Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Investitsiyalar va tashqi savdo, Savdo-sanoat palatasi, Statistika boshqarmalari va Biznesni rivojlantirish banki hamda viloyat Bolalar kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi. Mutasaddilarning yillik faoliyatlari va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborotlari tinglandi.

Viloyat bolalar kutubxonasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqish va taqdimotga kiritish topshirig‘i berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1754

#Surxondaryo #boshqarma #kutubxona #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirish hamda boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tumanda qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mahalla “yettiligi” faoliyati, sektor rahbarlarining joriy yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, eksportni oshirish, yirik loyihalarni ishga tushirish yuzasidan taqdimoti, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi loyihasi hamda “IT” markazi va Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1770

#Surxondaryo #tibbiyot #mahalla #loyiha #yettilik #kutubxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Kichik biznesga ko‘maklashish markazida Markaziy bank va tijorat banklari hamda mutasaddilar bilan Termiz shahrida yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish masalasini muhokama qildi.

Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali yangi, daromadli ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari "Vatanparvarlar" bog‘ida tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishdi hamda shu yerning o‘zida mahalla "yettiligi"ning amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborotini tingladi.

Shuningdek, shahar hududi bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda daraxt va gul ko‘chatlari ekish tadbirlari bilan ham tanishildi.

#Surxondaryo #loyihalar #kichikbiznes #kutubxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter