KOMPYUTER AKADEMIYASI
34.3K subscribers
1.22K photos
796 videos
624 files
3.32K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
VPN nima o‘zi?
#info / #atama / #internet

ℹ️ O‘tkir syujetli xorijiy filmlarda ko‘p guvoh bo‘lganingiz bir sahnani ko‘z oldingizga keltiring: jinoyatchi sport mashinasida katta trassa bo‘ylab qochyapti, uni politsiya vertolyoti ta’qib etib kelmoqda. Avtomobil tunnelga kirib ketadi, undan chiqish joyi esa bir nechta. Vertolyotdagilar jinoyatchining aynan qaysi chiqish joyidan chiqib ketishini bila olishmaydi, natijada u ta’qibdan qochib qoladi.

VPN ham xuddi shu kabi, internetdagi bir necha yo‘llarni o‘zaro tutashtiruvchi tunneldir. Unga kirib ketgan avtomobillarning qayerda paydo bo‘lib qolishini tashqaridan hech kim bilolmaydi. Tunelda nimalar bo‘layotganidan tashqaridagilar bexabar qolishadi.

Ko‘pincha VPN’ni tavsiya etishlariga sabab shuki, unda geografik belgisiga ko‘ra cheklangan kontentga kirish, umuman, internetdan foydalanishda xavfsizlikni oshirish mumkin.

Lekin internetga VPN orqali kirish ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishchalik xavfli bo‘lishi mumkin.

VPN qanday ishlaydi?

Uyingizda Wi-Fi-router bo‘lsa kerak, a? Unga ulangan qurilmalar hatto internetsiz ham o‘zaro ma’lumot almasha oladilar. Demak, uyingizda o‘zingizning xususiy tarmog‘ingiz bor ekan, ammo unga ulanish uchun router signali yetadigan yerda bo‘lishingiz talab etiladi.

VPN (Virtual Private Network) – bu virtual xususiy tarmoq. U internet ustida ishlaydi, shuning uchun unga istalgan joydan ulanish mumkin.

Masalan, siz ishlaydigan kompaniya masofadan turib ishlaydigan xodimlari uchun virtual xususiy tarmoqdan foydalanishi mumkin. VPN yordamida ular ishchi tarmoqqa ulanadilar. Bunda ularning kompyuter, smartfon yoki planshetlari virtual tarzda ofisga ko‘chiriladi va tarmoqqa ichkaridan ulanadi. Virtual xususiy tarmoqqa ulanish uchun VPN-server manzilini, login va parolni bilish kerak bo‘ladi.

VPN’dan foydalanish o‘ta oson. Odatda kompaniya qayerdadir lokal kompyuterda, serverda yoki data-markazda VPN-server yaratadi; unga ulanishlar esa foydalanuvchi qurilmasidagi VPN-kliyent dasturi orqali amalga oshiriladi.

Hozirda barcha ommabop operatsion tizimlar – Android, iOS, Windows, macOS, Linux va boshqalarda VPN-kliyent dasturi avvaldan mavjud.

Kliyent va server orasidagi VPN-ulanish esa, odatga ko‘ra, shifrlangan bo‘ladi.

VPN nega kerak?

VPN geografik va boshqa to‘siqlarni aylanib o‘tish imkonini beradi.

Deylik, siz Spotify xizmati orqali musiqa tinglamoqchisiz, ammo bu servisga O‘zbekistondan turib kirib bo‘lmasligini bilib, achinyapsiz. Undan foydalanishning yaxshi yo‘li – internetga Spotify ishlaydigan biror mamlakatdagi VPN-server orqali kirishdir.

VPN – bu foydali va kerakli texnologiya, u o‘ziga yarasha vazifalarni yaxshi bajaradi. Ammo bunda shaxsiy ma’lumotlaringizning xavfsizligi VPN xizmatini taqdim etuvchining vijdoniga bog‘liq.

Albatta, sizning e’tiborliligingizga, internet xavfsizligi masalalarini yaxshi tushunishingizga ham.

© Terabayt.uz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Megabayt/sekund yoki Megabit/sekund, aslo yanglishmang!
#info / #internet

ℹ️ Ko’pchilik internet provayderlardan ta’rif rejalarini tanlaganida, tezlikni qanday birlikda ko'rsatilganiga eʼtibor bermaydi. Oldidagi son qiziqtiradi: 10, 20, 50 va xokazo. Agar yaxshilab qarab ko'radigan bo'lsak, odatda ISP provayder ta’rif rejada tezlikni Mbit/s'da ko'rsatib o`tadi. Bu nima degani?

Mbit/s
🔁 Megabit/sekund = 1 000 000 bit/sekund. Kompyuter tushunadigan til bu ikkilik sanoq tizimi bo'lib, 0 va 1 lardan tashkil topgan. Ammo, internetdan ma’lumot ko'chiradigan bo'lsangiz, web-brauzerlar yoki torrent trakerlar fayllarni MB/s(Megabayt/sekund) tezlikda ko'chirayotganini ko'rsatadi.

Ya’ni, MBayt/s 🔁 Megabayt/s = 1 000 000 bayt/s.

Uyingizdani internet tezligi 1 Mbit/s bo'ladigan bo'lsa, ideal holatda ma’lumot yuklab olish tezligi 125 Kbayt/s(kilobayt/s) ga teng bo'ladi. Bu qayerdan kelib chiqadi?

Informatika fani maktablarda o'qitilishni boshlashi bilan 1 bayt = 8 bit’ga teng ekanligi uqtirib kelinadi.
Demak, 1 000 000 bit / 8 = 125 000 bayt. Bu esa o'z navbatida 125 000 bayt = 125 Kbayt ga to'g'ri keladi.

Endi siz 10 MB li ma’lumotni, hech nima xalaqit bermagan, tarmoq ideal ishlagan holatda 80 soniyada ko'chirib olish mumkinligini hech ikkilanmasdan ayta olasiz. Quyida misol qilib beraman.

Tasvir (👇) da ko'rib turganingiz, torrent trakerda yuklab olinayotgan fayl 724 KBayt/s tezlikda taqdim etilmoqda, demak
724 * 8 = 5792 Kilobit/sekund
5792/1024 = 5,65 Megabit/sekund

Provayder bergan tezlik taxminan 6 Mbit/s ni tashkil etadi.

© ITPlanet

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Google'ga oid ajoyib mohirliklar
#fun / #mohirlik / #internet

Google faqatgina qidiruv tizimi deb oʻylasangiz ushbu videoni koʻring, koʻrsatilgan tryuklarni sinab koʻring 😉

Video rus tilida

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Yo'naltiruvchi havola (pеферальная ссылка) nima?
#atama / #internet

ℹ️ Yo’naltiruvchi havola yoki “pеферальная ссылка” (refer – «yo’naltirish») – biror foydalanuvchi nomidan biror saytga yo’naltiruvchi havola. Yo’naltiruvchi havola mavjud foydalanuvchilarni rag’batlantirish orqali yangi foydalanuvchilarni chorlashni maqsad qiladi. Ushbu havolalar bir-biridan umuman farq qiladi.

❗️Yo’naltiruvchi havolaga namuna
Oddiy havola (link) dan farqli ravishda yo’naltiruvchi havolada sayt manzilidan keyin qo’shimcha yozuvlar bo’ladi va bu yozuvlar ushbu havola kim tomonidan uzatilyotganini anglatadi:
https://yandex.ru – oddiy havola;
https://yandex.ru/?key=19506 – yo’naltiruvchi havola;
https://yandex.ru/?key=Alex – yo’naltiruvchi havola (foydalanuvchini nomi yozilgan, Alex);

Referal kim?
“Реферальная ссылка” orqali a’zo bo’lgan foydalanuvchi.

“Реферальная ссылка” nega qo’llaniladi?
“Реферальная ссылка” yoki yo’naltiruvchi havola orqali odam chaqirgan insonga ma’lum chegirma, bonus yoki biror manfaatli taklif beriladi.

Yo’naltiruvchi havola yoki “pеферальная ссылка” ni qayerga joylash mumkin?
Yo’naltiruvchi havolani istalgan joylarda joylash mumkin. Bu usuldan asosan ko’p foydalanuvchiga ega bo’lgan adminlar foydalanadi.

Yo’naltiruvchi havola yoki “pеферальная ссылка” orqali saytga a’zo bo’lganga nima foyda yoki zarar?
Siz sayt.uz orqali a’zo bo’lsangiz ham sayt.uz/?key=Ahmad orqali a’zo bo’lsangiz ham hech qanday zarari yo’q. Balki yo’naltiruvchi havola orqali a’zo bo’lish orqali siz bu havolani joylagan insonga foyda keltirasiz, balki o’zingiz uchun ham qandaydir chegirma yoki bonusga ega bo’lishingiz mumkin.

❗️Yo’naltiruvchi havola yoki “pеферальная ссылка” ni yashirish usullari
Ko’pchilikni “qo’rqitib yubormaslik” yoki bildirmaslik uchun yo’naltiruvchi havolalar ko’pincha quyidagi servislar yordamida yashiriladi: goo.gl vk.cc u.to clck.ru tinyurl.com bit.ly

© wiki.rookee.ru / linkbuilder.su

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Kontentga ko'proq e'tibor qaratish
#mohirlik / #internet

Postlight Reader kengaytmasi veb-sahifadagi har qanday chalg'ituvchi omillarni bartaraf etish uchun mo'ljallangan, shunda siz faqat foydali kontentga e'tibor qaratishingiz mumkin bo'ladi. Kerakli sahifani ochganingizdan so'ng, kengaytma belgisini bosing. Shundan so'ng, kerakli maqoladan faqat matn va rasmlar bilan oyna ochiladi. Ba'zi sozlamalarni o'zgartirish uchun tishli belgini bosishingiz mumkin.

