Surxondaryo viloyati hokimligi
25.1K subscribers
29.5K photos
2.93K videos
1 file
13.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida 300 o‘rinli tibbiyot klasteri qurilishi, Termiz va Angor tumanlarida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2112

#Surxondaryo #tibbiyotklaster #mahalla #turarjoylar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kommunal soha tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, umumiy qiymati 78,7 mlrd so‘m bo‘lgan 300 o‘rinli “Tibbiyot klasteri” qurilishining yakuniy jarayonlari, Milliy gvardiya boshqarmasida madaniyat markazi, yotoqxona, tibbiyot punkti va Alisher Navoiy ko‘chasida “IT park” va “IT akademiyasi” filialining qurilishi, shuningdek, ushbu ko‘chada “Yoshlar va turizm” ko‘chasini tashkil etish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ faoliyati bilan ham tanishilib, 7 dona maxsus texnikalar hamda qo‘shimcha asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2175

#Surxondaryo #qurilish #tibbiyotklaster #ITpark #Yoshlarkochasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X