti orqali topshiribman. Endi nima qilsam bo‘ladi?

JAVOB:
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizalar Davlat test markazining transfer.dtm.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshirildi.
Shu sababli hozirgi vaqtda arizalarni transfer.dtm.uz sayti orqali topshirish va tahrirlash imkoni mavjud emas.

👉 Bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🗣 Bilim oluvchilar uchun ajoyib yangilik!

🏆 Respublika bo'ylab amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 50 million so'mni tashkil etgan, maxsus yutuqlar biriktirilgan "EduOn - ta'lim granti" tanlovida ishtirok etib, maxsus mukofotlarga ega bo'ling!

✔️ Grant o'rni - 100 ta

❗️ Barcha talabalar ishtirok etishi mumkin

Tashkilotchilar: EduOn.uz ta'lim platformasi, "Mfaktor" biznes maktabi va OLIYGOH.UZ jamoasi.

🎁 Har bir ishtirokchilar uchun maxsus mukofot va sertifikatlar beriladi. Biroq I,II va III darajali bosqichining mutlaq g'oliblari "Mfaktor" biznes maktabining zalida bo'lib o'tadigan "Ta'lim forumi"da tantanali ravishda QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi.

🤩 Hoziroq ro'yxatdan o'ting, ishtirok eting, bilimlaringizni sinang va mukofotlarga ega bo'ling!

👉 RO'YXATDAN O'TISH

Instagram | Telegram | Administration| EduOn.uz
#Faxrimiz

MUNOJAT YO‘LCHIYEVA — O‘ZBEKISTON QAHRAMONI!

Prezident farmoni bilan mamlakatimizning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, davlat va xalq manfaatlari yo‘lidagi fidokorona mehnati, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti kafedra mudiri Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevnaga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medali topshirildi.

💐O‘zbekiston xalq artisti Munojat Abduvaliyevnani ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etamiz!
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Faxrimiz

Prezidentimiz tomonidan bir qator professor-o‘qituvchilar taqdirlandi

Prezident farmoniga ko‘ra, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan samarali ilmiy-amaliy faoliyati, mamlakatimizning ilm-fan, ta'lim sohasidagi katta xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir qator professor-o‘qituvchilar faxriy unvon va ordenlar bilan mukofotlandi:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan

Arabov Ilyos Ismatovich - Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti kafedra mudiri

Shamurotova Mohichehra Abdinabiyevna — O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti kafedra o‘qituvchisi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori

Iskandarova Sharifa Madaliyevna — Farg‘ona davlat universiteti kafedra professori

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Akbarov Xabibulla Asatovich — Toshkent davlat texnika universiteti professori

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Muxamedov Gafurdjan Israilovich — Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori

Urinbaev Kamoliddin Turdimuratovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori

Azimova Arzu Nishanovna — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi kafedra professori

Isayev Rixsi — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kafedra professori

Ismoilov Abduraxim Isroilovich — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kafedra professori

Majidov Qahramon Xalimovich — Buxoro muhandislik-texnologiya instituti kafedra professori

Mamatov Farmon Murtozyevich — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali kafedra professori

Pirmatov Sherzod Tursunovich — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kafedra professori

Shukurov Jo‘raqul Tilavovich — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kafedra professori
〰️〰️〰️
〰️〰️〰️
“Do‘stlik” ordeni bilan

Bayboboyev Nabijon Gulomovich — Namangan muhandislik-qurilish instituti kafedra professori

Jo‘rayev Zafar Botirovich — Andijon mashinasozlik instituti professori

Kadirov Batir Raxmankulovich — M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali kafedra professori

Karimova Natalya Ermanovna — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra professori

Laqayev Saidaxmat Norjigitovich — Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri

Mustayev Kamol Turonovich — “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti kafedra dotsenti

Nazarova Elvira Narimanovna — Toshkent shahridagi Puchon universiteti kafedra mudiri

Raximov Xurram — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kafedra dotsenti

Fayazov Kudratillo Sadridinovich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kafedra professori

Erbutayeva Ugiloy Suyunovna — Guliston davlat universitetining Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Zaylobov Laziz Turg‘unovich — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining akademik litseyi o‘qituvchisi

Kazakov Allayar Radjapovich — Qoraqalpoq davlat universiteti kafedra dotsenti

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Xasanov Saidakram Askarovich — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedra professori

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Ayapov Salamat Baxiyevich — Qoraqalpoq davlat universiteti kafedra mudiri

Meldebekov Akjol Meldebekovich — Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi kafedra oʻqituvchisi

“Shuhrat” medali bilan

Abdugapparov Abdupattax Abdurazzakovich — Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi kafedra mudiri

Abduraxmanov Rasulbek Yuldashboyevich — Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti kafedra joʻrnavozi

Abduraxmanova Mexribon Dustmuratovna — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kafedra mudiri

Rajabov Hikmat Jumayevich — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti kafedra dotsenti, bastakor

Uzoqov Dilmurod Sultonovich — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti kafedra katta oʻqituvchisi, aktyor

Xoʻjayev Otabek Kadambayevich — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali kafedra mudiri.

💐Barcha fidoyi professor-o‘qituvchilarimizni ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etamiz!
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yangi_Oʻzbekiston

MUNOSABAT

Bugun mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida barcha sohalarda erishgan natija va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni chuqur sarhisob qiladigan vaqt. Shu qisqa vaqt davomida oliy taʼlim sohasida sezilarli oʻzgarishlar amalga oshirildi desak, ayni haqiqat. Shu bilan birga, biz izchil tarzda oldinga yurib, erishgan natijalarimizda toʻxtab qolmasligimiz kerak.

Zero, davlatimiz rahbari “Yangi Oʻzbekiston” degan tushunchani real voqelikka aylantirgan ekan, biz bu yuksak nomga yanada chuqur mazmun-mohiyat baxsh etishimiz lozim.

Abduqodir Toshqulov,
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Edu.uz pinned a photo
Diqqat, muhim!!!

⚡️ Oliy ta'lim muassasalarida yangi oʻquv yili anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi

Rasman oliy taʼlim muassasalarida 2021/2022-oʻquv yili 6-sentabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilasizmi

O‘quvchi-talabalar uchun temir yoʻl chiptalariga chegirmalar beriladi

🔰Prezidentimiz farmoni asosida ayrim toifadagi fuqarolar, xususan, talabalar uchun Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish (ishlanmaydigan) kunlar davrida ichki yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari tarifiga chegirmalar taqdim etiladi.

❗️Unga koʻra, 1—4-sentabr kunlari temir yoʻl chiptalari uchun:

oliy oʻquv yurtlari, kollej va litsey talabalari, maktab oʻquvchilari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga – 15 foiz;

“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga — 10 foiz chegirmalar beriladi.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube