Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
28.7K photos
2.85K videos
1 file
12.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Prezidentimiz huzurida kuni-kecha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, mahallalarda aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlarini belgilash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumani “Qorayontoq” mahallasida bo‘ldi.

Mutasaddilar bilan mavjud muammolar muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Xonadonlarda bo‘linib, aholi bilan muloqot qilindi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish, yangi imkoniyatlarni ishga solish, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasini oshirish, bozorbop, daromadli oziq-ovqat ekinlari ekish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash vazifalari topshirildi.

Viloyat rahbari Termiz tumani “Bunyodkor” mahallasida ham bo‘lib, 4,5 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona kompleksi bilan tanishdi. “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasidan olingan imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona va “Yoshlar mehnat guzari” imkoniyatlarini to‘liq ishga solish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1919

#Surxondaryo #aholibandligi #kamabagallikniqisqartirish #ishorinlari #aholidaromadlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Jarqo‘rg‘on tumani “Jayronxona mirishkor” hududida joylashgan “Oqqo‘rg‘onlik Asadbek” fermer xo‘jaligi dalasida chigit ekish mavsumini boshlash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Har bir hududning iqlim sharoitlari va tuproq namligini hisobga olib, chigit ekish ishlarini bosqichma-bosqich olib borish vazifasi topshirildi. Fermer xo‘jaligi dalasida yer maydonini chigit ekishga tayyorlash, baronalash, yangi zamonaviy seyalkada chigit ekish ishlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Viloyat rahbari tumanning “Avlod” mahallasida ham bo‘lib, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasi bilan tanishdi. Mutasaddilar bilan xonadonlarda oziq-ovqat mahsulotlari hamda issiqxonalarda sabzavot yetishtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1923

#Surxondaryo #chigitekish #seminar #mahalla #aholidaromadlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter