Hilol Nashr
80.3K subscribers
16.2K photos
1.09K videos
8 files
8.59K links
☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

«Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasining telegramdagi rasmiy kanali

Ish vaqtimiz: 09:00 - 18:00

🌐 kitoblardunyosi.uz
Download Telegram
#kitobxonlik_maktabi

«Nubuvvat va risolat» kitobi boʻyicha eʼlon qilingan #chaqiriq ning xatmona tadbiriga marhamat

«Kitobxonlik maktabi»
loyihamizning navbatdagi 86-soni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Nubuvvat va risolat» kitobi boʻyicha eʼlon qilingan #chaqiriq ning xatmona tadbiri bo'lib o'tadi.

Suhbatga Nozimjon domla va bir qator taniqli blogerlar tashrif buyurishadi, inshaalloh.

Tadbir davomida «Hilol» intellektual klubining g`oliblari, shuningdek, «Nubuvvat va Risolat» kitobiga taqriz yozish tanlovi va «Hilol dasturlari» sahifasida bo'lib o'tgan tanlovdagi g’oliblarni taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tadi.

Marhamat, suhbatga tashrif buyuring! 😊

📆 17-oktabr, 14:00

📍 «Hilol Nashr» nashriyoti

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik_maktabi

«Nubuvvat va risolat» kitobi boʻyicha eʼlon qilingan #chaqiriq ning xatmona tadbiriga marhamat

«Kitobxonlik maktabi»
loyihamizning navbatdagi 87-soni shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Nubuvvat va risolat» kitobi boʻyicha eʼlon qilingan #chaqiriq ning xatmona tadbiri boʻlib oʻtadi.

Tadbirga ustozlardan Nozimjon Hoshimjon, Doniyor Nasriddinov, Gʻiyosiddin Yusuf va yana qator bloggerlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Marhamat, suhbatga tashrif buyuring! 😊

📆 17-oktabr, 14:00

📍 «Hilol Nashr» nashriyoti

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot #kitobxonlik_maktabi

Xatmona tadbir boʻlib oʻtdi

Bugun «Hilol Nashr» nashriyotining majlislar zalida «Kitobxonlik maktabi» loyihasining navbatdagi 87-soni boʻlib oʻtdi. Unda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Nubuvvat va risolat» kitobi boʻyicha eʼlon qilingan #chaqiriq ning xatmona tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir avvalida Nozimjon Hoshimjon ustoz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ansorlar jamoasiga qilgan nasihatlarini sharhlab, suhbatga tashrif buyurganlarning qalbiga surur, siyrat shukuhini olib kirdilar.

Shundan soʻng Rabiʼul avval oyida oʻtkazilgan bir qator tanlovlar, shuningdek, «Hilol» intellektual klubida gʻolib boʻlganlarga shahodatnoma va hadyalar topshirildi.

Tadbir Nozimjon Hoshimjon ustozdan goʻzal tilovat va xayrli duolar bilan nihoyasiga yetdi.

🌐 Suhbatni tomosha qiling

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot #tanlov

«Nubuvvat va risolat» kitobiga taqriz yozish tanlovi gʻoliblari aniqlandi!

Xabaringiz bor, bir necha kun oldin sahifamizda shayx hazratlarining qalamlariga mansub «Nubuvvat va risolat» kitobiga taqriz yozish tanlovini eʼlon qilgan edik. Kecha «Hilol Nashr» nashriyotining majlislar zalida ushbu kitob boʻyicha Rabiʼul avval oyining avvalida boshlangan #chaqiriq ning xatmona tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida yuqorida aytilgan tanlovda qatnashib, gʻolib boʻlganlar aniqlandi.

Quyida ushbu gʻolibalarni keltirib oʻtamiz:
1-oʻrin:
Sevaraxon Karimberdiyeva
2-oʻrin: Guli Abdugʻafforova
3-oʻrin: Xadichaxon Qodirova

Tadbirga qatnasha olmagan gʻoliblarimiz «Hilol Nashr» nashriyotining bosh doʻkonidan hadyalarini olib ketishlari mumkin. Kela olmaganlar esa @hilol_reception ga maʼlumotlarini qoldirishlarini soʻraymiz. 😊

Alloh taolo gʻoliblarimizning va barcha tanlovda ishtirok etgan ishtirokchilarning ilmlarini bundanda ziyoda qilsin! 🤲

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#chaqiriq

🎉 «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha chaqiriqqa marhamat!

Tonggi va kechki zikrlarni kunlik vird(vazifa)ga aylantirib olish maqsadida «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha bir haftalik chaqiriq eʼlon qilamiz.

Chaqiriq davomida har kuni ertalab va kechqurun ushbu ilovadagi tonggi va kechki zikrlarni toʻliq aytish kerak boʻladi. Toʻliq aytilganini tekshirish uchun «Siz tonggi zikrlarni tugatdingiz» yoki «Siz kechki zikrlarni tugatdingiz» yozuvli skrinshot izohlarga yuboriladi.

Bundan tashqari hafta davomida ilovaning funksiyalari, ilovaga bildirilgan fikrlar hamda ilovaning targʻiboti sahifamizda eʼlon qilib boriladi.

Chaqiriqda ishtirok etish uchun «Zikr va duolar» ilovasidagi tonggi va kechki zikrlarni har kuni aytib borishingiz kifoya.

📆 Chaqirigʻimiz 10-iyuldan 16-iyulgacha davom etadi.

🎁 Bir hafta davomida ilovamizdan eng koʻp foydalangan va eng koʻp yaqiniga ulashgan 10 tadan foydalanuvchiga shayx hazratlarining elektron kitoblari bir donadan hadya qilinadi.

Ilovadan qancha foydalanganingizni hisoblash uchun Action Dash (Android uchun) yoki Screen Time (iOS uchun) kabi ilovalarni oʻrnatib olishingiz kerak boʻladi.

👉 Ushbu havola orqali rasmli maʼlumotni koʻrishingiz mumkin.

📖 Ilovani yuklab olish

🟢 Ushbu chaqiriq koʻpchilikka yetib borishi uchun yaqinlaringizga ulashing.

Siz chaqiriqda ishtirok etasizmi?

🟢 @hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#chaqiriq

🏆 Gʻoliblarni aniqlaymiz!

Bundan bir hafta avval «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha chaqiriq eʼlon qilgan edik. Chaqirigʻimiz nihoyasiga yetib, endi gʻoliblarni aniqlash vaqti keldi.

1-yoʻnalish boʻyicha gʻoliblarni aniqlashimiz uchun 10–16-iyul kunlari «Zikr va duolar» ilovasidan qancha vaqt davomida foydalanganingiz koʻrsatilgan skrinshotlarni @hiloldasturlari sahifasidagi ushbu xabar izohiga qoldiring.

2-yoʻnalish boʻyicha gʻoliblarni aniqlashimiz uchun 10–16-iyul kunlari «Zikr va duolar» ilovasini yaqinlaringizga ijtimoiy tarmoq va messenjerlar (Telegram, Instagram, Facebook, SMS va hokazo) orqali ulashganingiz koʻrsatilgan skrinshotlarni @hiloldasturlari sahifasidagi ushbu xabar izohiga qoldiring.

👉 Batafsil maʼlumot bilan @hiloldasturlari sahifasida tanishishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM