Hilol Nashr
80.7K subscribers
16.8K photos
1.14K videos
8 files
8.83K links
☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

«Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasining telegramdagi rasmiy kanali

Ish vaqtimiz: 09:00 - 18:00

🌐 hilol.uz
Download Telegram
#maʼlumot

Bugun Alixontoʻra Sogʻuniy va Abdurahmon qorilar hayoti haqidagi suhbat boʻlib oʻtdi

«Kitobxonlik maktabi» loyihamizning 123-soniga atoqli olim, adib, maʼrifat arbobi, «Tarixi Muhammadiy», «Turkiston qaygʻusi» kabi kitoblar muallifi Alixontoʻra Sogʻuniyning kotibi Yahyoxon domla va Toshkentda yashab oʻtgan taniqli qori, ulamo Abdurahmon qorining farzandi Zohidjon qorilar tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida ikkala atoqli adib va Qurʼon hofizlari esga olindi, kotiblari va farzandlarining xotiralari tinglovchilar bilan boʻlishildi.

@hilolnashr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

Farzandni ham maʼnan, ham jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishi uchun kerakli maʼlumotlar jamlangan kitob

👉 Kitob haqida batafsil

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ҳадис_ва_ҳаёт

Исломнинг барча жабҳаларини ўзида жамлаган «Ҳадис ва ҳаёт» тўплами

Ўзида иймон, ният, илм, ихлос, намоз, рўза, ҳаж, закот, никоҳ, пайғамбарлар, саҳобалар, зикр, қиёмат ва бошқа Исломдаги рукнлар, ибодатларни ўзида жамлаган, жами 35 жуз, 33 жилддан иборат «Ҳадис ва ҳаёт» тўплами сотувда

☝️ Китобдаги ҳар бир мавзу аввало Қуръони Каримдаги оятлар, Расулуллоҳ соллаллоҳ алайҳи васалламнинг мавзуга оид ҳадислари орқали батафсил шарҳ қилинади.

👉 Нархи: 1 320 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

«Hadis va hayot» juzlarini ketma-ketlikda oʻqish kerakmi?

Maʼlumki, «Hadis va hayot» toʻplami 39 jilddan iborat. Koʻpchilik kitobxonlar ushbu juzlarni ketma-ketlikda, yaʼni bir boshidan oʻqish kerak, deb aytishadi.

Aynan shu tartibda oʻqisa ham boʻladi. Ammo shart emas. Toʻplamning har bir juzi maʼlum mavzuga bagʻishlangan. Misol uchun, roʻza haqidagi kitob 9-juz, zakot haqidagi kitob 8-juz, haj haqida 10-juz, nikoh, taloq, idda haqida 13-juz, zikr va duolar haqida 35-juz va hokazo.

Har bir kitobxon ushbu juzlarni ketma-ketlikda emas, holatiga, qiziqishiga qarab kerakli mavzu yoritilgan juzini oʻqishi mumkin.

Birinchi avvalgi juzlarni oʻqishim kerak, yoʻqsa tushunmay qolaman, deb oʻylamang. Sizga silsilaning qaysi juzidagi mavzu qiziq boʻlsa, shu juzning mutolaasini boshlang.

Siz «Hadis va hayot» toʻplamidagi qaysi juzlarni oʻqigansiz? Izohda yozib qoldiring. 😊

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

«Hadis va Hayot» silsilasidagi barcha juzlar va ularning nomi:

1-juz: Muqaddima
2-juz: Islom va Iymon kitobi
3-juz: Niyat, Ixlos va Ilm kitobi
4-juz: Poklik kitobi
5-juz: Namoz kitobi-1
6-juz: Namoz kitobi-2
7-juz: Namoz kitobi-3
8-juz: Zakot kitobi
9-juz: Roʻza kitobi
10-juz: Haj va hmra kitobi
11-juz: Savdo, ziroat va vaqf kitobi
12-juz: Faroiz va vasiyat kitobi
13-juz: Nikoh, taloq va idda kitobi
14-15-juzlar: Qasamlar, nazrlar va ov kitobi
16-17-juzlar: Taom, sharob va libos kitobi
18-juz: Tib va dam kitobi
19-juz: Olamlarga rahmat Paygʻambar
20-juz: Anbiyolar qissasi
21-juz: Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo
22-juz: Usmon va Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumo
23-juz: Jannat bashorat berilganlar va ahli bayt
24-juz: Peshqadamlar roziyallohu anhum
25-juz: Nubuvvat xonadoni xonimlari
26-juz: Ansorlar roziyallohu anhum
27-juz: Ahyorlar va diyorlar fazli
28-juz: Tafsir kitobi
29-juz: Tafsir, tush va masallar kitobi
30-juz: Qurʼon fazilatlari kitobi
31-juz: G'azot va sariyalar
32-juz: Fitnalar va Qiyomat alomatlari kitobi
33-juz: Qiyomat, jannat va doʻzax
34-juz: Yaxshilik va axloq kitobi
35-juz: Duolar, zikrlar, istigʻfor va tavba
36-juz: Zuhd va raqoiqlar kitobi
37-juz: Adab kitobi
38-juz: Haddlar kitobi
39-juz: Amirlik va qozilik kitobi


Sizga silsilaning eng yoqqan juzi qaysi? Izohda yozib qoldiring 😊

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

«Hadis va hayot» silsilasidagi hali nashr qilinmagan juzlar va ularning nomlarini bilasizmi?

Yuqorida aytib oʻtganimizdek, «Hadis va hayot» silsilasi 39 jilddan iborat. Bugungacha 35 jildi nashr qilinib, sotuvga chiqdi. Qolgan 4 ta juzi bugungacha biror marta nashr qilinmagan.

Quyida ushbu juzlarni keltiramiz:
31-juz: G'azot va sariyalar
33-juz: Qiyomat, jannat va doʻzax
38-juz: Haddlar kitobi
39-juz: Amirlik va qozilik kitobi

🤩 Shu oʻrinda sizlarga, xossatan, «Hadis va hayot» muxlislariga yangiligimiz bor! Alloh taoloning fazli bilan ushbu juzlar ham nashrga tayyorlanishi boshlangan! Tez orada 33-juz bosmaxonaga chop qilish uchun topshiriladi.

Siz toʻplamning qaysi juzlarini xarid qilgansiz? Izohda yozib qoldiring. 😊

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

«Hadis va hayot» silsilasi rus, qoraqalpoq va tojik tillarida

Shayx hazratlarining shoh asarlari boʻlmish «Hadis va hayot» silsilasi haqida navbatdagi maʼlumotga eʼtiboringizni qaratamiz.

Mazkur toʻplam nafaqat oʻzbek tilida nashr qilingan, balki rus, qoraqalpoq va tojik tillariga ham tarjima qilingan va chop qilingan.

Bu xayrli ish avvalo shayx hazratlarining orzulari, niyatlari edi. Hazrat doimo dinimizning ahkomlari, Qurʼon va sunnat ilmlari qardosh xalqlar, yaqin davlatlardagi musulmonlarga ham yetib borishi gʻamida yurganlar.

Oʻzlari hayot paytlarida bu ish amalga oshmagan boʻlsa ham bugunga kelib «Hadis va hayot» silsilasining bir qator juzlari yuqorida keltirilgan tillarga tarjima qilindi, qoraqalpoq, rus, tojik musulmonlariga yetib bormoqda.

🎉 Kelajakda shayx hazratlarining boshqa kitoblari, xossatan, «Hadis va hayot» silsilasi turk, ingliz, qozoq va boshqa tillarga ham tarjima qilinishi reja qilingan.

Siz toʻplamning qaysi juzini eng birinchi mutolaa qilgansiz? Izohda yozib qoldiring. 😊

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

🎙 «Hadis va hayot» fleshkartalarda

Bugungi kunni bejiz «Hadis va hayot» silsilasiga bagʻishlamadik. Buning bir sababi toʻplam yozib tugatilganiga bugun 22 yil toʻlgan boʻlsa, yana bir sababi toʻplamda katta ilm yotganligi, uning kitobxonga tortiq qiladigan maʼnaviy-maʼrifiy foydalarga toʻla ekanidir.

Ana shu foydadan har bir inson foydalansin, manfaat olsin degan maqsadda silsila hamma sohadagi odamlarga yetib borishiga harakat qilamiz.

Kitob oʻqishga qiynaladiganlar, koʻzida nuqsoni borlar, maʼlum sabablar tufayli kitob oʻqishga imkoni yoʻqlar, jumladan, avtotransport haydaydiganlar uchun «Hadis va hayot» toʻplami toʻliq audiokitob holatiga keltirilgan. Ular fleshkartalar koʻrinishida sotuvga chiqarilgan.

Ish faoliyati asosan avtotransportda kechadigan insonlar mazkur fleshkartalar orqali «Hadis va hayot» silsilasini tinglab, yuqorida aytgan ilmlarga ega boʻlishi, goʻyo shayx hazratlari bilan suhbatlashish baxtiga muyassar boʻlishlari mumkin.

Oxirgi marta «Hadis va hayot» silsilasidagi qaysi juzni mutolaa qildingiz? Izohda yozib qoldiring. 😊

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

🔥 «Hadis va hayot» silsilasida 5408 ta hadis sharh qilingan

Shoh asar haqida navbatdagi maʼlumot. Toʻplamning bugungacha nashr qilingan 35 juzida 5408 ta hadis sharh qilingan.

Shayx hazratlarining «Hadis va hayot» silsilasidagi hadislarning sharh qilish uslublarini koʻrib chiqaylik:
🟤Avval hadisning arabcha matni keltiriladi;
🟤Soʻng uning oʻzbekcha tarjimasi yoziladi;
🟤Keyin mazkur hadis roviysi boʻlgan sahoba bilan qisqacha tanishtirib oʻtiladi;
🟤Shundan soʻng hadis sharh qilinadi;
🟤Sharhdan soʻng shayx hazratlari hadisdan olinadigan foydalarni yozadilar;
🟤Oxirda esa xulosalarini yozib qoldiradilar.

Silsiladagi har bir hadis, tepada aytib oʻtganimizdek, 5408 ta hadis ham xuddi shu tartibda tarjima va sharh qilingan.

☝️ Eslatib oʻtamiz, hadislarning tarjimasi haqidagi mazkur maʼlumot toʻplamning bugungacha nashr qilingan juzlaridan kelib chiqib hisoblanadi.

«Hadis va hayot» silsilasining qaysi juz yoki juzlarini bir martadan koʻp mutolaa qilgansiz? Izohda yozib qoldiring 😊

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#maʼlumot

Islomning barcha jabhalarini oʻzida jamlagan «Hadis va hayot» toʻplami

👉 To‘plam haqida batafsil

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#сотувда

«Бахтиёр оила» китоби лотин ва кирилл алифболарида сотувда

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
ҳазратларининг қаламларига мансуб «Бахтиёр оила» китобларини лотин ва кирилл алифбосида харид қилинг.

Kитобларни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан ва kitoblardunyosi.uz сайтимиздан харид қилишингиз мумкин.

👉 Кирилл алифбосида72 000 сўм

👉 Lotin alifbosida 72 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

📍Манзилларимиз

🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#янгилик #қуръони_карим

🎉 Катта ҳажмли тажвидли мусҳаф нашрдан чиқди!

Мусҳафни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, kitoblardunyosi.uz саҳифамиздан буюртма беришингиз мумкин.

👉 Нархи: 140 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади

*Тез орада барча дўконларимизга етказилади, иншааллоҳ.

@hilolnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM