KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir tugmani bosish orqali yuzlab saytlarga kirish
#shorts / #mohirlik / #internet

Ba'zida doimo bir nechta saytga doimo kirishimizga to'g'ri keladi (aytaylik yangiliklarni o'qish uchun). Shunda har safar brauzerga har bitta saytni alohida yozib chiqmaslik uchun ushbu videodagi mohirlikni o'rganib oling 😉.

Ko'plab saytlarni boshqa brauzerlar yordamida ochish haqida bu yerdan bilib olasiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
NetSpot - Wi-Fi tarmoqlarini diagnostika qiluvchi dastur!
#dastur / #internet / @pcTeapot

ℹ️ NetSpot - simsiz Wi-Fi tarmoqlarini qidirish, tahlil qilish va diagnostika qilish uchun kuchli dasturdir. Discover rejimini ishga tushirgandan so'ng, siz barcha mavjud Wi-Fi nuqtalarini va ularning signal sifatini ko'rasiz. Har qanday ulanish uchun siz batafsil ma'lumotni so'rashingiz mumkin.

🔹Survey rejimida siz qamrov zonalarining o'z xaritalarini yaratishingiz mumkin: loyiha nomini belgilang, qavat rejasini yuklang (chizing) yoki bo'sh rasmdan foydalaning. Shundan so'ng siz xonani aylanib chiqishingiz va ba'zi nazorat nuqtalarida signal sifatini skanerlashingiz kerak. Natijada xonaning to'liq xaritasi, uning turli hududlarida qamrov darajasi mavjud bo'ladi.

🔽 Dasturni yuklash

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
NetSpot 3.0.441 @ka_rasmiy.rar
37.5 MB
NetSpot 3.0.441 - Wi-Fi tarmoqlarini diagnostika qiluvchi dastur!
#dastur / #internet / @pcTeapot

ℹ️ NetSpot - simsiz Wi-Fi tarmoqlarini qidirish, tahlil qilish va diagnostika qilish uchun kuchli dasturdir. Dasturni o'rnatasiz va Patch dasturi bilan aktivatsiya qilasiz.

💾: 37.5 MB (.rar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterni masofadan AnyDesk va TeamViewer dasturlar orqali (smartfon yoki kompyuterdan) boshqarish
#videodars / #internet

ℹ️ Bugungi darsimizda AnyDesk va TeamViewer dasturlar orqali, smartfon yoki kompyuterdan foydalangan holda boshqa kompyuterni boshqarishni o'rganamiz. Buning uchun bizga internet, yuqoridagi dasturning birortasi va ushbu videoni oxirigacha ko'rish kerak bo'ladi.

Masofadan boshqarish nega kerak?
Aytaylik kompyuteringizda birorta muammo mavjud, uni ustaga olib bormasdan masofadan ustaga ko'rsatishingiz va tuzattirishingiz mumkin.

🔽 Dasturni yuklash:
AnyDesk: Windows I Android I iOS
TeamViewer: Windows I Android I iOS

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 06:34 💾: 17.2 mb (360p)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
@UltraSoft_uz SamDrivers_20.12_LAN.exe
661.3 MB
SamDrivers 20.12 LAN (x32/x64)
#dastur / #drayver / #internet

ℹ️ SamDrivers'ning faqat tarmoq uskunalari uchun drayverlarga ega (tarmoq LAN va simsiz Wi-Fi / WLAN qurilmalari) versiyasi. Windows 7,8.1, 10 uchun. ©️@UltraSoft_uz

▶️ O'rnatish va foydalanish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows'dagi dasturning internetga kirishini taqiqlash!
#info / #internet

ℹ️ Barcha dasturlar ham internetga kirishga muhtoj emas. Biroq, ularning ba'zilari trafikni faol ravishda "yoqib" yuboradi, yangilanishlar mavjudligini tekshiradi yoki xizmat ma'lumotlarini yuboradi. Bu, ayniqsa, hisoblangan ulanishdan foydalanganda (masalan, smartfondan internetni tarqatishda) yoqimsizdir.

Windows'da ma'lum bir dasturning umuman internetga kirishini yoki ma'lum tarmoqlarga ulanishni cheklash imkonini beruvchi o'zining standart funksiyasi mavjud.

🗒 Buning uchun:

1️⃣ Win + R tugmalarini bosib, firewall.cpl ni kiritib, xavfsizlik devorini ishga tushiring.

2️⃣ "Дополнительные параметры" tugmasini bosing va "Правила для исходящего подключения" ni tanlang.

3️⃣ O'ng qatordagi "Создать правило" tugmasini bosing.

4️⃣ "Для программы" ni tanlang.

5️⃣ Internetni blokirovka qilish kerak bo'lgan dasturga yo'lni belgilang.

6️⃣ "Блокировать подключение" katagiga belgi qo'ying.

7️⃣ Agar kerak bo'lsa, qoida qo'llaniladigan muayyan tarmoqlarni belgilashingiz mumkin.

8️⃣ Qoidani aniq nomlash va tavsiflashni unutmang, shunda kelajakda uni topish osonroq bo'ladi.

9️⃣ "Готово" tugmasini bosing. @tech_lifehacks

😉 Oldingi holatiga qaytarish uchun o'zimiz kiritgan bandni tanlab, sichqonchani o'ng tugmasini bosaniz va "Oтключить правилo" ni tanlaymiz, bo'ldi!

▶️ Keyingi postda to'liq video qo'llanma berilgan.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita I Loyihalar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Google'dan fonsiz rasmlarni yuklash
#shorts / #internet

ℹ️ Taqdimot yoki hujjatlarimizga qo'llash uchun ko'pincha fonsiz rasmlar kerak bo'ladi, agar siz rasmlarni Google dan oladigan bo'lsangiz ushbu mohirlik yordamida fonsiz rasmlarni oson topishinni o'rganasiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Internetda sizni eng ko'p bezovta qiladigan 8 narsa va ulardan qutilish yo’llari
#mohirlik / #internet

ℹ️ Albatta bu narsalar qachondir sizni joningizga tekkani aniq. Bugun shulardan halos bo’lishni o’rganamiz.

📰 To'liq maqolani o'qish

😉 Menimcha bu mavzu bo'yicha video shart emas, o'zingiz bemalol uddalay olasiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Google bo'yicha 6 hiyla
#shorts / #internet

ℹ️ Google nafaqat qidiruv tizimi, balki ancha muncha qo'shimcha imkoniyatlari ham mavjud bo'lgan tizim hisoblanadi. Bugun shulardan faqat 6 tasini ko'rib chiqdik.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
DNS keshini tozalash
#mohirlik / #internet

ℹ️ DNS keshi siz tashrif buyurgan barcha veb-resurslar va ularning IP manzillarini o'z ichiga olgan vaqtinchalik ma'lumotlar bazasi. Ushbu kesh sahifaga qayta kirganingizda tezroq yuklanishi uchun ishlatiladi.

Ko'pincha, DNS keshini tozalash zarurati yangi xostingga o'tgan bir yoki bir nechta saytlarning yuklanishini to'xtatishi yoki foydalanuvchiga kerak bo'lgan sahifa o'rniga almashtirish sahifasi ochilishi bilan oqlanadi. Shuningdek, keshni tozalash DNS shlyuzi (modem, router) sozlamalarini o'zgartirgandan so'ng kerak bo'ladi. ©️Компуктерная

1️⃣ Avval Win + R tugmalar birikmasini bosing, keyin ochilgan Выполнить oynasida cmd buyrug'ini kiriting va OK tugmasini bosing.
2️⃣ Sizda buyruq satri ochiladi, unda siz quyidagi buyruqni bajarishingiz kerak: ipconfig /flushdns
3️⃣ Shundan so'ng tizim sizga quyidagiga o'xshash xabar beradi: Кэш сопоставителя DNS успешно очищен.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok I Shorts
@UltraSoft_uz SamDrivers_20.12_LAN.exe
661.3 MB
SamDrivers 20.12 LAN (x32/x64)
#dastur / #drayver / #internet

ℹ️ SamDrivers'ning faqat tarmoq uskunalari uchun drayverlarga ega (tarmoq LAN va simsiz Wi-Fi / WLAN qurilmalari) versiyasi. Windows 7,8.1, 10 uchun. ©️@UltraSoft_uz

▶️ O'rnatish va foydalanish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuterdagi reklamalarni o'chirish!
#videodars / #internet

ℹ️ Kompyuterda ishlash davomida chiqadigan turli reklamalar jonga tegdimi? Bugun shulardan oson qutulishni o'rganamiz!

📌 Bu reklamalar aslida bildirishnomalar bo'lib, ko'pincha brauzerdan keladi va kompyuterga internet ulaganimizda ko'rina boshlaydi.

▶️ YouTube da ko'rish

: 02:12 💾: 4.4 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
IP manzilni qanday aniqlash mumkin?
#info / #internet

ℹ️ Kompyuterning IP manzili — bu tarmoqdagi kompyuterimizni boshqa kompyuterlardan ajralib turishga xizmat qiluvchi noyob raqam. U 0 dan 255 gacha bo'lgan to'rtta raqamlar to'plamidan iborat.

IP-manzil statik, ya'ni o'zgarishsiz yoki dinamik bo'lishi mumkin - bu sizning kompyuteringiz har ulanganda yangi raqam olishini anglatadi.

Agar Siz kompyuterningizni IP manzili bilmoqchi bo'lsangiz PR-CY saytining maxsus servisidan foydalanishingiz mumkin. Servis qurilmaning IP manzilini aniqlash bilan birgalikda joylashgan joyi haqida ham ma'lumot beradi.

🌐 Servis manzili: https://pr-cy.ru/browser-details/

© Комп для чайника

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Internetga oid Top-10 xato fikrlar
#internet / #AI / #xavfsizlik

ℹ️ Texnoplov'ning ushbu videosini ko'rish davomida obunachilarimiz ham bilishi kerak bo'lgan bir qancha narsalar haqida yetarlicha ma'lumot berishganini ko'rdim va sizlar bilan ham ulashishga qaror qildim.

Ushbu videoda quyidagi savollarga javob olasiz:
• Megabaytlarimiz qayerga ketadi?
• Internetda hamma narsa bormi?
• ChatGPT doim to'g'ri javob bermaydi!
• Yuqori tezlik ulanish sifatini oshirmaydi!
• Katta fayllarni yuklash yuqori tezlik talab qiladi!
• Megabit va Megabayt farqi!
• VPN ma'lumotlarni sotadi!
Internet bitta davlat tomonidan boshqariladi!
• Provayderlar sizni aldashadi!
• Mobil internet Wi Fi dan xavfliroq!

🎞 YouTube'da ko'rish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
🛫 Telegram I 📺 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Google bo'yicha 6 hiyla
#shorts / #internet

ℹ️ Google nafaqat qidiruv tizimi, balki ancha muncha qo'shimcha imkoniyatlari ham mavjud bo'lgan tizim hisoblanadi. Bugun shulardan faqat 6 tasini ko'rib chiqdik.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
VPN nima o‘zi?
#info / #atama / #internet

ℹ️ O‘tkir syujetli xorijiy filmlarda ko‘p guvoh bo‘lganingiz bir sahnani ko‘z oldingizga keltiring: jinoyatchi sport mashinasida katta trassa bo‘ylab qochyapti, uni politsiya vertolyoti ta’qib etib kelmoqda. Avtomobil tunnelga kirib ketadi, undan chiqish joyi esa bir nechta. Vertolyotdagilar jinoyatchining aynan qaysi chiqish joyidan chiqib ketishini bila olishmaydi, natijada u ta’qibdan qochib qoladi.

VPN ham xuddi shu kabi, internetdagi bir necha yo‘llarni o‘zaro tutashtiruvchi tunneldir. Unga kirib ketgan avtomobillarning qayerda paydo bo‘lib qolishini tashqaridan hech kim bilolmaydi. Tunelda nimalar bo‘layotganidan tashqaridagilar bexabar qolishadi.

Ko‘pincha VPN’ni tavsiya etishlariga sabab shuki, unda geografik belgisiga ko‘ra cheklangan kontentga kirish, umuman, internetdan foydalanishda xavfsizlikni oshirish mumkin.

Lekin internetga VPN orqali kirish ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishchalik xavfli bo‘lishi mumkin.

VPN qanday ishlaydi?

Uyingizda Wi-Fi-router bo‘lsa kerak, a? Unga ulangan qurilmalar hatto internetsiz ham o‘zaro ma’lumot almasha oladilar. Demak, uyingizda o‘zingizning xususiy tarmog‘ingiz bor ekan, ammo unga ulanish uchun router signali yetadigan yerda bo‘lishingiz talab etiladi.

VPN (Virtual Private Network) – bu virtual xususiy tarmoq. U internet ustida ishlaydi, shuning uchun unga istalgan joydan ulanish mumkin.

Masalan, siz ishlaydigan kompaniya masofadan turib ishlaydigan xodimlari uchun virtual xususiy tarmoqdan foydalanishi mumkin. VPN yordamida ular ishchi tarmoqqa ulanadilar. Bunda ularning kompyuter, smartfon yoki planshetlari virtual tarzda ofisga ko‘chiriladi va tarmoqqa ichkaridan ulanadi. Virtual xususiy tarmoqqa ulanish uchun VPN-server manzilini, login va parolni bilish kerak bo‘ladi.

VPN’dan foydalanish o‘ta oson. Odatda kompaniya qayerdadir lokal kompyuterda, serverda yoki data-markazda VPN-server yaratadi; unga ulanishlar esa foydalanuvchi qurilmasidagi VPN-kliyent dasturi orqali amalga oshiriladi.

Hozirda barcha ommabop operatsion tizimlar – Android, iOS, Windows, macOS, Linux va boshqalarda VPN-kliyent dasturi avvaldan mavjud.

Kliyent va server orasidagi VPN-ulanish esa, odatga ko‘ra, shifrlangan bo‘ladi.

VPN nega kerak?

VPN geografik va boshqa to‘siqlarni aylanib o‘tish imkonini beradi.

Deylik, siz Spotify xizmati orqali musiqa tinglamoqchisiz, ammo bu servisga O‘zbekistondan turib kirib bo‘lmasligini bilib, achinyapsiz. Undan foydalanishning yaxshi yo‘li – internetga Spotify ishlaydigan biror mamlakatdagi VPN-server orqali kirishdir.

VPN – bu foydali va kerakli texnologiya, u o‘ziga yarasha vazifalarni yaxshi bajaradi. Ammo bunda shaxsiy ma’lumotlaringizning xavfsizligi VPN xizmatini taqdim etuvchining vijdoniga bog‘liq.

Albatta, sizning e’tiborliligingizga, internet xavfsizligi masalalarini yaxshi tushunishingizga ham.

© Terabayt.uz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
YouTube'ni yanada qulay va osonlashtiramiz!
#manba / #internet

ℹ️ YouTube'dagi sayohatimizni osonlashtiruvchi saytlar va kengaytmalar bilan tanishamiz.

1️⃣ YTCutter - https://ytcutter.com/

Video, gif yoki audio formatdagi videoning bir qismini tezda yuklab olishingiz mumkin bo'lgan sayt. Boshlanish va tugatishni ko'rsatish kifoya - maxsus tugmalar yordamida yoki oddiygina kerakli vaqtni kiritish. MP4 faylni yuklashda darhol ijro oynasida sifatni tanlang.

2️⃣ YouTube Caption - https://smarttools.xyz/youtube-caption

Agar videoda subtitrlar bo'lsa, unda ushbu saytda siz ularning to'liq ko'rishingiz mumkin. Sizni qiziqtirgan iborani bosing va siz darhol videoning u talaffuz qilingan qismida o'zingizni topasiz. Uzoq ma'ruzalarni tahlil qilishning ajoyib usuli.

3️⃣ YouTube Rabbit Hole - Yuklash (Chrome)

YouTube'dan barcha chalg'ituvchi interfeys elementlarini olib tashlaydigan kengaytma. Siz tavsiyalar, sharhlar, chatlar, shuningdek trend va obuna bo'limlarini yashirishingiz mumkin.

4️⃣ SponsorBlock - Yuklash: Chrome I Firefox

Plagin videolardagi homiylik reklamalarini avtomatik ravishda o'tkazib yuboradi. Oddiy foydalanuvchilar bazaga qo'shiladi, shuning uchun kengaytma faqat nisbatan mashhur kanallarda ishlaydi. ©️lifehacker.ru

🤔 Sizga qaysi biri yoqdi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Noutbuk Wi-Fi'ni ko'rmasligining 15 sababi va uni qanday tuzatish kerak?
#internet

Muammo Windows sozlamalarida, apparat drayverlarida yoki yo'riqnoma sozlamalarida bo'lishi mumkin.

🗞 Batafsil maqolani o'qish (RUS)

Agar rus tilini bilmasangiz brauzerning sahifani tarjima qilish funksiyasidan foydalaning (izohda rasmini tashlab qo'yaman).

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
🆕 Kompyuterga dastur yuklash uchun manbalar (+ishonchli)
#manba / #internet / #dastur

ℹ️ Ko'pchilik guruhda kompyuter uchun dasturlarni qaysi saytdan yuklashni so'rashsa Google degan javobni berishadi. Bu albatta eng qisqa va to'g'ri javob, lekin Google orqali topilgan saytdan dastur yuklashda muammolar kuzatilishi mumkin:
Fayl yuklashga bosganda sayt bizni "adashtirib keladi" (keraksiz saytlarga o'tkazib yuboradi);
Virusli dastur yuklash ehtimoli mavjud;
Kerakli dasturni eski (yoki ishlamaydigan) versiyasini berishi mumkin.

🤗 Shu sababli o'zim foydalanadigan, sinovdan o'tgan saytlar ro'yxatini taqdim etaman! (Tah.: 15.09.2024)

Telegramda:
• Kanalimizda ham dasturlar ko'p (ularni #dastur deb izlash orqali ham topsangiz bo'ladi.
@windowsuzprogramm
@portablik
@ultrasoft_uz
@itsoftwareuz

Crack dasturlar mavjud saytlar:
rsload.net
kichkas.biz
relizua.com
vsetop.com
1progs.ru

Maxsus resurslar:
@UsefulOS_bot - Windows, Linux, MacOS va Android OS larni turli versiyalarini topishingiz mumkin. OS larni originallari bilan birgalikda mashhur сборка'larini ham topasiz.
@Adobe_Master_Collections_bot - Adobe, Autodesk (AutoCAD), CorelDraw, JetBrain va Microsoft ga tegishli dasturlarning turli yilgi versiyalarini yuklashingiz mumkin.

Yana boshqa foydali saytlar:
softomania.net
vipmolik.net
softload.su
softslot.com
pcprogs.net
softhome.ru
filehorse.com
igetintopc.com
freesoftwarefiles.com
softportal.com
soft.mydiv.net/win
besplatnyeprogrammy.ru
windowsobraz.com (windows lar yuklash uchun);
ru.giveawayoftheday.com (har kuni pullik dasturlardan birini bepul beradi);

Katalog saytlar:
Softobase.com
softcatalog.info

📌 Mavzuga qo'shimcha postlar:
Original Windows'ni yuklashni o'rganamiz! Nega faqat original Windows faylidan foydalanish kerak?
Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Megabayt/sekund yoki Megabit/sekund, aslo yanglishmang!
#info / #internet

ℹ️ Ko’pchilik internet provayderlardan ta’rif rejalarini tanlaganida, tezlikni qanday birlikda ko'rsatilganiga eʼtibor bermaydi. Oldidagi son qiziqtiradi: 10, 20, 50 va xokazo. Agar yaxshilab qarab ko'radigan bo'lsak, odatda ISP provayder ta’rif rejada tezlikni Mbit/s'da ko'rsatib o`tadi. Bu nima degani?

Mbit/s
🔁 Megabit/sekund = 1 000 000 bit/sekund. Kompyuter tushunadigan til bu ikkilik sanoq tizimi bo'lib, 0 va 1 lardan tashkil topgan. Ammo, internetdan ma’lumot ko'chiradigan bo'lsangiz, web-brauzerlar yoki torrent trakerlar fayllarni MB/s(Megabayt/sekund) tezlikda ko'chirayotganini ko'rsatadi.

Ya’ni, MBayt/s 🔁 Megabayt/s = 1 000 000 bayt/s.

Uyingizdani internet tezligi 1 Mbit/s bo'ladigan bo'lsa, ideal holatda ma’lumot yuklab olish tezligi 125 Kbayt/s(kilobayt/s) ga teng bo'ladi. Bu qayerdan kelib chiqadi?

Informatika fani maktablarda o'qitilishni boshlashi bilan 1 bayt = 8 bit’ga teng ekanligi uqtirib kelinadi.
Demak, 1 000 000 bit / 8 = 125 000 bayt. Bu esa o'z navbatida 125 000 bayt = 125 Kbayt ga to'g'ri keladi.

Endi siz 10 MB li ma’lumotni, hech nima xalaqit bermagan, tarmoq ideal ishlagan holatda 80 soniyada ko'chirib olish mumkinligini hech ikkilanmasdan ayta olasiz. Quyida misol qilib beraman.

Tasvir (👇) da ko'rib turganingiz, torrent trakerda yuklab olinayotgan fayl 724 KBayt/s tezlikda taqdim etilmoqda, demak
724 * 8 = 5792 Kilobit/sekund
5792/1024 = 5,65 Megabit/sekund

Provayder bergan tezlik taxminan 6 Mbit/s ni tashkil etadi.

© ITPlanet

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube