💊САЛОМАТЛИК💊
948 subscribers
36 photos
40 videos
123 links
Download Telegram
​​🔴 Albinizm

🔵 Bu kasallik tirozin degan aminokislotani melanin pigmentiga aylantiruvchi tirozinaza fermenti bo’lmasligidan kelib chiqadi.
Ayrim bemorlarda melanin mutlaqo hosil bo’lmaydi yoki shu qadar kam miqdorda hosil bo’ladiki, odamning terisi, sochlari juda oppoq, ko’zlari esa, qizil bo’lib qoladi (pigment yo’qligidan to’r pardaning qon tomirlari to’silmay qoladi). Yoruqlikka qaray olmaslik va ko’zlarning odatdan tashqari rangda bo’lishi bunday odamlarni qora ko’zoynak taqib yurishga majbur qiladi.
Albinizm atamasini 1660-yilda portugal tarixchisi Baltazar afrikalik qora tanlilar orasida oq tanli negrlarni uchrashini ko’rib ta’riflagan. «Albino» atamasi lotincha «albus» oq ma’nosini anglatadi. Ekvatorial Afrikada hozirda ham butun bir qabila albinoslar saqlanib qolgan. Amerikada ham to’liq albinizmli kishilar yashaydigan qishloq bor. Ular faqat kechasi tirikchilik
qilishadi, kunduzi esa, uyidan tashqariga chiqishmaydi.
Amerikalik olimlar ularni tibbiy ko’rikdan o’tkazib turishadi.
Hozirgi kunda ular uchun teriga surtiladigan dori yaratilgan. Bu
dori yordamida odam quyoshda 2 soat yurishi mumkin.
Klinik ko’rinishlari bo’yicha
albinizm quyidagi shakllarda
uchraydi:

1. Ko’z albinizmi;
2. Teri albinizmi;
3. Ko’z-teri albinizmi.

🔵Ko’z albinizmi asosan ko’zdagi pigmentlarning bo’lmasligi bilan kechadi. Soch va terida pigmentlanish me’yorda bo’ladi. Autosom-retsessiv va X xromosomaga birikkan holda irsiylanadi. Teri albinizmi tananing ayrim joylarida oq dog’larning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ko’pincha ko’z, soch rangi o’zgarmaydi. Tananing yuqori tomonida qosh, soch ostida, bo’yin va daxan qismlarida dog’lar bo’ladi. Autosom-dominant tipda irsiylanadi. Ba’zan teri albinizmi soqovlik bilan birga kechadi (Vardenburg sindromi). Ko’z-teri albinizmining o’ziga xos xususiyatlari bor. Bunda teri, soch, ko’zlardagi pigmentatsiyaning yo’qolishi kuzatiladi. Ko’z och ko’kish, cheti qizg’ish hoshiyali bo’lib ko’rinadi. Sochlar och sariq, ko‘pincha sut rangida, teri oqish bo’ladi. Bunga sabab, melanin pigmentini umuman yo’qligidir. Autosom-retsessiv tipda nasllanadi.


#Albinizm

💉 @Salomatlik 💊

https://t.me/joinchat/AAAAAEZMGKwE6R0dIjwDfw