KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.26K photos
815 videos
650 files
3.39K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Kompyuterlar haqida qiziqarli faktlar
#fakt

ℹ️ Birinchi kompyuterlar paydo bo‘lganidan beri ancha vaqt o‘tdi va ularning rivojlanishi jarayonida juda ko‘p qiziqarli hodisalar ro‘y berdi.

⚡️Birinchi kompyuter virusi 1982-yilda sistemalarni buzish maqsadida Apple tomonidan ishlab chiqilgan.

⚡️Shveysariyada katta hajmli ma’lumotlar saqlanuvchi server markazlaridan chiqqan issiqlik sabab kichik ko‘ldagi suv iluq turadi.

⚡️1981-yilda yaratilgan kompyuter 12 kilogramm tosh bosgan. Uning monitor ekrani esa atigi 5 dyum bo‘lgan (hozirgi mobil telefonlarniki kabi).

⚡️Statistikaga ko‘ra, aksariyat kompyuterlar o‘z imkoniyatlarining yarmidan foydalanadi, xolos.

⚡️Klaviaturaga suyuqlik to‘kilishi kompyuter buzilishining eng ko‘p uchraydigan sababi hisoblanadi. Ikkinchi asosiy sabab esa elektr energiyasidagi uzilishlar bilan bog‘liq.

© Terabayt.uz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega VAIO logotipini ko'rinishi shunday?
#fakt

ℹ️ Sony'ning shaxsiy kompyuteri bo'lmish VAIO brend logotipida V va A harflari sinus grafigi to'lqinini, I va O esa ikkilik sanoq sistemasidagi bir va nolni ifodalaydi.

📌 Shu orqali logotip analog va raqamli texnologiyalarni jamlashganini ko'rsatadi.

©️ IT_ExpertT

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Internetga oid qiziqarli faktlar
#fakt / #internet

Butun dunyo bo'ylab hozirgi internetdan faol foydalanuvchilar soni 4.8 milliardni tashkil etmoqda. (2021-yil yanvar).
Butun Yer aholisining 59% internet foydalanuvchilari hisoblanishadi.
Internet foydalanuvchilarining o'rtacha yillik o'sishi 8.2% ni tashkil etmoqda.
So'nggi 4 yil ichida internetga 50 million foydalanuvchini qo'shilgan.
25% dan oshiq veb saytlar ingliz tilida.
Barcha veb saytlarning 19.8% i xitoy tilidagi loyihalar hisoblanishadi.
Eng ko'p Internet foydalanuvchilari Osiyo mamlakatlarida yashaydi - 2 milliard.
Yevropa esa 705 million foydalanuvchisi bilan 2-o'rinda.
2021 yil yanvar holatiga ko'ra, Internetga kirishning eng yuqori darajasi Daniya, Islandiya, BAA, Kuvayt va Qatarda qayd etilgan. Internetga kirishning eng past darajasi Shimoliy Koreyada, u 0 ga yaqin.
Internetdan foydalanuvchilarning 32% ini 25-34 yoshdagi odamlar tashkil qiladi.
Internetdan foydalanuvchilarning 65.9% Chrome brauzeridan foydalanishadi. ©mediasat.info

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Internetdagi qidiruvlar bo'yicha faktlar
#fakt / #internet

▪️Google barcha qidiruv tizimlarining eng katta ulushiga ega - 92,78%. Siz ham faqat Google'dan foydalanasizmi?
▪️Bing va Yahoo qidiruv tizimlarining ulushlari mos ravishda 2,8% va 1,6% ni tashkil qiladi.
▪️Barcha internet foydalanuvchilarining 92,17% Google qidiruv tizimidan foydalanadi.
▪️Google.com - Internetdagi eng mashhur sayt. Bunga shubhangiz bormidi 🤨
▪️Alexa ma'lumotlariga ko'ra, internetdagi eng mashhur ikkinchi veb-sayt - YouTube.com
▪️Birinchi qidiruv tizimi Archie Query Form 1990-yilda ishga tushirilgan.
▪️Google qidiruv tizimining indeksi 100 million gigabaytdan ortiq ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. ©mediasat.info

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Daraxtlarni tinch qo'yaylik....
#fakt

ℹ️ 1994-yilda Bill Geyts alpinistlardek yuqoridan turib, qo‘lida diskni ushlab, baland qog‘ozlar uzra tushgan surati.

"Bu disk mening tagimdagi barcha qog‘ozlarga qaraganda ko‘proq maʼlumotni saqlay oladi", deb aytgan u. Bu haqiqiy texnika inqilob edi!

Shu o‘rinda: elektron manbalar ham ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchiliklar kushandasi. ©️@bahodirahmedoff

P.S. Ushbu postni mustaqil ish va boshqa topshiriqlarni qo'lda yoz deydiganlarga jo'natsak ham bo'ladi 😉.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
36 yil bir kompyuterda ishlagan inson. Kompyuter biror marta buzilmagan!
#fakt

ℹ️ Muhandis France Bosch YouTubedagi videoda 36 yil davomida o'z biznesini Atari ST 1040 kompyuteri orqali olib borganini aytdi. Eng qizig'i shundaki, bu vaqt mobaynida shaxsiy kompyuter hech qachon buzilmagan.

Bu inson 1986 yilda shaxsiy kompyuter sotib olgan. Uning lageriga kelganlarni kuzatib borish uchun unga kompyuter kerak edi. O'sha paytda Atari ST 1040 o'zining ishlashi bilan ajralib turardi. Kompyuterda 1 MB operativ xotira bor, lekin boshqa modellarning ko'pchiligi o'sha paytda atigi 512 Kb edi. Kompyuterda 70 Gts chastotali o'rnatilgan monitor ham mavjud.

Kerakli vazifalarni bajarish uchun Frans dasturni o'zi yozishi kerak edi. U buni ko'p marotaba takomillashtirdi.

Ish uchun Atari ST'dan kuniga 24 soat, yiliga 6 oy foydalanadi. Frans aytishicha, kompyuter hech qachon ishdan chiqmagan va egasi kompyuterini tez ishlaydi der ekan. U floppi disk o'rniga USB portini o'rnatib, kompyuterni biroz o'zgartirdi. ©️ ferra.ru

P.S. O'zizdagi "qariya" bilan qancha vaqtdan beri ishlaysiz?
Men noutbugimni 2016-yilda olganman, u 2008-yilda "tug'ilgan" o'zi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Nega kompyuterchi va boshqa kasb egasi xorijiy tillarni o'rganishi kerak?
#fakt / #motivatsiya

ℹ️ Quruq gaplarni yig'ishtirgan holda ushbu grafikdan xulosa qilamiz. Agar siz dunyoda bo'layotgan yangiliklar, insonlarning yutuqlari haqida birinchilardan xabardor bo'lishni xohlasangiz albatta eng kamida 1 ta xorijiy tilni o'rganishingiz kerak!

P.S. Til o'rganishda muammolar bo'lishi tabiiy, lekin uning kelajakdagi mevasi juda shirin bo'ladi, inshaalloh.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Indama jim 🤫
#fakt

🇺🇿 Tarjimasi: Izlanishlar natijasiga ko'ra, kompyuter texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchilarning 28% i oilasi va do'stlaridan kasbi haqidagi ma'lumotlarni yashirar ekan. Bunga sabab esa bepul ko'mak so'rashlaridan qo'rqish ekan 🤦‍♂️.

🤔 Siz ham buni hammadan yashirasizmi?

P.S.: Meni kanal yuritishimni bilgan ko'pchilik meni bloger deb bilishadi 😑.

P.S.2: Manba: hardimni chekkasidagi #Picture papkasi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita I Loyihalar
Internet haqida nimalarni bilasiz?
#fakt / #internet

ℹ️ Bugungi kunda butun dunyoda axborot almashinuvining eng qulay vositasi hisoblangan internet 1969-yilda AQSh mudofaa vazirligi tomonidan harbiy maqsadlarda ishlab chiqilgan. Ammo u vaqt o‘tishi bilan ommalashib, oddiy aholi uchun ham qulay axborot va kommunikatsiya tizimiga aylandi.

🔹 1991-yilda internetdagi birinchi veb-sayt angliyalik Tim Bernars Li tomonidan yaratilgan. Shuning uchun ham uni dunyoning birinchi veblogi deb atashadi. 2003-yilda Bernars Liga hukumat tomonidan ritsar unvoni berildi.

📄 To'liq maqola

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Instagram I Xarita
🌎 1 gigabaytning eng past narxiga ega mamlakatlar
#fakt

🇮🇳 Hindistonda 1 Gb = 900 so'm (1 rubl = 115 so'm). ©️@it_guides

😢Buni ko'rgan Karl uchun maxsus trek: ana_endi_yig'la.mp3

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I Xarita