Alisher Sadullaev
150K subscribers
2.18K photos
581 videos
30 files
1.5K links
Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida

• Yoshlar ishlari agentligi direktori

• Oliy Majlis Senati a’zosi

• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev
Download Telegram
​​⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi

Qonun vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlangan bo‘lib, 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat.

Mazkur qonun O‘zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.

Bundan buyon davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, ularni xizmat pog‘onalarida o‘stirish, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham beriladi.

Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organ etib — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilandi.

@alisher_sadullaev
⚡️⚡️⚡️Jahongir Vohidovdan g‘alabaaa!

Hindistonning Chennay shahrida oʻtayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston 🇺🇿 terma jamoasi vakili Jahongir Vohidov Niderlandiya 🇳🇱 terma jamoasi vakili Max Warmerdam ustidan g‘alaba qozondi!

@alisher_sadullaev
⚡️O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir quvonarli xabar:
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili, bugungi kun qahramoni Jahongir Vohidov o‘z doskasida individual natijalar bo‘yicha oltin medal oldi!

@alisher_sadullaev
Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan terma jamoamizning to‘liq tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar terma jamoamiz: Nodirbek Abdusattorov (18 yosh), Shamsiddin Vohidov (20 yosh), Jahongir Vahidov (27 yosh), Javohir Sindarov (17 yosh), Nodirbek Yakubboyev (20 yosh).

Ayollar terma jamoamiz: Afruza Hamdamova (13 yosh), Maftuna Bobomurodova (16 yosh), Nilufar Yakubboyeva (22 yosh), Umida Omonova (16 yosh), Marjona Malikova (20 yosh).

Bu yoshlar — bizning qahramonlar!

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoamiz bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni ushbu buyuk g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.

@alisher_sadullaev
⚡️Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining yopilish marosimida O‘zbekiston erkaklar terma jamoamiz turnirdagi eng chiroyli kiyim uchun ham mukofot oldi.

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasi: O‘zbekistonga oltin medallar topshirildi va vatanimiz madhiyasi yangradi! 🇺🇿

@alisher_sadullaev
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

“Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida har tomonlama munosib ishtirok etib, Olimpiada chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo‘lganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Sizlar dunyoning manaman degan shaxmat ustalari ishtirokida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan, 188 ta jamoa ishtirok etgan ushbu eng nufuzli shaxmat musobaqasidagi ulkan g‘alabangiz bilan mamlakatimiz sporti tarixida yangi sahifani ochib berdingiz.

Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yaqubboyev, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov kabi o‘g‘lonlarimizning iste’dodiga butun dunyo yana bir bor tan berdi. Ayniqsa, Jahongir Vohidovning so‘nggi o‘yindagi g‘alabasi terma jamoamizning tarixiy g‘alabasini ta’minladi.

Shuni alohida g‘urur bilan ta’kidlash kerakki, sportning shaxmat turida butun dunyoda nom chiqargan Hindiston, AQSH, Armaniston, Niderlandiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlar vakillari ishtirok etgan ushbu olimpiadada terma jamoamiz a’zolari har tomonlama munosib ishtirok etib, bironta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchramadi.

Sizlar shu tariqa o‘zbek shaxmat maktabining shon-shuhratini yuksak bosqichga olib chiqdingiz. Sizlar kabi azmu shijoatli, vatanparvar yoshlar eng katta boyligimiz, millatimizning “oltin fondi”, desam, o‘ylaymanki, butun xalqimizning fikrini ifoda etgan bo‘laman.

Mana shunday zukko va katta salohiyatli o‘g‘lonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgani uchun ota-onalaringiz va ustozlaringizga chin yurakdan tashakkur izhor etaman.

O‘zbekistonning shaxmatchi qizlari ham ushbu xalqaro musobaqada munosib ishtirok etib, o‘zlarining salohiyati baland ekanini yaqqol namoyish qildilar. Shu o‘rinda ularga ham chin qalbimdan tasanno aytaman”, deyiladi Prezidentimizning tabrigida.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun butun jahondan kelgan eng kuchli intellekt egalari biz uchun oʻz oʻrinlaridan turishdi. Bu — millatning faxri, Oʻzbekistonning faxri!

@alisher_sadullaev
10ta farqni toping, 😅

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1927-yilda yo‘lga qo‘yilgan Hamilton-Russel shaxmat kubogiga O‘zbekiston nomini ham muhrlab qo‘ydik! Ushbu kubokka 2 yil davomida (2024-yil Budapeshtda bo‘ladigan olimpiadagacha) O‘zbekiston egalik qiladi va bugun tunda kubokni olib, shaxmat bo‘yicha chempionlarimiz bilan Hindistondan O‘zbekistonga qaytamiz!

@alisher_sadullaev
⚡️11-avgust kuni soat 02:45 da shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar terma jamoamiz bilan Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘namiz, Xudo xohlasa.

Chempionlarimizni tantanali va munosib kutib olishga barcha yurtdoshlarimizni, shaxmat ixlosmandlarini, ommaviy axborot vositalari va blogerlarni taklif etamiz.

Aniq qo‘nish vaqtimizni yana qo‘shimcha ma’lum qilamiz.

@alisher_sadullaev
⚡️“Hindistonda g‘olib bo‘lgan shaxmatchilarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlaymiz” — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Toshkent arxitektura qurilish institutiga tashrif buyurib, shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida gapirdi.

“Shaxmatga oid 3 yilda uchta qaror qabul qildik. Nima uchun? Biz 20 yil davomida bu sohada kechikkanimiz uchun qarorlarni qabul qildim. 2026-yilgi shaxmat Olimpiadasiga endi barcha boshqacha tayyorgarlik ko‘radi. “Biz chempionlar yurtiga boryapmiz”, deyishadi.

Ularga katta mukofotlar bersak boshqalar uchun ham bu motivatsiya bo‘ladi.
Hamma ota-onalar farzandlarini shaxmat to‘garaklariga berishni boshlaydi”, — dedi Prezidentimiz.

@alisher_sadullaev
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonda g‘olib bo‘lgan shaxmatchilarimiz haqida:

“Chempionlarimizga yana qanaqa sovg‘a berishni uzoq o‘yladim. Mana, bokschilarimizga shunday katta pul mukofoti, mashinalar berdik, shaxmatchilarimizga ham bermasak, adolatdan bo‘lmaydi. Shu sababli ularga mashina ham sovg‘a qiladigan bo‘ldik. Yosh-yosh yigitlarimiz uyiga mashina haydab borsa, tasavvur qilinglar, bu yoshlarimizga qanday katta motivatsiya bo‘ladi”, — dedi davlatimiz rahbari.

Shuningdek, Prezidentimiz 5-avgust kuni imzolagan qaroriga binoan shaxmatchilarga 600 milliondan berilishini qo‘shimcha qildilar.

@alisher_sadullaev
⚡️Prezidentimiz “Butunjahon 44-shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladilar

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

▫️ Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li
- Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Vaxidov Jahongir Tairovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

▫️ Yegin Vladimir Nikolayevich
- Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
▫️ Sokolov Ivan - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

▫️ Bobomurodova Maftuna Panjiyevna
- Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Malikova Marjona Abdimajid qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Omonova Umida Shuhrat qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Hamdamova Afruza Akbarovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
▫️ Yakubboyeva Nilufar Murodbek qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Hindistondagi Olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida:

“Shaxmatchilarimiz kechqurun uyiga 400 millionlik mashina minib borsa, ota-onasi “bolam, hech narsa qilmasang ham shaxmat o‘yna”, deb aytadi”, deya hazil qildi davlatimiz rahbari.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Boksdan chempion bo‘lganlarga pul bilan mashina berdik. Boks bilan shaxmatning farqi boshqacha. O‘ylab ko‘rib, ularga ham mashina berishga qaror qildim. Bu ham motivatsiya” — Prezident

@alisher_sadullaev