😎 Siz matn hajmini, o'qish shrifti va rejimini tanlashingiz mumkin: ochiq yoki qorong'i. Kengaytma Chrome, Edge, Firefox uchun mavjud. ©️@pcTeapot

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
#manba / #internet / #kompyuter

ℹ️ Ko'pchilik guruhlarda kompyuter uchun dasturlarni qaysi saytdan yuklashni so'rashsa Google degan javobni berishadi )

Bu albatta eng qisqa va to'g'ri javob, lekin Google orqali topilgan saytdan dastur yuklashda muammolar kuzatilishi mumkin:
Fayl yuklashga bosganda sayt bizni "adashtirib keladi" (keraksiz saytlarga o'tkazib yuboradi);
Virusli dastur yuklash ehtimoli mavjud;
Kerakli dasturni eski (yoki ishlamaydigan) versiyasini berishi mumkin.

🤗 Shu sababli o'zim foydalanadigan, sinovdan o'tgan saytlar ro'yxatini taqdim etaman!

Telegramda:
• Kanalimizda ham dasturlar ko'p )
@windowsuzprogramm
@portablik
@ultrasoft_uz

Tas-IX saytlar:
megasoft.uz (ba'zan ishlamaydi)
windows.uz (ba'zan ishlamaydi)

Crack dasturlar mavjud saytlar:
rsload.net
kichkas.biz
relizua.com
vsetop.com
1progs.ru

Yana boshqa foydali saytlar:
softportal.com
soft.mydiv.net/win
besplatnyeprogrammy.ru
windowsobraz.com (windows lar yuklash uchun);
ru.giveawayoftheday.com (har kuni pullik dasturlardan birini bepul beradi);

Katalog saytlar:
Softobase.com
softcatalog.info

📌 Agar Siz yana yaxshi saytlardan bilsangiz kommentariyada yozib qoldiring... (yang. 03/11/2021)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
YouTube'ga oid klaviatura kombinatsiyalari (60 ta) (2-qism)
#hotkeys / #internet

ℹ️ Barchamiz YouTube platformasidan juda ko'p foydalanishimiz ma'lum. Ushbu saytda o'zimizni qulayroq his qilishimiz uchun unga tegishli klaviatura kombinatsiyalari bilan ham tanishib chiqish zarar qilmaydi. 1-qism I 2-qism I 3-qism

Pleyer sozlamalari

18.
F - to'liq ekran rejimini yoqish / o'chirish.

19. T – videoni ijro oynasini oshirish / kamaytirish.

20. I - mini-pleyerni yoqish / o'chirish.

21. Esc - pleer oynasini yoki joriy muloqot oynasini yopish.

22. M - ovozni yoqish / o'chirish.

23. - ovoz balandligini 5% ga oshirish.

24. - ovoz balandligini 5% ga kamaytirish.

🌎 Panoramik videolar (180gr. yoki 360gr.)

25.
W - yuqoriga ko'tarilish.

26. A - chapga o'tish.

27. S - pastga siljitish.

28. D - o'ngga o'tish.

29. ] yoki "+" belgisi - kattalashtirish.

30. [ yoki "-" belgisi - uzoqlashish. ©️lifehacker.ru

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumotlarni to'g'ri ko'chiramiz
#excel / #internet

ℹ️ Endilikda internetdagi ma'lumotlarni o'z holidek Excel dasturiga joylashni bilib oldingiz. ©️Insta | excel_monster_uz

💻Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir tugmani bosish orqali yuzlab saytlarga kirish
#shorts / #mohirlik / #internet

Ba'zida doimo bir nechta saytga doimo kirishimizga to'g'ri keladi (aytaylik yangiliklarni o'qish uchun). Shunda har safar brauzerga har bitta saytni alohida yozib chiqmaslik uchun ushbu videodagi mohirlikni o'rganib oling 😉.

Ko'plab saytlarni boshqa brauzerlar yordamida ochish haqida bu yerdan bilib olasiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
NetSpot - Wi-Fi tarmoqlarini diagnostika qiluvchi dastur!
#dastur / #internet / @pcTeapot

ℹ️ NetSpot - simsiz Wi-Fi tarmoqlarini qidirish, tahlil qilish va diagnostika qilish uchun kuchli dasturdir. Discover rejimini ishga tushirgandan so'ng, siz barcha mavjud Wi-Fi nuqtalarini va ularning signal sifatini ko'rasiz. Har qanday ulanish uchun siz batafsil ma'lumotni so'rashingiz mumkin.

🔹Survey rejimida siz qamrov zonalarining o'z xaritalarini yaratishingiz mumkin: loyiha nomini belgilang, qavat rejasini yuklang (chizing) yoki bo'sh rasmdan foydalaning. Shundan so'ng siz xonani aylanib chiqishingiz va ba'zi nazorat nuqtalarida signal sifatini skanerlashingiz kerak. Natijada xonaning to'liq xaritasi, uning turli hududlarida qamrov darajasi mavjud bo'ladi.

🔽 Dasturni yuklash

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok