Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida “Minor Surxon gavhari” hududidagi “Zamin oq oltin” fermer xo‘jaligida unib chiqqan g‘o‘za qator oralariga agrotexnik ishlov berish tadbirlarining borishi bilan tanishdi.
Fermer xo‘jaliklari va soha mutasaddilari bilan suhbatda ayni qulay ob-havo sharoitlarida dalalarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, qolgan maydonlarda qisqa muddatlarda chigit ekish ishlarini yakunlash muhimligini qayd etdi.
Vohamizda 2024-yil paxta hosili uchun 72 ming gektar maydonda chigit ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 71 foiz maydonda urug‘ qadash ishlari yakunlangan. Hozirda chigit ekilgan maydonlarning 55 foizida g‘o‘za unib chiqqan hamda ushbu maydonlarda agrotexnik tadbirlar boshlab yuborilgan.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1978
#Surxondaryo #Paxta2024 #chigit #agrotexniktadbirlar
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter