KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Aktiv oynadan boshqa barcha oynalarni ekranning quyi qismiga joylashtiradi (свернуть) gan klaviatura kombinatsiyasi qaysi?
Anonymous Quiz
39%
Win+Tab
36%
Win+Home
12%
Win+P
14%
Win+Probel
Sichqonchani avtomatik ravishda kerakli tugmani tanlaydigan qilib sozlash
#matnli_gif / #info

ℹ️ Kompyuter bilan ishlashingizda sichqoncha juda kerakli va anchagina ishimizni osonlashtiradigan qurilma hisoblanadi. Bugun bir sozlama orqali undan foydalanishda yanada tezkorlikga erishishni o'rganamiz.

📒 Buning uchun, Win+R ga control mouse buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz. Chiqgan oynadan "Параметры указателя" dan "Исходное положение в диалоговом окне" dagi "На кнопке, выбираемой по умолчанию" ni belgilaymiz () va OK tugmasini bosib chiqib ketamiz. Batafsil ko'rsatma quyidagi videoda ko'rsatilgan.

🤔 Nima o'zgarganini bilish uchun shunchaki Win+R tugmasini bosing va sichqonchaning kursori avtomatik ravishda OK tugmasi ustida paydo bo'lganini ko'rasiz.

❗️ Bu sozlama majburiy emas va kompyuter uchun hech qanday zarar keltirmaydi. Sozlamani yoqgan joyimizdan o'chiramiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Kanalda berilgan viktorinalarda eng kam to'g'ri javob berilgan savollar Top 10 ligi bilan tanishing
#test

To'g'ri javob berish ko'rsatkichi - Savol
13% - Telegram Desktop dasturida qaysi klaviaturalar kombinatsiyasi orqali giperhavola hosil qilish mumkin?
18% - Word dasturida matnni list (varoq) eni bo’ylab joylash uchun qaysi kombinatsiya qo’llaniladi?
19% - Kompyuterga o’rnatilgan barcha dasturlar sozlamasiga qaysi buyruq orqali tezkor kirish mumkin? Win + R ga …
21% - Kanaldagi PDFsam dasturidan nima maqsadda foydalangan edik?
25% - hp brendining to'liq nomlanishi qanday?
26% - Kompyuter hususiyatlari (Свойства системы ) ni tezkor ko’rish uchun … kombinatsiyasidan foydalanish mumkin.
27% - Biror bir dastur/o'yinni talab darajasida ishlashini taʼminlash uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlarga ... deyiladi.
31% - Biror dasturning PORTABLE versiyasi qanday versiya bo'ladi?
33% - Word dasturida matn terish jarayonida Enter tugmasi nima vazifani bajaradi?
34% - Windows OT’da fayl nomi qanday qismlardan iborat bo’ladi?

Eng ko'p to'g'ri javob berilgan savollar esa quyidagilar ekan:
93% - Dunyo bo’ylab eng keng tarqalgan operatsion tizim qaysi?
93% - Qaysi port orqali fleshka ulanadi?

❗️Ushbu reytingni tuzishda javob varianti 4 ta bo'lgan va eng kamida 1000 dan ortiq javob berilgan savollar olingan. Bu statistika vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin.

😎 Qani vijdonan aytingchi yuqoridagi Top 10 likdan nechtasini to'g'ri topgan ekansiz? (Namuna, 6/10 (6 ta to'g'ri degani))

📌 Mavzuga oid postlar:
Kanalda e'lon qilingan viktorinalar (testlar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Hozirgi kunda provayderlar taklif qilayotgan simli internet texnologiyalari
#info / #internet

🌐 ISP (Internet service provayder) abonentlarga global internetni turli yo'llar bilan yetkazib berishni yo'lga qo'ygan paytda, uyimda internet yo'q degan odam yanglishsa kerak.
Internet oddiy telefon liniyasidan tortib uyali aloqa operatorlari sim-kartalari orqali ham ishlay oladi. Simli internetning o'zi, hozirgi davrda quyidagi usul va texnologiyalar bilan oxirgi abonentlarga yetkazib berilmoqda:

☎️ ADSL (2,2+ va boshqalar) - kanal holatiga qarab maksimal yuklash (download) tezlik 1,5 Mbit/s dan 24 Mbit/s gacha, maksimal uzatish (upload) esa 0,5 da 3,5 Mbit/s gachani tashkil etadi.
ADSL - bu assimetrik raqamli abonent liniyasi bo'lib abonentga kirib keluvchi internet tezligi bilan chiquvchi tezlik farq qiladi. Shuning uchun assimetrik deb nom berilgan. Abonent liniyasida oddiy telefon so'zlashuvlari uchun 0,3-3,4 kGs chastota oralig'idan foydalanilsa, provayderlar so'zlashuvlarga ta'sir ko'rsatmaslik uchun 26 kGs - 1,1 MGs intervaldan foydalanishadi. Shundan 26-138 kGs oraliq chiquvchi trafik uchun (upload) va 138-1,1 MGs oraliq kiruvchi trafik (download) ga ajratiladi. ADSL uchun bu oraliqni tanlab olinishiga sabab, signalning so'nish koeffisienti chastotaga bog'liq bo'lmaganligidir. Abonentgacha bo'lgan masofa maksimum 35 km gacha.

☎️ SHDSL - simmetrik yuqori tezlikdagi raqamli abonent liniyasi - bu kafolatlangan, bir xil kiruvchi va chiquvchi tezlikni beruvchi texnologiya hisoblanadi. Oddiy telefon liniyasi orqali 192 Kbit/s dan 2.3Mbit/s gacha tezlikni bera oladi. Bunda abonentgacha bo'lgan masofa maksimum 25 km'ni tashkil etadi.

☎️ VDSL(2) - o'ta yuqori tezlikdagi raqamli abonent liniyasi bo'lib, kiruvchi trafik tezligini 52 Mbit/s gacha, chiquvchi trafik tezligini 1,5 Mbit/s gacha olib chiqish imkonini beradi. Biroq abonentgacha bo'lgan masofa tezlikka teskari proporsional ta'sir qiladi. 1500 metrgacha bo'lgan masofada maksimum tezlikka erishish mumkin.

💡FTTx(B,H) - binogacha (uygacha) optik tola tortib borish usuli, hozirgi zamon talabi va texnologiyasi hisoblanadi. Deyarli har bir bino, uy va manzillar optik tolali aloqa liniyasi bilan ta'minlanmoqda. Abonentgacha bo'lgan masofani qizig'i yo'q, bir necha kilometrdan bir necha ming kilometrgacha signalni uzatib berish mumkin. Bunda, kiruvchi va chiquvchi internet tezligi deyarli bir xil va kafolatlangan bo'ladi. Hozirgi kunda ISP'lar tomonidan 100 Mbit/s'gacha tezlikli tarif rejalari taklif qilinmoqda.

☝️ Yuqorida sanab o'tganimiz, ISPlar tomonidan abonentlarga simli internet xizmatini ko'rsatishning asosiy texnologiyalari xisoblanadi.

©️Akmal Xudayberganov

📌 Mavzuga oid postlar:
Kompyuter tarmoqlarining turlari

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Open Source Desktop
#fun

Open Source Desktop atamasining ma'nosini endi bildim 😁

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Talabdan kelib chiqib videodars yozamiz!

ℹ️ Kanalimizda kompyuter dasturlari bo'yicha ko'p videodarslar tayyorlaganmiz va dasturlarni joylaganmiz. Qaysi kategoriyaga tegishli bo'lgan dasturlar, ular bilan tanishish, ulardan foydalanish bo'yicha videodarslar bo'lishini xohlaysiz? Iltimos so'rovnomada faol ishtirok eting, aynan birorta dasturlarni ham yozishingiz mumkin.

❗️Videokurs qilish rejalashtirilgan dasturlar (3ds max, AutoCAD, solidworks, Photoshop va b.) haqida yozishingiz shart emas, ular rejada bor 😉.
KOMPYUTER AKADEMIYASI
Qaysi kategoriyaga tegishli dasturlar bilan tanishishni xohlaysiz? (bir nechta javoblarni belgilashingiz mumkin)
So'rovnoma qaysi kategoriya dasturlari yaxshi yoki kerakli ekanligini aniqlash uchun emas, qaysi turdagi dasturlar bo'yicha videodarslar yozish ketma-ketligini aniqlash uchun o'tkazilyapti.
Chiziqchaning turlari va ularni Word dasturida qo'llash
#info / #word

ℹ️ Bugun siz hamma mutaxassislar ham bilavermaydigan muhim ma’lumotga ega bo‘lasiz. Quyida keltiriladigan qoidalarga qonun hujjatlarida ham, nufuzli kitoblar nashrida ham, ommaviy axborot vositalari maqolalarida ham ko‘pincha rioya qilinmaydi.

Umuman olganda, chiziqchalarning o‘ndan ziyod turi bor, lekin biz eng asosiy uchtasini bilib olsak, shuning o‘zi yetarli bo‘ladi.

1️⃣ Defis (-)
Defis — bu so‘zlarni ajratish uchun ishlatiladigan biz bilgan kichkina chiziqcha. Juft so‘zlar, takror so‘zlar orasida, ba’zi qo‘shimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) bilan keladi. Bo‘g‘in ko‘chirish uchun ham defis qo‘llanadi. Defisning ikki tomonidan ham joy qoldirmay yoziladi.

🏷 Misol:
Oldi-berdi, uy-joy, asta-sekin, aytdim-ku, yaxshi-da.

Telefon yoki kompyuter klaviaturalarining hammasida bu belgini osongina topib olasiz.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

2️⃣ Tire (katta tire) (—)
Gaplarni va gap bo‘laklarini ikkiga ajratuvchi tinish belgisi. Bu belgini yana “em-desh” (ingl. m-dash) ham deyishadi, chunki uning uzunligi m harfining eni bilan bir kattalikda. Tire har ikki tomondan bo‘sh joy bilan ajratib yoziladi.

🏷 Misol:
Til — bu millat g‘ururi.
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
Toshkent — Samarqand yo‘nalishi.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, o‘ng tarafdagi raqamlar blokidan 0151 sonlar ketma-ketligini tering.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

3️⃣ Qisqa tire (o‘rtacha tire yoki raqamli tire) (–)
Inglizlardan kirib kelgan bu belgining paydo bo‘lganiga 10-15 yil bo‘ldi. Bu belgining uzunligi n harfining eni bilan teng bo‘lgani uchun “en-desh” (ingl. n-dash) ham deyishadi. Nima uchun “raqamli tire” deyilishiga sabab esa uning raqamlar ko‘lamini ifodalashi uchun ishlatilishida. Avval raqamlar orasida katta tire ishlatilgan, hozirda bu kichik tirega almashtirilgan. Kichik tire ham ikki tomondan bo‘sh joy tashlamay yoziladi.

🏷 Misol:
3–4 dona, 1941–1945 yillar, 10–15 daqiqa, 10:00–18:00.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, o‘ng tarafdagi raqamlar blokidan 0150 sonlar ketma-ketligini tering.

📌 P.S.: Quyidagi jadvalda hammasi soddaroq qilib tushuntirilgan.👇🏻

📝 Manba: @itspecuz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
FlixGrab 5.1.12.305 (@kompyuter_akademiyasi).exe
57.7 MB
FlixGrab 5.1.12 (x64/x86)
#dastur / #internet

ℹ️ Bir qancha onlayn servislardan videokontentlarni yuklaydigan dastur. Ushbu dastur orqali Netflix, Amazon Prime, HULU, Disney Plus, Youtube, Facebook, Instagram va shu kabi saytlardan videolarni yuklashingiz mumkin.

💾: 57.6 MB (.exe)

📌 Mavzuga oid postlar:
YouTube'dagi videoni faqatgina kerakli qismini qirqib, yuklab olish
YouTube'dan video yuklash yo'llari

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
⬇️ Qanday nomlanishadi?
Antivirus dasturining bazasi va litsenziyasining qanday farqi bor?
#info / #antivirus

ℹ️ Ko'pchilik antivirus dasturining 1 yillik bazasini guruhimizda so'rashadi va ko'p holatlarda 1 yillik litsenziya bilan bazani adashtirib yuborishgan bo'lishadi. Bugun ushbu tushunmovchiliklarga to'liq tuzatishlar kiritamiz.

🔋Antivirus bazasi - antivirus dasturi yangi viruslarni "tanishi" uchun kerak bo'ladi. Antivirus uchun yangi baza chiqarilganda ushbu bazaga hozirgi kundagi eng yangi viruslar, ularning xususiyati, yangi viruslarni tanish usullar va h.k lar haqida ma'lumotlar berilgan bo'ladi. Agar siz uzoq vaqt antivirus bazasini yangilamasangiz antivirus yangi viruslarni aslida virus ekanligini anglamasligi mumkin. Antivirus bazasi 1 yillik bo'lmaydi. Chunki 1 yil oldindan kelajakda qanday viruslar yaratilishi haqida hech kim bilmaydi 🧙‍♂️. Antivirus bazasini eng ko'pi bilan 15 kunda bir yangilashingiz mumkin.

📄 Antivirus dasturining litsenziyasi - antivirus dasturining to'liq ishlashini ta'minlash uchun sotib olinishi kerak bo'lgan ruxsatnoma. Hozirda antiviruslarning yangi versiyalarini o'rnatishingiz bilan litsenziya talab qiladi va bu litsenziyani sotib olishingiz kerak bo'ladi. Agar siz yangi kompyuter sotib olganingizda 1 yillik litsenziyasi bilan antivirus o'rnatib beraman deyishsa, demak 1 yil davomida antivirusingiz to'liqligicha ishlaydi. Kanalimizdagi barcha antiviruslar litsenziya so'ramaydigan versiyalar bo'lib, ancha yillik mobaynida sinovdan o'tishgan.

⁉️ Ko'p beriladigan savollarga javoblar ⁉️

Yangi versiyadagi antivirusni crack versiyasidan foydalansa bo'ladimi?
Gap xavfsizlik masalasida ketganda crack dasturlarga ishonish tavsiya qilinmaydi. Antiviruslarning crack versiyasidan foydalanish "qo'zichoqni qarab turish uchun bo'riga tashlab ketishdek gap" 😁.

Yangi versiyadagi antivirusni ishlatmoqchiman, lekin litsenziya sotib olmoqchi emasman. Nima qilay?
Turli xil yo'llar bilan litsenziya yoki login, parollarini topib o'rnatib yurishingiz mumkin 😉. Lekin ishonamanki bu qachondir joningizga tegadi. Shu sababli litsenziya so'ramaydigan versiyalardan foydalaning. Ba'zi antiviruslar aksiya sifatida ma'lum muddatga dasturidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etishadi, shundaylarni topishingiz mumkin (masalan, comss.ru saytidan).

Antivirus bazasini uzoq muddatlisini qayerdan topsa bo'ladi?
😔 Ehh. Yuqorida aytilganidek imkon qadar tez-tez yangi bazalar bilan antivirusni "to'yintirib turish" kerak. Lekin bu degani har kuni yangi baza yuklash va yangilash kerak degani emas. Uzog'i bilan 15 kunda bir bazani yangilasangiz yetarli. Antivirussiz yurganlar qancha 🦦. Agar kanalga bazalar kuniga tashlab turilmayotganidan norozi bo'lsangiz ushbu kanalga a'zo bo'lib qo'ying (u kanal meniki emas).

Antivirus dasturisiz ham yashash mumkinmi?
Mumkin. Faqat bu biroz xavfli hisoblanadi. Chunki hozirda internet yoki do'stlarimizning ko'plarini kompyuterida viruslarning "zotdorlari boqilmoqda" (ayniqsa ishxona va OTM kompyuterlarida). Shu sababli agar qo'rqmasangiz marhamat 🤗.

Qaysi antivirus dasturi eng zo'ri?
Oftob yaxshimi odob yaxshimi... Hamma dasturning ishlash prinsipi o'ziga yarasha, biroq hammasining vazifasi xavfsizlikni ta'minlashdir. Dunyo tan olgan antiviruslarga esa Kaspersky va Eset Nod32 ni keltirish mumkin. Kaspersky kompyuterga og'irlik tushirishi, lekin xavfsizlikni yaxshi ta'minlashi, nod32 esa aksincha bo'lishi mumkin.

📌 Mavzuga oid postlar:
Kanaldagi antivirus va viruslarga oid postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Media bo'yicha postlar
#media

#️⃣ Info
GIF nima?
Bandicam'da o'zbek tili borligini bilasizmi?
Bandicam'ni o'zbek tiliga o'tkazish
JPEG, GIF, PNG, BMP formatlarini o'zaro qanday farqi bor?
"Водяной знак" (watermark) nima?

#️⃣ Gif
Kompyuter ekranini rasmga olish (skrinshot qilish). FastStone Capture bilan ishlash

#️⃣ Dastur
FastStone Capture 8.0
Мастер Визиток 10 - vizitka yasash uchun dastur
Format Factory 4.9
Paint.NET 4.2.12
Light Alloy 4.10.2
GOM Player Plus 2.3.48
MPV
AIMP 4.70
Movavi Video Conventer Premium v19.3
Fotorobot
Bandicam 4.5.8.1673
GIF viewer 3.2
Easy GIF Animator 6.2
Apowersoft GIF 1.0.0
Lightshot 5.5.0.4 (x32/x64) skrinshot uchun yengil dastur
ShareX 13.2.1 - mukammal skrinshot dasturi
Apowersoft Watermark Remover 1.4.0
FotoCollage 4.0 - rasmlarni jamlaymiz!
Bytescout Watermarking Pro 3.2.1.680 Portable
Zx Color Spy - ranglarni turli kodlarini aniqlash
PotPlayer 1.7.21 (x64/x86)
IrfanView 4.56 (x64/x86) - rasmlarni ko'rish uchun dastur
WinAMP 5.666.3516
AAA Logo 5.01
Sothink Logo Maker Pro
PicturesToExe 9.0.22 - rasm -> video, dastur
Bandicut 1.2.2
Movavi Slideshows Maker 7.0.1
Wondershare Video Converter Ultimate 10
Studio Effects 4.0
Universal Viewer Pro (x64/x86)
Bandicam v5.0.1 (x64/x86)
IObit iFun Screen Recorder Pro 1.0.2 (&Portable) (x64/x86)

#️⃣ Videodars
Shaxsiy tashrif qog'ozimizni yasaymiz! Internet va Мастер Визиток dasturi orqali.
Fayl formatini o'zgartiramiz! FormatFactory dasturini o'rnatish va ishlatish
Banner, logo, beydjik, avatar, ikonka, vizitka nima?
Kompyuter uchun eng yaxshi videoplayer! TEST!
Video hajmini (istalgancha) kichraytirish
Fotorobot nima? Fotorobot chizishni o'rganamiz!
Kompyuter ekranini videoga olish (screencast)!
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Internetdan istalgan musiqa,rasm va kinoni tezkor topish
Rasmlardan video hamda kompyuter uchun dastur (.exe formatida) yasaymiz!

🎯 Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Kursordan chapdagi belgilarni o’chirish uchun qaysi tugmadan foydalaniladi?
Anonymous Quiz
34%
Delete
59%
Backspace
4%
Enter
3%
Tab
Kursordan o’ngdagi belgilarni o’chirish uchun qaysi tugmadan foydalaniladi?
Anonymous Quiz
7%
Enter
22%
Backspase
66%
Delete
6%
Tab
Revo Uninstaller Pro 4.4.2 (@kompyuter_akademiyasi).exe
17.2 MB
Revo Uninstaller Pro 4.4.2 (x86/x64)
#dastur

ℹ️ Kompyuterdagi biror dasturni butunlay o'chirib yuborish va shu bilan birgalikda dasturni reestrdagi ma'lumotlarini tozalash, u yaratgan papka va fayllarni o'chirish uchun yana bir qulay dastur. YourUninstaller Pro dasturiga o'xshaydi, biroq biroz imkoniyatlari ko'proq. Masalan, nomini bilmaydigan dasturingizni o'zi aniqlab beradi 😎.

🎞 O'rnatish va foydalanish

💾: 17.2 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat