KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.26K photos
815 videos
650 files
3.39K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterdagi portlar turlari: ulagichlar va adapterlar
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Kompyuterimizdagi barcha kabel yoki biror uskuna ulaydigan joylarning nomlanishlarini bilasizmi? Ushbu darsimizda kompyuterimizda joylashgan ulagichlar, portlar, adapterlar va razyomlar haqida gaplashamiz.

Videoni oxirigacha ko'rish orqali quyidagi atamalar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin:
Audio mini-jack, Ethernet (RJ-45), HDMI, DisplayPort, DVI, VGA, SD, PS/2, USB Type-A, USB Type-B, USB Type-C, USB 2.0, USB 3.0, Micro USB, Mini USB.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 03:13 💾: 11.2 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Guruh / Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter xotirasini analiz qilish
#videodars / #kompyuter

Kompyuteringiz xotirasi qanday fayllar bilan to'lgan? Nechi Gb xotirangizni video yoki audio fayllar egallagan?
❗️Ushbu savollarga javobni kompyuter xotirasini analiz qilish (tekshirish) orqali olamiz.
📌 Buning uchun WizTree dasturidan foydalanamiz. Dastur orqali qancha joy qanday turdagi fayllar bilan band ekanligi ro'yxat va grafik shaklida bilib olamiz.

▶️ YouTube da ko'rish

: 02:23 💾: 5.2 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Supervisor, administrator, moderator va foydalanuvchi. Ular kimlar?
#atama / #internet / #kompyuter

Ko'p uchraydigan so'zlar to'g'rimi?
🌐 Ko'pchilik ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar (telegram va b) da uchraydigan ushbu atamalar bilan tanishamiz.

🦸‍♂ Supervisor (SV) - sayt yoki loyihani asoschisi hisoblanadi. U jamoa to'playdi. Administrator va moderatorlarni tayinlaydi. Eng katta huquqga ega bo'lishadi.

👨‍💻 Administrator - bitta so'z bilan sayt yoki loyiha menejeri, boshqaruvchisi deb atash mumkin. U asosan sayt/loyihani rivojlantirishga harakat qiladi.

👮‍♂ Moderator - bu atamani oddiy tilda nazoratchi deb atasak xato bo'lmasa kerak. U foydalanuvchilar bilan ko'p ishlaydi, sayt/loyihani ichki tartib qoidalariga masʼul bo'ladi. Darajasi administratordan quyi.

👨‍💼 Foydalanuvchi (user) - bu loyiha yoki saytdan foydalanuvchi inson bo'lib, sayt/loyihaga hech qanday o'zgartirish kiritish huquqiga ega bo'lmaydi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterdagi nosozliklarni aniqlash va tuzatish!
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Kompyuteringizda biror uskuna ishlamay qoldimi? Bugun buning sababini aniqlashni va uni bartaraf etishni eng sodda usulini ko'rib o'tamiz!

📌 Kompyuterda ko'p kuzatiladigan nosozliklarga ko'pincha drayverlar bilan bog'liq bo'lgan muammolar sababchi bo'ladi.
🎞 Drayverlarni onlayn yangilash

▶️ YouTube'da ko'rish

: 01:52 💾: 4.3 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi ish topish uchun kompyuterni qay darajada bilish kerak?
#videodars / #kompyuter

- Yaxshi ish topish uchun kompyuterni qanchalik bilish kerak?
- Kompyuterni bilish darajasini qanday aniqlash mumkin?
- Hozirda ishga kirishda qanday bilimlar talab etilmoqda?
📌 Shu va shunga o'xshash savollarga javobni ushbu videodan olasiz!

❗️Unutmang!
🙄O'ta kamtarlik ham Sizning zararingizga ishlashi mumkin!

▶️ YouTube da ko'rish

: 05:32 💾: 13.6 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterdagi barcha portlar bilan tanishamiz!
#shorts / #kompyuter

Kompyuteringizni ortidagi "teshiklar"ni hammasini nomini va nima vazifalar uchun to'g'ri kelishini bilasizmi?

