Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq turizm sohasi va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Qo‘rg‘oncha arxeologiya yodgorligi, “Xo‘ja Mirsaid ota” jome masjidi hamda xalq tilida Iskandarko‘prik nomi bilan ataluvchi G‘ishtko‘prik arxitektura yodgorligi bilan tanishildi. Jiydali mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Bog‘aro mahallasida ayollar bandligini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan gulchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va kasanachilik loyihalari hamda Yangi shahar mahallasida “Joziba mebel” xususiy korxonasining mebel ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2088

#Surxondaryo #yodgorliklar #turizm #aholibandligi #korxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, Qizil suv daryosi bo‘yida saylgoh tashkil etish, Sina qishlog‘ini “Turizm qishlog‘i”ga aylantirish, hududda turistik kompleks barpo etish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasanachilikni rivojlantirish borasidagi ishlar hamda “Uy kutubxonasi” faoliyati bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2123

#Surxondaryo #Turizm #loyihalar #taqdimot #xotinqizlarbandligi #uykutubxonasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniy meros va madaniyat hamda xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Angor tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Bolaliktepa madaniy meros obyektining restovratsiya ishlari, 5-son Madaniyat markazi faoliyati, Ishga marhamat monomarkazida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish jarayonlari hamda turizm ko‘chasi taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, Angor tumanida probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2147

#Surxondaryo #turizm #madaniymeros #xotinqizlar #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniy meros, madaniyat va sport yo‘nalishlari hamda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Uzundara” istehkomida arxeologik izlanishlarning borishi, 21 nafar “daftarlar”da turgan, ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan “Feruza” tikuvchilik korxonasi, mahalla idorasi, sport klubi, umumiy ovqatlanish va savdo nuqtasi hamda o‘quv markazini o‘z ichiga olgan majmua faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, viloyat rahbari ibratli oilalarning katta hayot ostonasiga qadam qo‘ygan, oila qurmoqchi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvida ishtirok etdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2172

#Surxondaryo #Uzundara #turizm #madaniyat #sport #xotinqizlar #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasining juma kuniga mo‘ljallangan tashrif yo‘nalishiga asosan Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlarida turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Termiz shahri Tuproqqo‘rg‘on mahallasida obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, Ichki ishlar bo‘linmasida Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining ayollar jinoyatchiligini jilovlash yuzasidan axborotlari tinglandi. Shu yerning o‘zida “Xo‘jaipok turizm zonasi va sihatgohi” qurilishi bo‘yicha taqdimot ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Termiz va Angor tumanlarida “Yoshlar va turizm ko‘cha”larini barpo etish hamda tanlab olingan madaniyat markazlarini loyihaga asosan namunali madaniyat markaziga aylantirish ishlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2215

#Surxondaryo #turizm #xotinqizlar #taqdimot #loyihalar #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida turizm, madaniyat, ommaviy kommunikatsiyalar hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar, texnikum, kasb-hunar maktabi hamda kutubxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, vohamizda turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan va mehmonxonalar qurayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2247

#Surxondaryo #turizm #madaniyat #xotinqizlar #tadbirkorlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X