Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov sportni ommalashtirish bo‘yicha tizimni to‘liq va samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumanida sport sohasi mas’ullari hamda murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Sport muassasalari va mahalla yoshlar yetakchilari o‘rtasida doimiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, “sektor-tuman-viloyat” darajalarida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, seleksiya ishlarini ham sifatli yo‘lga qo‘ygan holda yosh iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mintaqaviy va xalqaro sport musobaqalarida ishtiroki uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan kompleks chora-tadirlarni amalga oshirish vazifalari topshirildi.

Uchrashuvdan so‘ng, tumandagi 5-sonli bog‘chadagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan taqdimot bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1856

#Surxondaryo #sport #musobaqalar #maktabgachatalim

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq Muzrabot tumanida bo‘lib, ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla “yettiligi”, maktabgacha ta’lim, maktab va oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishildi. Ta’lim maskanlari uchun sport anjomlari, tibbiyot muassasalari uchun tibbiy jihozlar topshirildi.

Shuninglek, tuman sektor rahbarlarining taqdimotlari bilan tanishilib, “ZOOM” platformasi orqali hududlarda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog//1915

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #sport #maktab #bogcha #tibbiyot #jihozlar #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘zining haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Angor tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Navshahar” mahallasida berilgan topshiriqlar ijrosi, mahalla “yettiligi”, 24-sonli bog‘chada gimnastika to‘garagi faoliyati bilan tanishildi. Tuman bolalar sport maktabida murabbiylar va sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Olimpiada chempionini tayyorlagan murabbiylarga xonadon, jahon chempionini tayyorlagan murabbiylarga esa avtomobil kalitlari topshirilishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda vohalik jahon chempioni Rinata Ilmatovaga pul mukofoti sertifikati topshirildi. Unga keyingi musobaqalarda omadlar tilandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1930

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #mahalla #yettilik #bogcha #sport

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumaniga tashrifi davomida “ZOOM” platformasi orqali viloyatimizning yettita tumanida, Oltinsoy, Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot va Termiz tumanlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Shuningdek, mutasaddilar ishtirokida Angor, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Termiz, Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida sport ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1931

#Surxondaryo #Insonmarkazlari #ochilish #sport #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida sektor rahbarlari, soha mutasaddilari hamda sport federatsiyalari rahbarlari ishtirokida vohamizda sport turlarini rivojlantirish borasida oldinda turgan muhim vazifalar muhokama qilindi.

Soha mutasaddilarining taklif va tavsiyalari tinglanib, mas’ullarga sport turlari, jumladan, ommaviy sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh iqtidorlarni aniqlab, ularning shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shundan so‘ng, "Alpomish" sport arenasida sport turlari, xususan, parasport turlari bo‘yicha "Surxondaryo viloyati hokimi kubogi" musobaqalariga start berildi. Tadbirda viloyat rahbari ishtirok etib, sportchilarga omadlar tiladi.

#Surxondaryo #Sport #hokimkubogi #start

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida joylashgan 1 000 o‘rinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Jarqo‘rg‘on tumanida Sport maktabi, dzyudo seksiyasi faoliyati hamda vohamizda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, sahovatpesha tadbirkor o‘z mablag‘lari evaziga qurgan mahalla idorasi, tikuvchilik sexi va boshqa maishiy xizmat nuqtalarini o‘z ichiga olgan guzarni foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi. Xo‘jaqishloq mahallasidagi 26-sonli bog‘chani ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2093

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #shifoxona #sport #mahalla #bogcha

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniy meros, madaniyat va sport yo‘nalishlari hamda xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Uzundara” istehkomida arxeologik izlanishlarning borishi, 21 nafar “daftarlar”da turgan, ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan “Feruza” tikuvchilik korxonasi, mahalla idorasi, sport klubi, umumiy ovqatlanish va savdo nuqtasi hamda o‘quv markazini o‘z ichiga olgan majmua faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, viloyat rahbari ibratli oilalarning katta hayot ostonasiga qadam qo‘ygan, oila qurmoqchi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvida ishtirok etdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2172

#Surxondaryo #Uzundara #turizm #madaniyat #sport #xotinqizlar #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, obyektlar qurilishi hamda sport va tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Termiz va Oltinsoy tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Termiz tumani tibbiyot birlashmasi Yangiariq hududiy shifoxonasining 80 o‘rinli binosini qurish, rekonstruksiya qilish ishlarining borishi, Oltinsoy tumanida 59-sonli oilaviy shifokorlik punkti va Sport maktabi faoliyati hamda “Yoshlar va turizm ko‘chasi”ni tashkil etish ishlarining borishi bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2177

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #tibbiyot #sport #yoshlarkochasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qiziriq tumaniga tashrif buyurdi.

Viloyat rahbari “Shaxmat oilaviy korxonasi” MChJga qarashli sport zal faoliyati hamda tumandagi 29-sonli va 36-sonli maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, qurilish ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishib, mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2185

#Surxondaryo #Qiziriq #sport #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X