IT taʼlim
21.5K subscribers
2.14K photos
2.73K videos
3.86K files
2.9K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
#Ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_geografiya
Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi

Yangi oʻquv yili uchun 7-10-sinf Geografiya fani darsliklari tayyorlandi.

Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi. Bu oʻz navbatida geografik xaritalardan foydalanish bilan bogʻliq muammolarga yechim boʻldi. Mazkur xaritalarni endi darslikda oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida koʻrish mumkin.

Batafsil
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari

Milliy o'quv dasturini 3-, 6-, 7-,10- sinflarda amaliyotga joriy etuvchi pedagog kadrlar uchun tashkil etilgan maqsadli o'quv-seminaridan fotolavhalar

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot
Adabiyot real hayotda uchraydigan muammolarga yechim topishni ham oʻrgatishi kerak

Biz bolani faqat hayot haqidagi balandparvoz gaplar bilan alday olmaymiz. U sinfxonadan chiqishi bilan real hayotda nimalar sodir boʻlayotganini koʻradi.

Adabiyot bolaga muammolarga duch kelganda dovdirab qolmaslikni, ularga yechim topishni ham oʻrgatishi kerak.

©️Zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov — Adabiyot darsligi mualliflari

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot
Darslikdagi kichik bir hikoya orqali “bullying”ning ayanchli oqibatlari koʻrsatilgan

Oʻquvchilar orasida "bullying" - biror oʻquvchini ajratib qoʻyish holatlari koʻp uchraydi. Rey Bredberining darslikka kiritilgan “Bir kunlik” yoz fantastik hikoyasi orqali arzimas muammodek tuyulgan “bullying”ning ayanchli oqibatlari oʻquvchilarga koʻrsatib berilgan.

©️Komil Jalilov — Adabiyot darsligi muallifi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot
Darslikda savollarni “sizningcha”, “nima deb oʻylaysiz” tarzida berdik

Amerikalik oʻquvchilar bilan bizning oʻquvchilarimiz oʻrtasidagi farq — biznikilarga jurʼat yetishmasligida. Shuning uchun savollarni “sizningcha”, “nima deb oʻylaysiz” tarzida berdik. Bu oʻquvchiga oʻz fikrini erkin bildirishi uchun dalda boʻladi.

©️Zulxumor Mirzayeva — Adabiyot darsligi muallifi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot
Oʻquvchida turli holatlarni taqqoslab tahlil qilish koʻnikmasi ham shakllantiriladi

Masalan, darslikka “Yulduzli tunlar” romanidan 2 ta bobni kiritdik. Birida malika Bayda Boburni zaharlashga uringaniga qaramasdan Bobur uni oʻlimga hukm qilmaydi.

Boshqa bir bobda esa, Darveshgohning aybdorligiga hali 100% ishonch hosil qilmasdan turib uni oʻldirishlarini buyuradi.

Bitta shaxsning oʻxshash vaziyatda har xil qaror qabul qilganini oʻquvchilar oʻzlari izohlashlari kerak.

©️Komil Jalilov — Adabiyot darsligi muallifi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_ona_tili
Sinfdagi 35 ta bola kelajakda egallashi mumkin boʻlgan turli kasblarning elementlari mavzularga singdirilgan

Sinfdagi 35 bolaning 10 tasi vazir, 10 tasi hokim, 10 tasi prokuror bo'lolmasligi mumkin. Lekin shu 35 ta oʻquvchi kelajakda egallashi mumkin boʻlgan turli kasb elementlari Ona tili darsligidagi mavzularga singdirilgan.

©️Mashrabxon Rahmonova. Fargʻona viloyati 33-umumiy oʻrta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_nemis_tili
Yangi o'quv yilidan boshlab nemis tili darslari Klett nashriyotining darsliklari asosida o'tiladi

Germaniyaning Klett nashriyoti bilan hamkorlikda 1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan Nemis tili darsliklari O'zbekiston ta'lim tizimiga moslashtirilib nashr qilinmoqda.

©️Alisher Madrizayev. Toshkent viloyatidagi 30-maktabning oliy toifali nemis tili o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_geografiya
Darslikda geoxronologik jadvalning rasm koʻrinishida berilishi oʻquvchida yerning shakllanish bosqichlari haqida tasavvur uygʻotadi

Geoxronologik jadval avval faqat jadval koʻrinishida berilganligi tufayli oʻquvchilar bu jadvalning mazmunini tushunmagan. Lekin endi bu jadval rasmli koʻrinishda ham berilgan. Natijada oʻquvchilar yerning bugungacha boʻlgan shakllanish bosqichlarini tasavvur qila oladilar.

©️Zuhra Xasanova. Xorazm viloyatidagi 5-maktabning geografiya fani o'qituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_kimyo

Oddiy yelim idish, soqol olish vositasi va turli ranglar yordamida bajarilgan tajriba orqali o'quvchilar kislotali yomg'ir nima ekanligi va uning atmosferaga zarari haqida bilib olishdi.

©️Nafisa Mirzayeva. Xorazm viloyatidagi 40-maktabning Kimyo fani o'qituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_biologiya

"10-sinf Biologiya darsligida modifikatsion jadval grafik-chizma asosida tasvirlanganligi o'quvchilar bu mavzuni osonroq o'zlashtirishini ta'minlaydi".

©️Zulayxo Bobonorova. Samarqand viloyatidagi 14-maktabning biologiya fani o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_tabiiy_fan

"Ilgari “qayering ogʻriyapti?” degan savolga faqat “qornim”, deb javob bergan oʻquvchilar, Tabiiy fanlar darsligidagi odam tana organlarini modellashtirish topshirigʻidan keyin aynan qaysi organida ogʻriq borligini aniq ayta oladi"

©️Sharipboy Xudoyberganov. Xorazm viloyatidagi 50-maktabning Tabiiy fan o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot

28 yillik ish tajribamga asoslangan holatda tavsiya etilayotgan darsliklarimizda berilgan barcha mavzularni qoʻllab-quvvatlayman!

©️Lobar Rustamova, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani 1-IDUM ona tili va adabiyot oʻqituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot
Yangi adabiyot darsligi badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatadi

Badiiy asarni tahlil qilishda men har bir qismni ochib berish uchun adabiyotshunoslik nazariyasiga oid kitoblarga murojaat qilar edim. Zamonaviy darslik bunga zarurat qoldirmadi, sababi endi yangi adabiyot darsligi badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatadi.

©️Muharram Kamolova, Buxoro viloyati Jondor tumani 2-sonli IDUMning oliy toifali Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_tasviriy_sanat
Darslik oʻqituvchi va oʻquvchini ijod qilishga undaydi
STREET ART, POP ART, 3D texnikasi, GRAFITTO, ZENTAGLE VA DOODLING, Kompyuter grafikasi, haykaltaroshlik va yangi fotografiya kompozitsiyasi darslikni yana ham qiziqarli va sermazmun boʻlishiga asos boʻlgan. Darslik oʻqituvchi va oʻquvchini ijod qilishga, kreativ yondashishiga va oʻz ustida koʻproq ishlashga undaydi.

©️Maftuna Mardonova , Samarqand viloyati Toyloq tumani 3-maktabning Tasviriy san'at fani o'qituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_biologiya
Yangi darslikning meni quvontirgan jihati, bu darslikka O'zbekistonning hayvonot va o'simliklar dunyosi kiritilganligi bo'ldi

Bu esa ularga darslikda berilganlarni hayotda o'z ko'zlari bilan ko'rish imkonini berish bilan birga, yurtimizga muhabbat hissini ham uyg'otadi.

©️Nodira Otajonova. Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 8-maktabning Biologiya fani o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_texnologiya
Texnologiya darsligi bilan oʻquvchilarda zamonaviy kasblarga qiziqish uygʻonadi

Texnologiya darslarida robototexnika asoslarining ham oʻrgatilishi ular kelajakda bundan-da murakkab texnologiyalarni yaratishlari mumkinligiga ishonch uygʻotadi.

©️Bibixatysha Nietullaeva. Qoraqalpog'iston Respublikasi Shumanay tumani 7-maktabning Texnologiya fani o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Qashqadaryo_seminari_biologiya
Baxtiyor Sheraliyev: "Mukammal darslik yaratish amalda imkonsizligini hisobga olib aytaman, darslik kamchiliklardan holi emas, ammo zamonaviy yondashuvlar asosida yaratilgani va boyitilgani haqiqat"

Darsliklarimizda ilgari milliy misollar ya'ni O'zbekiston sharoitidagi hayvon va o'simliklar kam uchrar edi, hozir yangi avlod darsliklarida esa o'quvchi bemalol kundalik hayotida ko'rib o'rgana olishi mumkin bo'lgan misollarga urg'u berildi.

Shuningdek, darslikning yana bir o'ziga xosligi sifatida undagi tasvirlarning ko'pligi va shu tasvirlarning o'quvchiga ovozli tarzda ma'lumot uzatishini aytish kerak.

Undan tashqari nazariy va amaliy bilimlar taqsimotida 60/40 ya'ni amaliy bilimlar ulushining nazariy ma’lumotlardan sezilarli darajada oshganini ko'rish mumkin.

©️Baxtiyor Sheraliyev, Xitoy Chongqing shahridagi Janubiy-g'arbiy universitet PostDoc tadqiqotchisi, biolog olim

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_matematika
Boshlang’ich sinf matematikasidagi yangiliklardan biri geometriya bo‘limini ajratib o‘qitilayotgani bo‘ldi.

3-sinfda parellel perpendikulyar chiziqlar figurani burish, siljitish va aylantirish degan mavzular qo‘yildi.

Shuningdek, darsliklarda masalalarni kengroq ya’ni illustratsion, grafik asosidagi, jadval ko‘rinishidagi turlarini qamrab olish hisobiga matnli masalalarni qisqarganini aytish mumkin.

Bundan ko‘zlangan maqsad, eng avval, bolani tasvir va jadvallarga qarab masala tuza olish va mustaqil fikrlashga undash. Shuningdek, matnli masalalarni qisqa shaklda qayta yozib, ishlash kabi uzoqroq vaqt talab qiluvchi yondashuvlardan qochish. Bundan tashqari fanlararo integratsiyani ham usullar orqali yo‘lga qo‘yish.

©️Toshkent davlat Pedagogika universiteti dotsenti, matematika darsligi muallifi Lola O'rinboyeva

Batafsil
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Qashqadaryo_seminari
Milliy o'quv dasturini 3-, 6-, 7-,10- sinflarda amaliyotga joriy etuvchi pedagog kadrlar uchun tashkil etilgan Qashqadaryo o'quv-seminarini yoritish yuzasidan tayyorlangan materiallar jamlanmasi

🔷Qashqadaryoda Respublika oʻquv seminarining ochilishi boʻlib oʻtdi
🔷Endi bolalardagi jamoaviy ishlash koʻnikmasi ham individual ishlash koʻnikmasi bilan birdek shakllantiriladi
🔷Yuqori sinflarda grammatika qoidalar beriladimi?
🔷Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi
🔷Qashqadaryo seminaridan fotolavhalar
🔷Adabiyot real hayotda uchraydigan muammolarga yechim topishni ham oʻrgatishi kerak
🔷Darslikdagi kichik bir hikoya orqali “bullying”ning ayanchli oqibatlari koʻrsatilgan
🔷Darslikda savollarni “sizningcha”, “nima deb oʻylaysiz” tarzida berdik
🔷Oʻquvchida turli holatlarni taqqoslab tahlil qilish koʻnikmasi ham shakllantiriladi
🔷Sinfdagi 35 ta bola kelajakda egallashi mumkin boʻlgan turli kasblarning elementlari mavzularga singdirilgan
🔷Yangi o'quv yilidan boshlab nemis tili darslari Klett nashriyotining darsliklari asosida o'tiladi
🔷Tarix darsligidagi tasviriy maʼlumot koʻpaygani bola egallaydigan bilim hajmini qisqartirmaydi, aksincha uni samaraliroq yetkazib beradi!
🔷Darslikda geoxronologik jadvalning rasm koʻrinishida berilishi oʻquvchida yerning shakllanish bosqichlari haqida tasavvur uygʻotadi
🔷Kislotali yomg'ir hodisasi amaliyotda ko'rsatib berildi
🔷10-sinf Biologiya darsligida modifikatsion jadval grafik-chizma asosida tasvirlanganligi ajoyib yangilik
🔷Tabiiy fanlar darsligidagi odam tana organlarini modellashtirish topshirigʻidan keyin bolalar aynan qaysi organida ogʻriq borligini aniq ayta oladi
🔷28 yillik ish tajribamga asoslangan holatda tavsiya etilayotgan darsliklarimizda berilgan barcha mavzularni qoʻllab-quvvatlayman!
🔷Yangi adabiyot darsligi badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatadi
🔷Darslik oʻqituvchi va oʻquvchini ijod qilishga undaydi
🔷Yangi darslikning meni quvontirgan jihati, bu darslikka O'zbekistonning hayvonot va o'simliklar dunyosi kiritilganligi bo'ldi
🔷Texnologiya darsligi bilan oʻquvchilarda zamonaviy kasblarga qiziqish uygʻonadi
🔷Tabiiy fanlar darsligi global muammolarga yechim topadigan kadrlarni tayyorlaydi
🔷Matematika darsligida oʻquvchiga ogʻzaki hisoblashni oʻrganish uchun berilgan usullar kundalik hayotda asqatadi
🔷Dastlab bu topshiriqlar bizga juda murakkab tuyulgan edi
🔷Darslikka kiritilgan shakllarni burish, siljitish, aylantirish mavzusi oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
https://t.me/edurtm_uz/9560Mukammal darslik yaratish amalda imkonsiz
🔷Boshlang’ich sinf matematikasidagi yangiliklardan biri geometriya bo‘limini ajratib o‘qitilayotgani bo‘ldi
🔷Fizika fani endi sinflar kesimida alohida - alohida bo‘limlar tarzida emas, spiralsimon yondashuv asosida o‘qitiladi
🔷
Хотелось бы отметить, что для работы с этими учебниками и учителям необходимо будет постоянно развиваться и работать над собой.
🔷Новые учебники отличаются от действующих, в первую очередь, подачей информации

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube