Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Prezidentimizning joriy yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi “Sayxunobod tajribasi”ni respublika bo‘yicha ommalashtirish vazifasi topshirilgan edi.

Mazkur tajribani Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida ham joriy etish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlangan bo‘lib, bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Shahar mahallalarida quyonchilik, issiqxonachilik hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tikuvchilik, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1964

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #quyonchilik #issiqxonachilik #tikuvchilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “San’at saroyi” majmuasida o‘tkazilgan “Ustozlar milliy forumi” tadbirlaridan so‘ng Termiz shahridagi 3-sonli maktab va “Lider Nur” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tadbirkor tomonidan bog‘chaning yerto‘lasida tashkil etilgan tikuvchilik korxonasi faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2192

#Surxondaryo #Termiz #maktab #bogcha #tikuvchilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X