💊САЛОМАТЛИК💊
974 subscribers
36 photos
40 videos
123 links
Download Telegram
​​🔴 Gen kasalliklari

Gen kasalliklari gen tuzilishining mutatsiyaga uchrashi natijasida kelib chiqadi. Gen kasalliklarini ikki guruhga bo’linishi mumkin:

• Monogen kasalliklar (monofaktorial, ya’ni bir omilli)
bitta genni o’zgarishi tufayli kelib chiqadi.

• Poligen kasalliklar (multifaktorial, ya’ni ko’p omilli) bir necha genning o’zgarishi tufayli kelib chiqadi. Monogen kasalliklar G. Mendel qonunlariga to’liq to’g‘ri keladi. Agar odamlarda taxminan 100000 ga yaqin gen bor deb taxmin qilsak, shuncha miqdorda genlar ta’sirida hosil bo’ladigan irsiy kasalliklar sodir bo’lishi mumkin. Hozirgi zamon ma’lumotlariga ko’ra, bir genda kamida 500 nukleotid bo’lib, ular bir necha o’n, yuz marta mutatsiyaga uchrashi mumkin. Mutatsiya har qanday genda hosil bo’lishi mumkin. Genning o’zgarishi natijasida oqsil molekulasining tuzilishi ham o’zgaradi. Gen kasalliklari oqsillarining shikastlanishiga qarab uch guruhga bo’linadi:

• I guruh strukturaviy oqsillarning shikastlanishi natijasida ulardagi kollagen to’qimalar o’zgaradi va organizmning biriktiruvchi to’qimalari kasallanadi (miopatiya);
• II guruh transport oqsillarining shikastlanishi natijasida organizmdagi kislorod tashiydigan gemoglobinni tuzilishi o’zgaradi va og’ir anemiya kasalligi kelib chiqadi (gemofiliya, tallassemiya).
• III guruh fermentlarning shikastlanishi enzimopotiya
(fermentopatiya), deyiladi.

Boshqa guruh kasalliklariga nisbatan yaxshi o’rganilgan monogen kasallikdir.
Enzimopatiyalar ko’pincha ma’lum bir ferment bo’lmasligi yoki yetishmasligi natijasida hosil bo’ladi va biokimyoviy reaksiyalarning susayishi yoki to’xtab qolishiga olib keladi. Enzimopatiyalar tegishli fermentning sintezlanishini ta’minlab beradigan genlarning mutatsiyalarga uchrashi tufayli kelib chiqadi. Ko’pchilik hollarda enzimopatiyalar, aqliy qoloqlik bilan birga o’tadi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda uchrash nisbati 0,1-0,5 % ni tashkil qiladi. Ammo irsiy kasalliklar uchrashi nisbatan turli populatsiyada va turli geografik zonada ancha farq qiladi. Bular bir qancha sabablarga: izolatsiya, muhitning ta’siriga, tanlash omiliga bog’liq bo’ladi. Gen kasalliklari hosil bo’lishiga qarab gen, molekula, hujayra, organ va organizm darajasida bo’ladi. Gen kasalliklarini ham alohida yagona tasnifi yo’q. Ularni mutagen omillarni ta’siriga qarab aniqlanadi. Qaysi bir moddalar almashinuvi buzilganligiga qarab bir necha guruhdagi gen kasalliklari farq qilinadi. Uglevodlar almashinuvi, aminokislotalar, lipidlar, sirkulatsiyadagi oqsillar
buzilishidan kelib chiqadigan (gemoglobinopatiya, oqsillar
strukturasining buzilishi va boshq.) irsiy kasalliklar.