Agar javobingiz "Yo'q" bo'lsa ushbu videoni to'liq ko'ring.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Intel protsessorlarining markalanishi
(2010-2019)

#videodars / #protsessor / #kompyuter

ℹ️ Intel Core i7 9700 KF modeldagi son va harflar nimani anglatadi? Pokoleniya nima degani? Kompyuterni ochmay turib uni markasidan u haqida batafsil maʼlumot olish mumkinligini bilasizmi?
😉 Javoblaringiz "Yo'q" bo'lsa videoni oxirigacha ko'ring!

▶️ YouTube da ko'rish

📰 Maqolada o'qish

: 04:12 💾: 8.9 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / IT specialist / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
FAT32 yoki NTFS
#info / #kompyuter

ℹ️ Qattiq disk yoki fleshkani format qilish paytida fayl tizimlari (NTFS, FAT32, FAT, FAT16, exFAT) dan birini tanlashga to'g'ri keladi. Xo'sh ularni nima farqi bor? Qay birini tanlagan ma'qul?

💬 Ko'pchilik format qilishda ko'p eshitgan fayl tizimini qo'llaydi, masalan, NTFS yoki FAT32. Biroq shunday tizimlar ham borki nisbatan kuchli yoki keraksiz hisoblanadi. Oddiy misol, exFAT hozirgi kunda keng tarqalmagan hamda ko'pchilik operatsion tizimlar uni qo'llamaydi. Shu sababli bugun eng ko'p qo'llaniladigan fayt tizimlari haqida gaplashamiz. Bular NTFS va FAT32!

FAT32 ni NTFS dan farqi
🔶 FAT32
– FAT16 asosida yaratilgan fayl tizimi hisoblanadi. To'liq nomi: File Allocation Table. U ancha eski va xavfsiz hisoblanadi. Bundan tashqari FAT texnologiyasi Windows 95 va 98 paytlarida qo'llanilgan. Agar siz shu tizimda formatlasangiz kompyuter mavjud barcha undagi fayllarni ko'rishi mumkin. FAT ning asosiy kamchiligi hajmini chegaralangani hisoblanadi ya'ni 32 Gb dan katta bo'lim yaratib bo'lmaydi.

🔷 NTFS – FAT32 ga nisbatan yaxshiroq va bir qator ustunliklarga ega bo'lgan fayl tizimi hisoblanadi. To'liq nomi: New Technology File System.
- Diskda xato uchraydigan bo'lsa avtomatik tiklanishi mumkin;
- Katta hajmli disklarni qo'llay oladi;
- Nisbatan xavfsiz fayl tizimi. Qandaydir ma'lumotlarni shifrlash yoki taqiqlash imkoni mavjud.

Amalda NTFS FAT32 ga qaraganda sekinroq ishaydi, biroq katta hajmli fayllar bilan ishlashda samaradorlikga ega. Bundan tashqari NTFS ko'proq operativ xotira talab qiladi va 64Mb dan kam operativ xotiralik kompyuter va boshqa qurilmalarni qo'llamaydi. Vaholanki bunda kompyuterlar hozirda deyarli yo'q.

📌 Xulosalar:
- Katta hajmli fayllarni yozishda NTFS yaxshi ishlaydi;
- FAT32 ishlash tezligi yuqori, lekin xavfsizlik yuqori emas.
- Agar siz OTG kabel orqali fleshkani smartfon bilan bog'lamoqchi bo'lsangiz ko'pchilik smartfonlar faqatgina FAT32 tizimidagi fleshkalarni qo'llaydi;

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma'lumot
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Ushbu videodarsda quyidagi savollarga javob topasiz:
- Drayver nima?
- Qanday uskunalar drayver talab qiladi?
- Kompyuterdagi mavjud drayverlarni tekshirish
- Drayverlarni qayerdan, qanday olish mumkin?
- Drayver o'rnatuvchi dasturlar

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 02:16 💾: 9,7 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Kompyuterni o'rganishni nimadan boshlash kerak?
#tavsiya / #kompyuter

🤔 Ko'pchilik kompyuterni nimadan boshlab o'rganishni bilmasa kerak? Bugun shu muammoni hal qilamiz!

↔️ Keling kompyuterni o'rganishni majburiy va ixtiyoriy qismlarga bo'lib ko'rib chiqamiz!

Majburiy qism. Bu qismga barcha kompyuter egalari bilishi kerak bo'lgan bilim va ko'nikmalarini kiritamiz:
✳️ Kompyuterni tashqi va ichki tuzilishi: Tashqi (monitor, protsessor, klaviatura nima va vazifalari);
Ichki (kompyuterni asosiy xarakteristikalari: operativka, videokarta, doimiy xotira va b.);
✳️ Kompyuterni yoqish/o'chirish (gibernatsiya va uyqu rejimlari, perezagruska nega kerak va h.k);
✳️ Oddiy dasturlarni o'rnatish va foydalanish (brauzer, telegram, pdf o'qiydigan, ofis dasturlari, playerlar va b.);
✳️ Fayl va papkalar bilan amallar (ularni yaratish, xarakteristikalarini o'zgartirish, ko'chirish, nusxa olish va h.k);
✳️ Kompyuterdan to'g'ri foydalanish qoidalari (ortiqcha fayllarni tozalab turish, changdan himoya, tez ishlashini nazorat qilish, antiviruslar);

👆 Bular eng sodda va barchamiz bilishimiz kerak bo'lgan amallar hisoblanadi.

🟢 Endi esa ixtiyoriy o'rganishingiz mumkin bo'lganlar. Bu bo'limga har kim o'z qiziqishidan kelib chiqishi mumkin. Masalan, kimgadir dasturiy taʼminot qiziq, kim uchundir kompyuter qismlarini oldi sotdisi.

Siz o'zingizni qiziqishingizdan birortasini tanlashingiz mumkin:
🔸 Kompyuter xavfsizligi (antivirus va viruslar, tarmoq xavfsizligi, himoya dasturlari bilan ishlash va b.);
🔹 Media fayllar bilan ishlash (rasm, audio, video montaj);
🔸 Internet bo'yicha (internetdan to'g'ri va samarali foydalanish: torrent, serverlar, vpn va b.);
🔹 Turli xil sohaga mos dasturlar bilan ishlash (3D dasturlar, animatsiya, buxgalteriya dasturlari va b.);

📌 Xulosa qilib aytganda, Siz kompyuterni software (dasturiy ta'minot: kompyuter dasturlari bilan ishlash) yoki hardware (apparatli ta'minot: kompyuterni tashkil etuvchi qismlar (monitor, protsessor va h.k)) qismini yoki ikkisini birgalikda o'rganishingiz mumkin.

Tanlov o'zingizda va eng asosiysi biror nima o'rgansangiz yetarli! 👌

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Defragmentatsiya nima? U nega kerak?
#info / #kompyuter

ℹ️ Defragmentatsiya – bir faylning bir nechta fragmentlari (qismlari) ni kompyuterning doimiy (qattiq) xotirasi tez o’qishi uchun bitta katta faylga birlashtirish jarayoni.

💾 Doimiy xotiraga (HDD) ga fayllar yozilish davomida fayllar bir nechta qismlarga bo’linib, alohida joylashishi mumkin. Buning sababi esa diskdagi bo’sh joylar teng taqsimlanmagan. Tizim faylni qattiq diskni bo’sh sektorlariga yozaveradi. Va agar yozish jarayonida huddi shunday fayl kuzatilsa, fayl bo’linadi va bo’sh sektrolar (band sektordan keyingi) ga yozishni davom etadi. Buning natijasida fayl bir qancha qismlarga bo’linadi, bu qismlarni qattiq disk o’qishi uchun vaqt va energiya kerak bo’ladi.

🧐 Agar fayl fragmentlari yonma-yon joylashgan bo’lsa muammo yo’q, lekin bu qismlar qattiq diskni turli joylarida joylashgan bo’lsa bu katta vaqt va energiya talab qiladi. Shu sababli ham tizimning ishlash tezligi tushib ketadi.

Diskni defragmentatsiya qilish — bu shunday jarayonki bunda tarqoq fayllar bir-biriga yonma-yon tarzda yozib chiqiladi va bir fayl umumiy bir joyni egallaydi. Buning natijasida qattiq disk kerakli faylni o’qishi uchun minimum vaqt va energiya kerak bo’ladi. Shu sababli kompyuterning ishlash tezligi oshadi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Kompyuter uchun 5 ta bepul android emulyatori
#info / #kompyuter

ℹ️ Quyida kompyuterlar uchun eng yaxshi 5 ta Android emulyatori (kompyuterda android dastur va o'yinlarini ochadigan dastur) haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

1⃣ BlueStacks

• Bu, ehtimol, eng mashhur Android emulyatori, ayniqsa, geymerlar orasida mashhurdir. Dastur o‘yinlarni ishga tushirish uchun yaratilgan bo‘lsada, turli xil ilovalar bilan ham bemalol ishlashingiz mumkin. Agar kompyuteringiz yetarlicha kuchli bo‘lsa, u hatto eng og‘ir o‘yinni ham muvaffaqiyatli ishga tushiradi. O‘z navbatida, BlueStacks'ning o‘zi boshqa emulyatorlarga qaraganda ko‘proq joy egallaydi va yuklashga ko‘proq vaqt talab etadi.

⬇️ Yuklash / BlueStacks 3

2⃣ NoxPlayer

• Yon panelda boshqaruv tugmalari bilan tanish bo‘lgan Android interfeysini namoyish etadigan yengil va tezkor emulyator. Dastur sozlamalarida siz kirish huquqini yoqishingiz, protsessor yadrolari va ajratilgan Operativ xotira miqdorini qo‘shib, unumdorlikni oshirishingiz, shuningdmu, ekranning aniqligi va FPS sonini o‘zgartirishingiz mumkin. NoxPlayer bir vaqtning o‘zida bir nechta akkauntlardan o‘ynashga imkon beradi, bu onlayn loyihalar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Dastur har bir o‘yin profili uchun rasmini alohida oynada namoyish etadi.

⬇️ Yuklash

3⃣ MEmu

• Funksional va vizual jihatdan MEmu Nox'ga juda o‘xshash. Siz emulyator uchun qancha quvvat sarflanishini, qancha xotira zaxirasini ajratish va o‘yinlarni qanday kadrlar chastotasida ishga tushirishni belgilashingiz mumkin. Yon panelda displeydan video yozib olish, skrinshot qilish va klaviatura sozlamalarini yaratish tugmalari mavjud.
Ilovalarni kompyuter xotirasidan APK fayllari sifatida yoki Google Play'dan o‘rnatish mumkin. MEmu sizga tezda root'ni faollashtirishga, shuningdek, interfeys qismlarini sozlashga imkon beradi. Dastur Android'ning barcha asosiy elementlarini, shu jumladan, ma’lumotlar panelini, sozlamalar menyusini va hatto fayl boshqaruvchisini emulyasiya qiladi.

⬇️ Yuklash

4⃣ Andy

• Andy minimalizm muxlislariga murojaat qiladi. Dastur oynasida deyarli sozlamalar yo‘q: ishga tushirilgandan so‘ng toza Android interfeysini ko‘rasiz. Siz faqat displey joylashuvini o‘zgartirishingiz va tasvirni to‘liq ekranga o‘tkazishingiz mumkin. Ammo ovozni boshqarish, joylashishni aniqlash va kirishni boshqarish uchun alohida tugmalar mavjud. Ishga tushirishdan oldin Andy Opera brauzerini va boshqa antivirusni o‘rnatishni taklif qiladi. Ammo buni inkor qilishingiz mumkin. Emulyatorning imkoniyatlari talab qilinadigan o‘yinlar uchun etarli emas, ammo u Android yordamchi dasturlari bilan ishlash uchun juda ajoyib.

⬇️ Yuklash

5⃣ Gameloop

• Call of Duty va Android uchun PUBG ishlab chiqaradigan Tencent kompaniyasining rasmiy emulyatori hisoblanadi. Agar siz bu o‘yinlarni kompyuteringizda o‘ynashni istasangiz, Gameloop - bu eng yaxshi variant. Shuningdek, dastur shuningdek, uning ichki katalogidan o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan boshqa ko‘plab o‘yinlarni ham ishga tushira oladi. Gameloop faqat geymerlar uchun mo‘ljallangan. Dastur klaviatura va sichqoncha bilan mukammal ishlaydi. Ammo o‘yin bo‘lmagan dasturlar uchun Gameloop umuman mos kelmaydi.

⬇️ Yuklash

© Terabayt.uz

Siz qaysi biridan foydalanasiz?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Smartfoningizni kompyuter orqali zaryadlash mumkinmi va xavfsizmi?
#tavsiya / #kompyuter

Bu savolga Ha deb javob berish mumkin, lekin bu borada bilib olishingiz kerak bo'lgan ba'zi jihatlar bor.

🔸USB port smartfonlar yaratilishidan oldin kompyuterlarda paydo bo'lgan va u tashqi qurilmalar(fleshka, printer, skaner) ishlashi uchun minimal quvvat bera oladi.

🔸Kompyuter oldi qismidagi USB port platadan sim orqali keladi va bu qurilmaga tok berishda tokni susayishiga olib keladi, kompyuter simlari zaryadlash uchun mo’ljallanmagan.

🔸USB 2.0 port 500 mAs, USB 3.0 esa 900 mAs tok kuchi bera oladi.

🔸Kompyuter USB porti zaryadlashdan tashqari ma'lumot tashish hususiyatiga ham ega.

Yuqorida yozib o'tilgan jihatlar smartfonga qanday ta'sir qilinishini keltiraman:

🔹USB port maksimal 900 mAs'gacha(agar USB 3.0 bo'lsa) tok bera oladi, bundan kelib chiqadiki quvvat berish qobiliyati kam. Demak smartfonni zaryadlash ancha sekin amalga oshiriladi. Smartfonlarni o'zining zaryad qurilmasi 1.5, 2 Ampergacha tok kuchi beradi, shu sababli ularda zaryadlash tezroq amalga oshiriladi, agar smartfoningizni zaryadlash lozim bo'lsa, faqat USB 3.0 portidan foydalaning.

🔹Agar siz USB 2.0 portga ulab, qandaydir o'yin o'ynasangiz zaryad olish o'rniga zaryadingiz ketayotganini ko'rasiz.

🔹Iloji boricha, kompyuteringizni orqa qismidagi(plataning o'zini) USB portiga ulang, chunki bu port to'g'ridan-to'g'ri tokka ulangan.

🔹Smartfoningizni kompyuterga ulaganda faqat zaryadlash funksiyasini yoqing, fayllar almashishni o'chirib qo'ying, kompyuterdan virus o'tish xavfi bor.

🔹Yana bir narsa, sekin zaryad olish smartfon batareyasini sekin astalik bilan zaryad yig’ish qobiliyatini susaytiradi.

☝️Xulosa shuki, agar tanlov bo’lsa, smartfoningizni albatta rozetkadagi tokdan zaryad oldiring, USB orqali esa faqat chora qolmaganda, zaruriyat yuzasidan zaryadlang, zaryadlashda smartfonning zavoddan chiqarilgan zaryad qilish qurilmasidan foydalaning. Youtube’da zaryadlash paytida portalab ketgan holatlar aks etgan videolar bor, bunda ham smartfon ham kompyuteringizdan ajralib qolmang.

© ITPlanet

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
HDD vs SSD
#info / #kompyuter

ℹ️ Ko'pchilik kompyuter sotib olishda doimiy xotira tanlashda qiynaladi. Qiynaydigan savol: HDD yaxshimi yoki SSD?

Bu savolga yagona qisqa javob berish mumkin: SSD yaxshi chunki bu turdagi doimiy xotirani ishlash tezligi anchagina yuqori hisoblanadi, lekin kichik hajmli SSD katta hajmli HDD dan qimmat bo'lishi mumkin.

Agar Siz kompyuterim juda tez ishlasin desangiz HDD bilan birgalikda SSD xotiraga ega kompyuterdan xarid qiling. Buning uchun HDD mavjud kompyuterga SSD ni alohida qo'shtirish va tizim uchun SSD ni masʼul qilib qo'yish (Windowsni SSD ga o'rnatish) yetarli.

📌 HDD va SSD ni o'zaro solishtirilgan maqolamni o'qib bu borada bilimlaringizni yanada oshirishingiz mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
#manba / #internet / #kompyuter

ℹ️ Ko'pchilik guruhlarda kompyuter uchun dasturlarni qaysi saytdan yuklashni so'rashsa Google degan javobni berishadi )

Bu albatta eng qisqa va to'g'ri javob, lekin Google orqali topilgan saytdan dastur yuklashda muammolar kuzatilishi mumkin:
Fayl yuklashga bosganda sayt bizni "adashtirib keladi" (keraksiz saytlarga o'tkazib yuboradi);
Virusli dastur yuklash ehtimoli mavjud;
Kerakli dasturni eski (yoki ishlamaydigan) versiyasini berishi mumkin.

🤗 Shu sababli o'zim foydalanadigan, sinovdan o'tgan saytlar ro'yxatini taqdim etaman!

Telegramda:
• Kanalimizda ham dasturlar ko'p )
@windowsuzprogramm
@portablik
@ultrasoft_uz

Tas-IX saytlar:
megasoft.uz (ba'zan ishlamaydi)
windows.uz (ba'zan ishlamaydi)

Crack dasturlar mavjud saytlar:
rsload.net
kichkas.biz
relizua.com
vsetop.com
1progs.ru

Yana boshqa foydali saytlar:
softportal.com
soft.mydiv.net/win
besplatnyeprogrammy.ru
windowsobraz.com (windows lar yuklash uchun);
ru.giveawayoftheday.com (har kuni pullik dasturlardan birini bepul beradi);

Katalog saytlar:
Softobase.com
softcatalog.info

📌 Agar Siz yana yaxshi saytlardan bilsangiz kommentariyada yozib qoldiring... (yang. 03/11/2021)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Smart Defrag Pro (@kompyuter_akademiyasi).rar
10.7 MB
Smart Defrag Pro
#dastur / #kompyuter

ℹ️ Kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun diskni defragmentatsiya qiladigan dastur.

💾: 10.6 mb (.rar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Defragmentatsiya nima? Defragmentatsiya haqida batafsil!
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Diskni defragmentatsiya qilish — bu shunday jarayonki bunda tarqoq fayllar bir-biriga yonma-yon tarzda yozib chiqiladi va bir fayl umumiy bir joyni egallaydi. Buning natijasida qattiq disk kerakli faylni o’qishi uchun minimum vaqt va energiya kerak bo’ladi. Shu sababli kompyuterning ishlash tezligi oshadi.

: 04:00 💾: 11 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
FAT32 yoki NTFS
#info / #kompyuter

ℹ️ Qattiq disk yoki fleshkani format qilish paytida fayl tizimlari (NTFS, FAT32, FAT, FAT16, exFAT) dan birini tanlashga to'g'ri keladi. Xo'sh ularni nima farqi bor? Qay birini tanlagan ma'qul?

💬 Ko'pchilik format qilishda ko'p eshitgan fayl tizimini qo'llaydi, masalan, NTFS yoki FAT32. Biroq shunday tizimlar ham borki nisbatan kuchli yoki keraksiz hisoblanadi. Oddiy misol, exFAT hozirgi kunda keng tarqalmagan hamda ko'pchilik operatsion tizimlar uni qo'llamaydi. Shu sababli bugun eng ko'p qo'llaniladigan fayt tizimlari haqida gaplashamiz. Bular NTFS va FAT32!

FAT32 ni NTFS dan farqi
🔶 FAT32
– FAT16 asosida yaratilgan fayl tizimi hisoblanadi. To'liq nomi: File Allocation Table. U ancha eski va xavfsiz hisoblanadi. Bundan tashqari FAT texnologiyasi Windows 95 va 98 paytlarida qo'llanilgan. Agar siz shu tizimda formatlasangiz kompyuter mavjud barcha undagi fayllarni ko'rishi mumkin. FAT ning asosiy kamchiligi hajmini chegaralangani hisoblanadi ya'ni 32 Gb dan katta bo'lim yaratib bo'lmaydi.

🔷 NTFS – FAT32 ga nisbatan yaxshiroq va bir qator ustunliklarga ega bo'lgan fayl tizimi hisoblanadi. To'liq nomi: New Technology File System.
- Diskda xato uchraydigan bo'lsa avtomatik tiklanishi mumkin;
- Katta hajmli disklarni qo'llay oladi;
- Nisbatan xavfsiz fayl tizimi. Qandaydir ma'lumotlarni shifrlash yoki taqiqlash imkoni mavjud.

Amalda NTFS FAT32 ga qaraganda sekinroq ishaydi, biroq katta hajmli fayllar bilan ishlashda samaradorlikga ega. Bundan tashqari NTFS ko'proq operativ xotira talab qiladi va 64Mb dan kam operativ xotiralik kompyuter va boshqa qurilmalarni qo'llamaydi. Vaholanki bunda kompyuterlar hozirda deyarli yo'q.

📌 Xulosalar:
- Katta hajmli fayllarni yozishda NTFS yaxshi ishlaydi;
- FAT32 ishlash tezligi yuqori, lekin xavfsizlik yuqori emas.
- Agar siz OTG kabel orqali fleshkani smartfon bilan bog'lamoqchi bo'lsangiz ko'pchilik smartfonlar faqatgina FAT32 tizimidagi fleshkalarni qo'llaydi;

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterdagi videokarta turini aniqlash! Дискретная yoki встроенная видеокарта nima?
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Noutbukda ichki va tashqi (jami 2 ta) videokarta bo’lishi mumkin. Tashqi videokarta borligi tizimga biroz og’irlik tushirishi bilan birgalikda biroz qimmatroq bo’ladi.

Дискретная видеокарта - tashqi videokarta deb yuritiladi va u mavjud bo'lgan kompyuter kuchli va qimmatroq hisoblanadi.

Bстроенная видеокарта - ichki videokarta bo'lib, kuchsizroq kompyuterlarni ona platasiga qo'shib chiqariladi. Qachonki tashqi videokarta bo’lmasa, shunchaki ichki videokarta nomi yoziladi.

▶️ YouTube da ko'rish

: 02:58 💾: 6.2 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter dasturlari
#videodars / #kompyuter

ℹ️ Kompyuter dasturlari haqida batafsil maʼlumot!
- Dastur nima?
- Dasturiy ta'minot nima?
- Dasturlar nimadan tayyorlanadi?
- Dasturni qanday turlari mavjud?
- Dastur izlash va yuklash bo'yicha tavsiyalar ushbu videodan joy olgan.

Dasturlarni yuklash uchun:
https://megasoft.uz (tas-ix)
https://windows.uz (tas-ix)
https://softportal.com

: 07:02 💾: 14.9 mb

▶️ YouTube da ko'rish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube