Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida yoshlar jinoyatchiligining oldini olish borasida shahar va tumanlar mutasaddilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar videokonfrensaloqa shaklida muhokama qilindi.

Muhokamadan so‘ng, viloyat rahbari “Qiziriq PFK” futbol klubi rahbariyati va futbolchilari, shuningdek, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasiga biriktirilgan “qizil” toifadagi yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Tashrif yakunida "Yoshlar va turizm" ko‘chasi hamda savdo markazi, mehmonxona, oshxona, avtoservis, chorva mollari sotish va logistika markazlarini tashkil etish loyihalari taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2186

#Surxondaryo #Qiziriq #jinoyatchilik #QiziriqPFK #yoshlar #uchrashuv #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsion loyihalar hamda ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Termiz tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Tavsiya Surxon” xususiy korxonasining penoplast ishlab chiqarish, “Arzon plyus mahsuloti” MChJ xorijiy korxonasining plastik toladan gilam tayyorlash, “Termiz tezkor qurilish” xususiy korxonasining asfalt qoplamasi tayyorlash zavodi hamda “Surxon mega fruit” MChJning logistika markazi tashkil etish loyihalari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2187

#Surxondaryo #Termiztumani #investitsiya #loyihalar #korxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Mishima Kenji boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari tashrif uchun o‘z minnatdorchilik bildirib, o‘tgan yili dekabr oyida Surxondaryo delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifida JICA bilan erishilgan kelishuvlar hamda ularning ijrosiga to‘xtaldi. Shuningdek, Yaponiya tomoni ham erishilgan kelishuvlar va yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Uchrashuvda turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik hamda Yaponiyada Termiz shahrini xavfsiz shaharlar ro‘yxatiga kiritish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikdan mamnun ekanliklarini hamda uni yangi bosqichda kengaytirish va rivojlantirishdan manfaatdorligini qayd etishdi.

JICA delegatsiyasi vohamizga tashrifi davomida hududlarda ishlab chiqarish, logistika va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishadi.

#Surxondaryo  #Yaponiya  #JICA  #hamkorlik

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishi bilan tanishish maqsadida Termiz va Muzrabot tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida viloyat rahbari Termiz tumanida “Sharof Rashidov” mahallasining yangilangan binosini foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi hamda Muzrabot tumanida 5-sonli maktabning 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosini qurish, 140 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash, 30-sonli maktabning 270 o‘rinli va 34-sonli maktabning 180 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binolarining qurilishi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2190

#Surxondaryo #Termiztuman #Muzrabot #qurilish #mahalla #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “San’at saroyi” majmuasida o‘tkazilgan “Ustozlar milliy forumi” tadbirlaridan so‘ng Termiz shahridagi 3-sonli maktab va “Lider Nur” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tadbirkor tomonidan bog‘chaning yerto‘lasida tashkil etilgan tikuvchilik korxonasi faoliyati hamda ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2192

#Surxondaryo #Termiz #maktab #bogcha #tikuvchilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsion loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari va yaratilayotgan ish o‘rinlari bilan tanishish maqsadida Sariosiyo tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Xonjiza kon boyitish fabrikasi, “Maroqand Denov parranda” xususiy korxonasi, “Smart Communication” MChJning eshik va deraza romlari ishlab chiqarish, “Surxon sifat tekstil” XKning ip-kalava ishlab chiqarish korxonasi hamda “Solanuz Fresh Food” MChJ tomonidan tashkil etilgan muzlatgichli omborxona faoliyati bilan tanishildi.

Shuningdek, tashrif davomida videokonfrensaloqa orqali Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasining yoshlar siyosati sohasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosining 7 oylik yakunlari va yil yakuniga qadar oldinda turgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishi ham o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2195

#Surxondaryo #Sariosiyo #investitsiya #loyihalar #korxonalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida “Sayxunobod” tajribasini joriy etish ishlari bilan tanishish maqsadida Boysun tumaniga tashrif buyurdi.

Xususan, tashrif davomida “Turdi Jo‘raqul” fermer xo‘jaligining sutni qayta ishlash, “Dream’s Shahrinaz” oilaviy korxonasining hunarmandlik mahsulotlari tayyorlash va tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishildi. Shuningdek, viloyat rahbari Bog‘ibolo mahallasida 65 yoshli tajribali dehqon Yodgor Mamatmurodovning xonadonida bo‘ldi.

🔝 Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2197

#Surxondaryo #Boysun #bandlik #tabdirkorlik #kichikbiznes #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsiya dasturi va “Tashabbusli budjet” loyihalarining ijrosi, infratuzilmani yaxshilash hamda ijtimoiy soha obyektlarining qurilishi bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Uyas mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-595 avtomobil yo‘lini asfaltlash, 9-sonli maktabning 840 o‘rinli o‘quv binosini ta’mirlash, 22-sonli maktabning 330 o‘rinli, 3-sonli maktabning 990 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binolari va yangi 330 o‘rinli maktab qurilishi hamda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida Baxshtepa mahallasi ichki ko‘chalarini astfaltlash ishlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2198

#Surxondaryo #Qumqurgon #Shurchi #qurilish #maktab #asfaltlash #infratuzilma #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar hamda oila va xotin-qizlar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz shahridagi qator qurilish obyektlarida bo‘ldi.

Xususan, Termiz shahri hududida “Yusufbek Surxon Baraka” OK tomonidan qurilayotgan 40 o‘rinli, “JAVOHIRBEK SURXON QURILISH” xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan 100 o‘rinli hamda “TOShKENT TERMIZ HAMKOR” MChJ tomonidan qurilayotgan 200 o‘rinli mehmonxona qurilishi hamda hunarmand xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan milliy kiyimlar, zardo‘zlik mahsulotlari va Surxoncha do‘ppilar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.

Shuningdek, Termiz shahri va tumanlarda “Namunali madaniyat markazlari”ni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2209

#Surxondaryo #Termiz #mehmonxona #hunarmandchilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, shuningdek, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tumanning Qorayontoq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi xonadonlari bilan tanishildi. Hududda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida tumandagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish borasida Surxondaryo tajribasini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan taqdimotlar ko‘rib chiqildi.

🔝 Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2211

#Surxondaryo #Jarqurgon #tadbirkorlik #bandlik #taqdimot #aholixonadonlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM