⚡️Stanford Universitetida yana bir muhim uchrashuvlardan biri “Venture Mindset” kitobi muallifi, Professor Ilya Strebulaev bilan bo‘lib o‘tdi.
Sohaga oid juda qiziq tahlillar, O‘zbekiston iqtisodi, venchur bozori hamda yangiliklari haqida suhbatlashdik.
Professor ayni vaqtda ko‘plab mamlakat hamda hukumat rahbarlariga kremniy vodiysi muvaffaqiyatining omillari hamda qanday qilib bundan to‘g‘ri andoza olish bo‘yicha maslahatlar berib kelayotgan ekanlar. Biz ham birlamchi hamkorlik takliflarini tingladik.
Avvalo, “Venture Mindset” kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilish hamda kitob taqdimotiga Professorni chaqirish takliflarini muhokama qildi.
Oldinda ko‘p muloqot hamda uchrashuvlar bizni kutmoqda.
@alisher_sadullaev

⚡️Dunyoqarashimni o‘zgartirib yuborgan muloqot!
Minerva University asoschisi Ben Nelson bilan muloqot qilar ekanman, universitetda o‘qigan yillarim esimga tushdi. Ben juda ajoyib falsafa sohibi, uning fikricha, “universitetdagi sifatli ta’lim uchun eng muhim omil katta, qimmat kampus emas, balki sayohat orqali o‘rganishdir”.
Uning ta’lim modeliga ko‘ra, talaba 4 yil davomida har bir semestrni jami 8 semestrni 7 ta turli mamlakat shaharlarida o‘tkazadi va amaliyotda qatnashadi.
E’tibor bering: birinchi va oxirgi semestrlar San-Fransiskoda, qolganlari esa Seul, Taypey, Haydarobod, Buenos Ayres, Tokio va Berlinda o‘tadi. Qoyil-e, akademik yil davomida talaba professorlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladi va darslar innovatsion platforma orqali olib boriladi. Har bir semestrda ham, har bir shaharda ham talabalar qandaydir muammoga yechim topishda, loyiha ustida ishlashda yoki tadqiqot markazlariga ishga kirishda ishtirok etishadi.
Umuman olganda, universitet talabalar uchun juda qadrli, bitiruvchilari esa dunyoning top kompaniyalariga ishga kirishmoqda. Chunki kompaniyalarga hammasini boshidan o‘rgatish kerak bo‘lgan odamlar emas, balki soha ichida tajribaga ega yoshlar kerak.
Ammo talabalar bilan uchrashganimda, ular mendan bir kichik o‘zgarishni so‘rashdi. Qanday o‘zgarish deb o‘ylaysiz?
Javobingiz juda qiziq)

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dunyoning eng nufuzli universitetlari O‘zbekiston yoshlari uchun o‘z eshiklarini ochmoqda – bu esa hali boshlanishi!
Do‘stlaringiz orasida dunyoning TOP universitetlariga qabul qilinganlar bormi?
@alisher_sadullaev
Do‘stlaringiz orasida dunyoning TOP universitetlariga qabul qilinganlar bormi?
@alisher_sadullaev
⚡️Hozircha 2ta qizil evaziga 1ta penalti va gol.
O'zbekiston yoshlariga 1-taymda 2 ta qizil kartochka ko'rsatildi, jamoada 9 nafar futbolchi bilan Saudiya Arabistoni yoshlari ustida U-17 final o'yinida mezbonlarning uyida g'alaba qozonmoqdamiz.
Hali umid bor!

Bu shunchaki qoyilmaqom!
9 kishi bo'lib, finalda Saudiyada 2ta gol urdik. Har bir qizil kartochka uchun bitta gol bilan javob berishyapti yigitlarimiz!
Bilmadim, OFK qandaydur yangi nominatsiya o'ylab topib, "eng irodali o'yin/g'alaba uchun" degan nominatsiyani ham yigitlarimizga berishi kerak)

Bu shunchaki dahshatli revansh!
G'alaba muborak!
Barakalla O'zbek o'g'lonlari!
G'alaba muborak!
Barakalla O'zbek o'g'lonlari!
🔥 Biz tarix yozdik. Finalda ikki kishi kam bo'lib, chempionga aylandik. O'zbegim ✊
🏆 Osiyo kubogi U-17 | Final
🇺🇿 O'zbekiston 2:0 S. Arabistoni 🇸🇦
⚽️ Gollar: Hakimov 51, Hasanov 70
🔴 Qizil kartochka: Sarsenbayev 40', Abukarimov 45'

Farmonga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan Ismoilov Islombek Murodbek o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiysi;
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari “Kelajak bunyodkori” medali bilan:
➖Abdukarimov Miraziz Erkin o‘g‘li;
➖Abdullayev Faridjon Nodirjon o‘g‘li;
➖Abdumo‘minov Azizbek Ikromjon o‘g‘li;
➖Aliyev Asilbek Ravshanjon o‘g‘li;
➖Baxodirxonov Muminxon Issoxon o‘g‘li;
➖Botiraliyev Hojiakbar Xayrullo o‘g‘li;
➖Yerimbetov Azizbek Muxammed Ali uli;
➖Izbaskanov Baxadir Maxsetbayevich;
➖Maxmudjonov Dilyorbek Sanjarbek o‘g‘li;
➖Muradov Amirxon Shuxrat o‘g‘li;
➖Musaxanov Muhammadali Alijonovich;
➖Muhammadov Akbar Alisherovich;
➖Rustamjonov Ne’matulloh Shuhratjon o‘g‘li;
➖Rustamov Jamshidbek Abrorjon o‘g‘li;
➖Saidmurodov Behro‘z G‘ayrat o‘g‘li;
➖Sarsenbayev Nurbek Raxatovich;
➖Sodiqov Sayfiddin Baxtiyor o‘g‘li;
➖Fazliddinov Abdulloh Zayliddin o‘g‘li;
➖Xakimov Muhammad Ulug‘bek o‘g‘li;
➖Xasanov Sadriddin Zayniddin o‘g‘li;
➖Habibullayev Muhammad Qodirjon o‘g‘li;
➖Shokirov Ibroxim Jamshid o‘g‘li;
➖Shukurullayev Abubakir Aziz o‘g‘li;
“Shuhrat” medali bilan
➖Djurayev Otabek Rustamovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi
➖Tolipov Orifjon Boxodirovich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi “Futbol TV” telekanali muharriri
@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ajoyib yangilik
Yaqin kunlarda top universitetlarga kirish bo'yicha oromgohga qabul e'lon qilinadi @top100_uni.
- Dasturga eng kuchli, eng bilimdon hamda dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'qimoqchi bo'lgan yoshlar qabul qilinadi.
- Eng muhimi, oromgohdagi barcha xarajatlar Prezidentimizning yoshlar uchun tashkil etib bergan jamg'armalari tomonidan qoplab beriladi.
- Mentorlar ham dunyoning eng zo'r universitetlarida ta'lim olayotgan talabalar bo'lishadi.
Bu shunchaki qoyilmaqom!
Yangilikni eng birinchilardan bo'lib bilish uchun ushbu xabarni do'stlaringizga yetkazishni unutmang.

Bugun xizmat safari bilan Qoraqalpog'istonda bo'lamiz. Rejamiz bo'yicha:
Birinchidan, Nukus shahrida yangi barpo etilayotgan yoshlar ijod markazi bilan tanishish.
Ikkinchidan, yoshlar yetakchilari, yosh tadbirkor, startapchilar hamda xorijiy tillarni o'rganayotgan yoshlar bilan muloqotimiz o'rin olgan.
Taklif va mulohazalaringizni izohlarda kutib qolaman.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil oromgohimizda nafaqat O‘zbekistondan, balki dunyoning turli davlatlaridan talabalarni ham qabul qilamiz.
Agar siz dunyoning nufuzli universitetlariga kirishni orzu qilsangiz, yetakchilik qobiliyatlaringizni rivojlantirmoqchi va global miqyosda doʻstlar orttirmoqchi bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!
● Ikki mavsumda: bakalavriat – "6-iyuldan 13-iyulgacha" va magistratura – "3-avgustdan 10-avgustgacha" alohida dasturlar;
● Ariza topshirish, grantlar va qabul strategiyalari bo‘yicha mahorat darslari;
● Top 100 talikdagi universitetlarda o‘qigan va o‘qiyotgan mentorlar bilan darslar;
● Kelajagingiz uchun eshiklarni ochuvchi netvorking imkoniyatlari;
● Tog‘ bag‘rida unutilmas bir haftalik sarguzasht va rivojlanish!
Ro‘yxatdan o‘tish rasman 25-may kuni soat 23:59da tugatiladi!
Ro‘yxatdan o‘ting va xalqaro imkoniyatlar sari ilk qadamni qo‘ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kitobxonlar tayyormisiz?
Millionlab yoshlarni, yosh oilalarni kitobxonlik yo‘lida birlashtirib, iqtidor egalarini kashf etayotgan “Yosh kitobxon” va “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining yangi mavsum uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz!
➖“Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati
➖“Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati
👏Barcha kitobxonlarga omad tilaymiz!

Bugun Karmana tumani “Farhod” mahallasi yoshlar yetakchisi Ulugʻbek Oblaqulov va ushbu tumanning “Bahrom” mahallasi yoshlar yetakchisi Muhriddin Bahronovning avtohalokat sabab vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.
Bir kunda tizimning yosh va zabardast ikki yetakchisining kutilmaganda bunday baxtsiz hodisa natijasida vafot etishi — juda ogʻir musibat.
Jamoamiz nomidan marhumlarning oila-a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiramiz.
Vafot etgan doʻstlarimizning ota-onasi va yaqinlariga moddiy va ma’naviy koʻmak koʻrsatiladi.
Bundan tashqari, Karmana tumani Yoshlar ishlari boʻlimi shoʻba mutaxassisi Valijon Kasimov shifokorlar nazoratida qolmoqda. Uning ham tezroq shifo topib, tuzalib ketishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz va yordam beramiz.

⚡️Yoshlar uchun yana bir yangilik!
Endi har yili ikki ming nafar talabaga “Work and Travel” dasturi orqali rivojlangan davlatlarda ishlash va sayohat qilish uchun foizsiz ssuda beriladi!
Bu dastur talabalarga nima beradi?
1. Talabalarga ta’til davrida Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa Ittifoqi davlatlarida ishlash va tajriba orttirish;
2. Borish-kelish aviachiptasi uchun davlat tomonidan 15 million so‘m foizsiz qarz (ssuda);
3. Haftasiga 30-40 soat ishlash va bu orqali bir mavsumda o‘rtacha 3-7 ming dollargacha daromad topish imkonini beradi.
Dasturda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talaba yoshlar (kunduzgi, kechki yoki sirtqi) ishtirok etishi mumkin.
Ariza topshirish 15-maydan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.
Batafsil ushbu havolada

⚡️Xorijda o‘qishni istagan yoshlar uchun yana bir muhim yangilik!
🇺🇿 Prezidentimizning iqtidorli yoshlarni xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Farmoni qabul qilindi.
1. “El-yurt umidi” jamg‘armasi endi Prezident huzuridagi istiqbolli kadrlarni tayyorlovchi jamg‘armaga aylantirildi.
2. 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab iqtisodiyotning muhim tarmoqlari uchun xorijda maqsadli stajirovka dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
3. Har yili 1-fevralga qadar vazirlik va oliygohlar xorijda stajirovka uchun ehtiyoj, yo‘nalish, muddat va vazifalar bo‘yicha asosli takliflar beradi.
4. Stajirovka kvotalari har yili strategik sohalar, yetakchi OTMlar va tahlil markazlari asosida belgilanadi.
5. G‘oliblar tanlovi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 1-aprelga qadar o‘tkaziladi.
6. Stajirovka muddati va manzillari buyurtmachi tashkilotlar va jamg‘arma bilan birga belgilanadi.
7. “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi – bakalavr, magistr, PhD bosqichlari uchun eng munosib nomzodlar tanlab olinadi.
8. “El-yurt umidi” ochiq stipendiyasi uchun test va suhbat asosida tanlov o‘tkaziladi.
9. 2025-yil 1-iyuldan boshlab jamg‘arma bitiruvchilari yetakchi xalqaro tashkilotlarda stajirovka yoki ish bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi.
10. Chet elda o‘qib yoki stajirovka o‘tgan mutaxassislar uchun ish joyida xizmat bo‘yicha o‘sish va sharoit yaratish majburiyati ish beruvchi zimmasiga yuklanadi.
11. Butun jarayonlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan monitoring qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

“Garvardchilar maktabi” ochiladi
🇺🇿 Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi.
Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.
Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.
Endilikda “Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlar” sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashtiriladi. Bu markazlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy va kreativ yo‘nalishlarda jihozlanadi. Ularda xorijiy tillar, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va Toshkentdagi “Barkamol avlod” markazlarida kamida 100 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi” tashkil etiladi. Har yili 1 million o‘quvchini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

⚡️Yozgi oromgohlarda yoshlar “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari bilan qamrab olinadi. 100 ming o‘quvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yinining maktab ligasi tashkil etiladi.
“Raqamli avlod” loyihasi doirasida kamida 50 ming yosh o‘qitilib, hududlarda IT va kibersport turnirlari o‘tkaziladi. Bunda “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bo‘yicha tuman va viloyat tanlovlari o‘tkaziladi.
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 100 ming yosh volontyorlikka jalb qilinadi.
150 dan ortiq sun’iy, shuningdek, barcha tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
“Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkazilib, 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.

⚡️Rivojlanish uchun foydali manbalar
1. Ibrat farzandlari — xorijiy tillarni bepul o‘rganish;
2. Mutolaa — kitoblarni audio va elektron formatda o‘qish;
3. Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish;
4. Top100 Uni — dunyoning TOP universitetlariga tayyorlash;
5. Yosh kitobxon — bilimdonlar uchun kitobxonlik tanlovi;
6. UzChess — shaxmatni tez va oson o‘rganish;
7. Ibrate Debate — ingliz tilida debat sessiyalari;
8. Qizlar akademiyasi — xotin-qizlar uchun bepul ta’lim platformasi;
9. Qizlar ovozi — faol qizlarning tashabbuslari;
10. President Tech Award — eng yaxshi startaplar tanlovdan biri;
11. Digital Generation — dasturlashni o‘rganing va dunyoni o‘zgartiring;
12. PhD sari qadam — xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
13. WikiStipendiya — jahon internet tarmog‘idagi o‘zbekcha ma’lumotlar;
14. 1000Kitob — eng sara adabiyotlarning o‘zbekcha tarjimasi;
15. iQtidorly — STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash;
16. Yoshlar ovozi — yoshlar hayotiga bag‘ishlangan gazeta;
17. Bek va Lola — bolajonlar uchun animatsion multserial;
18. Beruniy sarguzashtlari — buyuk ajdodlarimiz tarixi;
19. Yashil makon — ekologiyaga bag‘ishlangan milliy multfilm;
20. Yoshlar ovozi Bo‘zatov — iste’dodlarni kashf etuvchi musiqiy tanlov;
21. Khan Academy Uzbek — bepul onlayn videodarsliklar;
22. Xalqaro imtihon kompensatsiyasi — Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish
23. Work and Travel — talabalar uchun xorijda ishlash va sayohat qilish;
24. Yoshtadbirkorlar.uz — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash;
25. Yoshlar Ventures — kichik biznes va startap g‘oyalarni moliyalashtirish
26. Startap Garage — startapingizni barqaror biznesga aylantirish;
27. AloqaVentures — texnologik g‘oyalar va innovatsion kelajak sari yo‘l;
28. Kelajak kasblari — yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;
29. SeeYoUzbekistan — O‘zbekistonning siz bilgan va bilmagan manzillar;
30. Milliy karaoke — Milliy qo‘shiqlarimizni karaokeda kuylang;
31. Yoshlar Akademiyasi — ilmiy-innovatsion g‘oyalar va startaplarni rivojlantirish.
Ushbu loyihalarning qaysi birida ishtirok etgansiz? Yoshlar uchun manfaatli yana qanday loyihalarni bilasiz? Izohlarda fikringizni qoldiring!