IT taʼlim
20.9K subscribers
2.16K photos
2.74K videos
3.86K files
2.91K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
#ayni_vaqtda
#xalqaro_anjumandan
Avvallari boshlangʻich taʼlimda bu kabi fan boʻlmagan, oʻquvchilarda koʻnikmalarni rivojlantirish faqat oʻrta va yuqori sinflarda boshlangan

Markaz tomonidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim yoʻnalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini aytish zarur. Zamon talablariga moslashgan holda taʼlimni rivojlantirish zarur. Asosiy taʼlim yoʻnalishlaridan tashqari fuqarolik taʼlimi, ularda yangi koʻnikmalarni hosil qilish juda muhim.

Bolalarda koʻnikmalar hosil qilishning ahamiyatli tomoni mehnat bozorida ularga boʻlgan talab yuqori boʻlishidadir. Xalq taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhimi deb boshlangʻich taʼlimga Tabiiy fanlar fanining joriy etilishini aytish mumkin.

Hozirgi turli maʼlumotlarga boy davrda ularni tahlil qila olish koʻnikmasini bolalarda rivojlantirish juda muhim.

©️Munir Mamadzade, UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#ayni_vaqtda
#xalqaro_anjumandan
Hayotiylashgan fan mavzulari ayni paytda sodir boʻlayotgan, dolzarb voqea-hodisalar bilan bogʻlangan

Tabiiy fanlar standartlari, dasturi va darsliklari 20 dan ziyod muallif hamda ekspertlarning tinimsiz mehnati natijasi. Darslikda quyidagi eng muhim 7 ta jihatni aytishim mumkin.

1.Fenomenal taʼlim aks etgan

2.Oʻquvchida Yer va koinot hamda unda inson hayotini yaxlit tasavvur qilish uchun zarur uygʻun bilimlar shakllanadi

3.Kundalik hayot uchun zarur yechimlarni ilgari suradi

4.Yangi ixtirolar qilishga ilhomlantiradi

5.Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashadi

6.Uzoq yashashga yordam beradi

7.Tabiiy fanlar mashgʻulotlar, loyiha ishlari oqrali oʻquvchilarni jamoaviylikka oʻrgatadi

Hayotiy mazmun singdirilgan rang-barang darsliklar oʻquvchini hayotga tayyorlaydi.

©️Shuhrat Sattorov, Respublika ta'lim markazi direktori

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#ayni_vaqtda
#xalqaro_anjumandan
Tabiiy fanlarning o'ziga xosligi nimada?

Tabiiy fanlar o‘z ichiga biologiya, geografiya, fizika va astronomiya, kimyo, matematika o‘quv fanlarini qamrab oladi hamda ularning o‘zaro integrasiyasini ta’minlaydi.

Tabiiy fanlarni o‘rganishda o‘quvchilar olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, tadqiqotchilik ko‘nikmalari rivojlanadi, kompetentligi shakllanadi.

©️Gulchehra Qosimova, Yunusobod tumani 288-maktabning boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
Tabiiy fanlar boʻyicha metodik- tur start oldi

Tabiiy fanlar bo'yicha UNICEFning xalqaro eksperti Filippa Gardom Halm ishtirokida respublika bo'ylab metodik-tur o'tkazilmoqda.

🔰Metodik -tur
👉 19 -iyul Xorazm viloyati;
👉 20- iyul Buxoro viloyat;
👉 21-iyul Samarqand viloyatida tashkil etiladi.

📌Ayni vaqtda dastlabki manzil, Urganch shahrida tashkil etilayotgan seminarni Facebook orqali onlayn koʻrishingiz mumkin: https://fb.watch/el_Xj9nmN5/

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
Buxoroda metodik-tur o'z ishini boshladi

Buxoro viloyatida Tabiiy fanlar boʻyicha oʻtkazilayotgan metodik turning 2-kuni boshlandi.

📌Seminarda Respublika taʼlim markazing Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasi orqali onlayn ishtirok eting.

https://fb.watch/eneUXfAVR_/

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Foto_lavha
#Ayni_vaqtda

Ayni vaqtda 50 nafar o'qituvchilar ishtirokida Tabiiy fanlar bo'yicha trening mashg'ulotlari boshlandi.

O'qituvchilar Tabiiy fanlarni o'qitish maqsadlari ichidan ustivorlikni tanlab, o'z fikrlarini ilmiy asoslantirishmoqda.

"Tabiiy fanlar asosida o'quvchida shakllantirilagan ko'nikmalar orasidan qaysini ustuvor etib belgilaganlari emas, ushbu fikrni nechog'lik asoslantirib bera olishayotgani muhim", - deydi Filippa Gardom.
#ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_biologiya
Endi bolalardagi jamoaviy ishlash koʻnikmasi ham individual ishlash koʻnikmasi bilan birdek shakllantiriladi

Darsliklarga oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun birdek yangilik boʻla oladigan shunday amaliy topshiriqlar kiritildiki, ularni faqat jamoada ishni taqsimlash orqali bajarish mumkin.

"Bolalarni mantiqiy fikrlashga va olgan bilimlarini amalda qoʻllashga majbur qiluvchi topshiriqlarga urgʻu berib, imkon qadar raqamlardan qochishga harakat qilindi. Negaki bola, kundalik hayotda, chuvalchang uzunligini bilishi emas, bu haqidagi yaxlit bilimlarni egallashi muhim", - deydi biolog olim Baxtiyor Sheraliyev.

Shuningdek 7-8-9- sinf Biologiya darsliklaridagi spirallar bir xil mavzular asosida shakllantirilgan boʻlsa, 10-sinf darsligi mavzular darajasi sabab quyi sinf darsliklaridagi spiraldan biroz farq qiladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_geografiya
Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi

Yangi oʻquv yili uchun 7-10-sinf Geografiya fani darsliklari tayyorlandi.

Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi. Bu oʻz navbatida geografik xaritalardan foydalanish bilan bogʻliq muammolarga yechim boʻldi. Mazkur xaritalarni endi darslikda oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida koʻrish mumkin.

Batafsil
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari

Milliy o'quv dasturini 3-, 6-, 7-,10- sinflarda amaliyotga joriy etuvchi pedagog kadrlar uchun tashkil etilgan maqsadli o'quv-seminaridan fotolavhalar

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot
Adabiyot real hayotda uchraydigan muammolarga yechim topishni ham oʻrgatishi kerak

Biz bolani faqat hayot haqidagi balandparvoz gaplar bilan alday olmaymiz. U sinfxonadan chiqishi bilan real hayotda nimalar sodir boʻlayotganini koʻradi.

Adabiyot bolaga muammolarga duch kelganda dovdirab qolmaslikni, ularga yechim topishni ham oʻrgatishi kerak.

©️Zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov — Adabiyot darsligi mualliflari

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot
Darslikdagi kichik bir hikoya orqali “bullying”ning ayanchli oqibatlari koʻrsatilgan

Oʻquvchilar orasida "bullying" - biror oʻquvchini ajratib qoʻyish holatlari koʻp uchraydi. Rey Bredberining darslikka kiritilgan “Bir kunlik” yoz fantastik hikoyasi orqali arzimas muammodek tuyulgan “bullying”ning ayanchli oqibatlari oʻquvchilarga koʻrsatib berilgan.

©️Komil Jalilov — Adabiyot darsligi muallifi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot
Darslikda savollarni “sizningcha”, “nima deb oʻylaysiz” tarzida berdik

Amerikalik oʻquvchilar bilan bizning oʻquvchilarimiz oʻrtasidagi farq — biznikilarga jurʼat yetishmasligida. Shuning uchun savollarni “sizningcha”, “nima deb oʻylaysiz” tarzida berdik. Bu oʻquvchiga oʻz fikrini erkin bildirishi uchun dalda boʻladi.

©️Zulxumor Mirzayeva — Adabiyot darsligi muallifi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Xalqaro_aloqalar
Yaponiya Oʻzbekiston maktablari uchun matematikani oʻzlashtirishga qaratilgan raqamli dasturni taklif qildi

Tadqiqotlarga koʻra, 1-4-sinfda ota-onalar bolalari bilan shugʻullangani bois oʻzlashtirish yaxshi boʻlib yuqori sinflarda susayadi. Sababi yuqori sinf dasturlari murakkablashgani sari ota-onalar darslarni tushuntirishga qiynaladilar.

“Digital drill” raqamli platformasi esa Yaponiya maktablarida 6-7-sinflarning aynan oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilarni matematika dasturlarini oson va sodda tushunishga qaratilgan.

BATAFSIL

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumidan

Xalq taʼlimi tizimidagi muammolar faqatgina Xalq taʼlimi vazirligi harakatlari bilan hal boʻlib qolmaydi. Taʼlim tizimi millionlab kishilarni birlashtirgan zanjir. Bu zanjirning bittasi uzilib qolsa ham tizim buziladi.

Shuning uchun, aziz ustozlar kichik bir oʻzgarish qilish uchun ham har birimiz harakat qilishimiz kerak.

©️Baxtiyor Saidov, Xalq ta'limi vaziri

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumidan

Ta'lim tizimidagi xodimlarining imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha global miqyosda qilinishi kerak bo'lgan ishlarning 3 tasini ma`ruzam xulosasi sifatida aytib o'tmoqchiman:

- O'qituvchilarning maqomini va ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash;

- O'qituvchilarning kasbiy malakasi va tajribasini oshirish;

- O'qituvchilarni moliyalashtirishni yaxshilash;

Yuqorida keltirilgan tavsiyalardan maqsad: malakali ta'lim xodimlarini rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash.

©️Karlos Vargas Tames, YUNESKOning O'qituvchilar malakasini oshirish bo'lim boshlig'i, xalqaro ta'lim siyosati bo'yicha ekspert

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumi

PISA tadqiqotlari natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, taʼlim sifati sinfdagi oʻquvchilar sonidan koʻra koʻproq oʻqituvching mahoratiga bogʻliq ekan.

Misol uchun, Vyetnamda sinflardagi bolalar soni 40 tani, Xitoyda 42 tani tashkil etsa-da, bu mamlakatlarning PISA natijalari sinfdagi bolalar soni ancha kam boʻlgan Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan bir xil.

©️Laziz Xo'jaqulov, Taʼlim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti direktori

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumidan
Biz ham yaxshi gʻoyalarni boshqalardan oldik, ammo bularni oʻzimizga moslashtira oldik

Mavzular dastlab taʼrifli tushuntirish va buni tasdiqlovchi misollar bilan boshlanadigan koʻpgina anʼanaviy darsliklardan farqli oʻlaroq, amalda samarali deb baholangan matematikni oʻrganish nazariyalari jumladan:

• Skempning instrumental va aloqador tushunish nazariyasi
• Vygotskiyning ijtimoiy konstruktivizm nazariyasi
• Jerom Brunerning uchta vakillik usuli va spiral oʻquv dasturi
• Zoltan Pol Dienning oʻzgaruvchanlik tamoyillari

kabi pedagogik yondashuvlardan foydalanish oʻquvchilarni matematik tushunchalar va formulalarni kashf etishga yoʻnaltiradi.

Darslikda, shuningdek, oʻquv tajribalari, AKT, kodlash, 4 bosqichli muammolarni yechish modeli va real dunyo kontekstidagi muammolarni aks ettirish ham matematikadagi muvaffaqiyatli taʼlim omillaridan hisoblanadi.

©️Choy Ban Heng, Nanyang Texnologiya Universiteti, Milliy Ta'lim Institutining matematika professori
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumi
Har bir maktabning o'z oliy maqsadi bo'lishi kerak

Darsdan tashqarida beriladigan bilimlar, kerak boʻlsa darsda berilgan bilimlardan ham koʻra muhim. Sababi, darsdan tashqarida olingan bilimlar o'quvchilarni akademik mustaqil bo'lishiga xizmat qiladi.

Har bir maktabning o'z oliy maqsadi bo'lishi kerak va o'quvchilarni shunga tayyorlashi kerak.

Bill Kralovek, Toshkent xalqaro maktabi direktori

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumidan

Oʻzgaruvchan dunyo, texnologik taraqqiyot davrida atrof-muhitning zararlanishi, butun dunyo boʻylab mojarolarning kuchayishi va COVIDning qayta tarqalish dolzarbligi bizni butun taʼlim tizimini qayta koʻrib chiqishga va qayta tasavvur qilishga majbur qildi.

Oʻqituvchilar bu muhim jarayonda qudratli kuchlardan biridir. Biz taʼlim sifatini faqat ularni tayyorlash, maqomi, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ularga motivatsiya berish orqali oshirishimiz mumkin.

Taʼlimni oʻzgartirish uchun oʻqituvchilarning rolini bilim beruvchidan bilim ishlab chiqaruvchisigacha qayta tasavvur qilish orqali bunga erisha olamiz.

©️Sara Noshadi, YUNESKOning O'zbekistondagi vakili

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
​​#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumi
Doston Siddikov :"Men bu kunni orzu qilgan edim ..."

Bir vaqtlar, endi ish boshlaganimda, “qaniydi meni ham shunday joylarga taklif etishsa-yu, muammolarni shart shart aytsam” deb orzu qilardim. Lekin oʻsha “shart shart” aytiladigan muammolardan, yutuqlarimiz ogʻirlik qilyapti…

Ayni paytda, Oʻzbekistonda yashab, ishlamasam ham, yurtimizdagi oʻzgarishlar, ayniqsa taʼlimdagi islohotlarni doimiy kuzatib kelaman. Bir nechta davlatlarda, ularning taʼlim tizimini oʻrgangan mutaxassis sifatida aytishim mumkinki, qilinayotgan ishlar, yangiliklar, bunday eʼtibor koʻpgina davlatlarning orzusi hisoblanadi.

Ovqat qilishni bilmaydigan odamga ming xil masalliq bering, ovqati koʻngildagidek chiqmasligi aniq. Lekin Professional oshpaz bir nechta masalliq bilan antiqa taomlar tayyorlashi hech kimga sir emas. Bizga, oʻqituvchilarga berilayotgan “masalliqlar” bilan nafaqat milliy, balki, yevropacha “ovqatlar” qilishga yetadigan davrlarga yetib keldik.

Hozirgi berilayotganlar “masalliqlar” ichida butunlay biz uchun yangi narsalar bor, ulardan foydalanish uchun esa, bizdan koʻproq oʻz ustimizda ishlash talab etiladi.

_©️Doston Siddikov, Vietnamda Vinchool Imperia xalqaro maktabida Ingliz tili fani o’qituvchi

_Kanalga obuna bo'lis
h:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube