#qonuniy_chora_korish_jarayonidan
#ruhiy_zoravonlik #jismoniy_zoravonlik #firibgarlik
📌 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringani aks etgan video bo'yicha Bolalar ombudsmani o'rganish olib borgani haqida xabar bergan edik.
🖇 Bolalar ombudsmanining D.J. ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rovi asosida malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganish natijasida, pedagog D.J. ning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekanligi, D.J. ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan.
‼️ Yunusobod tumani IIO TB olib borgan tergovga qadar tekshiruv materiallari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazorat doirasida o‘rganilib, ekspertlar ishchi guruhi xulosasi va aniqlangan boshqa holatlar asosida, D.J. ning harakatlarida aldash va odamlarni ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini va uning mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan va joriy yilning 27-fevral kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda❕
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ish bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
#ruhiy_zoravonlik #jismoniy_zoravonlik #firibgarlik
🖇 Bolalar ombudsmanining D.J. ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rovi asosida malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganish natijasida, pedagog D.J. ning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekanligi, D.J. ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan.
Hozirda Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda❕
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ish bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
⚡️⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolayotgani aks etgan video tarqaldi.
❕Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
Aniqlanishicha, ushbu video tasvirdagi holat yakka tartibdagi tadbirkor…