Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
28.7K photos
2.85K videos
1 file
12.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida “Minor Surxon gavhari” hududidagi “Zamin oq oltin” fermer xo‘jaligida unib chiqqan g‘o‘za qator oralariga agrotexnik ishlov berish tadbirlarining borishi bilan tanishdi.

Fermer xo‘jaliklari va soha mutasaddilari bilan suhbatda ayni qulay ob-havo sharoitlarida dalalarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, qolgan maydonlarda qisqa muddatlarda chigit ekish ishlarini yakunlash muhimligini qayd etdi.

Vohamizda 2024-yil paxta hosili uchun 72 ming gektar maydonda chigit ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 71 foiz maydonda urug‘ qadash ishlari yakunlangan. Hozirda chigit ekilgan maydonlarning 55 foizida g‘o‘za unib chiqqan hamda ushbu maydonlarda agrotexnik tadbirlar boshlab yuborilgan.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1978

#Surxondaryo #Paxta2024 #chigit #agrotexniktadbirlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot va Sherobod tumanlarida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi ishlarining borishi yuzasidan viloyat ishchi guruhining o‘rganish natijalarini mutasaddilar bilan tanqidiy muhokama qildi.

Tuman sektor rahbarlari hamda soha mutasaddilariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, dalalarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2010

#Surxondaryo #agrotexniktadbirlar #muhokama #paxta

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Ertangi mo‘l hosil bugun amalga oshirayotgan agrotexnik tadbirlarimizga bog‘liq”

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida g‘o‘za parvarishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda agrotexnik tadbirlarning borishi bilan tanishdi. Hududlardagi klaster va fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida bajarilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Hududlarga biriktirilgan viloyat Ishchi guruhi vakillari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, rivojdan orqada qolayotgan dalalarda parvarishlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullarining hisobotlari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2133

#Surxondaryo #paxta #agrotexniktadbirlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida viloyat Ishchi guruhi tomonidan g‘o‘za hosildorligini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini muhokama qildi hamda g‘o‘za parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar, yig‘im-terim mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Shuningdek, issiqni issiq demay, tunu-kun dalada mehnat qilib, g‘o‘za parvarishida jonbozlik ko‘rsatayotgan mexanizatorlarga sovg‘alar topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2168

#Surxondaryo #paxta #agrotexniktadbirlar #mexanizatorlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X