Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Kichik biznesga ko‘maklashish markazida Markaziy bank va tijorat banklari hamda mutasaddilar bilan Termiz shahrida yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish masalasini muhokama qildi.

Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali yangi, daromadli ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari "Vatanparvarlar" bog‘ida tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishdi hamda shu yerning o‘zida mahalla "yettiligi"ning amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborotini tingladi.

Shuningdek, shahar hududi bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda daraxt va gul ko‘chatlari ekish tadbirlari bilan ham tanishildi.

#Surxondaryo #loyihalar #kichikbiznes #kutubxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Oltinsoy tumanida "Sayxunobod tajribasi" asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish, kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Shuningdek, FVDqT ishtirokida sel-suv toshqinlariga qarshi kurash bo‘yicha maxsus o‘quv taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda sel yo‘llari o‘zanlarini tozalash, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash hamda yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2079

#Surxondaryo #aholibandligi #kichikbiznes #oromgohlar #maxsustaktikuquv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida “Sayxunobod” tajribasini joriy etish ishlari bilan tanishish maqsadida Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

Xususan, tashrif davomida “Turdi Jo‘raqul” fermer xo‘jaligining sutni qayta ishlash, “Dream’s Shahrinaz” oilaviy korxonasining hunarmandlik mahsulotlari tayyorlash va tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, viloyat rahbari Bog‘ibolo mahallasida 65 yoshli tajribali dehqon Yodgor Mamatmurodovning xonadonida bo‘ldi.

🔝 Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2197

#Surxondaryo #Boysun #bandlik #tabdirkorlik #kichikbiznes #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM