Hilol Nashr
80.3K subscribers
16.2K photos
1.09K videos
8 files
8.59K links
☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

«Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasining telegramdagi rasmiy kanali

Ish vaqtimiz: 09:00 - 18:00

🌐 kitoblardunyosi.uz
Download Telegram
#янгилик #журнал

«Ҳилол» журналининг навбатдаги 2 (59)-сони янги форматда нашр қилинди

Ушбу сонда «Тафсир» (Изнсиз бошқа уйга кирманг), «Ҳадис шарҳи» (Энг яхши икки фазилат), «Фиқҳ» (Нафл намозлари), «Асмои Ҳусно» (Ал-Холиқ), «Саҳобалар ҳаётидан» (У гўзал ҳаёт кечиради), «Хислатли ҳикматлар» (Дунё хираликларидан ҳайрон бўлма) «Насиҳат» (Эй илм эгаси!) каби мақолалар жамланган.

👉 Нархи: 8 000 сўм

📨 Буюртма учун: @Hilol_reception

☎️ +998712175999

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

* Эслатиб ўтамиз, журнал учун обуна хизмати мавжуд

👉 Обуна хизмати билан танишинг

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#chaqiriq

🎉 «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha chaqiriqqa marhamat!

Tonggi va kechki zikrlarni kunlik vird(vazifa)ga aylantirib olish maqsadida «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha bir haftalik chaqiriq eʼlon qilamiz.

Chaqiriq davomida har kuni ertalab va kechqurun ushbu ilovadagi tonggi va kechki zikrlarni toʻliq aytish kerak boʻladi. Toʻliq aytilganini tekshirish uchun «Siz tonggi zikrlarni tugatdingiz» yoki «Siz kechki zikrlarni tugatdingiz» yozuvli skrinshot izohlarga yuboriladi.

Bundan tashqari hafta davomida ilovaning funksiyalari, ilovaga bildirilgan fikrlar hamda ilovaning targʻiboti sahifamizda eʼlon qilib boriladi.

Chaqiriqda ishtirok etish uchun «Zikr va duolar» ilovasidagi tonggi va kechki zikrlarni har kuni aytib borishingiz kifoya.

📆 Chaqirigʻimiz 10-iyuldan 16-iyulgacha davom etadi.

🎁 Bir hafta davomida ilovamizdan eng koʻp foydalangan va eng koʻp yaqiniga ulashgan 10 tadan foydalanuvchiga shayx hazratlarining elektron kitoblari bir donadan hadya qilinadi.

Ilovadan qancha foydalanganingizni hisoblash uchun Action Dash (Android uchun) yoki Screen Time (iOS uchun) kabi ilovalarni oʻrnatib olishingiz kerak boʻladi.

👉 Ushbu havola orqali rasmli maʼlumotni koʻrishingiz mumkin.

📖 Ilovani yuklab olish

🟢 Ushbu chaqiriq koʻpchilikka yetib borishi uchun yaqinlaringizga ulashing.

Siz chaqiriqda ishtirok etasizmi?

🟢 @hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#қуръони_карим

«Hilol Nashr» нашриётида чоп қилинган мусҳафи шарифлар

Мусҳафларни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, kitoblardunyosi.uz саҳифамиздан буюртма беришингиз мумкин.

👉 Мусҳафи шариф (cариқ қоғозда, катта ўлчамда) — 135 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (тажвидли, катта ўлчамда) — 140 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (cариқ қоғозда, ўрта ўлчамда) — 55 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (кўк қоғозда, ўрта ўлчамда) — 57 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (тажвидли, ўрта ўлчамда) — 64 000 сўм

☎️ +998712175999

📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot

📍 Манзилларимиз

*Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barchasi «Hadis va hayot» silsilasi haqida

Kechagi kun shayx Muhammad Sodiq Muhmmad Yusuf hazratlarining shoh asarlaridan boʻlgan «Hadis va hayot» silsilasiga atalgani haqida xabaringiz bor. Quyida ularni yana eslatib oʻtamiz.

«Hadis va hayot» juzlarini ketma-ketlikda oʻqish kerakmi?


«Hadis va Hayot» turkumidagi barcha elektron va audiokitoblarga 50% chegirma eʼlon qilamiz!

«Hadis va Hayot» silsilasidagi barcha juzlar va ularning nomi

«Hadis va hayot» silsilasidagi hali nashr qilinmagan juzlar va ularning nomlarini bilasizmi?

«Hadis va hayot» silsilasi rus, qoraqalpoq va tojik tillarida

«Hadis va hayot» fleshkartalarda

«Hadis va hayot» silsilasida 5408 ta hadis sharh qilingan

Islomning barcha jabhalarini oʻzida jamlagan «Hadis va hayot» toʻplami

Sizga asar haqidagi qaysi maʼlumot yangilik boʻldi? Qaysi maʼlumotdan qoniqdingiz? Maʼlumotlar «Hadis va hayot» silsilasini toʻplam yoki donalab xarid qilishingizga turtki boʻldimi?

Izohda yozib qoldiring 😊

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Islomda aql

Aslida ilm degani ishlarni aql yordamida bajarish, demakdir. Aql esa uchragan narsani tushunib olish qobiliyatidir. Qurʼon barcha ishlarda aql bilan ish yuritishga chaqiradi, aqlni ishlatmaganlarni qattiq tanqid qiladi.

☝️ Qurʼoni Karimda aqlga taalluqli soʻzlar 50 marta ishlatilgan. «Aql egalari» degan jumla esa 10 martadan koʻproq ishlatilgan. Shuning oʻzi ham Qurʼon aqlga katta eʼtibor berganining dalilidir.

«Iymon» kitobidan

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik_maktabi

🎤 Najot Nur bilan suhbatga marhamat!

«Kitobxonlik maktabi» loyihamizning 124-sonida «Notiqlar va teleboshlovchilarni tayyorlash markazi» rahbari, xalqaro jurnalist, teleradioboshlovchi ustoz Najot Nur bilan ochiq suhbat boʻlib oʻtadi.

Suhbat davomida notiqlik, notiq boʻlmoqchi boʻlganlar uchun kerakli tavsiyalar, nutqda kitobning ahamiyati va shu kabi mavzular borasida soʻz boradi.

Shuningdek, tinglovchilar va mehmonimiz oʻrtasida savol-javob ham tashkil qilinadi.

Suhbatga kirish bepul. Roʻyxatdan oʻtilmaydi. Shunday ekan, barchangizni navbatdagi ilm majlisiga taklif qilamiz. 😊

📆 16-iyul, 11:00

📍 «Hilol Nashr» nashriyoti

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#klub #savol

Javobni izohda yozib qoldiring

Oʻyinda qatnashib, oflayn yoki onlayn tomosha qilib savolning javobini bilganlar, yozmay turishsin. 😊

«Hilol» intellektual klubining 1-bosqichidan

📹 Oʻyinni toʻliq tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=SmDGp9xXUoo

Roʻyxatdan oʻtish

* Homiylarimiz: «Grand ta'lim», «Grand maktabi», «Yangi asr universiteti», «Cambridge LC»

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Juma muborak!

Yaqinlaringizga ulashing 😊

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

Jumaga erta borish va gʻusl haqida

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni junublikning gʻuslini qilsa, soʻngra birinchi soatda borsa, xuddi tuyani qurbonlik qilgandek boʻladi. Kim ikkinchi soatda borsa, xuddi qoramolni qurbonlik qilgandek boʻladi. Kim uchinchi soatda borsa, xuddi shoxli qoʻchqorni qurbonlik qilgandek boʻladi. Kim toʻrtinchi soatda borsa, xuddi tovuq qurbonlik qilgandek boʻladi. Kim beshinchi soatda borsa, xuddi tuxum qurbonlik qilgandek boʻladi. Imom (xutbaga) chiqqanda, farishtalar zikr tinglashga hozir boʻlurlar», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.

Sharh: Ushbu hadisi sharifda Juma namozi uchun g'usl qilish va unga erta borish qanchalik savobli ish ekani g'oyat go'zal tarzda bayon qilinmoqda.

«Junublikning g'uslini qilsa» deyilganidan junublikdan qanday g'usl qilinsa, Juma namozi uchun ham shunday niyat va amallar bilan g'usl qilinishi lozimligi tushuniladi.

Hadisi sharifdagi «soat» lafzidan ulamolarimiz falakiy (astronomik) soatlarni tushunganlar. Demak, juma kunining tongidan to Juma namozi vaqti kirguncha bo'lgan soatlarning avvalida borganlar tuya so'yib, xayr-ehson qilgan kishining savobini oladi. Keyingi soatlarda borganlar uchun beriladigan savobning hajmi kichrayib boraveradi.

Hadisi sharifning oxirida juma kuni va namozining yana bir ulkan fazli – imom xutbaga chiqqanida uni tinglash uchun farishtalar hozir bo'lishi haqida so'z bormoqda. Demak, Juma namoziga nafaqat musulmon bandalar, balki farishtalar ham qatnashar ekanlar. Albatta, bunday jamoat eng xayrli, eng barakali, eng fayzli jamoat bo'ladi.

Bunday jamoatga yuvinmay-taranmay, yaxshi kiyimlarni kiymay, xushbo'y narsalar sepmay borib bo'lmaydi. Bunday jamoatga qancha erta borilsa, shuncha yaxshi. Unga hech qachon kech qolib bo'lmaydi.

«Hadis va Hayot» kitobining 6-juzi — namoz kitobidan

@hilolnashr
#сотувда

Руҳий тарбия бобидаги энг манфаатли асар

📚 Ушбу асар шайх Ибн Атоуллоҳ Сакандарий раҳматуллоҳи алайҳнинг «Ҳикамул-Атоийя» номли китобларининг таржима ва шарҳи ҳисобланади.

☝️ Таржима ва шарҳ муаллифи шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф роҳимаҳуллоҳдир. Китобни «Хислатли ҳикматлар шарҳи» деб номланганлар.

Мазкур тўпламни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, kitoblardunyosi.uz сайтимиздан буюртма беришингиз мумкин. 😊

👉 Нархи: 250 000 сўм

☎️ +998712175999

📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сотувда

«Тасаввуф ва нафс тарбияси» китоби сотувда

Ушбу китоб Шайх Зулфиқор Аҳмад Нақшбандийнинг «Тасаввуф вас-сулук» асарининг таржимасидир. Ҳозирги давримизда ёзилган ушбу қимматли асар илк бор ўзбек тилига таржима қилинди.

☝️ Асарда тасаввуф илми бўйича ёзилган кўплаб мўътабар китобларнинг хулосалари жамланган. Шунингдек, асарда муаллиф ҳафизаҳуллоҳнинг таржимаи ҳоли, илмий терминларнинг луғавий ва истилоҳий маънолари ва ўқувчи янада яхшироқ тушуниши учун баъзи қўшимча маълумотлар ҳам илова қилинган.

Китоб тасаввуф ва нафс илмларини янада чуқурроқ англашингизга ёрдам беради, деб умид қиламиз. 😊

👉 Нархи: 54 000 сўм

☎️ +998712175999

📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM