KOMPYUTER AKADEMIYASI
34.3K subscribers
1.22K photos
796 videos
624 files
3.32K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Psixolog Internet qanday qilib energiyamizni so‘rishini tushuntirib berdi
#tavsiya / #salomatlik

👩‍⚕️Psixolog Tatyana Klishina bugungi kunda Internet foydalanuvchilariga nima tahdid solayotgani haqida ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yosh avlodning bolaligidanoq global tarmoqqa ulanishi atrof-muhitdagi turli axborotlarni hech qanday filtrsiz qabul qilishiga zamin yaratmoqda.

Shifokorning aytishicha, insonning smartfonga kuchli bog‘lanishi nafaqat zamonaviy kasalliklar, (masalan: boshning ekranga doimiy egilishidan bo‘yin va ko‘krak umurtqa pog‘onasining egriligi), balki “energiya so‘rilishi” va ruhiy tushkunlikka ham olib keladi.

Har bir insonning o‘z hayot haqiqati har soniyada uning sezgilari orqali yaratiladi. Masalan, urush va azob-uqubat haqidagi ma’lumotlarni o‘z ko‘zlari ko‘rib, bir lahzada og‘ir his-tuyg‘ularni boshdan kechirgan inson bu voqea va og‘riqni o‘z hayotining bir qismiga aylantiradi”, — deya tushuntiradi mutaxassis.

Natijada inson o‘zgalarga tegishli salbiy hodisalarni virtual tarzda o‘z boshidan kechiradi va unga hayotiy energiyasini beradi.

Haqiqatdan ham Internet orqali haddan ziyod ko‘p ma’lumot qabul qilish g‘oyibona tarzda bizning kuchimiz va energiyamizni tortib oladi va bu salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. ©️ict.xabar.uz 

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ 
Telegram I YouTube I Xarita
🧑‍💻 Ijtimoiy tarmoqlar ruhiy salomatlikka qanday taʼsir ko‘rsatadi?
#salomatlik

🔹Ijtimoiy tarmoqlar orqali do‘stlar yoki boshqa tanishlar bilan aloqa qilish ruhiy salomatlikka ijobiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin, albatta. Ammo ijtimoiy tarmoqlardan shunchaki vaqt o‘tkazish uchun foydalanish to‘g‘risida bunday deya olmaymiz.

🔹Amerikaning healthline nashri bergan maʼlumotlarga ko‘ra, 2022 yilda AQSH, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Avstraliyada o‘tkazilgan xalqaro onlayn tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pandemiya davrida ijtimoiy tarmoqlardan o‘yin-kulgi, maqsadsiz kontentlar tomosha qilish uchun foydalangan insonlarda ruhiy holat yomonlashgan.

🔹Odatda, insonlar o‘zini yolg‘iz his qilgani uchun ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazishadi, ammo bu depressiya alomatlarini yana-da oshirishi aniqlangan. Tadqiqotchilar ko‘proq odamlar bilan muloqot qilish yoki yolg‘izlikda ochiq havoda sayr qilishni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish davomida tanaffuslar qilishni maslahat berishadi. ©️Sog‘lom hayot

😕 Siz ijtimoiy tarmoqlardan nima maqsadlarda foydalanasiz?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻Kompyuter qanday kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin?
#salomatlik

Kasallikning kelib chiqishi foydalanuvchining kompyuterdan foydalanish qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida kelib chiqmoqda.

Ko‘pchilik foydalanuvchilarning virtual dunyoga sho‘ng‘ib, internet resurslariga ko‘p murojaat qilishlari ularning ruhiy holatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari:

▫️Nomofobiya - telefonga qaramlik;

▫️Ko‘z xiralashishi;

▫️Quruq ko‘z sindromi;

▫️Osteoxondroz, tunelli sindromi, allergiya.

Agar sizda quyidagi kasalliklar bo‘lmasligini xohlasangiz, kompyuterdan foydalanish qoidalariga qatʼiy amal qiling! ©️@soglomhayotuz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'zlarimizni dam oldiramiz!
#salomatlik / #kengaytma

ℹ️ Chrome brauzeri uchun foydali kengaytmalarni ko'rib chiqishda davom etamiz. Bugun biz ko'zni keraksiz zo'riqishlarga yo'l qo'ymaslik uchun monitordan uzilish imkonini beradigan kengaytmalar bilan tanishamiz:

🔹 EyeCare - Protect Your Vision - 20-20-20 qoidasiga muvofiq ishlaydi. Har 20 daqiqada tanaffus qilib, monitor o‘rniga boshqa narsaga qarash kerakligini eslatadi. Ushbu intervalni sozlamalarda oshirishingiz mumkin.

🔸 Care Your Eyes - veb-saytlardagi ranglarning to'yinganligini pasaytiradi, bu esa ko'z zo'riqishini kamaytirishga yordam beradi. Tungi va Reseda rejimlari qo'llab-quvvatlanadi.

🔹 High Contrast - qorong'u mavzu (темa) larni sevuvchilar uchun. U har qanday tashrif buyurilgan saytlarga qo'llanilishi mumkin bo'lgan bir nechta rang filtrlariga ega. Bu matn resurslari bilan eng yaxshi ishlaydi. ©️@pcTeapot

💻Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Monitor qarshisida o'tirish
#salomatlik

Kompyuter qarshida ko'p o'tirish bilan birgalikda noto'g'ri o'tirish ham sog'lig'imiz uchun zararli bo'lishi mumkin. Shunday ekan birinchi navbatda to'g'ri o'tirish uchun qulay sharoitni tayyorlashimiz kerak.

P.S. Sharoitni hozirlash uchun albatta yangi stol va stul olishingiz shart emas, shunchaki mavjudlaridan ham kerakli sharoitni hozirlashingiz mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Bolalarning virtual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishlari qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?
#salomatlik

• Ko‘rish bilan bog‘liq muammolar;
• Tayanch harakat tizimining noto‘g‘ri rivojlanishi, umurtqa pog‘onasi egriligi;
• Eʼtibor, xotira, fikrlash xususiyatining buzilishlari;
• Ota-onalar bilan hissiy aloqaning yo‘qolishi;
• Boshqa faoliyatga (o‘qish, sevimli mashg‘ulotlarga) qiziqishlarning yo‘qolishi;
• Eng asosiysi, virtual o‘yinlar ko‘p holatlarda tajovuzkorlik va buzg‘unchilikni targ‘ib etadi, natijada bolalar salbiy fikrlar olamiga tushib qoladi.

Yuqoridagi holatlar kuzatilmasligi uchun bolalarni virtual o‘yinlardan uzoq tuting. ©️@soglomhayotuz

💻Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Kompyuter uchun ko'zoynak kerakmi?
#salomatlik

ℹ️ Kompyuterning nuridan ko'ra undan ko'zlarimiz oladigan zo'riqish zararliroq. Bu haqida batafsil o'qib oling va salomatligingizga befarq bo'lmang.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Insta I TikTok
Ko'p o'tiruvchilar uchun mashqlar
#salomatlik

ℹ️ Salomatligimiz ishimizdan muhimroq ekanligini unutmaylik!

©️instagram.com/ka_rasmiy/

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok
Miyamiz uchun zararli 7 odat
#tavsiya / #salomatlik

🧠 Miyamizni avaylaylik...

©️ instagram.com/ka_rasmiy

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi oddiy mahsulotlar
#salomatlik

🍊 Apelsin rangli sabzavot va mevalar, shuningdek, tarkibida vitaminlar, karotinoidlar, mikroelementlar, omega-3 va yog‘ kislotalari bo‘lgan boshqa oziq-ovqatlar ko‘rish uchun juda foydali ekani ma’lum qilindi.

👩‍⚕️ Bu haqda rossiyalik vrach-oftalmolog Valentina Merkulova ma’lumot berdi.

• «Quyidagilar ko‘zlar uchun foydalidir: baliq, go‘sht, tuxum, yong‘oq, dukkakli o‘simliklar, sitrus mevalari, ko‘katlar, apelsin rangli sabzavotlar va mevalar, zaytun, zaytun moyi va sut mahsulotlari», deydi shifokor.

• Merkulova turli sabzavot va mevalar karotinoidlar, lyutein va zeaksantin manbai ekanligini ta’kidladi, ismaloq, brokkoli, petrushka, no‘xat, qovoq, pista, ayniqsa, ularga boy.

• Bundan tashqari, bu moddalar tuxum sarig‘ida ham mavjud. Karotinoidlar ko‘z qobig‘ini ultrabinafsha nurlanishdan himoya qiladi, deydi shifokor.

• Uning so‘zlariga ko‘ra, baliq yog‘i, dengiz mahsulotlari, zig‘ir urug‘i, shuningdek, har xil turdagi o‘simlik moylari, ismaloq va dengiz o‘tlari omega-3 yog‘ kislotalariga boy. Omega-3 ko‘z faoliyatiga keskin ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. ©️zamin.uz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube