Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.19K subscribers
1.24K photos
61 videos
1 file
466 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelganligi yuzasidan S.N. ga nisbatan JKning 110-moddasi, "a,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida xabar bergan edik.

Dastlabki tergov davomida fuqaro S.N. ning harakatlarida JKning 104-moddasi 2-qismida (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli 2024-yilning 1-mart kuni Shofirkon tumani IIB Tergov boshqarmasi tomonidan S.N. ga qo‘shimcha ayb e’lon qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ish materiallari qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo'yicha Shofirkon tuman sudiga yuborilgan.

Bolalar ombudsmani bolaning manfaatlari sud bosqichida ta’minlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan

📌 Surxondaryo viloyati Termiz shahrida ota o‘z farzandiga shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi holati yuzasidan xabar berilgan edi.
Bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur holat o‘rganildi.

🔽Termiz shahar IIB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, 1981-yilda tug‘ilgan A.E. shu yilning 5-yanvar kuni 2019-yilda tug‘ilgan o‘g‘li B.K. uni aytganini qilmagani uchun jahli chiqib, qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlab, urgan.

Shuningdek, shu kunni o‘zida A.E. turmush o‘rtog‘i F.M. ning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlab, qo‘rqitib, unga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik o‘tkazgan.

Termiz shahri Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning 1-fevraldagi qarori bilan A.E. ga MJtKning 41-moddasi (Haqorat qilish) bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima jazosi hamda MJtK 59 (2)-moddasining 1-qismi (Oilaviy zo‘ravonlik) bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan

📌 Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi o‘qituvchi M.A. kichik sinf o‘quvchisini kaltaklaganligi va bunday qonunga xilof harakatlar yuzasidan Xonqa tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganligi haqida xabar bergan edik.

O'rganishga ko'ra, Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich o‘qituvchisi M.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2024-yil 1-martdan boshlab bekor qilindi‼️

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv natijasida M.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish) asosida javobgarlikka tortilib, tegishli jarimaga solindi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan
#ruhiy_zoravonlik #jismoniy_zoravonlik #firibgarlik

📌 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringani aks etgan video bo'yicha Bolalar ombudsmani o'rganish olib borgani haqida xabar bergan edik.

🖇 Bolalar ombudsmanining D.J. ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rovi asosida malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganish natijasida, pedagog D.J. ning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekanligi, D.J. ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan.

‼️Yunusobod tumani IIO TB olib borgan tergovga qadar tekshiruv materiallari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazorat doirasida o‘rganilib, ekspertlar ishchi guruhi xulosasi va aniqlangan boshqa holatlar asosida, D.J. ning harakatlarida aldash va odamlarni ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini va uning mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan va joriy yilning 27-fevral kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ish bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_murojaati #bulling #qonuniy_chora_korish

📌 Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabuliga 3-aprel kuni 2010-yilda tug‘ilgan, Bo‘stonliq tumanida yashovchi E.O. (qiz bola) kelib, murojaat qildi.

🖇 E.O. o'z murojaatida maktabda sinfdoshlari tomonidan muttasil tazyiq va bullingga uchrayotganligi, bu holatga maktab ma’muriyati ham, boshqa mas’ullar ham e'tiborsiz ekanligini bildirdi.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Ichki ishlar organlari mazkur holatni o‘rgandi.

Bo‘stonliq tumani MMT bo‘limi o‘rganishi davomida joriy yilning 18-mart kuni informatika darsida E.O, S.M., M.K., K.V. lar (barchasi qizlar) o‘zaro gap talashib qolishgani, dars mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng nizoni xal qilishni kelishib, dars tugaganidan keyin maktab sinf xonasida yig‘ilib o‘zaro janjallashgani va 3 nafar qiz birgalikda E.O. ni urishgani, uni turli haqoratli so‘zlar bilan kamsitishgani ma’lum bo‘ldi.

Bo'stonliq tumani, “Markaziy” MFY profilaktika inspektori tomonidan bolalar o‘rtasidagi bu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan o‘quvchi qizlar E.O. va K.V. ga sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va ularning yengil tan jarohati olganliklari aniqlangan.

🔴Mazkur bulling holati yuzasidan K.V., S.M., M.K. larning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1- qismi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosida ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qizlar bilan maxsus psixologik korreksion ish olib borish uchun psixolog biriktirildi.

Maktab rahbariyati va inspektor-psixolog bolalar o‘rtasida bu kabi bulling holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishlicha ogohlantirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat #qonuniy_chora_korish #Bolalar_ombudsmani

📌 Bolalar ombudsmaniga Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi D.M. dan murojaat kelib tushdi.

📄 Murojaatda D.M. voyaga yetmagan farzandi O.T. (7-sinf o‘quvchisi, o‘g‘il bola) 2023-yilning 26-dekabr kuni farzandi tahsil oladigan maktab o‘qituvchisi S.M. bolaning yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri mazkur holatni atroflicha o‘rgandi.

Jizzax viloyati Zomin tumani MMT bo‘limining tegishli mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, mazkur umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorining buyrug‘iga asosan S.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, joriy yilning 23-yanvardagi jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudida o‘qituvchining harakatlariga huquqiy baho berilib, S.M. ga nisbatan MJTKning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasini (Yengil tan jarohati yetkazish) sodir etgan deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barovari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Yana bir bor ta’kidlaymiz, ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan nomaqbul muomala va zo‘ravonlik holatlari javobsiz qolishi mumkin emas.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan

⚡️Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelganligi yuzasidan S.N. ga nisbatan JKning 110-moddasi, "a,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, so‘ng tergov davomida ayblanuvchiga JKning 104 -moddasi bo‘yicha (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib (Bolaga “o‘ng son suyagining yuqori uchligi qismidan ko‘ndalang yopiq sinib siljishi” kabi hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazilganligi) qo‘shimcha ayb e’lon qilinib, bu jinoyat ishi sudga yuborilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

🖇 Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, joriy yilning 2-may kuni chiqarilgan sud hukmiga ko’ra S.N. JKning 104-moddasi 2-qismi, “v” bandi 3 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Bugungi kunda Shofirkon tumani “Inson” ijtimoiy markazi tomonidan 2018-yilda tug'ilgan S.F. ga dastlabki tarzda vasiy sifatida B.Z. (ayol) tayinlanib, bola uning qaramog‘iga topshirildi.

📌 Hozirda vasiylik va homiylik organi tomonidan S.N. ni farzandiga nisbatan bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Bolalar ombudsmani bolaning kelgusi taqdirini belgilash jarayonlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan
#bola_manfaatlari_qonun_himoyasida

Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumanida yashovchi ayol N.A. o‘zining uyida voyaga yetmagan Ch.T. ni 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo‘rlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura mazkur holatni nazoratga olgan bo‘lib, viloyat prokuraturasi tomonidan tuzilgan tergov guruhi jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergovni olib borgan.

🖇 Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan qiz) ga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

📍Joriy yil 8-aprel kuni sud ishni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchilarni aybli deb topdi.

❗️Jumladan, sudlanuvchi N.A. (ayol) JKning 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

❗️Sudlanuvchilar A.F. (erkak) va Sh.U. (erkak) JKning 118-moddasi 3-qismining “a” bandi (Nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi), 127-moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan aybli deb topilib, ularga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.

📌 Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati sudi apellyatsiya tartibida mazkur shikoyatlarni ko‘rib chiqdi va birinchi instansiya sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

🔸Ta’kidlash joizki, bu toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm bo‘yicha mahkumlarga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va jazo to‘liq o‘taladi.
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi Ch.T. ga jinoyat ishi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan

📌 Bolalar ombudsmaniga jamoatchilik faollaridan Zangiota tumanidagi 13 yoshli S.R (qiz) ga nisbatan uning o‘gay onasi tomonidan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilinayotgani yuzasidan murojaat va videomaterial kelib tushganligi haqida xabar bergan edik.

🔴Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergovda aniqlanishicha, Sh.S. 2010-yilda tug‘ilgan qizi S.R. ni 2023-yil davomida muttasil ravishda do‘pposlab, unga nisbatan jismoniy hamda ruhiy jihatdan azob berib, unda kuchli qo‘rquv hosil qilish yo‘li orqali o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, tanasining turli qismlariga tan jarohatlari yetkazib kelgan.

Bolalar ombudsmani vakili bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ishning sud protsessida ko‘rilishida ishtirok etdi☑️.

⚪️ Joriy yilning 5-iyun kuni Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida mazkur jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan hukmga binoan, Sh.S. JKning 110-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Qiynash) va 112-moddasi 3-qismi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi va mazkur jazo bilan bog‘liq tegishli cheklovlar o‘rnatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan

📌 2009-yilda tug‘ilgan B.S. (o‘g‘il bola) ga A.Q.(erkak) tomonidan tan jarohati yetkazilganligi uchun Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida axborot bergan edik.

🔴 Kecha, 29-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudida mazkur bolaga zo‘ravonlik holatiga oid jinoyat ishi sud muhokamasi ko‘rib chiqilib, A.Q. aybdor deb topilib, unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

Bola davlat va qonun himoyasida!

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM