Surxondaryo viloyati hokimligi
25K subscribers
30.2K photos
3K videos
1 file
13.3K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyamizning Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda vohamizning investitsion salohiyati bilan tanishish maqsadida Yaponiya delegatsiyasi Surxondaryoga tashrif buyurdi.

Yaponiya konsulligi, savdo, turizm va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari hamda investorlardan iborat delegatsiya Termiz tumanidagi “Termez National Carpets” MChJning gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi, "Fayoztepa" va "Qoratepa" yodgorliklari, “Mashhura” tibbiy diagnostika markazi, “Termiz xalqaro savdo markazi”, “Dream Silk Tekstil” MChJning jundan to‘qilgan gilamlar ishlab chiqarish korxonasi hamda Termiz arxeologiya muzeyida bo‘lishdi.

Vohamizda 5 ming gektar maydonda kivi yetishtirish loyihasiga start berilib, delegatsiya a’zolari bilan tanlangan maydonga birinchi ko‘chatlari ekildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1809

#Surxondaryo #Yaponiya #delegatsiya

Telegram | Facebook | Instagram | Web-site
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Faxriy konsul Xiroyuki Ito hamda savdo, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, investorlar ishtirokida Surxondaryo-Yaponiya biznes forumi o‘tkazildi.

Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” uchrashuvlarida fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, savdo, turizm yo‘nalishlarida hamkorlik, ko‘mir, neft, tabiiy gaz, tuz, kaliy, gips, rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklarni qazib olish, qayta ishlash kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erilishib, shartnomalar imzolandi.

Forumdan so‘ng, Yaponiya delegatsiyasi sharafiga rasmiy qabul va madaniy tadbir tashkil etildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1810

#Surxondaryo #Yaponiya #Biznesforum #kelishuvlar #shartnomalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun O‘zbekiston-Yaponiya xalqaro iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar parvarishiga oid xizmatlar ko‘rsatish, turizm, o‘quv markazlari tashkil etish, mehmonxona xizmatlari yo‘nalishidagi Yaponiya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurib, qator ishlab chiqarish, xizmatlar va logistika markazlari hamda tarixiy va diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi.

Jumladan, mehmolar “Termiz xalqaro savdo markazi”, “Termez National Carpets” MChJning gilam ishlab chiqarish korxonasi, “Sulton Saodat” majmuasi hamda Surxondaryo tarixi va madaniyati muzeyida bo‘lishdi. Surxondaryo-Yaponiya biznes forumida vohamizning investitsiya va turizm salohiyati haqida axborotlar berildi. Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” uchrashuvlarida qator yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 3 ta shartnoma imzolandi.

Yaponiya delegatsiyasi uchun tashkil etilgan madaniy tadbirda vohaga xos milliy cholg‘ular, folklor jamoalarning chiqishlari hamda Surxoncha raqslar namoyish etildi.

Batafsil: surxondaryo.uz/blog/1812

#Surxondaryo #Yaponiya #delegatsiyatashrifi #Forum #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning “ARK educational system’s” bosh direktori va vohamizda tashkil etilayotgan Yapon texnologiya universiteti loyihasi asoschisi Genki Kajiura hamda Tanaka Medical Innovation Research Institute (TMI); NEXUS Co.Ltd rahbari Koichi Tanaka boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyatimiz delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida Yapon texnologiya universiteti tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Termiz shahridagi “Mashhura” klinikasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, shuningdek, VSee loyihasini vohamiz orqali yurtimizda tibbiyot sohasiga targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari Yapon texnologiya universiteti tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Yakunda erishilgan kelishuvlar bo‘yicha memorandum imzolandi.

#Surxondaryo  #Yaponiya  #hamkorlik  #muzokaralar  #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Mishima Kenji boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari tashrif uchun o‘z minnatdorchilik bildirib, o‘tgan yili dekabr oyida Surxondaryo delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifida JICA bilan erishilgan kelishuvlar hamda ularning ijrosiga to‘xtaldi. Shuningdek, Yaponiya tomoni ham erishilgan kelishuvlar va yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Uchrashuvda turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik hamda Yaponiyada Termiz shahrini xavfsiz shaharlar ro‘yxatiga kiritish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikdan mamnun ekanliklarini hamda uni yangi bosqichda kengaytirish va rivojlantirishdan manfaatdorligini qayd etishdi.

JICA delegatsiyasi vohamizga tashrifi davomida hududlarda ishlab chiqarish, logistika va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati hamda hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishadi.

#Surxondaryo  #Yaponiya  #JICA  #hamkorlik

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X