Yosh kitobxon tumanlar kesimida.pdf
148.4 KB
#Yoshkitobxon #repost
«Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga 21-may holatiga koʻra 3 613 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi
Hududlar kesimidaSamarqand viloyati 1-o‘rinda bormoqda. Mazkur viloyatdan 383 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan. Biroq bu ham juda past ko‘rsatgich, nazarimda. Yuqoridagi faylda tumanlar kesimida ma’lumotlar taqdim etilgan.
Kitobxon yigit-qizlarimizdan faol bo‘lishlarini, oxirgi kungacha kutmasdan hoziroq ro‘yxatdan o‘tishlarini tavsiya qilgan bo‘lardik. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_bot
P.S.: Sizning tumaningizdan qancha yoshlar roʻyxatdan oʻtibdi?
@alisher_sadullaev
«Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga 21-may holatiga koʻra 3 613 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi
Hududlar kesimida
Kitobxon yigit-qizlarimizdan faol bo‘lishlarini, oxirgi kungacha kutmasdan hoziroq ro‘yxatdan o‘tishlarini tavsiya qilgan bo‘lardik. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_bot
@alisher_sadullaev
Yosh kitobxon tumanlar kesimida 03.06.2022.pdf
148.1 KB
#yoshkitobxon #repost
«Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga 3-iyun holatiga koʻra 25 200 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi
Hududlar kesimida Andijon viloyati 1-o‘rinda bormoqda. Mazkur viloyatdan 3 952 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan. Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_bot
P.S.: Sizning tumaningizdan qancha yoshlar roʻyxatdan oʻtibdi? Siz-chi, tanlovda ishtirok etasizmi?

Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar koʻpayishda davom etmoqda #repost
Bundan roppa-rosa bir oy oldin “Wiki-stipendiya” marafoniga start bergandik. Bir oy davomida Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar boʻyicha katta oʻsish kuzatilgan: maqolalar soni 5 932 taga, faol foydalanuvchilar soni 343 taga, umumiy tahrirlar soni esa 78 989 taga oshgan.
Shuningek, marafon may oyining ikkinchi yarmida boshlangan boʻlishiga qaramay, Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar boʻyicha aprel oyiga solishtirganda katta oʻzgarishlar kuzatilgan: barcha sahifalarga tashriflar soni 1,36 foizga oshib, 15 millionga yetdi; barcha tahrirlar soni 640,64 foizga oshib, 70 mingga yetdi; tahrir qilingan sahifalar soni esa 398,76 foizga oshib, 18 mingga yetdi.
Loyiha koordinatorlari Mehrinoz Abbosova, Gulbegim Xolmirzayeva, Nodir Ataev, Nikolay Artemev, Jamshid Nurqul va Azizjon Sharipovlarga minnatdorchilik bildiramiz. Juda katta loyiha boshladingiz. Loyihani davomli amalga oshirishda Yoshlar ishlari agentligi jamoasi doim qoʻllab-quvvatlashga tayyor!
Loyihada ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan o‘ting va siz ham Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalarni boyitishda faol bo‘ling. Maqolalarni oʻqish uchun havola.

08.07 svod.pdf
287.7 KB
#yoshkitobxon #repost
«Yosh kitobxon» tanlovining 2022-yilgi mavsumiga 8-iyul holatiga koʻra 33 117 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tdi
Hududlar kesimida Namangan viloyati 1-o‘rinda bormoqda. Mazkur viloyatdan 5 514 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan. Eng oxirgi oʻrinda esa 280 nafar roʻyxatdan oʻtgan yoshlari bilan Sirdaryo viloyati bormoqda.
Toshkent shahrida ham natijalar qoniqarli emas, bugungacha 655 nafar yoshlar roʻyxatdan oʻtgan, xolos. Arizalar qabuli 1-sentabrga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_bot
Ma’lumot:
➖ Tanlov uchun o‘qilishi zarur bo‘lgan kitoblar ro‘yxati.
➖ 2021-yilgi mavsumda yoshlarning finaldagi chiqishlari.
➖ Tanlov yuzasidan ko‘proq ma’lumotlar bilan tanishing.

“Yosh kitobxon” tanlovining 2022-yilgi mavsumiga ro‘yxatdan o‘tishda eng yaxshi va eng yomon tumanlar (shaharlar) reytingi bilan tanishing! Samarqand viloyati yoshlari tanlovga ro‘yxatdan o‘tishda juda faol bo‘lishmoqda. Sirdaryo viloyati esa qoniqarsiz natijani qayd etgan.
Maktab o‘quvchilari, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida tanlov targ‘ibotini kuchaytirishimiz kerak, nazarimda. Albatta, targ‘ibot ishlarida mahallalardagi yoshlar yetakchilarining faol bo‘lishlarini so‘raymiz.
Siz ham “Yosh kitobxon”ni targ‘ib qilishda yaqinlaringizni xabardor qilib, bizga ko‘mak berasiz, degan umiddamiz. Axir kitob o‘qigan Prezident sovg‘asi — “Spark”ni qo‘lga kiritadi! Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @yoshkitobxon_bot

🇺🇿 #chessnation #uzbekistan #repost
Ijodkor insonlarni juda qattiq hurmat qilaman. Ular har qanday ishga kreativ va ijodkorona yondashadilar. Shaxmat butun xalqimizni birlashtirdi, Bularning negizida shaxmatchi, murabbiy va ota-onalarning tinimsiz mehnati bor. Ijodkorlar esa barchasini bir rasmda haqiqiy jang maydoni kabi kreativ tasvirlashga harakat qilishibdi.
P.S. rasmga e’tibor bilan qarang)

#repost #yashilmakon #uzbekistan
⚡️ 4 oy avval “yashil makon” loyihasiga o‘z hissamizni qo‘shish uchun Sergeli tumani Xonobod mahallasida kichik bog’ yaratishni niyat qilgan edik. O‘shanda ko‘plab faollar kelib, pavloniya daraxtlarini ekishga yordam berishgandi. Bugun daraxtlar yam-yashil bo‘lib, mana shunday ko‘zni quvontiradigan darajaga keldi.
Bizning faoliyatimizda eng muhimi — mehr. Buning natijasini esa rasmda ko‘rishingiz mumkin.
Bosh prokuratura, Ekologiya qo’mitasi va Sergeli tumani hokimligiga alohida tashakkur bildiramiz.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #yashilmakon #uzbekistan
🌳 “Yashil makon”: 4 oy avval va bugun! Mehrimiz bilan bunyod etilgan yam-yashil va moʻjizaviy bogʻimiz.
@alisher_sadullaev
🌳 “Yashil makon”: 4 oy avval va bugun! Mehrimiz bilan bunyod etilgan yam-yashil va moʻjizaviy bogʻimiz.
@alisher_sadullaev
Tarixiy hujjat: bundan roppa-rosa 31 yil oldin, 31-avgust kuni O‘zbekistonning mustaqilligi e’lon qilingan! #UZB31 🇺🇿 #Repost
@alisher_sadullaev
@alisher_sadullaev
#Repost #Uzbekistan #UZB31 🇺🇿
Biz uchun eng qora kunlar — o’zbek ziyolilarining ommaviy qatagʻon qilinganligi, millatimizning ildiziga urilgan eng ogʻir zarba edi. Biz eng zabardast, xalqparvar va ma’rifatchi olimlarimizni aynan oʻtgan asrning 20-40-yillarida yoʻqotdik, ya’ni ularni yoʻqotishdi, yo qamoqqa olishdi, yo surgun qilishdi yoki shunchaki “xalq dushmani” degan tuhmat bilan otib tashlashdi.
Ota-bobolarimiz boshidan qanday ogʻir sinovlar oʻtganiga tarix guvoh. Ammo tariximizni turli davrlarda istagancha oʻzgartirdilar, xalqparvar bobolarimizning aziz nomini, butun xalqimizni yomonotliq qildilar.
Shukurki, bugun Vatanimiz ozod, ma’rifatparvar ota-bobolarimizning nomlari tiklandi. Endi yoshlarimiz bilan jadid bobolarimizni qanday maqsad bilan yashaganlarini oʻrganishimiz, chuqur tahlil qilib, ular mustaqillikka erishish yoʻlida jonlarini fido qilganlarining qadriga yetishimiz kerak.
Shu maqsadda jamoamiz va olim tarixchilar bilan “Jadidlar” toʻplamini nashrdan chiqardik. Kecha shu kitoblarning 12 ming nusxasini maktablar, oliy ta’lim muassasalari va kutubxonalarga joʻnatdik. Kitobxonlarimizga maroqli mutolaa tilaymiz.

31-avgust — Oʻzbekistonda Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni
Istiqlol yoʻlida jon berganlar orasida yurtimiz ziyolilari — jadidlar ham bor. Yoshlar ishlari agentligi jamoasi maʼrifatparvar jadid bobolarimizning ibratli hayotini yoshlar oʻrtasida targʻib qilish uchun yangi loyiha — “Jadidlar” toʻplamini ishlab chiqqandi.
“Jadidlar” to‘plami respublikamizning barcha hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va kutubxonalarga bepul tarqatilmoqda.

⚡️“Kelajak kasblari” loyihasiga start beramiz! #imkoniyat #repost
“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha 6 oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1,2 mln so‘m) miqdorda subsidiya ajratiladi.
Mazkur imkoniyatdan foydalanishni istagan yoshlar yoki loyihada ishtirok etish istagidagi o‘quv markazlar yoshlardaftari.uz platformasi orqali “Kelajak kasblari” loyihasiga ariza qoldirishlari mumkin. Batafsil ma’lumot.
Prezidentimizning xorijiy tillarni oʻrganishga va IT sohasiga berayotgan e’tiborlari nuqtayi nazaridan biz ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning farzandlarini oʻziga boʻlgan ishonchini orttirish, mablagʻ topishiga koʻmaklashish, IT va ingliz tilini Oʻzbekistondagi eng ommabop yoʻnalishlarga aylantirish maqsadida ushbu loyihani e’lon qilyapmiz. Bu orqali minglab yoshlar daromad topishlari, oilasiga yordam berishi mumkin. Bu yaratib berilgan imkoniyat juda koʻplab yoshlarimizga qanot boʻlishiga ishonamiz!

#repost #ulashing
⚡️Yoshlar ishlari agentligi Mohirdev.uz onlayn ta’lim platformasi bilan hamkorlikda IT sohasida bepul ta’lim olish va mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mlik “MohirFest 2022“ga start bermoqda.
Festival davomida bepul onlayn ta’lim olish, shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etish, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g‘olibi bo‘lish mumkin. Festival 12-noyabrda boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: mohirdev.uz/mohirfest

#Prezident #yoshlar #muloqot #repost
Bugun Prezidentimiz va yoshlar o‘rtasidagi navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, bu safar Navoiy viloyati yoshlari bilan. Samimiylik, tezkorlik va samaradorlik navoiylik yoshlar bilan muloqotning eng esda qolarli jihatlari bo‘ldi.
Misol uchun, yosh tadbirkor Shaxzod Bahodirov ko‘pchilik bitiruvchilar kasb egallashda qiynalayotgani, ayniqsa, chekka hudud yoshlarini zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish ehtijoyini qondirish maqsadida davlat xususiy sektor kuchiga tayanishi va tanlov asosida o‘quv markazlarga vaucher ajratish taklifini berdi. Bu loyiha Navoiyda tajribadan o‘tadigan va alohida mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi.
Yoshlar yetakchisi Maftuna Samandarova bilimga chanqoq navoiylik yoshlar uchun viloyatda markaziy kutubxona yo‘qligi va bunga ehtiyoj o‘ta zarurligini bildirdi. Natijada Prezidentimiz bir yil ichida zamonaviy va qulay kutubxona tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdilar.
Nurotalik tadbirkor Gulhayo Ravshanova kashtachilikda bo‘z va ip mahsuloti yetishmovchiligi, uni boshqa hududlardan olib kelish qo‘shimcha xarajat ekanligini bildirdi. Taklif sifatida mahsulotlarini mahalliylashtirish va bu orqali yuzlab qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish mumkinligini Prezidentga ma’lum qildi. Yechim sifatida Nurota salohiyati o‘rganilib, keyinchalik xomashyo mahalliylashtirilishi va qo‘chimchasiga yoshlar sanoat zonasi ham qurilishi ma’lum qilindi.
Yosh muhandis, robototexnik Suxrob Xaydarov Navoiyda milliy robototexnika laboratoriyasini tashkil etish, Azamat Kushkarbayev yosh cho‘ponlarga qo‘shimcha yaylov ajratish, kikboks bo‘yicha murabbiy Yusufjon Ergashov sport klublarini qo‘llab-quvvatlash, Malika Xudoyberdiyeva kasb-hunar egalari o‘rtasida respublika tanlovlarini o‘tkazish takliflarini berdi.
Qisqacha qilib aytganda, qariyb bir soat ichida sakkizta katta masala muhokama qilindi, o‘nlab qo‘shimcha takliflar olindi va ularni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bu tarzdagi Prezidentimizning yoshlar bilan muloqoti boshqa hududlardagi yoshlarga ham o‘zgacha impuls berishiga ishonchim komil. Umid qilmanki, bunday muloqotlar, albatta, davomli bo‘ladi.
Barchasi uchun rahmat, hurmatli Prezident!