Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish, og‘ir toifadagi 4 ta mahallada amalga oshiriladigan ishlar, ishlab chiqarish korxonasi va xususiy oliy ta’lim muassasasi faoliyati, “Alpomish kurash majmuasi”ning qurilishi, xorijiy investitsiya o‘zlashtirish, eksportni oshirish va yirik loyihalarni ishga tushirish hamda “IT Park” uchun tanlab olingan bo‘sh binolar taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, “Indenim” savdo majmuasida yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar narxlari ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1775

#Surxondaryo #mahalla #institut #kurashmajmua #ITPark

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Angor tumanida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar hamda qurilish sohasidagi loyihalarning borishi bilan tanishdi.

Xususan, “UMS” MChJning Termiz shahridagi savdo ofisida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mobil operatorlarning faoliyati yuzasidan taqdimotlar qilindi.

Shuningdek, Termiz shahrida “IT park” va “IT academiyasi” filiali va renovatsiya asosida ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi, 12-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati va “Alpomish” sport majmuasidagi ta’mirlash ishlarining borishi hamda Angor tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivida turar-joylar, ijtimoiy soha obyektlari hamda hududdagi yo‘l qurilishi ishlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2102

#Surxondaryo #telekommunikatsiya #ITpark #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kommunal soha tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, umumiy qiymati 78,7 mlrd so‘m bo‘lgan 300 o‘rinli “Tibbiyot klasteri” qurilishining yakuniy jarayonlari, Milliy gvardiya boshqarmasida madaniyat markazi, yotoqxona, tibbiyot punkti va Alisher Navoiy ko‘chasida “IT park” va “IT akademiyasi” filialining qurilishi, shuningdek, ushbu ko‘chada “Yoshlar va turizm” ko‘chasini tashkil etish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ faoliyati bilan ham tanishilib, 7 dona maxsus texnikalar hamda qo‘shimcha asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2175

#Surxondaryo #qurilish #tibbiyotklaster #ITpark #Yoshlarkochasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, ixtisoslashtirilgan maktab hamda “IT-park” va “IT-akademiya” filiali uchun qurilayotgan binolarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2283

#Surxondaryo #qurilish #Ijtimoiy #maktab #ITpark

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X