Alisher Sadullaev
150K subscribers
2.18K photos
581 videos
30 files
1.5K links
Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida

• Yoshlar ishlari agentligi direktori

• Oliy Majlis Senati a’zosi

• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Download Telegram
⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasi, 9-tur! Jonli efirda terma jamoamizning oʻyinini tomosha qiling!

Hindistonning Chennay shahrida oʻtayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turida Oʻzbekiston 🇺🇿 terma jamoasi Armaniston 🇦🇲 terma jamoasiga qarshi dona suradi. Ushbu oʻyinini jonli efirda, oʻzbek tilidagi sharh bilan YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/k8IHxPylaJk

Oʻzbek tilidagi sharhni FIDE sport ustasi Hulkar Tohirjonova va Xalqaro grossmeyster Nafisa Moʻminova olib borishadi. Video ostidagi izohlarda terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlab, ularga omad tilaylik, doʻstlar🙌

@alisher_sadullaev
⚡️G'alabaaa!!! Javohir Sindarov Armaniston terma jamoasi vakili ustidan g'alaba qozondi!

Hindistonning Chennay shahrida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turida erkaklar terma jamoamiz vakili Javohir Sindarov turnir davomida hali mag'lubiyatga uchramagan, turnir peshqadami, Armaniston terma jamoasi vakili Samvel Ter-Sahakyan ustidan g'alaba qozondi!

#shaxmatuzbekistan #chessuzbekistan

@alisher_sadullaev
⚡️Nodirbek Yakubboyev durang qayd etdi!

Hindistonning Chennay shahrida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turida erkaklar terma jamoamiz vakili Nodirbek Yakubboyev Armaniston terma jamoasi vakili Hrant Melkumyanga qarshi o'yinda durang natija qayd etdi. Hozircha jamoaviy hisob 1,5:0,5. O'zbekiston yutmoqda.

Jonli efirda tomosha qilib, jamoamizni qo'llab-quvvatlang: https://youtu.be/k8IHxPylaJk

#shaxmatuzbekistan #chessuzbekistan

@alisher_sadullaev
⚡️G'alabaaa!!! Jahongir Vohidov ham Armaniston terma jamoasi vakili ustidan g'alaba qozondi!

Hindistonning Chennay shahrida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turida erkaklar terma jamoamiz vakili Jahongir Vohidov Armaniston terma jamoasi vakili Robert Hovhannisyan ustidan juda chiroyli va ishonchli g'alaba qozondi!

#shaxmatuzbekistan #chessuzbekistan

@alisher_sadullaev
⚡️Kun qahramonlari! O'zbekiston Armanistonni ham yutdi!

O'zbekiston 🇺🇿 — Armaniston 🇦🇲 3:1.

Hindistonning Chennay shahrida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turida erkaklar terma jamoamiz turnir davomida hali mag'lubiyatga uchramagan, turnir peshqadami, Armaniston terma jamoasini 3:1 hisobda mag'lub etdi.

Barakalla, yigitlar! G'alaba bilan barchani tabriklayman! 🇺🇿

#shaxmatuzbekistan #chessuzbekistan

@alisher_sadullaev
⚡️O'zbekiston yana birinchi o'ringa chiqib oldi!

Hindistonning Chennay shahrida o'tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turida erkaklar terma jamoamiz turnir davomida hali mag'lubiyatga uchramagan, turnir peshqadami Armaniston terma jamoasi ustidan g'alaba qozonib, turning peshqadamiga aylandi.

@alisher_sadullaev
⚡️Ertaga yana bir bor Hindistonga (ikkinchisiga) duch kelamiz, bu safar titanlar jangi Nodirbek Abdusattorov va Gukesh Dommarajmu o’rtasidagi bahs dunyo e’tibor markazida bo’ladi. Hammasi o’z qo’limizda. Yaratgandan jamoamizga faqat g’alaba so’rab qolamiz. Yuzimiz yorug’ bo’lsin.

@alisher_sadullaev
Soat 23:55, Chennai (Hindiston). Bugungi kun juda og’ir, lekin samarali bo’ldi. Ertaga o’zbek, umuman, butunjahon shaxmatida o’ta muhim bo’lgan kun uchun taqdimot tayyorlayapmiz. 2026-yil butunjahon shaxmat olimpiadasi qayerda o’tkazilishi bo’yicha yer yuzining barcha mamlakatlaridan kelgan delegatlar uzil-kesil qaror qabul qilishadi. Ushbu muhtasham olimpiada vatanimizda o’tkazilishi uchun biz asosiy da’vogarmiz. O’zbekistonni dunyoning intellektuallari markaziga aylantirish, bizga nasib qilsin.

P.S. (Shu yerda tarix uchun qoldiraman).

@alisher_sadullaev
Juda muhim masala — ko’pchilik yigitlarimizni ortiqcha bosim ostida qoldirmaslik haqida fikr bildirishmoqda. Bu juda o’rinli mulohaza. Biz kuniga 5 yoki 10 daqiqa ular bilan muloqot qilamiz, asosiy vaqtni ular murabbiylari bilan o’tkazishadi. O’z o’rnida ishonamanki media faollari ham terma jamoamiz a’zolarining yaqinlari ham jamoamizga ortiqcha bosim o’tkazmaydilar. Ular allaqachon qanday jamoa ekanliklarini isbotlashdi. Jamoamizga omad!

@alisher_sadullaev
⚡️ Butunjahon shaxmat olimpiadasini O’zbekistonga olib kelish uchun shaymiz. Yuzimiz yorug’ bo’lsin. Taqdimotni kuzatish uchun: https://www.youtube.com/watch?v=oNzUoYhr7Ls
⚡️⚡️⚡️O‘zbekiston — g‘olib! 🇺🇿

Rasman:
2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi!

@alisher_sadullaev
Mission is done Mr. President https://t.me/shmirziyoyev

⚡️ Rasman: 2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi!
⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasi: Jonli efirda terma jamoamizning oʻyinini tomosha qiling!

Hindistonning Chennay shahrida oʻtayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turida Oʻzbekiston 🇺🇿 terma jamoasi Hindiston-2 🇮🇳 terma jamoasiga qarshi dona suradi. Ushbu oʻyinini jonli efirda, oʻzbek tilidagi sharh bilan YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://youtu.be/XYtvS5H-Iu4

Oʻzbek tilidagi sharhni FIDE sport ustasi Hulkar Tohirjonova va Xalqaro grossmeyster Nafisa Moʻminova olib boradi. Bugun juda muhim kun. Video ostidagi izohlarda terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlab, ularga omad tilaylik, doʻstlar🙌

@alisher_sadullaev
⚡️⚡️⚡️G'ALABA!!!

Titanlar jangi:
Nodirbek Abdusattorov Hindiston terma jamoasi vakili, turnir davomida hali mag'lubiyatga uchramagan Gukesh Dommarajmu ustidan g'alaba qozondi! Yashavor, Nodirbek!!! 🇺🇿

@alisher_sadullaev
Man yig’lavordim, bu bolalarning irodasi oldida 🙌

@alisher_sadullaev
Bugun biz uchun o’ta og’ir va sinovli kun bo’ldi, Yaratgandan yuzimiz yorug’ bo’lishi rosa so’radik. Hind diyorida mag’lubiyatni tan olgandik, lekin shaxmatchilarimiz tan olishmadi ulardagi jamoaviy ruh hamma narsadan ustun ekanligini hayot yana bir isbotladi 🙌

@alisher_sadullaev
Hech qayerga qimirlay olmadim. Faqat Yaratgandan Nodirbekka kuch va iroda so’radim. Boshida ishonmadim, lekin Gukesh ham yig’lashni boshlaganidan ming shukrlar aytib Nodirbek bilan maydonni tark etdik.

@alisher_sadullaev
⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi — O‘zbekiston va Hindiston-2 terma jamoalarining durang o‘yinidan so‘ng O‘zbekiston 17 ochko bilan birinchi o‘rinda qolmoqda.

9-avgust kuni so‘nggi turda O‘zbekiston g‘alaba qozonsa, chempionlikni nishonlaydi — ochkolar teng kelib qolgan taqdirda qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobga olinadi va bu borada ustunlik O‘zbekiston tomonida.

@alisher_sadullaev
⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi — 11 turi

9-avgust kuni
Hindistonning Chennay shahrida oʻtayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘ggi 11-turida shaxmat bo‘yicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoamiz Niderlandiya terma jamoasiga qarshi, ayollar terma jamoamiz esa Kosta Rika terma jamoasiga qarshi dona surishadi.

Hal qiluvchi o‘yin. O‘zbekiston g‘alaba qozonsa, chempionlikni nishonlaydi. Terma jamoamizga omad va g‘alabalar tilaymiz! Siz ham ularni duolaringizda eslab, qo‘llab-quvvatlab turasiz, degan umiddamiz. Yuzimiz yorug‘ bo‘lsin.

@alisher_sadullaev
​​⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasida so‘nggi tur: Jonli efirda terma jamoamizning oʻyinini tomosha qiling va qo‘llab-quvvatlang!

Bugun, 9-avgust kuni Hindistonning Chennay shahrida oʻtayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston 🇺🇿 terma jamoasi Niderlandiya 🇳🇱 terma jamoasiga qarshi dona suradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan bugun soat 09:30 da boshlanadi.

Terma jamoamizning so‘nggi turdagi ushbu muhim o‘yinini YouTube tarmog‘idagi kanalimizda o‘zbekcha sharh bilan jonli efirda tomosha qiling va qo‘llab-quvvatlang. Oʻzbek tilidagi sharhni FIDE sport ustasi Hulkar Tohirjonova va Xalqaro grossmeyster Nafisa Moʻminova olib boradi.

Tomosha qilish uchun: https://youtu.be/Mz8BJXpGc-I

@alisher_sadullaev