Panda Books
5.86K subscribers
2.07K photos
400 videos
6 files
1.94K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#haqida

Kolumb haqida haqiqat

To'g'risi, maktabda bizga tarix darsini juda mujmal o'qitishgan. Buni faqat yillar o'tib, ko'plab tarixiy-ilmiy adabiyotlarni o'qiganingdan keyingina tushunib yetasan. Masalan, Kolumbni olaylik.

Kolumb haqida maktabda noto'g'ri tasavvur beriladi.

Hamma biladiki, dengizchi Xristofor Kolumb o'z dengiz sayohatini uyushtirishda boshida katta moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan. Ya'ni hech kim u uchun moliyaviy homiy bo'lishni istamaydi.

Bu odamlarning "Yer - tekis" deb o'ylashgani va G'arbga qarab suzib sharqdagi Hindistonga bora olmaydi deb o'ylaganlarida emas. Yo'q.

U vaqtga kelib, Kolumb pul so'rab murojaat qilgan ziyoli yevropaliklar orasida Yer - sharsimon ekanligi yaxshi ma'lum edi. Shunchaki, potensial investorlar Yer Kolumb hisoblaganidan ko'ra kattaroq deya hisoblashgan va ekspeditsiya o'zi bilan olib chiqqan oziq-ovqat zaxiralari okean o'rtasiga borib tugaydi deb o'ylashgan.

Aslida ham shunday bo'ladi. Faqat Xristofor Kolumbning baxtiga, ular bu paytda Karib dengizi orollarigacha yetib olishadi. Shu sababli ham u Amerikani kashf qilganini o'lganiga qadar bilmay o'tgan. Bor gap shu.

@panda_books
"Molxona" kitobi yangi muqovasi ekan. (#)

@panda_books
Tug'ilib o'sgan shahrimdagi uyimda javon yasattirgan edim bir paytlar. Kanalda qidirsangiz chiqadi. O'shani qilib bergan usta yigit umrida kitob javoniga buyurtma olmaganini aytganini eslayman.

Rasmdagi kitob javonim Toshkentdagisi. Shiftga qadar cho'zilgan kitob javonimni qilib bergan mebelchilar esa kuniga elitniy "novostroykalar"dagi xonadonlarga mebel yasab berishadi. Ming dollarlik mebellarga zakaz oladigan ustalar ham menga qadar hech kim kvartirasiga kitob javoni yasattirmaganini aytishdi. To'g'ri narxi qimmat. Lekin, nahot hayhotdek dabdabali uylarda yashaydigan insonlar mo'jazgina kitob javoni haqida o'ylashmaydi? Har kimda ixtiyor o'zida.

Lekin ustalar uchun bu oddiy buyurtma emas, balki "san'at asari" bo'lganini ta'kidlashgandi. Chunki unda "Boginya madonna" emas, balki bilim xazinasi turishini ular ham bilishadi. Havaslari keldi.

Xudo xohlasa, nasib katta uylar olish ham nasib qilsa, albatta, u yerda ham ulkan kutubxonam bo'ladi deb niyat qilganman.

@panda_books
Donat - bu har qanday muallifga xush yoquvchi va uning ijodiga zo'r motivatsiya beruvchi samarali usullardan biri.

Endi siz kitobxon bloger — Panda Books ijodini quyidagi platforma orqali ham qo'llab-quvvatlashingiz mumkin.
👇👇

Donat uchun:
https://tirikchilik.uz/PandaBooks

Plastik kartalarimni ham qoldiraman:
Uzcard: 8600 1404 4631 9619
Humo: 9860 6004 0137 6774
"Lolazor"da paxta haqida berilgan ta'rif e'tiborimni tortdi.

Bir paytlar shu tukli chigit deya qanchadan-qanchadan azob chekkan xalqimiz. Tomigacha paxta ekkan, Orolni quritgan, homilador ayollarga terimga undagan... Eng yomoni, iqtisodni hech kim o'ylamagan, qayoqdagi sifatsiz chigit ekilavergan, chunki g'o'zashunos olim "kottakon"ning yaqini..

Hammasi fantastik planni oshirib bajarish uchun, kimdirlar medal olishi uchun...ehh!

@panda_books
#mutolaa

Bo Bennettning – "Mantiqiy xato" kitobi men uchun favqulodda qiziqarli bo'lib chiqdi.

Internetda yoki turli offlayn muhokamalarda qatnashadigan, bahsda to'g'ri argument keltirish va kuchli kontr-argumentlarga chap berish ko'nikmalari bo'yicha ko'proq o'qishni istaydiganlar uchun yaxshi qo'llanma ekan.

P.s: "Lolazor" taqrizim bugun chiqmaydigan bo'ldi. Sal yana pishitib olishim kerak.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Murod Muhammad Do'st — "Lolazor"

"Shunday bir xotira qolsaki, eslaganda zo'riqish sezilmasa, xotiraki ko'ngillarning tub-tublariga singib ketsa, qonga o'tsa, tnada jon yanglig' titrab tursa!...
Keyin.. abadul abad qolsang! Odamlarning dilida, tilida - birday to'kis, birday fozilu adolatli bo'lib qolsang! Saodat shu emasmi?
"

XX asrning eng shov-shuvli o'zbek romanlaridan biri. Lekin nega? Kitobni o'qib, shunga javob izlagandek bo'ldim.

"Lolazor" romani — sobiq Sovet davridagi o'zbek jamiyatidan hikoya qiladi. Bosh qahramon Nazar Yaxshiboyev - o'zi Bulduruq qishlog'idan chiqqan yoshi o'tib qolgan publitsist va yozuvchi. O'z qishloqdosh do'sti Xorun Kalonov bilan uzoq hayot yo'lini birga bosib o'tishgan. Undan farqli Xorun mamlakat rahbari darajasiga ko'tariladi va unga orqavarotdan "Oshno" deb laqab beriladi. Kitobda shuningdek, Oshnoning xotini Muyassar va Yaxshiboyevniki Muxsina ham asosiy rol o'ynaydi. Shuningdek, qissanavis personaj yozuvchi Saidqul Mardonov obrazi ham bor.

Xo'sh, kitob katta davrni o'z ichiga olsa ham, u bir mavzu atrofida aylanadi: "Hokimiyat". Barcha nimadur undirish payida. Nazar Yaxshiboyev esa butun umr Oshno tomonida bo'lib, u yoqtirgan insonlarni maqtab, istamaganlarni urib, turli siyosiy jirkanch o'yinlarni olib boradi. U paytda gazeta va radio/Tvning siyosiy qurollardan biri edi. Misol uchun, paxta terimi qahramoni sifatida tanlangan oddiy pistafurush qiz Qurbonoy bir lahzada butun mamlakatga mashhur etilib, keyinchalik o'zim bir tonna paxta teraman deb homilador holida dalada ishlagani va umrining so'ngida shunchaki propaganda qurboni bo'lganini (Ismi bekorga tanlanmagan) kuzatish mumkin.

Ateistik targ'ibot kuchaytirilgan, iymonsizlik avj olgan davrlar. Mullalar va ularning farzandlari qoralangan, savdogar va tadbirkor odamlar ta'qib qilib, yo'q qilingan paytlar. Odamlar hatto yuziga fotiha tortmagan, otasi o'lsa janoza o'qimagan. Endi sizga savol, Xudodan qo'rqmaydigan odam nimadan qo'rqishi mumkin? Sovetcha yashash, shaxsga sig'inish, o'z maqsadi yo'lidan hech narsadan qaytmaydigan insonlar to'dasi... Kommunizm odamlar uchun dinga aylanishi kerak edi va shunday ham bo'ldi.

Yaxshiboyev va boshqalar hammani tanqid qilishi mumkin, lekin tepani emas. Shu yerda Oruellning iqtibosi juda o'rinli: "Barcha hayvonlar teng, lekin ba'zilari tengroqdir". Tanqi qilganlar ham jur'atli bo'lgani uchunmas, balki "jur'at qilishga ruxsat berilgani" uchun shunday qilishardi. Tepaning soyasiga salom berishib, kechagina oddiy muharrirning jiyani, Oshnoning xotini Muyassarga endi oltindan haykal qo'yishardi. Nazarga yaxshi ko'rinish uchun hatto unga qo'shni palataga kasal bo'lib kelishardi. Xullas, pastkashlik, yaloqxo'rlik va ta'magirlik illatlari yaqqol ochib berilgan. Nazarning xotini va bolalari ham merosdan umidvorligi, hech qanday sevgi-mehr yo'qligini ham shu bilan izohlash mumkin.

Xo'sh, Oshno kimning prototipi? Nazarimda u ayni bir inson emas, balki barcha sovet rahbarlari qorishmasi. Rostanam nima farqi bor, u Oxunboboyevmi, Sharof Rashidovmi, Usmonxo'jayev yoki Rafiq Nishonov? Barchasi Oshnoning u yoki bu qarorida hamfikr bo'lishgan. Murod Muhammad Do'st o'zi ham vaqtida Islom Karimov yonida ishlagan, qarorlar qanday qabul qilinishidan xabardor. Lekin vaqtida siyosatdan ketgan. Shu uchun bunday narsalarni u yaxshi bilgan deb o'ylayman.

Kitobda yaxshi personaj yo'q. Nazar ham, Oshno ham, ularning xotinlari ham jirkanch insonlar. "Inson, kim bo'lishidan qat'i nazar, hokimiyat tepasiga kelarkan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi..." Ha, shundaykuya, lekin Oshno obrazida biz hokimiyat insonni naqadar o'zgartirib yuborishini ko'rishimiz mumkin. Asosli tanqidning yo'qligi, ko'p bilan kengashmaslik va kaltabinlik oqibatida Orolni quritgan, insonlarni dalada azoblagan, amalga oshirib bo'lmas rejalar tuzganlar kimlar edi? Savollar ko'p, javoblar esa yo'q.

Bu qirlarda kun kelib gullar ochiladimi? Bu Bulduruq bir kun kelib Lolazor bo'ladimi? Bilmadim. Lekin yozuvchi bizga umid qoldiradi... Ungacha Lolazor faqat qalbimizda yashaydi.

@panda_books
#sarhisob #fevral

Oy Sarhisobi.


Fevral oyi biroz jonli o'tdi. Nazarimda quyidagi postlar ham buni tasdiqlab turibdi.

O'qilgan kitoblar:
♻️Tadeush Dolenga-Mostovich - "Tabib"

Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Mustafo Armag'an – "Sulton Abdulhamid: Qashqirlar bilan o'yin"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Yavuz Bahodiro'g'li — "Sulton Salohiddin"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Mark Levinson — "Quti. Yuk tashish konteyneri qanday qilib dunyoni kichikroq va global iqtisodiyotni kattaroq qildi"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️Murod Muhammad Do'st — "Lolazor"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 Patritsiylar va plebeylar
👉 Brief History of Humankind
👉 Nima uchun Medichilar oilasi haqida o'qish kerak?
👉 Taker Karlson
👉 Zamonaviy san'at va adabiyot
👉 Erkinlik
👉 Buyuk yozuvchiga urush kerak
👉 Bokira tizim
👉 Zukko Rouling
👉 Globalizm
👉 Ideal imperializm
👉 Kolumb haqida haqiqat

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#mutolaa

Mixail Zigarning "Вся кремлевская рать. Краткая история современной России" kitobining audioversiyasini o'qishni boshladim.

Bu kitob 2000-yildan 2015-yilgacha Vladimir Putin hukmronligi davridagi Rossiya haqida hikoya qiladi. Kitob hujjatlar, ochiq manbalar va muallif Vladimir Putinning yaqin atrofidagilardan olgan o'nlab noyob shaxsiy intervyulariga asoslangan. Birgalikda to'plangan faktlar, voqealar, intrigalar va qahramonlarning fikrlari Kreml hayotining to'liq kartinasini yaratadi.

Bu orqali Vladimir Putinning qanday qilib va ​​nima uchun 2000-yillarning boshlaridagi liberal va g'arbparast prezidentlikdan, vaqt o'tib avtoritar hukmdor va G'arbning eng ashaddiy muxoliflaridan biriga aylanganini bilib olamiz.

@panda_books
#tavsiya

Sizlarga ajoyib kontent topib keldim! Amerikada kitob o’qishga targ’ib qilish turli xil yo’llar bilan amalga oshirilishini bilarmidingiz?🤔

Hamyurtimiz tomonidan tayyorlangan ushbu videoda okeanorti jamiyatining o’zi ham qanchalar kitob 📚 o’qishni targ’ib qilishi hamda bepul kitoblar tarqatilishi haqida bilib olishingiz mumkin.

Tomosha qilish:
https://youtu.be/hoiDen6o9_E

Videoga layk bosib, “podpisatsa” qilishni va izohlarda "Panda Booksdan keldik!" deyishni unutmang! 😏

Let's Go!

@panda_books
#haqida

"O'z qishloqdoshlaridan iliqlik ko'rmagan bola uni his qilib ko'rish uchun butun qishloqni kulini ko'kka sovuradi" deyiladi bir afrika maqolida.

Rasvo ichki muhit – hech qaysi tomon uchun yaxshilikka olib kelmaydi.

@panda_books
#haqida

Osmon ostidagi mamlakat

Agar hozir Lenin va Stalin hozir tirik bo'lganida, zamonaviy Xitoyni ko'rib, balki sotsializm qurishda qanday xatolarga yo'l qo'yganini anglagan va qattiq afsuslangan bo'lishardi. Karl Marks ko'rib esa, balki quvongan bo'lardi. Yaqinda vafot etgan Kissinjer bo'lsa, AQShni yangi asrda AQShning asosiy raqibi Xitoy ekanini aytib ketgandi.

Shunchaki, mana bu videoni tomosha qiling va Xitoy qanchalik qudratli texnologik imperiyaga aylanganini, shu bilan birga haligacha uning sotsialistik mamlakat ekanini unutmagan holda shokka tushishingiz aniq.

https://youtu.be/4Z0sA_8xX6g?si=XlHKHvZ-keJH8lX-

Insonlarda aql-zakovatga e'tibor berish- hech qanday ideyalogiyaga bog'liq emasligining yana bir isboti. Biz esa na kapitalistmiz, na sotsialistmiz, jin ursin.

@panda_books
Freedom
Pharrell Williams
it’s still one of the best songs of all time.

@pandas_playlist
​​#review #taqriz

📗Bo Bennett — "Mantiqiy xato: To'g'ri fikrlash qo'llanmasi"

Internet ommalashgunicha ham, odamlar o'zaro muloqotlarda soatlab bahslashishardi. Ijtimoiy tarmoqlar ommalashgach, aqlli insonlar uchun go'yo dunyodan mantiq yo'qolib borayotgandek tuyula boshladi. Ayniqsa, hozir mantiqsiz narsalar ustida bahslashish o'zining avjiga chiqqan deyish mumkin. Bahslashish yaxshi narsa, lekin uning ham qoidasi bor, siz bildirayotgan fikr mantiq degan qolipga tushishi ham kerak. Afsuski, bizda muhokamalar darrov shaxsiyatga o'tish va so'kinishlar bilan davom etadi. Bundan qochish va bahsda g'olib chiqish yo'llari haqida shu kitobda batafsil yozilgan ekan.

To'g'risini aytishim kerak, boshida "Asaxiy Books"ning ushbu yangi kitobini qo'limga olganda: "Bu kitob javonda ancha chang bossa kerak" deb o'ylagandim. O'ta odmi muqova, notanish muallif - umid yo'qdek edi. Lekin uyda o'tirib bir-ikki varaqlagach, mavzuga ancha qiziqib qoldim.

O'zim internetda izohlarda juda kamdan-kam bahslashaman. Tuturiqsiz muhokamalardan vaqtimni ayasam kerak. Kitobdagi mantiqiy xatolarning ba'zilari menga tanish. Lekin, ochig'i, odamlar o'zining fikrini yetkazishda bunchalar ko'p mantiqiy xatolarda yo'l qo'yadi deb o'ylamagandim. 300 varoqli kitobning deyarli har bir betida bitta mantiqiy xato uslubiga batafsil tavsif keltirilganini ko'rib, hayron qoldim.

Bu quyidagicha ko'rinishda:
Mantiqiy xato nomi:>Uning Tavsifi:>Formulasi:>Misol:>Izoh:>ba'zan Istisno. Bunday shakl o'sha xatoni eslab qolishda ancha qulay deb o'ylayman.

Kitobdagi misollar, asosan, ikki xil yo'nalishda. Birinchisi - Din. Odamlar orasida bahslashiladigan eng katta mavzular biri. Kitobda misollar ko'proq xristianlik haqida boradi. Undan tashqari, maishiy mavzulardagi misollar ham yetarlicha. Diniy masaladagi bahslar bizda ham aktualligini inobatga olsak, ba'zi soxta notiqlar turli diniy argumentlarni qo'llab, insonlarni manipulyatsiya qilayotganlar ham ko'payib qolgan. Shu uchun, har bir aytilgan fikrga ishonib ketavermasdan (ko'rmuridlik), uning asosini so'rash yoki bahslarda suhbatdoshingiz qo'llayotgan mantiqiy xatolarni aniqlashga haqlisiz.

Umuman olganda, bu kitobning maqsadi - odamlarni har bir bildirilgan fikrni isbotini so'rashga o'rgatish. Shu bila birga, ba'zi insonlarda tobora tanqis bo'lib borayotgan sho'ring qurg'ur mantiq degan matohniyam ora-orada ishlatib turishga dav'at qilish desam mubolag'a bo'lmaydi.

Har holda, Mantiq didn't leave Uzbekistan, right?

@panda_books
Panda Books
"Fevral Oy kitobi" muhokamasi ertaga, shanba kuni soat 21-00da Panda Books kanalida bo'li lb o'tadi. Barcha ishtiyoqmandlarni taklif etamiz. @panda_books
O'sha kuni afsuski "Lolazor" muhokamasi o'tkazishga ulgurmadik. Bugun kechqurun nasib qilsa, o'tkazamiz. Boshqa planlar qilmay turing:)
Aytgancha, aziz mushtariylar!

Bilaman, juda band insonsizlar. Lekin sizdan bir iltimos: Kanalda har bir post ostida reaksiya emodjilar ochilgan. O'shalarni ezib qo'yishni odat qilsangiz, nihoyatda xursand bo'lardim😊