KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Revo Uninstaller - biror dasturni to'liqligicha o'chiruvchi dastur
#videodars

ℹ️ Kompyuterga o'rnatilgan dasturlarni ham alohida, to'liqligicha o'chirish talab qilinadi. Oddiy usul bilan o'chirish orqali reestrdagi yozuv va dastur yaratgan papka/fayllarni o'chirishni iloji yo'q. Bugun tanishadigan dasturimiz orqali keraksiz dasturni to'liq o'chira olasiz. Keraksiz dasturning nomini bilmasangiz Revo uni topib beradi 😉.

🔽 Revo Uninstaller Pro 4.4.2 dasturini yuklash.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 05:28 💾: 23.1 MB (720p)

📌 Mavzuga oid postlar:
Biror dasturni butunlay o'chirib yuborish
YourUninstaller Pro 7.5.2014
"Aвтозагрузка" nima? "Aвтозагрузка"ga dastur qo'shish yoki olib tashlash!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Paradoks
#fun

Microsoft .NET Framework 3.5 SP1 ni o'rnatish uchun quyidagi dasturni yoping:
Microsoft .NET Framework 3.5 SP1 🥴

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Kerakli narsalarni endi oson topamiz!

💻 Kompyuter Akademiyasi kanalidagi videodars yoki dasturlarni endi bot orqali osonlik bilan topishingiz mumkin.

🔄 Bot doimiy ravishda yangilab boriladi.
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Google Translate haqida barcha ma'lumotlar bir videoda!
#videodars / #google

ℹ️ Google Translate - Google'ga tegishli bo'lgan tarjima platformasi. Yildan yilga tillar ko'payishi bilan birgalikda tarjima sifati ham ortib bormoqda.

Ushbu darsimizda Google Translate'dan qanday to'g'ri foydalanish va ushbu servis orqali kompyuter o'rganish jarayonini tezlashtirish haqida suhbatlashamiz.

🌐 Google Translate: https://translate.google.com/?hl=ru
💠 Google Translate'dan foydalanib ishlovchi kengaytma (Chrome uchun)

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

📌 Mavzuga oid postlar:
YouTube endi kamroq trafik oladi! Chrome uchun kerakli 5 kengaytma

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Kanaldagi kerakli fayl/video/ma'lumotni qanday qilib osonlik bilan topish mumkin?
#info

ℹ️ Kanalimizda ham bir qancha mavzular bo'yicha yetarlicha ma'lumotlar to'planib bormoqda. Lekin ko'pchilik izlanmay yoki izlashni bilmagan holatda kanalda bor dastur yoki videolarni guruhimizda so'rab, ham o'zini ham boshqalarni vaqtini olmoqda. Bugun kanaldagi ma'lumotlarni topishni bir qancha usullarini o'rgataman.

🔍 Telegramdagi qidiruv orqali
O'zingiz uchun kerakli fayl yoki ma'lumotning asosiy kalit so'zini kiritib qidiring, masalan, photoshop. Bu holatda agar siz birorta belgiga adashsangiz kerakli narsani topolmaysiz. Agar sizga kerakli narsaning nomini (to'liq) bilmasangiz boshqa usullardan foydalaning.

🎯 Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar
Aynan biror mavzuga tegishli bo'lgan postlar jamlanmasi ro'yxatidan o'zingizga kerakli bo'lgan mavzuga kiring va kerakli narsani oling, agar bo'lmasa keyin guruhdan so'rashingiz mumkin.

🎞 + 🛠 Kanaldagi barcha videodars va dasturlar
Shu kunga qadar kanalga joylangan videodarslar va dasturlar ro'yxatidan agar videodars kerak bo'lsa video, dastur kerak bo'lsa dasturlarni topishingiz mumkin.

🎞 Bizning bepul videokurslarimiz
Kanalimizda e'lon qilingan bepul videokurslar ro'yxatidan bir nechta qismlardan iborat kurslarni topishingiz mumkin. (Guruhda word, excel bo'yicha videolar bormi deydiganlar uchun maxsus)

#️⃣ Teglar bo'yicha kanaldagi postlar
Kanalga joylangan postlarning teglar (#atama, #info, #gif va h.k) bo'yicha ro'yxatidan ham osonlik bilan kerak narsani topishingiz mumkin.

🗺 Kanaldagi xarita va navigatorlar sizga qulaylik yaratish uchun yaratilgan va doimiy ravishda tahrirlab kelinmoqda, iltimos, siz ham biroz izlaning...

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Kompyuterni o'rganish bo'yicha bir qancha tavsiyalarim:
- "Izlashdan so'rash oson" prinsipida biror nima o'rganishingiz qiyin, birovni yozishini kutgandan ko'ra o'zingiz izlanganingiz barchamiz uchun foydali. Bu bo'yicha Google bilan do'stlashishga doir post ham yozgan edim.

- Guruhda biror kishi savolingizga quyidagi sabablar tufayli javob bermayotgan bo'lishlari mumkin:
* Savol javobi bo'yicha kanalda video, post yoki v.k mavjud, lekin siz izlanmasdan so'rayapsiz;
* Savol juda mavhum (masalan, "meni kompyuterim yonmayapti, nima qilay?" bunday savoldan kelib chiqib tashxis qo'yish qiyin 😔). Savolni ham to'liq qilib rasm yoki videolar bilan bering va nasib qilsa albatta javob olasiz.
* Bu nima deyapti deb chiqgan xatolikni ko'rsatgandan ko'ra, xatolikni tarjima qilib o'zingiz harakat qilib ko'ring yoki mana shunday xatolikni qanday yechsak bo'ladi deb savol bering. (mavzuga oid: Men bilmaymanda 😎)

❗️Har bitta post tagida berib boriladigan Xarita havolasi orqali kanalimizning markaziy navigatori (yo'l ko'rsatkichi)ga o'tishingiz mumkin.

😕 Faol guruhimiz va siz uchun tinimsiz yordam berib, vaqtini ajratayotgan insonlar qadriga yeting, iltimos.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Excelda formula .. belgisi bilan boshlanadi.
Anonymous Quiz
7%
-
18%
/
63%
=
12%
*
Qaysi tugma bilan birgalikda yozilsa bosh harflarda yoziladi?
Anonymous Quiz
14%
Ctrl+harf
8%
Alt+harf
77%
Shift+harf
2%
Enter+harf
IObit_iFun_Screen_Recorder_Pro_1_0_2@kompyuter_akademiyasi_.exe
25.3 MB
IObit iFun Screen Recorder Pro 1.0.2 (&Portable) (x64/x86)
#dastur / #media

ℹ️ Kompyuter ekranidan video yozish uchun yana bir qulay dastur. Dastur o'rnatish paytida Portable versiyasini ham o'rnatishingiz mumkin. Sozlamalar bo'limidan o'zingiz uchun optimal holatda sozlashingiz orqali yuqori sifatli video yozishga erishishingiz mumkin. Kanalimizda bu yo'nalishda Bandicam dasturi joylangan edi, lekin bu dasturni kompyuterga yuklama (nagruzka) kamroq tushirishini (ekspertlar fikri) hisobga olgan holda joylashga qaror qildim. Hech qanday cheklovlar yo'q. O'rnatish paytida internetni o'chirib turish zarar qilmaydi.

P.S.
Mening tanlovim Bandicam, chunki har qancha sozlashimga qaramasdan Bandicam'dan olgandek sifatli video yozolmadim. Lekin dastur ishlashida hech qanday muammolar kuzatilmadi. Bu shunchaki mening tanlovim.

💾: 25.2 MB

📌 Mavzuga oid postlar:
Kompyuter ekranini videoga olish
Media bo'yicha postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Excel dasturida belgilash uchun tezkor klaviatura kombinatsiyalari
#hotkeys

CTRL + SHIFT + * — faol katak atrofidagi joriy maydonni ajratib ko'rsatish;

CTRL + SHIFT + END — tanlangan kataklar qatorini ish varag'ining oxirgi katagiga qadar kengaytirish;

CTRL + SHIFT + HOME — tanlangan kataklarni varaqning boshiga qadar kengaytirish;

CTRL + SHIFT + O — izohlarni o'z ichiga olgan barcha katakchalarni tanlash;

CTRL + SHIFT + PROBEL — butun varaqni tanlash;

CTRL + PROBEL — ustunni ajratib ko'rsatish;

SHIFT + PROBEL — qatorni belgilash;

SHIFT + ▶️ (◀️ / 🔼 / 🔽) — belgilangan maydonni bitta katakka kengaytirish.

📌 Mavzuga oid postlar:
Tugmachalar kombinatsiyasi (#hotkeys)
Bizning bepul videokurslarimiz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Chrome dasturida vkladkalar bilan ishlash uchun tezkor klaviatura kombinatsiyalari
#hotkeys

CTRL + 1...8 — tartib raqami bo'yicha vkladkani tanlash ( 1 dan 8 gacha);

CTRL + 9 — oxirgi vkladkani belgilash;

CTRL + T — vkladka hosil qilish;

CTRL + W — vkladkani yopish;

CTRL + SHIFT + T — yopilgan vkladkani tiklash;

CTRL + PAGE UP (CTRL + PAGE DOWN) — oldingi / keyingi vkladkaga o'tish;

CTRL + TAB (CTRL + SHIFT + TAB) — vkladkalar bo'ycha ko'chib yurish.

📌 Mavzuga oid postlar:
Tugmachalar kombinatsiyasi (#hotkeys)
Bizning bepul videokurslarimiz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Reg_Organizer_v8.70 (@kompyuter_akademiyasi).exe
20.1 MB
RegOrganizer v8.70 (x64/x86)
#dastur / #tizim

ℹ️ RegOrganizer - bu ko'p funksiyali menejer, ro'yxatga olish va konfiguratsiya fayllari uchun tozalovchi. Tizim registrini ko'rish, tozalash, optimallashtirish va tahrirlash, import qilingan reg-fayllarni oldindan ko'rish imkonini beradi. Dastur chuqur izlash va ushbu dasturga tegishli barcha ro'yxatga olish kitobi kalitlarini topish, tizimdan o'chirilgan dasturlarning qoldiqlarini olib tashlash orqali ro'yxatga olish kitobi (reestr) ni tozalash qobiliyatini beradi.

⚡️Quyidagi yordam dasturlarini o'z ichiga oladi:
- Ichki ishga tushirish menejeri (avtozagruzka).
- Diskni avtomatik tozalash.
- Ilovani "o'zingiz uchun" sozlash.
- Ro'yxatdan o'tish kitobini tozalash va optimallashtirish qobiliyati. Batafsil ma'lumot.

▶️ O'rnatish & Foydalanish & Test (rus)

💾: 20.1 MB (.exe)

📌 Mavzuga oid postlar:
Kompyuter xotirasini bo'shatishni 3 usuli
Kompyuter xotirasini analiz qilish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Ashampoo WinOptimizer 18.00.18 (@kompyuter_akademiyasi).exe
15.3 MB
Ashampoo WinOptimizer 18.00.18 (x64/x86)
#dastur / #tizim

ℹ️ Ashampoo WinOptimizer - bu operatsion tizimni sozlash, optimallashtirish va tozalash uchun mo'ljallangan kuchli vositalar to'plami, shu bilan foydalanuvchi shaxsiy kompyuterining ishlashi va barqarorligini oshiradi.

⚡️Quyidagi yordam dasturlarini o'z ichiga oladi:
- Registry Optimizer - registrlar bazasini keraksiz yoki noto'g'ri yozuvlarni tahlil qiladi va ularni qo'lda yoki avtomatik rejimda o'chiradi.
- Service Manager - o'rnatilgan xizmat (службы) larni optimallashtirish & boshqarish.
- Process Manager - hozirda ishlayotgan barcha jarayonlarni ko'rsatish & boshqarish.
- Context Menu Manager - Windows Explorer kontekst menyusini boshqarish & foydalanuvchi talablariga muvofiq sozlash. Batafsil ma'lumot.

▶️ O'rnatish & Foydalanish & Test (rus)

💾: 15.2 MB (.exe)

📌 Mavzuga oid postlar:
Kompyuter xotirasini bo'shatishni 3 usuli
Kompyuter xotirasini analiz qilish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Wise Care 365 Pro v5.6.5.566 (@kompyuter_akademiyasi).exe
16.7 MB
Wise Care 365 Pro v5.6.5 (x64/x86)
#dastur / #tizim

ℹ️ Wise Care 365 - bu kompyuterni optimallashtirish, sozlash va tozalash uchun tizimga ko'maklashuvchi yordamchi dasturlar to'plami.

⚡️Xususiyatlari:
- Windows ro'yxatga olish kitobi (reestr) ni tozalash, birlashtirish va optimallashtirish.
- Defragmentatsiya va qattiq diskdagi bo'sh joyni bo'shatish.
- Internetga tashrif buyurilgan sahifalar, ishlatilgan fayllar va boshqalarning tarixini o'chirish.
- Yo'qotilgan fayllarni qayta tiklash.
- Muhim fayl va papkalarni yashirish qobiliyati.
- Shaxsiy ma'lumotlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish.
- O'yinlar va dasturlarning ishlashini yaxshilash uchun xotirani bo'shating.
- Kompyuterni tezkor optimallashtirish uchun "Bir marta bosish bilan sozlash" opsiyasi.

▶️ O'rnatish & Foydalanish & Test (rus)

💾: 16.7 MB (.exe)

📌 Mavzuga oid postlar:
Kompyuter xotirasini bo'shatishni 3 usuli
Kompyuter xotirasini analiz qilish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Yuqoridagi dasturlardan foydalanib ko'ring. Eng ko'p ovoz (👍) to'plangan dastur haqida videodars tayyorlaymiz (agar kerak deb hisoblasangiz).
Kompyuter ekranini skrinshot qilish (rasmga olish) usullari
#info / #media / #windows

ℹ️ Skrinshot - bu kompyuter ekranini mavjud vaziyatdagi holatini rasm ko'risnishidagi nusxasini olish (kompyuter ekranini rasmga tushirish). Bu qanday amalga oshirishini ko'pchilik biladi, lekin butun ekranni emas balki ma'lum bir qismini, aktiv oynani qanday olish keraligi ko'pchilik bilmaydi.

1. Demak ekranni to'liq holatini rasmga olish.
Klaviaturadan PrintScrn (Prt Sc) tugmasi bosiladi, shunda ekran holati buffer xotiraga tushadi, keyin uni biror joy (Paint, Word, Telegram) ga CTRL+V tugmasi orqali tashlab ishlatish mumkin.

2. Ekranni to'liq holatda emas, faqat aktiv oynani holatini olish.
Kerakli oyna aktiv holga keltiriladi va klaviaturadan ALT+PrintScrn bosiladi. Qolgani, yana o'sha gap biror joyga tashlab tahrirlab ishlatish mumkin.

3. Ekranni xohlagan joyini nusxasini olish (Windows 10'da tekshirildi).
Win+Shift+S tugmalari bosiladi va kerakli soha (joy) belgilanadi. Nusxasi olingan sohadan foydalanish mumkin.

4. "Ножницы" dan foydalanish
Win+R ga snippingtool buyrug'ini kiritish orqali osonlik bilan ishga tushirishingiz mumkin. Skrinshot qilganingizdan so'ng kerakli joyga saqlaysiz (💾).

5. Maxsus dasturlardan foydalanish
Kanalimizda skrinshot qilish uchun quyidagi dasturlar joylangan:
- FastStone Capture 8.0
- Lightshot 5.5.0.4 (x32/x64) skrinshot uchun yengil dastur
- ShareX 13.2.1 - mukammal skrinshot dasturi

©️Akmal Xudayberganov & KA

📌 Mavzuga oid postlar:
Media bo'yicha postlar
Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
WinRAR dasturi bo'yicha MasterClass. Murakkabroq amallarni o'rganamiz!
#videodars / #arxiv

ℹ️ Ushbu darsimiz orqali arxiv fayllar bilan to'liq ishlash ya'ni WinRAR dasturida murakkabroq amallarni bajarishni o'rganishingiz mumkin. WinRAR dasturingizni eng so'nggi versiyaga almashtirib olishingizni tavsiya qilaman: WinRAR 6.0 x64 I x86

📃 Dars tarkibi:
• Parollangan arxiv fayl yaratish (2 usulda);
• Faylni hajmini kichraytirgan holatda arxivlash;
• Bir qancha qismlardan iborat arxiv yaratish;
• Qismli arxivlarni arxivdan chiqarishda uchraydigan muammo yechimi;
• WinRAR dasturidagi qo'shimcha jihatlari;
• "Формат архива": RAR, RAR4, ZIP - qay biri yaxshi? (maqola)
• "Размер словаря" nima? Qay birini tanlash kerak? (maqola)

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 13:56 💾: 18 mb (360p)

📌 Mavzuga oid postlar:
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish/foydalanish
Katta hajmli fayllarni yuklash usullari

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Nexus 20.10 (@kompyuter_akademiyasi).exe
38 MB
Winstep Nexus 20.10 (x64/x86)
#dastur / #bezash

ℹ️ Winstep Nexus - bu tez-tez ishlatib turiladigan dasturlarni tez ishga tushirish va hujjatlarni (fayllar, papkalarni) Mac OS'ga o'xshab panel tarzida ochish uchun ixcham panel.

⚡️Xususiyatlari:
• Moslashuvchan parametrlarni sozlash.
• Ko'p monitorlar, vidjetlar bilan ishlashni qo'llab-quvvatlash.
• Ko'plab temalar, ovoz dizaynini tanlashni qo'llab-quvvatlaydi.
• Maxsus effektlarni qo'shish (xiralashish, suvdagi doiralar va boshqalar).
• Turli xil qo'shimchalar: pochtani tekshirish, ob-havo, protsessorning yuklanishi va boshqalar.
• Ish stolining skrinshotlarini yaratish qobiliyati.
• Foydalanuvchi tomonidan tanlangan displey maydoniga joylashtirilishi va nofaol holatida ko'rinishdan yashirilishi mumkin.

💾: 38 MB (.exe)

📌 Mavzuga oid postlar:
"Рабочий стол" ni bezatamiz!
Media bo'yicha postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat