Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
28.7K photos
2.85K videos
1 file
12.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Prezidentimiz huzurida kuni-kecha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, mahallalarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlarini belgilash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayontoq” mahallasida bo‘ldi.

Mutasaddilar bilan mavjud muammolar muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Xonadonlarda bo‘linib, aholi bilan muloqot qilindi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish, yangi imkoniyatlarni ishga solish, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasini oshirish, bozorbop, daromadli oziq-ovqat ekinlari ekish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash vazifalari topshirildi.

Viloyat rahbari Termiz tumani “Bunyodkor” mahallasida ham bo‘lib, 4,5 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona kompleksi bilan tanishdi. “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasidan olingan imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona va “Yoshlar mehnat guzari” imkoniyatlarini to‘liq ishga solish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1919

#Surxondaryo #aholibandligi #kamabagallikniqisqartirish #ishorinlari #aholidaromadlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Aholi daromadlarini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda eksport imkoniyatlarini oshirish loyihalari bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumanida bo‘ldi.

Tashrif davomida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash va qadoqlash, yaxna ichimliklar hamda un ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishildi. Zamonaviy issiqxona, muzlatkichli omborxona hamda yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydlanish holati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1984

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimotlar #korxonalar #ishorinlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov korxonalar faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tekstil va ip-kalava, ofis va oshxona mebellari, un va un mahsulotlari hamda yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2107

#Surxondaryo #korxonalar #ishlabchiqarish #ishorinlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifida xususiy klinika tashkil etish, yuk tashish texnika xizmati ko‘rsatish, sement va boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish, neft mahsulotlarini qayta ishlash zavodi hamda isitish kotyollari, MDF eshik romlari va yumshoq mebellari tayyorlash korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2122

#Surxondaryo #sanoat #ishlabchiqarish #ishorinlari #loyihalar #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanida bo‘lib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda yangi tashabbuslar taqdimoti bilan tanishdi.

Tashrif davomida “Sho‘rchi grand mebel” MChJ tomonidan mebel va eshik romlari ishlab chiqarish, tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Ishga marhamat monomarkazining Sho‘rchi tumani filialining ochilish tadbiri o‘tkazildi. Shuningdek, yog'och yashiklar tayyorlash, bruschatka va plitkalar ishlab chiqarish korxonalari ish jarayonlari ko‘zdan kechildi.

Tashrif yakunida ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilaning muammolari o‘rganilib, turmush va uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2148

#Surxondaryo #loyihalar #ishorinlari #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X