#genetika
#DNK

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
​​🔴 Albinizm

🔵 Bu kasallik tirozin degan aminokislotani melanin pigmentiga aylantiruvchi tirozinaza fermenti bo’lmasligidan kelib chiqadi.
Ayrim bemorlarda melanin mutlaqo hosil bo’lmaydi yoki shu qadar kam miqdorda hosil bo’ladiki, odamning terisi, sochlari juda oppoq, ko’zlari esa, qizil bo’lib qoladi (pigment yo’qligidan to’r pardaning qon tomirlari to’silmay qoladi). Yoruqlikka qaray olmaslik va ko’zlarning odatdan tashqari rangda bo’lishi bunday odamlarni qora ko’zoynak taqib yurishga majbur qiladi. Albinizm atamasini 1660-yilda portugal tarixchisi Baltazar afrikalik qora tanlilar orasida oq tanli negrlarni uchrashini ko’rib ta’riflagan. «Albino» atamasi lotincha «albus» oq ma’nosini anglatadi. Ekvatorial Afrikada hozirda ham butun bir qabila albinoslar saqlanib qolgan. Amerikada ham to’liq albinizmli kishilar yashaydigan qishloq bor. Ular faqat kechasi tirikchilik
qilishadi, kunduzi esa, uyidan tashqariga chiqishmaydi.
Amerikalik olimlar ularni tibbiy ko’rikdan o’tkazib turishadi.
Hozirgi kunda ular uchun teriga surtiladigan dori yaratilgan. Bu
dori yordamida odam quyoshda 2 soat yurishi mumkin.
Klinik ko’rinishlari bo’yicha albinizm quyidagi shakllarda
uchraydi:

1. Ko’z albinizmi;
2. Teri albinizmi;
3. Ko’z-teri albinizmi.

🔵Ko’z albinizmi asosan ko’zdagi pigmentlarning bo’lmasligi bilan kechadi. Soch va terida pigmentlanish me’yorda bo’ladi. Autosom-retsessiv va X xromosomaga birikkan holda irsiylanadi. Teri albinizmi tananing ayrim joylarida oq dog’larning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ko’pincha ko’z, soch rangi o’zgarmaydi. Tananing yuqori tomonida qosh, soch ostida, bo’yin va daxan qismlarida dog’lar bo’ladi. Autosom-dominant tipda irsiylanadi. Ba’zan teri albinizmi soqovlik bilan birga kechadi (Vardenburg sindromi). Ko’z-teri albinizmining o’ziga xos xususiyatlari bor. Bunda teri, soch, ko’zlardagi pigmentatsiyaning yo’qolishi kuzatiladi. Ko’z och ko’kish, cheti qizg’ish hoshiyali bo’lib ko’rinadi. Sochlar och sariq, ko‘pincha sut rangida, teri oqish bo’ladi. Bunga sabab, melanin pigmentini umuman yo’qligidir. Autosom-retsessiv tipda nasllanadi.


#Albinizm

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
​​🔴 Daun kasalligi

🔵 Daun sindromini birinchi marta 1866-yilda ingliz bolalar
shifokori L. Daun ta’riflagan. 1959-yilda fransuz genetigi J. Lejen tomonidan o’rganilib, asosiy sababi 21-xromosomani uchta bo’lib qolishi ekanligi aniqlangan.

🔵Daun kasalligiga uchragan hamma bolalar har xil oilalarda tug’ilgan bo’lsa ham, tashqi qiyofasi bir-biriga juda o’xshash bo’ladi, ko’zi qiyshiq kemali, kichkina, chuchvara quloq, bosh suyaklarining formasi buzilishi,
barmoqlari kalta, jimjilog’i qiyshayib qolishi, birinchi va ikkinchi oyoq barmoqlari orasidagi masofa kengayishi, kaft terisida ko’ndalang iz paydo bo’lishi xarakterlidir. Bunday kasalning tili kattalashgan bo’lib, katta-katta yorilgansimon izlar paydo bo’ladi. Bolaning o’sishi va harakati rivojlanmaydi, muskullar tonusi pasayib ketadi. Ko’pincha neyro-endokrin o’zgarishlar vujudga kelgani uchun bolalar semirib ketishadi. Bunday bolalar o’ziga xos xarakterga ega: muloyim, aytilgan gapga quloq soladigan, biror ish buyurilsa, uni so’zsiz bajaradigan bo’ladilar. Shuni nazarda tutib, ularga o’z-o’ziga xizmat qilishni va oddiy ishlarni o’rgatish mumkin. Bemorning umri qisqa bo’ladi, ular ichki organlarining rivojlanmasligi tufayli paydo bo’lgan kasalliklardan vafot etishadi. Ba’zida 60-70 yoshgacha yashagan hollari ham ma’lum. Daun kasalligi bilan og’rigan ayoldan ayrim hollarda bola tug’ilishi mumkin. Kasal bolaning tug’llish ehtimoliga ona yoshining ta’siri katta bo’ladi. Ayniqsa, 35 yoshdan keyin tug’ilgan bolaning Daun kasalligi bilan og’rish ehtimoli ortib boradi, 45 yosh-dan keyin bu 1:20, 1:45 nisbatga ko’tarilib ketadi. Otaning yoshi esa, deyarli, ahamiyatga ega bo’lmaydi. Shunday qilib, kasallikning kelib chiqishi nasldan naslga o’tishida onaning yoshi va ota-onada anomaliya xromosomalarining borligi katta rol o’ynaydi. Agar onada balanslangan yashirin translokatsiya bo’lsa, kasal bolaning tug‘ilish xavfi onaning
yoshidan qat’iy nazar, 30-50 % tashkil qiladi. O’rta hisob bilan
olganda, tug’llayotgan 700 chaqaloqdan biri Daun kasaliga
uchraydi. Daun kasalligini davolash kompleks olib boriladi: gormon bilan davolash (tireiodin, profizon), modda almashinuv jarayonini kuchaytirish uchun nerabol, glutamin kislota, serebrolizin, nuredal, B guruh vitaminlari beriladi. Pedagog va logoped bilan shug’ullanish qoniqarli natija beradi.


#xromasoma
#DNK
#Daun

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Бепуштлик
#заифлик

🔵Эректил дисфункция эски номи импотенция ҳақида тўлиқ маълумот Уролог-Андролог Зарифжон Муродов

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
​​✔️Ҳар дардга даво сирка

Расулуллоҳ (с.а.в): “Сирка нақадар ажойиб нонхурушдир. Аллоҳ сиркага барака берсин! У мендан аввалги пайғамбарларнинг ҳам егулиги эди. Сирка бор уйда бошқа нонхурушга эҳтиёж бўлмас”, деганлар (Ибн Можа ривояти).

Бу мўъжизавий неъмат бундан ўн минг йил олдин ҳам бўлгани таъкидланади. Уни бобилликлар кашф этишган. Гиппократ сиркани дори сифатида ишлатган. Ҳозир бир қанча мева, ўсимликлардан сирка олинади. Уларнинг энг яхшиси олма сиркаси саналади. Иштаҳа очиш учун салат ва тузламалар тайёрлашда қўлланади. Унинг яна қуйидаги хусусиятлари бор:

✔️ Кўкат ва мевалар сирка сувида ювилгани фойдали;

✔️ Унитаз, ваннага ўрнаган доғларни сирка билан тозалаш мумкин;

✔️ Томоқ оғриганда сирка билан ғарғара қилинса, наф беради;

✔️ Тошмалар, яраларга сирка суртилса, қичишишни тўхтатиб, ярани тезда битиради;

✔️ Қаттиқ чарчоқ ва уйқусизликда сиркали сув ичилса, тинчлантиради;

✔️ Устига сиркага бўктирилган нон қўйилса, сўгал тўкилади;

✔️ Сирка қўшилган сувда ювиниш танига майинлик, тиниқлик бахш этади;

✔️ Асалли сирка суви озишда ёрдам беради;

✔️ Ойналар ярқираши учун илиқ сувга сирка қўшиб артилади;

✔️ Арчилган картошка қорайиб қолмаслиги учун сиркали сувга солиб қўйилади;

✔️ Пишлоқни яхши сақлаш учун сирка билан намланган докага ўралади;

✔️ Қўлга ўрнаб қолган пиёз ҳидини сирка билан кетказиш мумкин;

✔️ Сирка билан намланган докада артилса, гиламнинг ёрқинлиги ортади.

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
Тинчлантирувчи таъсирга эга ёнғоқ

Ҳиндлар эрон ёнғоғини бу ёнғоқ тинчлантирувчи таъсирга эга деб ҳисоблашади. Мағзи қайнатиб ичилса, илон заҳридан ҳимоялайди, эркагу аёлнинг жинсий қувватини яхшилайди.

Турмуш ўртоғингизнинг тамаки чекиш одати билан курашавериб, зериккан бўлсангиз, чўнтагига бир сиқим эрон ёнғоғидан солиб қўйинг. Қар сафар тамаки чекишни ихтиёр этса, ёнғоқ есин. Ана шунда ёнғоқ таркибидаги триптофан моддаси тамакига бўлган мойилликни аста-секин сўниб боришини таъминлайди;

Эрон ёнғоғини мунтазам истеъмол қилиб бориш танадаги ҳар хил ўсма касалликларининг ривожланмай, негизидаёқ нобуд бўлишига сабаб бўлади.

Эрон ёнғоғи тиш эмалини мустаҳкамлайди ва милк қонашидан асрайди. Мағзининг қайнатмаси эса сўгал ва паппиломаларни йўқотишда кор қилади. Ушбу ёнғоқни кунига 4-5 донадан бир ой давомида есангиз, кальций ва темир моддасига бўлган эҳтиёж қопланиб, суяклар анча мустаҳкамланади, гемоглобин ҳам сезиларли даражада кўтарилади. Уни ҳар ойда узлуксиз бир ҳафтадан еб туриш организмни захарли хилтлардан тозалаб, иммунитетни кучайтиради. Бу ёнғоқни ҳомиладор аёллар ҳам кўп ейишлари керак. Негаки, таркибидаги Е, В ва фойлий кислотаси ҳомиланинг саломатлиги учун зарурдир.
 

 💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Salomatlik

⭕️Аёлларнинг қорин чиқишнинг 5 хил сабаблари!

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
​​🔴ҲАЙЗ ОҒРИҚЛАРИНИ ЕНГИЛЛАШТИРИШ ЧОРАЛАРИ

Қорин соҳасини уқалаш
Соат айланаси бўйича ўнгдан чар тарафга қаратилган ҳаракат билан уқаланади. Бу жараёнда қориннинг пастки соҳасидаги безовталик, босим анча енгиллашади.


Парҳез
ҳайз олди кунлари ҳамда бошланганидан сўнг оғир ҳазм бўлувчи, юқори калорияли ҳамда ёғли маҳсулотларни чеклаб туринг. Энг маъқули парҳезбоп егуликлар.

Жисмоний машқлар
Бадантарбия, йога, нафас машқлари ёрдамида организмингиздаги зўриқиш ҳамда оғирликни бартараф этишга эришасиз. Бунинг учун 5-10 дақиқа вақтингизни аямасангиз кифоя.

Витамин ва минераллар
Оғриқ давомли ва ўткир, сўнгги ҳайз даврларида тез-тез такрорланаётган бўлса, шифокор кўрсатмаси билан магний, кальций, В ва Е гуруҳи витаминларидан қабул қилишингиз мумкин.

Доривор дамламалар
Маймунжон (мураббоси ёки қуритилган меваси), лимонўт (мелисса), жўка (липа) ва бодрезак (калина) ўсимликларидан тайёрланган дамламалар ҳам оғриқни енгиллаштиришида асқотади.

Уйқу ҳолати
Мутахассислар, эмброн ҳолатида ухлаш ёки шунчаки дам олиш қорин мушакларидаги сиқилиш (спазм)ни бартараф этишда ёрдам беради дейишади. Синаб кўринг.

Оғриқ қолдирувчи препаратлар
Агар оғриқдан тинкангиз қуриб, ҳаловангиз бўлмаётган бўлса, шифокор кўрсатмаси билан оғриқсизлантирувчи препаратларга мурожаат этишингиз мумкин. Аммо миқдорини ошириб юборманг.

ТАВСИЯ ЭТИЛМАЙДИ!
Қорин устига иссиқ грелка қўйиш;
Мойчечак дамламасини қабул қилиш;
Спазмолитик гуруҳига мансуб препаратлар миқдорини ошириш;
Қорин соҳасига муз солинган сочиқ қўйиш


💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️ 8 hafta davomida issiq qaynagan suvga limon qo'shib ichsa nima sodir bo'ladi? Ko'ramiz...

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
​​Сабзи
Тери шўралашининг олдини олади...


Бошқа сабзавотларга қараганда сабзи таркибида А витамининг энг кўп фоизи бўлиб, тери қуруқлашиши ва пўст ташлашининг олдини олишда ёрдам беради. Агар тери рангингиз қизариб, енгил қичишишни сезсангиз таомномангизга кўпроқ сабзидан қўшинг.
Маслахат : Сабзининг ҳомлигича истеъмол қилингани кўпроқ фойдали саналади. Истасангиз қирғичдан ўтказиб ёки сабзавотли салатга аралаштириб танаввул қилинг


💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

🥒 Нима учун Бодрингни рационимизга қўшишимиз даркор? Батафсил видео лавҳада!

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
​​​​❗️ Oyoq terlashini uy sharoitida davolash

♨️ 1. Oyoqlarning ko‘p terlashida soda eritmasi bilan kompress qilish tavsiya etiladi. Buning uchun 40 gr ichimlik sodasi olib, 200 ml iliq suvda eritiladi. Eritmani dokaga shimdirib oyoqqa bog‘lanadi.
✔️Muolajani 2 hafta davomida olib borish kerak.

♨️2. Pivo bilan vanna qilish. Pivo bilan suvni aralashtirib unda oyoqlarni 15 daqiqa davomida ushlab turiladi, so‘ngra quruq sochiq bilan artib tashlanadi.9 % li olma sirkasi eritmasi. Sirka eritmasiga shimdirilgan bog‘lamni oyoq sohasiga, barmoqlar orasiga qo‘yish kerak.
✔️ Muolajani kunning ertalabki qismida o‘tkazgan yaxshiroq, ter ajralishini kamaytirish va yoqimsiz hiddan qutulishga yordam beradi.

♨️3. Romashka va dub ildizi (dorixonalarda topish mumkin) dan tayyorlangan eritma yallig‘lanish, qo‘zg‘alishni yo‘qotib, ter bezlarining funksiyasini yaxshilaydi. Ushbu o‘simliklarning quritilgan va maydalangan kukunlarini suvga solib 15 daqiqa davomida qaynatish kerak, so‘ng uni 3 soat davomida tindirish lozim. Eritmani suv bilan aralashtirib oyoqlarni vanna qilish tavsiya etiladi. Muolajaning samaraligini oshirish uchun uni uxlashdan avval o‘tkazish zarur.

♨️4. Dengiz tuzi (morskoy sol) bilan vanna qilish. Dengiz tuzini iliq suvda eritib, unda oyoqlarni uxlashdan avval 15 daqiqa davomida vanna qilish ter bezlarining poralarini tozalashga yordam beradi va yoqimsiz hiddan xalos qiladi.


💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴Барчани бирдек қийнаётган, Бел оғриғи хақида нималарни биласиз?
Давоси хақидачи?

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw
​​КЎЗ ОСТИДА ҲАЛҚА ПАЙДО БЎЛСА...

Агар одамнинг кўз остида кўкимтир-қора тусли ҳалқалар пайдо бўлса, буйраклар ва юрак фаолиятида муаммолар мавжудлигидан дарак беради. Кўз оқида қизил қон томирлар яққол кўриниб турса, асаб тизими толиққанлигидан далолат ва бемор жисмонан ва ақлан қаттиқ чарчаганда ҳам ана шу белги юзага чиқади

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw