IT taʼlim
20.9K subscribers
2.16K photos
2.74K videos
3.86K files
2.91K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
#ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_biologiya
Endi bolalardagi jamoaviy ishlash koʻnikmasi ham individual ishlash koʻnikmasi bilan birdek shakllantiriladi

Darsliklarga oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun birdek yangilik boʻla oladigan shunday amaliy topshiriqlar kiritildiki, ularni faqat jamoada ishni taqsimlash orqali bajarish mumkin.

"Bolalarni mantiqiy fikrlashga va olgan bilimlarini amalda qoʻllashga majbur qiluvchi topshiriqlarga urgʻu berib, imkon qadar raqamlardan qochishga harakat qilindi. Negaki bola, kundalik hayotda, chuvalchang uzunligini bilishi emas, bu haqidagi yaxlit bilimlarni egallashi muhim", - deydi biolog olim Baxtiyor Sheraliyev.

Shuningdek 7-8-9- sinf Biologiya darsliklaridagi spirallar bir xil mavzular asosida shakllantirilgan boʻlsa, 10-sinf darsligi mavzular darajasi sabab quyi sinf darsliklaridagi spiraldan biroz farq qiladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_biologiya

"10-sinf Biologiya darsligida modifikatsion jadval grafik-chizma asosida tasvirlanganligi o'quvchilar bu mavzuni osonroq o'zlashtirishini ta'minlaydi".

©️Zulayxo Bobonorova. Samarqand viloyatidagi 14-maktabning biologiya fani o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_biologiya
Yangi darslikning meni quvontirgan jihati, bu darslikka O'zbekistonning hayvonot va o'simliklar dunyosi kiritilganligi bo'ldi

Bu esa ularga darslikda berilganlarni hayotda o'z ko'zlari bilan ko'rish imkonini berish bilan birga, yurtimizga muhabbat hissini ham uyg'otadi.

©️Nodira Otajonova. Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 8-maktabning Biologiya fani o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Qashqadaryo_seminari_biologiya
Baxtiyor Sheraliyev: "Mukammal darslik yaratish amalda imkonsizligini hisobga olib aytaman, darslik kamchiliklardan holi emas, ammo zamonaviy yondashuvlar asosida yaratilgani va boyitilgani haqiqat"

Darsliklarimizda ilgari milliy misollar ya'ni O'zbekiston sharoitidagi hayvon va o'simliklar kam uchrar edi, hozir yangi avlod darsliklarida esa o'quvchi bemalol kundalik hayotida ko'rib o'rgana olishi mumkin bo'lgan misollarga urg'u berildi.

Shuningdek, darslikning yana bir o'ziga xosligi sifatida undagi tasvirlarning ko'pligi va shu tasvirlarning o'quvchiga ovozli tarzda ma'lumot uzatishini aytish kerak.

Undan tashqari nazariy va amaliy bilimlar taqsimotida 60/40 ya'ni amaliy bilimlar ulushining nazariy ma’lumotlardan sezilarli darajada oshganini ko'rish mumkin.

©️Baxtiyor Sheraliyev, Xitoy Chongqing shahridagi Janubiy-g'arbiy universitet PostDoc tadqiqotchisi, biolog olim

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube